O`zbekiston Respublikasining milliy mustaqilligi O`zbekiston xalqining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-mafkuraviy hayot sohalarida katta o`zgarishlarga olib keldi


Mafkuralar va fikrlar xilma-xilligining shakllanishi



Download 251,05 Kb.
bet20/28
Sana02.01.2022
Hajmi251,05 Kb.
#307080
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
Bog'liq
МҒ тарихи 1 семестр

10.3.Mafkuralar va fikrlar xilma-xilligining shakllanishi

Mafkuralar va fikrlar xilma-xilligining shakllanishi demokratik jamiyatning mavjudligi va taraqqiyotining muhim shartidir. Mafkuraviy plyuralizm - ijtimoiy-siyosiy hayotda turli qatlam, partiya, guruhlar manfaatlarini ifoda etuvchi goyaviy rang-baranglikni, qarashlar va fikrlar xilma-xilligini ifodalovchi tushunchadir. Plyuralizm lotin tilida - xilma-xillik, rang-baranglik degan ma`noni bildirib, O`zbekistonda ilg`or g`oyalar, mafkuralar qancha ko`p bo`lsa, ya`ni mafkuraviy plyuralizm hukmron bo`lsa, taraqqiyotning samarali yo`lini tanlab olish uchun imkoniyat shunchalik keng bo`ladi. Mafkuraviy plyuralizm ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiladigan yangidan-yangi g`oyalarning paydo bo`lishiga, turli xalqlar, elatlar, millatlar va siyosiy guruhlarning manfaatlarini umumiy tarzda ro`yobga chiqishiga sharoit yaratadi. U muqarrar suratda ko`ppartiyaviylik tizimini taqozo etadi. Siyosiy partiyalar esa o`zlari mansub bo`lgan qatlamlar, siyosiy guruhlarning manfaatlari, intilishlari, orzu-umidlarini umumlashtirgan holda o`z harakat dasturlari orqali namoyon qiladi. G`oya insonlarni ma`lum bir ehtiyoj, manfaat, e`tiqod asosida birlashtiruvchi omil hisoblanadi. G`oyaning kuch-qudrati, hayotiyligi, uning har bir tarixiy bosqich ehtiyojlari va manfaatlarini nechog`lik o`zida ifodalashi bilan belgilanadi. Milliy mafkura o`z mohiyatiga ko`ra, xalqimizning asosiy maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, uning o`tmishi va kelajagini bir-biri bilan bog`laydigan, asriy orzu-istaklarini amalga oshirishga xizmat qiladigan g`oyalar tizimidir. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi plyuralizm, fikr va qarashlar erkinligi tamoyillarini to`liq ta`minlaydi. O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Bu qoida faoliyat ko`rsatayotgan partiyalar, harakat va ijtimoiy-siyosiy guruhlardan birortasining dasturiy g`oyalari vagona davlat mafkurasi bo`la olmasligini anglatadi. Milliy mafkura turli siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan sotsial fenomen - ijtimoiy hodisa bo`lib, bu mafkurada biron bir dunyoqarash mutlaqlashtirilmaydi yoki u mavjud siyosiy hokimiyatni mustahkamlash maqsadida siyosiy qurolga aylantirilmaydi. Milliy mafkura o`z mazmun-mohiyatiga ko`ra, O`zbekislonning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga xizmat qiladi, barcha siyosiy partiyalar, guruh va qatlamlarning - butun xalqimizning manfaatlarini ifodalaydi.

O`zbekistondagi siyosiy islohotlar jarayonida siyosiy tizim elementlari orasida davlatdan keyin siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari muhim o`rin egallab kelmoqda. Siyosiy partiyalar turli ijtimoiy qatlam va guruhlar manfaatlarini ifoda etib, siyosiy hokimiyatni amalga oshirishda ishtirok etadilar yoki hokimiyatga bevosita ta`sir ko`rsatadilar. Siyosiy partiyalar tizimi bir partiyaviylik, ikki partiyaviylik va ko`ppartiyaviylikdan iborat bo`lib, hozirgi zamonda ko`ppartiyaviylik tizimi demokratik rivojlanish talablariga ko`proq darajada mos keladi. O`zbekistonda 2007-yilda qabul qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to`g`risida”;gi Konstitutsiyaviy qonun huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyat barpo etish jarayonida muhim ahannyatga ega bo`ldi. Kasaba uyushmalar, yoshlar, ijodiy, madaniy, ilmiy va boshqa tashkilotlar jamoat tashkilotlari bo`lib, ular davlat maqomiga ega emaslar va siyosiy hokimiyat uchun kurash olib bormaydilar. Jamoat tashkilotlari mamlakat aholisining barcha qismlarini o`zlarida birlashtirib, ularning qaror va hujjatlari barcha aholi uchun majburiy emasdir. Jamoat tashkilotlari siyosiy maqsadlarni emas, balki ma`lum guruhlarning moddiy, madaniy, ijodiy va ilmiy sohadagi manfaatlarini qondirishni o`z oldilariga maqsad qilib qo`yadilar. O`zbekistonda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilish jarayonida jamiyat siyosiy hayotida demokratiyaning shakllanishi va real hayotga tatbiq qilinislida fuqarolarning siyosiy faolligi katta ahamiyatga egadir. Chunki fuqarolarning siyosiy ishtiroki jamiyat hayotida siyosiy munosabatlarni yangi bosqichga ko`taradi va siyosiy tizimni takomillashtirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda O`zbekistonning siyosiy tizimi oldidagi muhim vazifalardan yana biri jamoatchilik fikrini inobatga olish va uni amalga oshirish mexanizmini yaratishdir. Hozirgi davrda jamiyat siyosiy tizimining takomillashib borishi fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim shartidir. O`zbekistonda kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o`tish jarayonida fuqarolarning ijtimoiy va siyosiy faolligi muhim ahamiyatga ega bo`lmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mamlakatda ko`p partiyaviylik va siyosiy xilma-xillik rivojlanishi uchun zarur bo`lgan siyosiy huquqlarning keng ko`lami ko`zda tutilgan bo`lib, O`zbekistonda mafkura va fikrlar xilma-xilligiga, ko`ppartiyaviylikka taraqqiyotimizni ta`minlashga yordam beradigan muhim omil sifatida munosabatda bo`linmoqda.

Siyosiy partiyalar roli va ahamiyatining kuchayishi hozirgi sharoitda ularning fuqarolar siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, aholining ayniqsa, saylov jarayonlarda xohish irodasi va fikrini ifodalash, markazda va joylarda davlat hokimiyati organlarini shakllantirishning muhim ta`sir o`tkazuvchi vositasiga aylanishi orqali kechishini anglatadi.

Fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biri - davlatning siyosiy institutlarda va siyosiy jarayonlarda turli xil fikrlarning erkin ifoda qilinishiga huquqiy asoslar yaratib berish, shuningdek, huquqiy davlat fuqarolar - plyuralistik siyosiy madaniyatga ega bo`lgan shaxslarni shakllantirishdir. Mamlakatimiz fuqarolik jamiyati tomon odimlar ekan, jamiyatimizda bugun mavjud bo`lgan xilma-xil fikrlar va g`oyalar, erkin qarashlar, har qanday toifa va guruhlarning intilish va umidlari, har qanday inson e`tiqodi va dunyoqarashi oshkor, erkin izhor etiladi. Siyosiy partiyalar esa demokratik jarayonning muhim instituti sifatida aholining kengroq qamrovi ifodalayotgan g`oyalarni mujassam etish, ular atrofida aholini birlashtirishga intiladi. Har bir siyosiy partiya mazkur g`oyalarni hayotga tadbiq etishda muayyan ijtimoiy tabaqaga tayangani bois, ularning amalga oshirish yo`lari bir-bnidan farq qiladi. Shunga qaramay, turli partiyalar tomonidan ilgari surilayotgan g`oyalar mazkur jamiyatni jipslashtirish, aholi turmush farovonligini yuksaltirishga yo`naltirilganligi bilan umumiylik kasb etadi. Shu bois, demokratik jarayonlar faollashgani sari, har bir siyosiy partiya faoliyatida milliy g`oya targ`ibotiga talab kuchayaveradi.



Download 251,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish