1.3.“Milliy g`oya tarixi va nazariyasi” fanining maqsadi
Milliy g`oya tarixi va nazariyasi fanining maqsadi - milliy g`oyaning shakllanishi, uning tarixiy ildizlari va negizlarining xalqimiz hayotida tutgan o`rni va rolini o`rganish, O`zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda milliy g`oya va mafkuraning ahamiyatini ochib berishdan iboratdir. Mustaqillik davrida jamiyatimizda yuz bergan o`zgarishlar milliy o`zligimizni anglashni, milliy g`ururimizning o`sishini yangi bosqichga ko`tardi. Eng avvalo, xalqimiz milliy g`oya asosida milliy manfaatlarini chuqurroq va kengroq tushuna boshladi. Xalqning oliy maqsadlarini, orzu-lstaklarini o`zida ifodalaydigan, ularga erishish yo`larini asoslab jamiyatni birlashtiradigan, ularning kuch-g`ayratlarini yagona maqsadga safarbar etadigan milliy g`oya va mafkurasining yagona konsepsiyasi yaratildi. Milliy o`zlikni anglashning o`sishi ma`naviyat masalalariga ham, milliy g`oyani shakllantirish masalalariga ham e`tiborni kuchaytirdi. O`zbek xalqining boy va qadimiy ma`naviyati milliy g`oya va mafkurani tarkibiy qism sifatida o`z ichiga oladi, ularni oziqlaritiruvchi, harakatlantiruvchi aqliy va hissiy asos vazifasini o`taydi. Milliy g`oya va mafkuraning paydo bo`lishi hamda shakllanishi millatning ongi, dunyoqarashi, o`zligini va o`z tub manfaatlarini anglashi, kelajak taraqqiyot haqidagi tasavvurlari, intilishlari, o`z turmush tarzi mazmunini takomillashtirish istaklari va rejalan, madaniy merosga va zamonaviy qadriyatlarga munosabati bilan bevosita bog`liqdir. Milliy g`oya ma`naviyat negizida shakllantiriadi. Milliy g`oya xalqning haqiqiy tub manfaatlarini ifodalasa, jamiyatdagi aksariyat fuqarolar va ijtimoiy qatlamlar tomonidan tan olinsa, ma`naviyatning barcha sohalariga kuchli ta`sir ko`rsatib, tarbiyaning qudratli omillaridan biriga aylanadi. Milliy g`oya umummilliy manfaatlarini, xalqning orzu-umidini o`zida ifodalaydi, millatning jipsligini ta`minlaydi va o`zlikni anglashning muhim omili bo`lib hisoblanadi. Milliy g`oya va mafkura O`zbekistondagi barcha xalqlarning tilidan, dinidan, etnik kelib chiqishidan, jinsidan qat`iy nazar tub maqsadlari va manfaatlarini o`zida ifodalaydi. Milliy g`oya va mafkura turli ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, millatlar o`rtasida hamkorlik, millatlararo totuvlik va umumtaraqqiyot yo`lida jipslashish, shaxsiy, jamoaviy, guruhiy va milliy manfaatlardagi xususiy jihatlarga ham birday katta e`tibor qaratib, ularni uyg`unlashtirishga harakat qiladi. Milliy g`oya va mafkura dunyoviylikka, diniy bag`rikenglikka va rasionalizmga asoslanadi. Rasional dunyoqarash tafakkur erkinligiga, shaxsning o`z faoliyatiga, mavjud holatga ijodiy, ijtimoiy mas`ullik nuqtai nazaridan yondashishiga asoslanadi. Milliy g`oya va mafkura alohida shaxslarini va butun jamiyatni ezgulikka, erkinlikka, ijodga va taraqqiyotga rag`batlantiradi. Milliy g`oya va mafkuraning tarixiy, madaniy va ma`naviy ildizlari mavjud bo`lib, bu ildizlar milliy g`oya tarixi va nazariyasi fanining maqsadini ham o`zida ifodalaydi. Xalq og`zaki ijodi afsona va dostonlar, To`maris, Shiroq, Go`ro`g`li, Alpomish va boshqalarda ozodlik, el-yurt himoyasi uchun birlashish, Vatanga jonini ham ayamay xizmat qilish, Vatan uchun jonini fido qilishga tayyorlik, vatanparvarlik kabi g`oyalar ilgan suriladi. Forobiy, Beruniy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg`ariy va boshqalarning ijodida ham milliy jipslik, birlik, ajdodlar merosini, ma`naviyatini asrash, rivojlantirish, fozillikka, saodatli turmushga erishish masalalari ilgan surilgan. Mutafakkirlar tomonidan ilgari surilgan fikr va g`oyalarda yuksak imon-e`tiqod, axloqiylik. halollik, ilmga qattiq tayanish, mehnatsevarlik va o`zaro yordam berish kabi ma`naviy fazilatlar ulug`langan. Amir Temurning “Kuch - adolatda” shiori esa o`z davrining milliy g`oyasi sifatida ijtimoiy taraqqiyotga katta ta`sir ko`rsatgan. Ushbu g`oya asosida Amir Temur davlatining mafkurasi va huquq-tartibot tizimi shakllangan. Milliy ozodlik kurashi g`oyasi jadid ma`rifatparvarligida ham asosiy masalalardan biri bo`lib, jadidchilik mafkurasida til, din, moddiy va ma`naviy madaniyatni asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga asosiy e`tibor qaratilgan edi. Milliy ozodlik kurashi va jadid ma`rifatchilari faoliyatini milliy g`oya va mafkura tug`ilishining ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy-ma`rifiy negizi deb hisoblash mumkin. O`zbekiston mustaqillikka erishgach, milliy g`oya va mafkura boy tarixiy ma`naviy meros, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda qayta tiklanib. O`zbekiston fuqarolar, eng avvalo, yosh avlodni milliy g`oyada aks etgan millatning haqiqiy orzusiga - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni barpo etishga da`vat etib, takomillashtirilib borildi. Milliy g`oya va mafkuraning maqsadi O`zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan quyidagicha ta`riflanadi. “Xalqni buyuk kelajak va ulug`vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat`iy nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas`uliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an`analarimizga munosib bo`lishiga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da`vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish - milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir”.
1.4.“Mliliy g`oya tarixi va nazariyasi” fanining vazifalari
Milliy g`oya tarixi va nazariyasi fanining vazifalari - milliy g`oyaning shakllantirish va rivojlanish tarixi va nazariyasi bilan bog`liq asosiy tushulicha va tamoyillar asosida yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularning milliy g`oyaga bo`lgan ishonch va e`tiqodini mustahkamlash, Vatanga sadoqat va xalqqa hurmat ruhini oshirish, yoshlarning ogohligini va sezgirligini kuchaytirish hamda ularni huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurish yo`lida birlashtirish va safarbar etishdan iboratdir.
Milliy g`oya tarixi va nazariyasi fanining asosiy vazifasi fanda o`rganiladigan bilim va tushunchanalarni pedagogik tamoyillar asosida, marifiy yo`lar bilan talabalar ongiga singdirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |