8.3.Istiqlolga asoslangan yangi g`oyalar tizimini
takomillashtirish, uning ma`naviy ta`sirchanligi va mafkuraviy samarasini oshirish usulari va yo`lari
O`zbekiston xalqining tub manfaatlari, yuksak orzu-umidlari, ezgu niyatlari va oldiga qo`ygan buyuk ishlarni amalga oshirish yosh avlodga bog`liq bo`lib, yosh avlod yurtni kelajakda taraqqiyot va farovonlik sari yetaklaydi. Insonni yetuk shaxs qilib tarbiyalashda ta:lim-tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Tarbiyaning eng muhim yo`nalishi g`oyaviy tarbiya bo`lib, bu inson qalbi va ongiga hayot haqidagi falsafiy, siyosiy, huquqiy, diniy, estetik, axloqiy, badiiy, kasbiy tushuncha va qarashlarni, muayyan g`oya va mafkura tamoyillarini bosqichma-bosqich singdirishdan iborat bo`lgan jarayondir. Milliy g`oya chuqur e`tiqodga aylansa, u ulkan kuch va qudratga ega bo`ladi. G`oyaviy tarbiyaning maqsadi - jamiyatning har bir a`zosi, ijtimoiy qatlam yoki guruhda ezgu g`oyalarga sadoqat, ularni amalga oshirish uchun mas`uliyat, yot va zararli g`oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishdir. Sog`lom g`oyalar natijasida insonda sobit e`tiqod va yuksak dunyoqarash shakllanadi. Mustaqillik davrida yoshlar ongida Vatanga, milliy qadriyat va an`analarga muhabbat ota-ona, oila va mahallaga mehr, kasb-hunar va bilimga intilish hissiyoti shakllantirilmoqda. Milliy g`oyaning ta`sir doirasi nihoyatda keng bo`lib, u millatning o`ziga xosligini saqlab turish, millat manfaatlari yo`lida millat vakillarini birlashtirish, uyushtirish va taraqqiyot yo`nalishlarini belgilashga xizmat qiladi. Milliy g`oyani odamlar qalbi va ongiga singdirishda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta`lim-tarbiya, targ`ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi. Milliy g`oyani yoshlar qalbi va ongiga singdirishda ta`lim va tarbiya muhim o`rin tutadi. Ta`lim va tarbiya jarayonida yoshlar ongiga milliy g`oya va mafkura singdirib boriladi. Ta`lim va tarbiyada milliy g`oyani yoshlar qalbi va ongiga singdirish bosqichma-bosqich olib boriladi. Milliy g`oya targ`iboti va tashviqotining dastlabki bosqichi oila tarbiyasidan iborat bo`lsa, keyingi bosqichi maktabgacha ta`lim muassasalarida olib boriladigan g`oyaviy tarbiyadir. Maktabgacha tarbiya muassasalari bolalardagi umumiy savodxonlik va maktabdagi ta`lim-tarbiyaga tayyorlash jarayonining muhim va zaruriy bosqichi sifatida ko`rib o`tiladi. Ta`lim beruvchi barcha muassasalar-maktablar, litsev va kollejlar, texnikumlar, oliy o`quv yurtlari g`oyaviy, mafkuraviy ta`lim-tarbiyaning asosiy o`choqlari bo`lib, ularda ta`lim berish jarayonida quyidagi masalalarga asosiy e`tibor qaratiladi. G`oyaviy, mafkuraviy ta`lim-tarbiya jarayonida ta`lim oluvchilarda Vatan tuyg`usini shakllantirishga katta e`tibor qaratiladi. Ona tiliga muhabbat uyg`otish, milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish, ezgulik timsoli bo`lgan ayolni ulug`lash, oilaviy tarbiyada vatanparvarlikka e`tiborni kuchaytirish, mahallaning demokratik institut va o`z-o`zini boshqarish organi sifatidagi mohiyatiga e`tiborni qaratish ham g`oyaviy, mafkuraviy ta`lim-tarbiyadagi muhim masalalardir. G`oyaviy, mafkuraviy ta`lim-tarbiya jarayonida umuminsoniy qadriyatlarning millatlararo totuvlik, milliy va diniy bag`rikenglik, dunyoviy ilmlarga intilish va ilg`or madaniyatni shakllantirish vositasi ekanligi kabi jihatlarga ham katta e`tibor qaratilmoqda Milliy g`oya va mafkurada dinning insonparvarlik mohiyati va davlatning dunyoviylik tamoyili masalalariga ham katta e`tibor qaratilgan. G`oyalar adolatli va haqqoniy bo`lib, ko`pchilikning talab-ehtiyojlariga mos kelsa, bu sohadagi tarbiya vositalari ta`sirchan, tarbiyachilar esa faol va fidoyi bo`lsa, g oyaviy tarbiyadan ko`zlangan maqsadga erishiladi. G`oyaviy tarbiyani yo`lga qo`yish, sog`lom mafkura tamoyillarini aholi qalbi va ongiga muttasil singdirib borish bugungi kundagi dolzarb masaladir.
O`zbekiston sharoitida mafkuraviy tarbiyaning asosiy vazifasi-xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo`lidagi asriy orzu-istaklari, maqsadlarini, milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirishdan iboratdir. G`oyaviy, mafkuraviy tarbiya jamiyatda, avvalambor, oila, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, maktablar, litsey, kollejlar, texnikumlar, oliy o`quv yurtlari, ommaviy axborot vositalarii, jamoat tashkilotlarining birgalikdagi faoliyatini taqozo qiladi. Yuqorida ta`kidlab o`tilganidek, uzluksiz ta`lim tizimi mafkuraviy tarbiyani olib boruvchi asosiy bo`g`indir, zero mafkuraviy maqsadlarni yoshlar ongiga singdirish vazifasi asosan ta`lim tizimi orqali amalga oshiriladi.
O`zbekiston o`zining milliy mustaqilligini qo`lga kiritganidan so ng “Islohot - islohot uchun emas, avvalo, inson uchun” degan ezgu g`oya asosida ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishga kirishdi. Aholining hayot darajasi va turmushi sifatini yaxshilashga qaratilgan faol ichki va tashqi siyosat olib borildi. O`zbekistonda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan strategik ahamiyatga ega bo`lgan masalalarni yechish bilan bir qatorda, jamiyatimiz hayotini, fuqarolarimizning ongu tafakkuri va dunyoqarashini tubdan o`zgartirishga qaratilgan ko`pqirrali vazifalar ham amalga oshirildi. O`zbekistonda islohotlar jarayonida barkamol insonni tarbiyalash masalasiga katta e`tibor qaratilib, “Farzandlarimiz bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bolishlari shart”, shiori olib borilayotgani insonparvar siyosatning mohiyatini tashkil etdi. O`zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati “Bizga tinchlik va omonlik kerak” shiorida o`z ifodasini topgandir. O`zbekiston mustaqilligini har tomonlama mustahkamlash, mamlakatimizning barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi, xalqimiz faravonligini ta`minlashga qaratilgan ishlar “Ona- Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish - oliy saodatdir” degan shiorda o`z ifodasini topdi. Shu bilan birgalikda O`zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili amal qilmoqda. Mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlik sohasmi qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashda, “Xalq boy bo`lsa, davlat ham boy va qudratli bo`ladi” degan tamoyilga tayanilmoqda.
Milliy g`oya targ`iboti va tashviqoti yuqorida ko`rsatib o`tilgan g`oyalar va tamoyillarga tayanilgan holatda olib borilib, ushbu jarayonda quyidagi masalalarga e`tibor qaratiladi. Milliy g`oya mustaqillikni mustahkamlash, uni asrab-avaylash va himoya qilish omili bo`lib, u inson ongini bunyodkorlik g`oyalariga yo`naltirishga xizmat qiladi. Milliy g`oyani o`rganish insonda milliy g`ururni uyg`otadi va uni doimo o`zligini bilib yashashga undaydi. Shuning uchun milliy g`oya Vatan, millatning dardi, orzu-umidlarini, maqsadlarini, sha`nini baland tutib, uni doimo qalbida saqlagan holda o`zligini boyitib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
8.4.Inson, uning sha`ni va qadr-qimmati, huquq va
erkinliklarini taminlashning huquqiy kafolatlari
Har qanday mamlakatning demokratik taraqqiyot yo`lidan ketayotganligini ko`rsatuvchi muhim belgilardan biri o`sha mamlakatda insonning sha`ni va qadr-qimmati, huquq va erkinliklarining himoya qilinishi ta`minlanishidir. O`zbekiston Respublikasining demokratik va huquqiy davlat qurishdan asosiy maqsadi mamlakatda yashovchi har bir insonning huquq va erkinliklarini to`la ta`minlashdan iboratdir. O`zbekiston mustaqilligidan so`ng insonning sha`ni va qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini himoya qilish masalasiga katta e`tibor qaratildi. Inson huquqlariga amal qilishni ta`minlovchi vositalardan biri - har bir insonning o`z huquqini yaxshi bilishi, huquqiy ong va madaniyat darajasining yuqori bo`lishidan iboratdir. Asosiy qonunimizga “davlat, uning idoralari va mansabdor shaxslari jamiyat va fuqarolar oldida mas`uldirlar”, degan modda kiritilgan, - deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev, - Endilikda inson, uning hayoti, ozodligi, sha`ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquq hamda erkinliklari muqaddas sanalib, ular davlat tomonidan kafolatlanadi”. Har bir jamiyatning yetakchi kuchi bu inson bo`lib, inson jamiyatning rivojlanishida, uning tarkib topishida eng asosiy o`rinni egallaydi. O`zbekislonda demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonida insonning jamiyatda tutgan o`rni masalasi eng muhim masalaga aylanib bormoqda. Inson huquqlari davlat tomonidan ruxsat etilgan, man etilgan va uning o`z xohishi bilan amalga oshirilishi mumkin bo`lgan huquqlarga bo`linadi. O`zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish, davlatimiz ishlarini rivojlantirish, mustaqilligimizni mustahkamlashga qaratilgan 200 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Inson qonun doirasida o`ziga berilgan huquq va erkinliklarni hamda burchlarni aniqlaydi, unga rioya etishga harakat qiladi. Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari - insonga bekamu ko`st yashash imkoniyatini beruvchi, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy sohalarda o`zining imkoniyat va talablarini amalga oshirishni ta`minlovchi huquqiy maqomdir. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosi bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qayd etilgan huquq va erkinliklar qonunlarning mazmuni qo`llanilishiga hamda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatning faoliyatiga bevosita ta`sir ko`rsatadi. O`zbekiston Respublikasining inson huquqlariga doir davlat siyosatida insonning huquq va erkinliklari jamiyatda qonunchilik asosida mustahkamlanib, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, tashkiliy kafolatlan tizimi bilan taminlangandan keyingina amalga oshishi mumkinligi masalasi muhim o`rin egallaydi. Inson huquq va erkinliklarini ta`minlashda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muhim aliamiyatga ega bo`lib, Konstitutsiyaning 13-moddasida, “O`zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko`ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi”, deyilgan. Qadr-qimmat tushunchasi insonning o`z qadrini, bu dunyoda uning hayoti oliy qadriyat ekanligmi, o`z shaxsi oldida o`zi mas`ul ekanligini anglashi uchun xizmat qiladigan hissiyot bo`lib, u sha`n, nomus, g`urur tushunchalari bilan bog`liqdir.
Mustaqilik davrida O`zbekistonda inson huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari rivojlangan mamlakatlar tajribasi va milliy qadriyatlar talablari darajasida shakllantirildi. O£zbekistonning bosh maqsadi-erkin fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlatni barpo etishdan iborat bo`lsa, mustaqillikning asl mohiyati insonni va uning hayotini ulug`lashdan iboratdir. Mustaqilikning dastlabki paytidan boshlab O`zbekistonda inson huquqlari va ularni ta`minlash vazifasi davlat siyosatidagi ustuvor vazifalardan biri deb e`lon qilmdi. Demokratik taraqqiyot yo`lini tanlab, insonparvar davlat qurish yo`lidan ketayotgan davlatlar qatori O`zbekiston ham o`z Konstitutsiyasida insonlarning tabiiy, ajralmas huquqlari mavjudligi va barcha insonlar o`z qobiliyati, ijtimoiy kelib chiqishi, milliy, mafkuraviy mansubligiga ko`ra har xil bo`lishiga qaramay, qonun va sud oldida tenghgi to`g`risidagi insonparvar qoidalarni oliy maqomda mustalikamlab qo`ydi. Inson shaxsining kamoli uchun erkin fuqarolik jamiyati zarur bo`lib, faqat shunday jamiyatdagina shaxs o`zining barcha qobiliyatlarini to`la amalga oshiradi. Bugungi kunda dunyoda inson va fuqaro huquqlari bo`yicha 300 dan ko`p xalqaro-huquqiy hujjat amal qilib turibdi. O`zbekiston mustaqillikdan so`ng inson huquqlariga doir xalqaro huquqning umume`tirof etilgan qoidalariga qat`iy rioya etishini butun xalqaro hamjamiyatga e`lon qildi. O`zbekiston tomonidan inson huquqlari bo`yicha 60 dan ortiq konvensiya imzolangan. Mustaqillik davrida O`zbekistonda huquqqa munosabat tubdan o`zgarib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining eng muhim vazifasi qonuniylikni ta`minlash, insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarni amalda oliy qadriyat darajasiga ko`tarish, asossiz jinoiy ta`qib va xususiy hayotga aralashish holatlariga yo`1 qo`ymaslik, shaxsiy daxlsizlik huquqlari samarali muhofaza etilishini ta`minlash hisoblanadi. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari tizimida eng muhim va birlamchi huquq va erkinliklar - bu eng avvalo, shaxsiy huquq va erkinliklardir. Chunki, kishilarning shaxsiy huquq va erkinliklari ta`minlanganidan keyingina Konstitutsiya, qonunlar va qonun hujjatlarida mustahkamlanadigan, kafolatlanadigan va himoya qilinadigan boshqa huquq va erkinliklarni ta`minlash uchun shart-sharoit yaratiladi. Har bir shaxsning huquqi va qonuniy manfaatlarining kafolatli himoyasini ta`minlash, fuqarolarning qonun oldida tengligi tamoyilini hayotga izchil tatbiq etishga qaratilgan sud-huquq islohotlari bugun o`zining yuksak samaralarini bermoqda. O`zbekistonda sud-huquq tizimini chuqur isloh qilish va liberallashtirish, sud hokimiyatining amaldagi mustaqilligini ta`minlash bo`yicha mamlakatimizda keng miqyosli ishlar olib borilmoqda. O`zbekistonda 2008-yil 1-yanvardan boshlab o`lim jazosini bekor qilish to`g`risida, shuningdek, fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini prokuraturadan sudlarga o`tkazish to`g`risidagi qonun hujjatlarining amalga joriy etilishi muhim ahamiyatga ega bo`lib, mamlakatimizda dunyodagi eng insonparvar, liberal jinoiy jazo tizimlaridan biri yaratildi. Jamiyatimiz taraqqiyoti yo`lida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli lslohotlar huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida fuqarolar o`z huquq va erkinliklaridan to`g`ri foydalanishlari va zimmalariga yuklatilgan burchlarini halol, ixtiyoriy va vijdonan bajarishlari lozim bo`lib, bular ma`lum bir ta`moyilar asosida amalga oshiriladi. Bu tamoyillarga qonuniylik, teng huquqlilik, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarning uyg`unlashganligi, huquq va burchlarning birligi tamoyillari kiradi. Qonuniylik barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan O`zbekiston Konstitutsiyasi, respublika qonunlari va boshqa huquqiy hujjatlarning aniq va og`ishniav bajarilishida o`z ifodasini topadi. Qonuniylik fuqarolarda ishonch tug`diradi, qonunning adolatliligi uning inson va jamiyat mustaqilligi ehtiyojlariga mosligidan kelib chiqadi. Teng huquqlilik tamoyili respublika fuqarosi huquqiy maqomining asosiy xususiyati bo`lib, u hamma fuqarolar huquqlari va burchlarining tengligini bildiradi. Fuqarolar belgilangan shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklardan foydalanishda ham teng huquqlarga egadir. Fuqarolarning o`z huquqlari va erkinliklaridan keng foydalanishlari ularning faolligini oshiradi va davlat oldida turgan vazifalarning bajarilishini osonlashtiradi.
Nazorat uchun savollar:
1.Insonparvarlik deganda nimani tushunasiz?
2.Milliy g`oyada avlodlararo vorislik va yangilanish qanday namoyon bo`ladi?
3.Jamiyatda yangi g`oyalar tizimi qanday tamoyillar asosida rivojlanadi?
4.Istiqlolga asoslangan yangi g`oyalar tizimida mafkuraning rolini tushuntirib bering?
5.Insonparvarlikning ma`naviy ta`sirchanligi nimalarda aks etadi?
6.Yangi g`oyalarning mafkuraviy samarasini oshirish usulari va yo`larini aytib bering?
7.Inson, uning sha`ni va qadr-qimmatining huquqiy asoslari qanday me`yoriy hujjatlarda ifodalangan?
8.Insonning huquq va erkinliklarini ta`minlashda asosiy Qomusimizning rolini tushuntirib bering?
9.Milliy g`oyada insonparvarlik tamoyili qanday o`rin egallaydi?
10.Ta`lim muassasalarida milliy g`oyani yoshlar ongi va qalbiga singdirishning samarali usulari qanday?
11.Avlodlararo vorislikda mafkuraviy immunitet qanday shakllanadi?
12.Milliy g`oyaning jamiyatdagi ma`naviy ta`sirchanligi deganda nimani tushunasiz?
13.Huquqiy davlatda inson sha`ni va qadr-qimmati qanday kafolatlanadi?
14.O`zbekistonda qanday huquq sohasidagi islohotlar amalga oshirilmoqda?
Do'stlaringiz bilan baham: |