1-MAVZU: “MILLIY G`OYA TARIXI VA NAZARIYASI”
FANNING OBYEKTl, PREDMETI, MAQSADI VA
VAZIFALARI
1.1.“Milliy g`oya tarixi va nazariyasi” fanining shakllanishi
“Milliy g`oya tarixi va nazariyasi” fanining shakllanishi – O`zbekistonning hozirgi taraqqiyot yo`li mustaqillik g`oyalari, milliy g`oya, yuksak ma`naviyat, o`zini anglashga intilish, millat va Vatan taqdiriga daxldorlik hissi kuchaygan, g`oya va ma`naviyatga milliy taraqqiyotimizning eng ustuvor yo`nalishlaridan biri sifatida jiddiy e`tibor qaratilayotgan davr bo`lib, ushbu fanning shakllanishi va ta`lim tizimiga kiritilishi ham shu jarayon bilan bevosita bog`liqdir. O`zbekistonda milliy mustaqillikdan so`ng boy tarixiy-ma`naviy merosni, milliy qadriyatlarni tiklashga davlat siyosati darajasida munosabatda bo`lib kelindi. Buyuk ajdodlarimizning boy tarixiy, ma`naviy merosi, qilgan ishlari va ko`rsatgan jasoratlan xalqimiz tarixiy xotirasining tiklanishiga yordam berib, fuqarolarimizda vatanparvarlik, xalqparvarlik, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhidagi yangi fuqarolik ongning shakllanishiga yordam berdi. Mustaqillik tufayli boy tariximiz, madaniy va ma`naviy merosimiz, milliy urf-odat va an`analarimiz, udum va marosimlarimiz, dinu e`tiqodimiz qayta tiklandi. Xalqimizga xos bo`lgan mehr-oqibat, bag`rikenglik, hamjihatlik kabi ezgu fazilatlar, milliy mentalitetimizga xos bo`lgan boshqa jihatlar milliy o`zlikni anglash, tarixiy xotirani tiklash, milliy g`urur va iftixor tuyg`ularning tiklanishi bilan kundalik hayotdagi munosabatlarni tartibga soluvchi me`yorga aylandi. Xalqimiz jahondagi boy tarixga va yuksak ma`naviyatga ega bo`lgan xalqlardan biri bo`lib, uning milliy g`oyasi jamiyat taraqqiyoti bilan boyib, rivojlanib, vorislik asosida turli madaniyatlarni o`zida ifodalab taraqqiy etib bordi. O`zbekiston Respublikasi o`zining milliy mustaqilligini qo`iga kiritganidan so`ng xalqimiz o`z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish maqsadini qo`yib islohotlarni amalga oshira boshladi. Ana shu maqsadni amalga oshirish uchun yurtimizda bozor munosabatlariga asoslangan, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishga yo`naltirilgan siyosat olib borila boshlandi. Zamonaviy dunyoviy
davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun bizga yot va begona g`oyalarning tajoyuziga qarshi tura oladigan, har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazishga yordam beradigan, yuksak taraqqiyotni ta`minlashga xizmat qiladigan milliy g`oya va milliy mafkuraning zarurligi O`zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning asarlarida nazariy jihatdan asoslab berildi.
Mustaqillikdan so`ng, O`zbekiston xalqi o`z milliy g`oyasi negizlariga tayangan holda rivojlanish yo`lini tanladi. O`zbekistonning milliy mustaqil taraqqiyot yo`li xalqimizning boy tarixiy ma`naviy merosi va milliy qadriyatlarni qayta tiklash imkoniyatini berdi. Har qanday davlat, jamiyat va xalq maqsadsiz yashay olmavdi. U rivojlanish uchun o`zining ma`naviy asoslarini belgilab olishi zarur bo`lib, xalqning maqsad va muddaolari uning milliy g`oyasi va milliy mafkurasida o`z ifodasini topadi.
Insoniyat jamiyatining tarixiy taraqqiyotida turli xil g`oyalar va mafkuralar mavjud bo`lib, ba`zi g`oyalar va mafkuralar jamiyatning taraqqiyotiga yordam bergan bo`lsa, ba`zi g`oyalar va mafkuralar g`oyaviy maqsadlar tufayli har xil salbiy oqibatlarni ham yuzaga keltirgan. Ana shu g`oyaviy, mafkuraviy maqsad va muddaoning, g`oya bilan g`oyaning, fikr bilan fikrning, jaholat va ma`rifatning farqini bilish uchun milliy g`oyani, uning tarixi va nazariyasini o`rganish, tahlil qilish va shu asosda mafkuraviy immunitetni shakllantirish lozimdir. Jamiyat hayotida shaxs, inson, ijtimoiy guruh, qatlam, xalq, millatlarning, maqsadi, orzu intilishlari, qarashlari bir-biridan farq qiladi. Lekin milliy g`oya turli ijtimoiy guruh, qatlam, xalq, millatlarini vagona maqsad atrofida uyushtiradi, birlashtiradi, harakat dasturi bo`ladi, ularni ma`lum maqsadga yo`naltiradi. Jamiyat hayotida g`oya va mafkuralarga ijobiy va salbiy maqsadlarini o`z oldiga maqsad qilib qo`yganiga ko`ra bunyodkor va vayronkor g`oyalar va mafkuralar deb baho beriladi.
Globallashuv jarayoni va axborot oqimining tezlashuvi sharoitida ayrim g`oyalar va mafkuralar ma`lum bir millat va xalqning maqsad hamda intilishlarni hisobga olmasdan o`z g`oyalarni boshqalarga singdirishga, ularning ongi va qalbiril egallashga urinadi, bunday yot yoki yovuz g`oyalardan ogoh bo`lish uchun milliy g`oya, milliy mafkurani, ularning tarixi va nazariyasini chuqur o`rganish va bilish zarur.
Bugun dunyoda insonning ongi va qalbi uchun g`oyaviy, mafkuraviy kurash ketayotgan ekan, milliy g`oya tarixi va nazariyasini g`oya, mafkura, milliy g`oya, mafkuraviy tahdid, mafkuraviy profilaktika, mafkuraviy immunitet, geopolitik maqsadlar, mafkuraviy siyosat kabi tushunchalar orqali insonning ongi va qalbida mafkuraviy immunitetni shakllantirish, milliy g`oya va mafkurani fliqarolar ongi va qalbiga singdirib g`oyaviy, mafkuraviy tarbiyani olib borish imkonini beradi.
Milliy g`oyaning mazmuni va mohiyati, maqsadi va vazifalari O`zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov asarlarida nazariy jihatdan asoslab berilgan bo`lib, bu asarlarda milliy g`oyaning quyidagi jihatlariga asosiy e`tibor qaratilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |