Sohaviy atamalarning boyib borish manbalari.
Reja:
Sohaviy atamalarning boyib borishi.
O`zbek tilining boyish manbai.
«O`zbek tilining eskirgan so`zlar o`quv izohli lug`ati».
O‘zbek tilining leksikasi fan-texnika, san’at, ishlab chiqarishning taraqqiyoti bilan bog‘liq holda boyib boradi. Tilning lug‘at tarkibi 2 manba asosida boyiydi.
1. O‘zbek tilining ichki imkoniyatlari asosida (ichki manba). Bunda so‘z yasash orqali yangi so‘zlar hosil qilinadi: sinfdosh, limonzor, vazirlik, ijarachi, tinchliksevar, MDH, BMT kabi. Ichki imkoniyatga shevalardan adabiy tilga so‘z olish ham kiradi: aya, bolish, uvildiriq (ikra) kabi.
2. Boshqa tillardan so‘z olish (tashqa manba). O‘zbek tiliga boshqa tillardan so‘z o‘zlashtirish turli davrlarda turlicha bo‘lgan. Eng qadimda fors-tojik tillaridan, keyinroq arab tilidan, undan ham keyinroq rus tilidan va rus tili orqali Evropa tillaridan so‘z o‘zlashtirish faollashgan. O‘zlashgan so‘zlar ham o‘zbek tili leksikasida anchagina miqdorni tashkil etadi. Keyingi yillarda tilning leksik tarkibini so‘z yasashdan ko‘ra boshqa tillardan so‘z o‘zlashtirish hisobiga boyishi etakchilik qilmoqda.
Boshqa tillardan so‘zlar ikki usul bilan o‘zlashtiriladi: 1)so‘zni aynan olish yo‘li bilan; 2) kalkalab olish yo‘li bilan.
So‘zni aynan olish yo‘li bilan tojik, arab tillaridan, shuningdek, rus tillaridan, rus tili orqali boshqa Evropa tillaridan ko‘proq o‘zlashtirilgan. Masalan, sinch, devor, yana, rubob, kitob, maktab, daraxt, mutolaa, muomala, traktor, sport kabi.
Kalkalab o‘zlashtirishda so‘z aynan olinmaydi, balki so‘zning ma’nosi o‘zlashtiriladi. Ikkinchi tildagi so‘zning ma’nosi shu so‘zning morfemik tarkibidan qismma qism nusxa ko‘chirish orqali ifoda etiladi. Kalkalab o‘zlashtirishning 2 xil yo‘li bor:
1. To‘liq kalka. Bu usulda o‘zlashtirilayotgan so‘zning barcha qismlari o‘z til materialidan tuziladi. Masalan: polugramatnыy – chalasavod, vsesoyuznыy - butunittifoq.
2. Yarim kalka. Bu usulda o‘zlashtirilayotgan so‘zning bir qismi aynan saqlanib, bir qismi o‘z til orqali beriladi. Traktorist – traktorchi, tabelshik – tabelchi kabi.
Yarim kalkada ba’zan o‘zlashtirilayotgan so‘zning bir qism tashlanib, qolgan qismi aynan olinadi: aktualnыy – aktual kabi.
O‘zga til so‘zidagi ma’no o‘z tildagi so‘z bilan berilsa, bu semantik kalka deb ham yuritiladi. Masalan, bo‘g‘in so‘zining ruscha «ponolenie» ma’nosi.
2. Ma’lumki, o‘zbek xalqi tarixiy davrlar mobaynida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqada bo‘lib kelgan. Bu aloqalar o‘zaro aloqada bo‘lgan xalqning tiliga ma’lum darajada o‘z ta’sirini o‘tkazadi. O‘zaro ta’sir natijasida tilning barcha bo‘limlarida: fonetika, leksika, grammatika kabilarda o‘zgarishlar yuz beradi. Tildagi o‘zgarish va rivojlanish tilning leksikasida kuchli bo‘ladi.
O‘zbek xalqi qardosh bo‘lmagan tojiklar bilan qadimdan aloqada bo‘ldi. Shuning tarixiy sabablar bilan bog‘liq holda arab, ruslar bilan aloqada bo‘ldi. Hozirgi davrga kelib bir qancha xorijiy davlatlar bilan do‘stona aloqalar o‘rnatgan. Bular o‘zbek tili leksikasiga ko‘plab so‘zlarning o‘zlashishiga sabab bo‘lmoqda.
Hozirgi o‘zbek tili leksikasi tarixiy jihatdan ikki qatlamga ajratiladi:
1. O‘z qatlam.
2. O‘zlashgan qatlam.
I. O‘z qatlam. O‘z qatlamga umumturkiy so‘zlar va o‘zbekcha so‘zlar kiradi.
1. Umumturkiy so‘zlar. Ko‘pchilik turkum xalqlar tilida qo‘llanadigan, barcha turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan so‘zlar umumturkiy so‘zlar deyiladi. Bu so‘zlar turkiy qabilalarning goh qo‘shilishi, goh ajralishi natijasida yuzaga kelgan, hozirda turkiy xalqlar deb nomlanadigan kishilar tiliga mansub so‘zlardir. Oltoy tillar oilasining turkiy guruhida (turkumida) 24 ta til: o‘zbek, qozoq, uyg‘ur, boshqird, qirg‘iz, qoraqalpoq, turkman, ozarbayjon, no‘g‘oy, tatar, chuvash, yoqut, tuva, shor, qoraim, qumiq, gagauz, xakas, balqar, oyrot, karagas, turk, qorachoy, oltoy turklari tillari mavjud.
Umumturkiy so‘zlar hozirgi o‘zbek tili leksikasining asosiy qismini, deyarli yarmini tashkil qiladi. Umumturkiy so‘zlar turli sohalarga oid bo‘lib, ularga narsa-shaxs, belgi, miqdor, harakat, his-tuyg‘u bildiradigan so‘zlar kiradi: kishi, oyoq, qo‘l, bosh, ko‘z, qosh, qizil, ko‘k, yashil, oq, bir, ikki, uch, to‘rt, o‘n, kel, tur, yot, o‘tir, ol, ur, yaxshi, yomon, sen, u, biz, siz, ular, asta, sekin, tez kabi.
2. O‘zbekcha so‘zlar. O‘zbek tili ichida o‘zbek tili va boshqa til elementlari asosida yaratilgan so‘zlar o‘zbekcha so‘zlar deyiladi. O‘zbekcha so‘zlar o‘zbek tilining o‘z ichki imkoniyatlari asosida, o‘z qonuniyatlari asosida yaratiladi. Bunda quyidagi holatlar kuzatiladi:
1. Asli o‘zbekcha so‘zlarga shu tildagi so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilishi natijasida hosil qilingan so‘zlar: ter+im+chi, bir+lash+ma, qo‘l+lan+ma, o‘t+kaz+gich, tur+g‘un, bola+larcha.
2. Boshqa tildan o‘zlashgan so‘zlarga o‘zbek tilidagi yasovchi qo‘shimchalarni qo‘shish bilan yasalgan so‘zlar: a) tojikcha so‘zlardan yasalgan so‘zlar: mard+lik, jang+chi, do‘st+lik, pul+siz; b) arabcha so‘zlardan yasalgan so‘zlar: rahbar+lik, qimmat+li, shifo+la+moq, nifoq+chi, nomus+li; d) ruscha-internotsional so‘zlardan yasalgan so‘zlar: sport+chi, razvedka+chi, beton+la+moq, ekskavator+chi.
3. Boshqa tillardan kirgan yasovchi qo‘shimchalar yordamida o‘z va o‘zlashma so‘zlardan hosil qilingan so‘zlar: til+shunos, mehnat+kash, chizma+kash, kitob+xon, ilm+iy, vagon+soz va boshqalar.
O‘zlashgan qatlam. Hozirgi o‘zbek tilining lug‘at tarkibiga tarixiy sabablarga ko‘ra boshqa tillardan ko‘plab so‘zlar kirib kelgan. O‘zbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlar o‘zlashgan so‘zlar (olinma so‘zlar) deb yuritiladi. O‘zlashgan so‘zlar uyg‘ur, tojik, arab, rus, nemis, fransuz, ispan, ingliz va boshqa tillarga oid. O‘zbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlarni quyidagi qatlamlarga bo‘lish mumkin:
O‘zlashgan qatlam o‘zbek tili leksikasining boshqa tillardan o‘zlashtirilgan leksemalardan iborat qismi. Masalan: maktab, oila (ar.), daraxt, gul (f-t.), axta, bahodir (mo‘І.), afandi (turk.), ravshan (suІd.), traktor, avtobus (r-b.) va b.lar. Bu qismda arab, tojik-fors va rus tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
1. Fors-tojikcha so‘zlar: Bu so‘zlarning o‘zlashishiga sabab shuki, o‘zbek va tojik xalqlari asrlar mobaynida qo‘ni-qo‘shni bo‘lib yashab kelyapti. Shunga ko‘ra, osmon, oftob, bahor, baho, barg, daraxt, mirob, dasta, bemor, g‘isht, dasht, xonadon, shogird, xaridor, mard, kam, chala, balki, agar, ham kabi so‘zlarning o‘zbek tiliga o‘zlashishi tabiiy holdir. Misollardan ko‘rinyaptiki, fors-tojikcha so‘zlarda poy, dast, dar kabi qismlar qatnashyapti, so‘zlar oxirida jarangsiz undoshlardan keyin t, jaranglidan keyin d tovushlari ishtirok etyapti; Fors–tojik tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar. Bunday so‘zlarning o‘zbek tiliga o‘zlashtirilishida quyidagi omillarning alohida roli bor: a) o‘zbek va tojik xalqlarining qadimdan bir (yoki qo‘shni) territoriyada, bir xil ijtimoiy tuzum, iqtisodiy va madaniy-ma’naviy muhitda yashab kelayotganligi; b) o‘zbek-tojik va tojik-o‘zbek ikki tilliligining (bilingvizmining) keng tarqalganligi; v) tojik va fors tillarida ijod qilish an’analarining uzoq yillar davom etganligi; g) £o‘qon xonligi va Buxoro amirligida tojik tilining alohida mavqega ega bo‘lganligi; d) adabiyot, san’at, madaniyat, urf-odatdagi mushtaraklik va b.lar. Hozirgi o‘zbek tilida tojik-fors tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar orasida otlar (sartarosh, avra, avra-astar, bazm, barg, baxt, daraxt, daraxtzor, hunar, hunarmand), sifatlar (badbo‘y, badjahl, baland, baravar, barvasta, bardam, barzangi, barra, baxtiyor, bachkana, ozoda, toza), ravishlar (bajonidil, banogoh, do‘stona, tez, bazo‘r, astoydil, chunon), boІlovchilar (chunki, yoki, agar, garchi, ham), undovlar (balli, dod), yuklamalar (xo‘sh, xuddi), modal so‘zlar (chunonchi, binobarin) uchraydi. Fors-tojik tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlarda: a) so‘z oxirida undosh tovushlarning qatorlashib kelishi ancha keng tarqalgan: ²isht, go‘sht, daraxt, karaxt, do‘st, past, kaft, farzand kabi. (Umumturkiy so‘zlarda bu holat kam uchraydi); b) kuchsiz lablangan “o” unlisi so‘zning barcha bo‘²inlarida qo‘llanadi: ohang, nobud, bahor, obodon, peshona kabi. Tojik-fors tillaridan o‘zbek tiliga bir qator prefiks va suffikslar ham o‘zlashgan: prefikslar – “be-”, “ba-”, “no-”, “ham-”, “bar-“, “kam-”, “xush-“; suffikslar “-kor”, “-zor”, “-xo‘r”, ”-parvar”, “-kash”, “-bop”, “-boz”, “-do‘z”, “-namo”, “-paz”, “-furush” va b.lar. Ular dastlab tojik-fors so‘zlari tarkibida qo‘llangan, keyinchalik o‘zbek tilining so‘z yasovchi affikslari qatoridan o‘rin olib, yangi so‘zlarning yasalishida ishtirok etgan, shu yo‘l bilan o‘zbek tili leksikasini yana-da boyitgan. Masalan: badavlat, beayov, bebosh, beboshlik, noso², noto‘²ri, hamyotoq, hamkurs, hamyurt, barkamol, kamsuv, kamsuvlik, kamsuqum, kamsuqumlik, xushbichim, xushyoqmas, o‘rikzor, olmazor, to‘qayzor, bu²doyzor, bu²doykor, nafaqaxo‘r, tekinxo‘r, adolatparvar, chizmakash, somsapaz, yubkabop, kostyumbop, gruppaboz, buyruqboz, maxsido‘z, telbanamo, ipakfurush kabi. Bulardan tashqari, tojik tilidan o‘zlashgan xona, noma so‘zlari o‘zbek tilida affiksoid vazifasida qo‘llanib, yilnoma, oynoma, ishxona, bosmaxona kabi so‘zlarning yasalishida ishtirok etgan. Tojik tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarga o‘zbek tilining so‘z yasovchi qo‘shimchalarini qo‘shib leksema yasash hollari ham anchagina bor. Tojik tilidan so‘z o‘zlashtirilishi o‘zbek tilining lu²at tizimida yangi sinonimik qatorlarni ham yuzaga keltirgan: qirov(o‘zb.) – shabnam(toj.), yaproq(o‘zb.) – barg(toj.), oltin(umumturkiy) – tilla(toj.), buloq(o‘zb.) – chashma(toj.) kabi. Bunday holni antonimlar tizimida ham ko‘ramiz: do‘zax (f-t.) –jannat (ar.), yirik (o‘zb.)-mayda (f-t.) kabi.
2. Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar. Arabcha so‘zlar o‘zbek tiliga VII-VIII asrlardan boshlab kirgan. Bu hol arablarning Markaziy Osiyoni bosib olishi bilan bog‘liq. Kitob, maktab, xalq, maorif, shoir, ma’no, ilhom, kasb, qassob, san’at, asbob, bino, imorat, ovqat, g‘alla, fil, parranda, hasharot, inson, oila, amma, xola, dimog‘, idora kabi so‘zlar arab tilidan kirib kelgan. O‘zbek tilidagi arabcha so‘zlar ko‘proq ot va sifat turkumiga tegishli bo‘lib, ularning belgilari quyidagilardir: a) ikkita unli yonma-yon keladi: doim, shoir, muomala, shijoat, shuur, inshoot, murojaat, tabiiy; b) tutuq belgisi (') ishtirok etadi: ma'no, qal'a; d) -iy, -viy qo‘shimchalarini olib yasalgan bo‘ladi: asabiy, oilaviy). Arab tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlar. Bunday so‘zlarning o‘zlashtirilishi VIII asrdan boshlanib, IX-X asrlarda ancha faollashgan. Arab tilidan so‘z o‘zlashtirilishiga olib kelgan omillar ichida quyidagilar muhim rol o‘ynagan: a) arablar istilosi; b) islom dinining keng tarqalishi; v) arab yozuvining qo‘llana boshlanganligi; g) madrasalarda arab tilining o‘qitilishi; d) turkiy-arab ikki tilliligining (bilingvizmning) tarkib topganligi; ye) olimu fuzalolarning arab tilida ijod qilganligi va b.lar. Hozirgi o‘zbek tili leksikasida arab tilidan o‘zlashtirilgan leksemalarning ko‘pchiligi ot, sifat va ravish turkumlariga mansubdir: otlar – adabiyot, axborot, avlod, ayol, maktab, maorif, ma’naviyat, hosil, hukumat, odam, haqiqat, intizom, inshoot va b.lar; sifatlar – adabiy, ajnabiy, aziz, azim, ayyor, aqliy, badiiy va b.lar; ravishlar – avval, ba’zan, bil’aks, ta’ziman kabi. Bulardan tashqari, boІlovchilar (balki, ammo, lekin, va, vaholonki), undovlar (ajabo, barakalla, salom, xayr), modal so‘zlar (albatta, ehtimol, avvalo), yuklamalar (faqat, xuddi), ko‘makchilar (binoan) ham o‘zlashtirilgan. Arab tilidan so‘z o‘zlashtirilishi o‘tmishda faol bo‘lgan, hozir esa bu jarayon deyarli to‘xtagan. Ayrim arabcha so‘zlar hatto eskirib, tarixiy so‘zlar yoki arxaizmlar qatoriga o‘tib qolgan: adad (sanoq so‘z), ajam (“arablardan boshqa xalqlar”), akbar ("katta", "buyuk","ulkan"), alam (bayroq), bayoz (“she’riy to‘plam”), sallox (“qassob”), saloh (“to‘g‘rilik”, “vijdonlilik”), sanad (“hujjat”) va b.lar. Arab tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarning fonetik, semantik va morfemik tarkiblarida quyidagi xususiyatlar borligi ko‘zga tashlanadi: a) so‘z tarkibida ikki unlining yonma-yon qo‘llanish hollari uchraydi: matbaa, mutolaa, saodat, oila, doir, rais kabi; b) ra’no, da’vo, ta’na, e’lon, me’mor, ta’lim, e’tibor, mo‘tabar kabi so‘zlarda ayn tovushidan oldingi unli kuchli va bir oz cho‘ziq talaffuz etiladi; v) jur’at, sur’at, bid’at, qal’a, san’at so‘zlarida bo‘Іinlar ayirib talaffuz qilinadi; g) semantik jihatdan: ko‘proq diniy, hissiy, axloqiy, ilmiy, ta’limiy va mavhum tushunchalar ifodalanadi: avliyo, aza, azon, vahiy, avrat, axloq, axloqiy, xulq, fikr, tafakkur kabi; ilmga, adabiyot va san’atga oid tushuncha nomlari ham keng tarqalgan: amal (matematikada hisob turi), rukn, vazn (adabiyotshunoslik atamalari), riyoziyot (“matematika”), adabiyot, san’at, tabiiyot (fan va soha nomlari) kabi; d) so‘zlarning luІaviy va grammatik shakllari flektiv xarakterda bo‘lib, o‘zbek tilida morfemalarga ajratilmaydi: ilm, muallim, olim, ulamo; fikr, tafakkur, mutafakkir kabi. Arab tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlar orasida tarixan yasama bo‘lgan adabiy, badiiy, Іolibiyat, voqeiy, voqean, oilaviy kabi leksemalar ham bor. Bunday leksemalar bilan birga o‘zlashtirilgan “-iy”, “-viy”, “-an” affikslari o‘zbek tilida so‘z yasovchi affikslar darajasiga ko‘tarilgan, natijada o‘zbek tilida so‘z yasash imkoniyatlari kengaygan. ¥ozirgi o‘zbek tilida shu affikslar vositasida yasalgan juda ko‘p yangi leksemalar mavjud: texnikaviy, fizikaviy, tuban, turkiy kabi. Bulardan tashqari, arabcha leksik o‘zlashmalar o‘zbekcha yoki tojikcha so‘zlar bilan ma’no munosabatiga kirishib, o‘zbek tilining sinonimik qatorlarini boyitgan: o‘rinbosar (o‘zb.)- muovin (a.), guvoh (f-t.)– shohid (a.), aniq (a) – ravshan (so‘g‘d.) kabi
3. Xitoy tilidan olingan so‘zlar. Buyuk ipak yo‘li Markaziy Osiyo bilan Xitoyni bog‘lagan va natijada xitoycha so‘zlar o‘zlashgan: choy (xitoy tilida ttsay deyilar ekan), manti (myan – xamir, ti – go‘sht degani), lag‘mon (“cho‘ziq xamir” degani).
4. Mo‘g‘ul tilidan kirgan so‘zlar. XIII asrda mo‘g‘ullarning Markaziy Osiyoni bosib olganligi va buyuk Amir Temur tomonidan bu bosqinchilikka barham berilganligi tarixdan ma’lum. Tilimizga o‘zlashgan mo‘g‘ulcha so‘zlarning ayrimlarini keltiramiz: navkar (no‘xo‘r – do‘st, o‘rtoq degani), tuman (o‘n ming).
5. Ruscha-baynalmilal so‘zlar. X1X asrning 2-yarmidan Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston chor Rossiyasining mustamlaka mamlakatiga aylandi. Rus tilining o‘zbek tiliga ta’siri shu davrdan boshlandi. Rus tilidan, rus tili orqali boshqa tillardan ko‘plab so‘zlar o‘zlashdi. O‘zbek tiliga rus tilidan va rus tili orqali Yevropa xalqlari tillaridan (fransuz, italyan, nemis, ingliz, ispan) so‘z kirishi ikki tarixiy davrni o‘z ichiga oladi:
1. X1X asrning 2-yarmidan XX asrning boshlarigacha bo‘lgan davr.
2. 1917-yildan keyingi davr.
Rus tilidan so‘z o‘zlashtirilishiga ko‘proq quyidagi omillar sabab bo‘lgan: a) Chor Rossiyasining imperialistik siyosati; b) Sovet imperiyasida rus tilining millatlararo til mavqeiga ega bo‘lishi, bu mavqening yildan-yilga mustahkamlanib borishi; v) o‘zbek-rus ikki tilliligining tarkib topishi; g) matbuot, radio, televidenieda rus tiliga keng o‘rin berilishi; d) maktab-maorif tizimida, oliy o‘quv yurtlarida rus tilining maxsus o‘qitilishi; ye) ilm-fan terminologiyasining shakllantirilishida ruscha-baynalmilal atamalarga ko‘proq tayanish; j) ma’muriy-idoraviy ish qog‘ozlarining asosan rus tilida yozilishi va b.lar. Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarning aksariyati ot va son turkumlariga mansubdir: institut, universitet, drama, zavod, fabrika (otlar), million, milliard, trillion (sonlar), gramm, kilogramm, litr, millimetr, santimetr, kilometr, sekund, tonna kabi. Bu qatlamda kalka usulida o‘zlashtirilgan sifatlar ham bor: simmetrichnыy>simmetrik, psixologicheskiy>psixologik, biologicheskiy>biologik kabi. Ma’no jihatdan ruscha-baynalmilal so‘zlar orasida ishlab chiqarishga (zavod, fabrika, sex, stanok), ilm-fanga (sema, semema, nomema – tilshunoslikda; teorema, aksioma, romba, kvadrat – matematikada; spora, gameta, flora-botanikada; fauna, reptiliya - zoologiyada va b.lar); transportga (mashina, avtomobil, avtobus, poezd, trolleybus, tramvay), san’atga (teatr, spektakl, rejisser, opera, drama), radio va televideniega (radio, televizor, lampa, detal, videomagnitofon), harbiy tizimga (artilleriya, avtomat, tank, raketa, vzvod, rota, batalon) oid so‘zlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Rus tilidan so‘zlar ikki yo‘l bilan o‘zlashdi:
1. Rus ishchilari, ustalari, rus askarlari, amaldorlarining mahalliy aholi bilan turli xildagi aloqalari tufayli og‘zaki nutq orqali: chilon (chlen), adbakat (advokat), apisor (ofitser), iskalat (sklad), axran (oxrana), choynay (choynak) kabi.
2. Matbuot orqali: ayrapilan (aeroplan), pabrik (fabrika), po‘shta (pochta), zovut (zavod), uez (uezd), kridit (kredit), banka (bank), veksil (veksil) kabi.
Rus tili orqali kirgan so‘zlarning ba’zilari dunyodagi ko‘pgina xalqlarning tilida tovush tomoni deyarli o‘zgartirilmay ishlatiladigan xalqaro so‘zlardir. Ular, odatda, internotsional (baynalminal) so‘zlar deb yuritiladi. O‘zbek tiliga o‘zlashgan internotsional so‘zlar tarixiy jihatdan quyidagi tillarga mansub:
1. Rus tiliga: sud, samolyot, stol, stul, tok (elektr), ruchka.
2. Lotin tiliga: reviziya, nota, metall, refleks, rezina, general, kapital, kanal, plan, direktor, radio.
3. Yunon tiliga: grammatika, pedagog, talant, tezis, kafedra, poeziya, poema, metr, neft, taktika, parallel .
4. Nemis tiliga: raketa, kran, shaxta, rolik, politsiya kabi.
5. Ingliz tiliga: chempion, futbol, dollar kabi.
6. Fransuz tiliga: roman, palto, serjant, bank kabi.
Ruscha-baynalmilal so‘zlar - o‘zbek tiliga rus tilidan va u orqali Yevropa tillaridan o‘zlashtirilgan leksemalar: gazeta, jurnal, avtobus, trolleybus, teatr, roman, syujet, geometriya, fizika, matematika, traktor, kombayn, raketa, avtomat, armiya va b.lar.
Rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan so‘zlar ijtimoiy-siyosiy hayotga, sanoat, qishloq xo‘jaligi, fan-texnika, madaniy-oqartuv, san’at, savdo, sport, harbiy sohaga oiddir. Hozirgi Yevropa tillaridan so‘zlar bevosita aloqalar orqali o‘zlashmoqda. O‘zbek tilidan ham boshqa tillarga so‘zlar o‘tgan: o‘rik, anjir, somsa (ruscha: uryuk, injir, samsa). Karandash (qora tosh), kavardak (qovurdoq), yeralash (aralash), utyug (o‘tli yuk) kabi so‘zlarning ham rus tiliga o‘zbek tilidan o‘tganligi isbotlangan. O‘zbek tilida ishlatilayotgan bekat so‘zi ham yevropa tillarida piket tarzida qo‘llanayotganligi fanga ma'lum. Hozirgi paytda o‘zbek milliy sport turlaridan bo‘lgan kurashning xalqaro miqyos darajasiga ko‘tarilishi munosabati bilan kurash, yonbosh, chala, halol kabi o‘zbekcha so‘zlar boshqa tillarda ham ishlatilyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |