Eng avvalo, milliy g`oya tarixiy xotirani uyg`otish, o`tinishdan saboq chiqarish, o`zlikni anglash mezoni bo`lib hisoblanadi.
Shu, bilan birga milliy g`oya xalq maqsadlarini ifoda etib, jamiyat a`zolarini birlashtiruvchi g`oyaviy kuch vazifasini bajaradi.
Milliy g`oya millat, xalq va jamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch e`tiboring manbai sifatida jamiyat hayotida muhim o`rin tutadi.
Milliy g`oya O`zbekistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam vakillarining manfaatlarini o`zida ifodalaydi.
Millat aholisi ongi va qalbida «O`zbekiston - yagona Vatan» degan tushunchani shakllantirishga xizmat qiladi.
Milliy g`oya turli millat, qatlam, uning vakillari, siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan yuksak fenomen-ijtimoiy hodisa mazmuniga ega bo`lib, jamiyat mafkurasi vazifasini bajaradi. Milliy g`oya jamiyat hayotida biror-bir dunyoqarashni mutlaqlashtirmaslikni talab qiladi. Milliy g`oyaning jamiyat hayotida bajaradigan muhim vazifalaridan biri - har qanday ilg`or g`oyani odamlar ongi va qalbiga singdirish va har qanday yovuz g`oyaga qarshi javob bera olish imkoniyatining mavjudligidir.
Milliy g`oya jamiyat hayotida subyektivizm, volyuntarizm kabi lllailardan xoli bo`lgan va jamiyatimizning xolis fikriga tayanuvchi ob`yektiv mafkura bo`lib hisoblanadi.
Milliy g`oya ijtimoiy taraqqiyotda so`z bilan lshni, nazariya bilan ijtimoiy hayotni birlashtira olish imkoniyatiga ega bo`lgan ma`naviy omildir.
Milliy g`oya muayyan davrda sodir bo`ladigan o`zgarishlarga qarab, o`zi ifodalaydigan g`oya, manfaat va muddaolarini amalga oshirishning yangi-yangi vositalaridan ijodiy tarzda foydalanish imkoniyatini vujudga keltiradi.
Milliy g`oya yuqorida ko`rsatib o`tilgan sifatlarga javob bergan taqdirda kutilayotgan maqsadlarga erishish lmkomyatiga ega bo`ladi. Milliy g`oya har bir insonning hayoti davomida uning ongiga, tafakkuriga singib, ishonch va e`tiqodiga aylanib boradi.
Milliy g`oyaning mazmuni va mohiyati, tushunchalari, shakllantirish qonuniyatlari, namoyon bo`lish xususiyatlar, uni xalqimiz ongi va qalbiga singdirish yo`llan va usulari milliy g`oya fanida bir butun, yaXIIt, tizimli tarzda o`rganiladi.
Milliy g`oya tarixi va nazariyasi fanida milliy g`oya tarixi va nazariyasiga taalluqli bo`lgan fikr va qarashlar bayon qilinganda milliy g`oya fanning tushuncha va tamoyillariga tayaniladi. Mazkur fanning ta`lim tizimiga kiritilishi jamiyat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy hayot sohalarida sodir bo`lgan jarayonlarga bevosita bog`liq bo`lib, mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, dinlararo bag`rikenglik, millatlararo totuvlik hamda hamjihatlik ta`minlanishining mustahkam asosi bo`lib xizmat qilmoqda. Lekin shu bilan birgalikda globallashuv shaioitida dunyoning turli mintaqa va hududlarida ro`y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, zamonaviy ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning shiddat bilan rivojlanishi, kommunikasiya va informatsion texnologiyalarining tez sur`atlardagi taraqqiyoti g`oyaviy ta`sir o`tkazish imkoniyatlarining kengayishiga turtki berib, yoshlar ma`naviy kamolotiga salbiy ta`sir etuvchi mafkuraviy xurujlarining kuchayishiga olib keldi. Bugungi kunga kelib turli maqsadlarini ko`zlab uyushtirilayotgan axborot xurujlan xalqlar, davlatlar, mintaqalar hayotiga, kelajak taqdiriga tahdid solmoqda.
Vatanimiz mustaqilligining mulliy-ma`naviy asoslarini mustahkamlash, ma`naviy meros, milliy qaqriyatlarimiz, an`ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalanigan holda kelgusi, zamonaviy baxtli hayotimizni tashkil etishda xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg`ularni chuqur singdirish masalasi bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Shu bilan birga, xalqaro maydonda mafkuraviy, g`oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda milliy g`oyamizning tarixiy asoslarini chuqur o`rganishni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilishda ulardan oqilona foydalanish masalasi ham bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Milliy g`oya tarixi va nazariyasi fanini o`qitish jarayonida yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorfik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug`dirishi mumkin bo`lgan tajoyuzlarga qarshi lzchil kurash olib borish, buyuk ajdodlarimizdan meros bo`lgan bu Vatanni asrab-avaylash, uning buyuk kelajagini tashkil etish kabi muqaddas tuyg`ularni shakllantirish masalalariga e`tibor qaratiladi.
Fanni o`qitish jarayonida milliy mafkuraning muhim vazifalari bo`lgan milliy o`zlikni anglash, tarixiy xotirani tiklash, milliy g`urur va iftixor tuyg`ularni shakllantirish masalalariga ham katta e`tibor qaratiladi. O`zbek xalqi boy tarixga va yuksak ma`naviyatga ega bo`lgan xalqlardan biri bo`lib, xalqimizning boy madaniy va ma`naviy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odat va an`analari, bayram va marosimlari milliy mafkura tayanadigan tarixiy ildizlardir. O`zbek xalqining qadimiy tarixi, davlatchiligi, yaratgan moddiy va ma`naviy madaniyati fuqarolarda faxr va iftixor tuyg`ularni uyg`otib, milliy mafkura uchun asos bo`ladi. Milliy mafkuramizdagi ozodlik, erkinlik uchun kurash ruhi, ota-bobolarimizning mustaqillik yo`lida ko`rsatgan jasorati, bunyodkorlik ishlari ham milliy g`oya tayanadigan asosdir. Milliy g`oya xalqimiz, ayniqsa, yoshlar qalbi va ongida mustaqil e`tiqod va dunyoqarashni shakllantiradi, ularni yangi jamiyat barpo etish jarayoning faol ishtirokchilariga aylantiradi. Mamlakatimiz mustaqilligi va yaXIItligiga tahdid soladigan mafkuraviy xavf-xatarlar kuchaygan paytlarda milliy g`oya xalqni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi ulug` maqsadlar yo`lida jipslashtiradi va safarbar etadi. Mustaqillik yijlarida milliy qadriyatlarimizni tiklash, tariximizni chuqur o`rganish, undan zarur xulosalar chiqarishga katta e`tibor berib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |