6-MAVZU: O`ZBEKISTON MUSTAQIL DEMOKRATIK TARAQQIYOTINING MILLIY G`OYA KONSEPSIYASI BILAN BOG`LIQLIGI
6.1.Mustaqillik, mustaqil demokratik taraqqiyot va milliy g`oya tushunchanalarning o`zaro munosabati hamda mazmuni va mohiyati
Mustaqillik - arab tilida tobe emaslik, ixtiyori o`zidalik, qaram emaslik, degan ma`nolarini bildirib, - erkin va ozod ravishda boshqalarning rahbarligisiz ish yurita bilish jarayonini o`zida ifodalaydi. Mustaqillik-o`zaro hurmat, bir-birini qadrlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanib ish ko`rish, keng dunyoqarash va erkin tafakkurga tayanib yashash, fikrlash hamda o`z hayotini o`zi tashkil etish imkoniyati va amaliyotini bildiradi. Mustaqillik har bir xalqning, millatning, har bir fuqaroning o`z istedodini namoyon etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga yo`1 ochadi. Mustaqillikka erishish g`oyasi xalqimizga azaldan meros bo`lib, bu xalqimizga ajdodlar orqali ming yilliklar qa`ridan bizgacha yetib kelgandir. Xalqimiz azal-azaldan o`z fikri-zikri bilan mustaqil, ozod, erkin yashash uchun doimo harakat qilgan. Tariximizning turli davrlarida ko`plab turli milliy mustaqil davlatchilik asoslari barpo elilgan.
Mustaqillik-tenglik sari qo`yilgan birinchi qadam bo`lib, tenglik bo`lgan joyda odamlar o`rtasidagi munosabatlar ham, davlatlar o`rtasidagi munosabatlar ham umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, umumiy mezonlar asosida yashash meyori hamda tartibi yuzaga keladi. Muslaqillik - o`zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir- birini qadrlash asosida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarga asoslanadi. Mustaqillik - jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o`z taqdiri bilan bog`liq bo`lgan istiqbol haqida o`ylash jarayonini ham o`zida ifodalaydi. Mustaqillik bu insonning erkin dunyoqarash va erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir. Mustaqillik mustamlakachilikning har qanday shakli va ko`rinishini inkor etadi. Mustaqillik jahon taraqqiyotining ilg`or tajribalar asosida o`z ravnaqining o`ziga xos tamoyillarini ishlab chiqqan holda rivojlanishdir. Mustaqillik o`zaro hamkorlik, hamjihatlik, davlatlararo va mintaqalararo siyosiy, iqtisoqiy hamda ijtimoiy munosabatlar asosida hayot kechirishdir. Mustaqillik inson uchun tabiatan ongli yashash va ongli munosabatni qaror toptirish mezoni bo`lib hisoblanadi. O`zbekiston o`zining milliy mustaqilligini qo`lga kiritganidan so`ng iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy-mafkuraviy sohalarda juda katta o`zgarishlar, yangilanish jarayonlar sodir bo`ldi. O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 19-sentyabr kuni Nyu-Yorkda bo`lib o`tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi xorijda O`zbekiston haqida shakllangan eski qolipdagi tushuncha va tasavvurlarni tubdan o`zgartirib, dunyo hamjamiyatining O`zbekistonga bo`lgan ishonchining bir necha marta oshishiga olib keldi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqida O`zbekistonning BMT Nizomida mustahkamlangan tinchlik va xavfsizlikni, barqaror taraqqiyot va inson huquqlarini ta`minlash sohasida olib borayotgan odilona siyosatiga alohida to`xtalib o`tildi. Prezidentning nutqida dunyoda tinchlik va barqarorlikni ta`minlash, xalqlar o`rtasida hamjihatlikni mustahkamlash, BMTning rolini yanada oshirishga qaratilgan muhim tashabbuslar ilgari surildi. Davlatimiz rahbarining nutqida O`zbekistonda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta`minlashga qaratilgan hamda insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib amalga oshirilgan bir qancha samarali tadbirlar sanab o`tilgan. Endilikda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi barcha huquqni muhofaza qilish sohasidagi barcha huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati parlament va fuqarolar tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda. O`zbekistonda siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyatining roli ortib bormoqda, sud organlarining chinakam mustaqilligi ta`minlarinioqda. Ommaviy axborot vositalarining o`rni sezilarli darajada ortib bormoqda. O`zbekistonda “xalq boy bo`lsa, davlat ham boy va qudratli bo`ladi” degan tamoyil asosida iqtisodiyot tizimini liberallashtirish, qulay investitsiya muhitini yaratish, ishbilarionlik va tadbirkorlikni rivojlantirishga katta e`tibor qaratilmoqda.
O`zbekistonning mustaqil demokratik taraqqiyoti jahon demokratiyasi, Sharqning insonparvarlik hamda xalqchillik an`analari, xalqimizning tarixiy tajribasi va ijtimoiy adolat to`g`risidagi tasavvurlari asosida shakllantirmoqda. O`zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining birdan bir manbai xalq bo`lib, davlat xalqning irodasini ifodalaydi, uning manfaatlariga xizmat qiladi. O`zbekistonda demokratiya ikki turda namoyon bo`lib, birinchisi vakillik demokratiyasi, ya`ni fuqarolar o`zlari saylagan vakillar-deputatlar orqali davlat va jamiyatning muhim masalalarni hal etadilar. Ikkinchisi bevosita demokratiya - bunda fuqaro o`zini-o`zi boshqarish tashkilotlari, mehnat jamoalari va fuqarolarning yig`inlari, referendumlar, qonun loyihalari muhokamasi, aholining ayrim masalalar bo`yicha fikrlarini so`rov yo`li bilan aniqlash kabi davlat va jamiyat hayotining muhim muammolarini bevosita hal etadilar. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakat hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tilari, urf-odatlarining hurmat qilinishini ta`minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Mustaqil O`zbekiston demokratiya sohasida o`ziga xos, bu borada rivojlangan mamlakatlarning, Sharq va G`arbning barcha ijobiy jihatlarini, ulug` ajdodlarimiz qoldirgan pand-nasihatlarni va xalqimiz an`analarini, milliy mentalitetimizning tarixan tashkil topgan xususiyatlarni o`zida mujassamlashtirgan demokratiyani yuzaga keltirmoqda. Demokratik davlat fuqarolarning davlat va jamoat ishlarini boshqarishdagi huquqlarini amalda ta`minlaydi, ana shunday ishtirok etishga sharoit yaratadi, shaxsning huquq va erkinliklari to`la ro`yobga chiqarilishini kafolatlaydi. Demokratik davlat ijtimoiy adolat tamoyillariga, huquqqa, qonunga, qonuniylikka asoslanadi. Demokratik davlat xalq uchun xizmat qiladi, uning manfaatlari va huquqlarini ta`minlaydi. Demokratik jamiyat qurish jarayoni kuchli fuqarolik jamiyati yaratilishini taqozo qiladi. Demokratiya sharoitida, davlat va uning tarkibiy qismi bo`lgan hokimiyatga munosabat o`zgaradi. Chunki hokimiyat jamiyat nazorati ostida bo`ladi. Saylash va saylanish mexanizmining amal qilishi, davlat rahbarlarining hisob berib turishi, matbuot erkinligi, jamoat tashkilotlarining faolligi demokratik, fuqarolik jamiyatiga xos xususiyatdir. Milliy g`oya demokratik fuqarolik jamiyatida har bir shaxs va butun jamiyatga taalluqli g`oyadir. Milliy g`oya negizida vatanparvarlik, millatparvarlik tuyg`usi yotadi. Milliy g`oya demokratiya va milliy davlatchilikning negizlarini tashkil etadi. Milliy g`oya, erkin fuqaro va demokratiya o`zaro bog`liq tushunchalardir. Milliy g`oya demokratik fuqarolik jamiyati fuqarolarni chinakam hamjihatlikka, ma`rifatga olib boradi.
6.2.Mustaqil demokratik taraqqiyotni ta`minlashning milliy-ma`naviy va umuminsoniy demokratik tamoyillari
O`zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy-ma`naviy va umuminsoniy demokratik tamoyillarining metodologik asoslari, ilmiy va amaliy jihatlari bugungi kunda O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yanada rivojlantirilmoqda. Milliy g`oya xalqaro huquq qoidalariga, umuminsoniy qadriyatlarga, O`zbekiston Konstitutsiyasiga, milliy madaniyatimiz va urf-odatlarimizga, vijdon erkinligi, insonparvarlik, fikrlar xilma-xilligi kabi demokratik tamoyillarga mos keladi. “Tamoyil” va “yo`nalish” so`zlari jamiyatning turli jabhalaridagi obyektiv, takrorlanuvchan, ustuvor hodisalarini o`zida ifodalaydi. Jamiyat hayotida “tamoyil” va “yo`nalish” so`zlari ma`lum bir jarayondagi qonuniyatni o`zida aks ettiradi. Bugungi kunda demokratiyaning muhim, butun dunyoda e`tirof etilgan asosiy tamoyillari mavjud bo`lib, bu tamoyillarga quyidagilar taalluqlidir:
1)erkin va adolatli saylovlar; 2) ochiq va hisobot beruvchi hukumat; 3) inson huquqlarining ustuvorligi; 4) hokimiyat organlarining saylab qo`yilishi; 5) so`z, matbuot va vijdon erkinligining Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlanishi; 6) qonun ustuvorligi; 7) fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy huquqlari mavjudligi va tengligi; 8) tayinlash yo`li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylab qo`yiladigan organlar oldida hisob berishda burchliligi; 9) ko`ppartiyaviylik tizimining mavjudligi; 10) umummilliy masalalarning hal etilishida referendumlarning o`tkazilishi; 11) mulk shakllarining xilma-xilligi va ularning tengligini kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi; 12) siyosiy muxolifatning ochiq faoliyat ko`rsatishi; 13) jamiyatda plyuralizm, ya`ni fikrlar xilma-xilligi, turli-tumanligini kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi hamda ularni amaliy hayotga joriy etish masalalari samarasining ortishi.
O`zbekiston milliy mustaqilikni qo`lga kiritgandan so`ng o`z oldiga bozor munosabatlariga asoslangan, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishni maqsad qilib qo`ydi. Demokratik jamiyat qurish milliy-ma`naviy va umuminsoniy demokratik tamoyillar asosida amalga oshiriladi. O`zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishning milliy tamoyillari quyidagilardan iborat: 1)Xalqimiz hayotida jamoa bo`lib yashash ruhining ustuvorligi; 2) Oila, mahalla, el-yurt muqaddasligi; 3) Ota-ona, mahalla jamoalariga, rahbarlarga yuksak hurmat-e`tibor; 4) Millatning o`lmas ruhi bo`lgan ona tiliga hurmat; 5) Kattaga hurmat, kichikka izzat; 6) Ayol zotiga ehtirom; 7) Sabr-qanoat, mehnatsevarlik; 8)Halollik va mehr-oqibat; 9)Demokratik jarayonlarning uzviyligi, asta-sekinligi; 10) Odamlarning tafakkuri va ijtimoiy saviyasi; 11)Xalqimiz milliy madaniyatining o`ziga xosligi va hokazo.
O`zbekistonda demokratik jamiyat barpo qilishning umuminsoniy demokratik tamoyillariga quyidagilar taalluqlidir:
1) Qonun ustuvorligi;2) Inson haq-huquqlari va hurfikrlilik; 3)Barcha millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjihat yashash; 4)Diniy bag`rikenglik; 5)Dunyoviy bilimlarga intilish, ma`rifatparvarlik; 6) O`zga xalqlarning ilg`or tajribalar va madaniyatini o`rganish va hokazolar.
Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishda umuminsoniy, mintaqaviy, milliy va diniy qadriyatlar muhim ahamiyat kasb eladi. O`zbekistonda qurilayotgan demokratik, adolatli fuqarolik jamiyati uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Jamiyatni demokratlashtirishning yana bir muhim sharti odamlarning tafakkuri va ijtimoiy saviyasi bilan demokratik o`zgarishlar darajasi va sur`atlari bir-biriga qanchalik mutanosib bo`lishiga bog`liqdir. Sharqda demokratiya tushunchasi hamjihatlik g`oyasi, jamoatchilik fikri va ustuvorlik zaminida shakllanadi O`zbekistonda demokratik jarayonlar xalqilnizning qonunni hurmat qilishi, milliy urf-odat, an`ana, udumlar, marosimlarning tiklanishi bilan uzviy ravishda amalga oshadi. Mustaqillik yillarida qo`lga kiritilgan eng katta yutuqlardan biri tarixiy, milliy va axloqiy qadriyat hamda an`analarning, muqaddas dinimizning qayta tiklanganidir. O`zbekiston xalqi avloddan-avlodga o`tib kelgan o`z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o`ziga xos an`analarini saqlab qolishga muvaffaq bo`ldi. Demokratiya qanchalik umuminsoniy ma`no va qadriyat kasb etmasin, uning negizini “milliylik”. “milliy ruhiyat” va milliy-ma`naviy qadriyatlar tashkil etadi. Demokratik tamoyillarni milliy qadriyatlar bilan uyg`unlashtirishda uning quyidagi jihatlariga alohida e`tibor qaratiladi:
1)Demokratik jarayonlarning uzviyligi asosida milliy qadriyat sifatida shakllantirilishi; 2) odamlarning tafakkuri va ijtimoiy-siyosiy saviyasi bilan demokratik o`zgarishlar darajasining mutanosib bo`lishiga erishish; 3) jamiyatdagi turli xil guruhlar qarashlarni yagona maqsad-“O`zbekislon kelajagi buyuk davlat” degan milliy g`oya asosida hamjihatlik, millatlararo totuvlik va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni taminlash asosida; 4) demokratik jarayonlar xalqimizning qonunni hurmat qilishi, qonunga itoat etish kabi fazilatlarga mos ravishda rivojlanishini ta`minlash; 5) siyosiy munosabatlarda axloqiy, ma`naviy, milliy qadriyatlar ustuvorligiga erishish orqali umumbashariy demokratik tamoyillarni mamlakat fuqarosining turmush ehtiyojiga aylantirish.
Umuminsoniy qadriyat deganda jamiyat a`zolarining hammasi uchun umumiy ahamiyatga ega bo`lgan va har bir shaxsning hayotida ro`y berayotgan o`zgarishlarga ijobiy ta`sir etadigan, kishilarning hatti-harakati, amaliy faoliyati, yashash tarsi, boshqalarga munosabatida namoyon bo`ladigan qadriyatlar tushuniladi. Insonparvarlik g`oyalariga sadoqat, demokratiya ijtimoiy adolat hamma yerda barqaror bo`lishiga intilish, inson huquqlari poymol etilishiga yo`l qo`ymaslik, hamma xalqlarning milliy mustaqillik uchun bo`lgan kurashlarini himoya qilish, kishilarini do`stlik, hamkorlik va hamdardlikka chorlash, hamma yerda tinchlik, osoyishtalik qaror topishiga harakat qilish, atrof-muhitni toza saqlash umuminsoniy qadriyatlarning bugungi kunda katta ahamiyat kasb etayotgan jihatlaridir. Bu qadriyatlar butun insoniyat tomonidan qo`lga kiritilgan fan, texnika, madaniyat, ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarni rivojlantirish borasidagi yangi jihatlar, demokratiya, qonunchilik, adolatni barqarorlashtirish borasidagi yutuqlardan ham iborat bo`lib, ulardan oqilona foydalanish respublikamizni jahondagi rivojlangan davlatlardan biriga aylantirish ishiga ham xizmat qiladi. Milliy qadriyatlar umuminsoniy demokratik tamoyillar bilan uyg`unlashtirilsa, jamiyat taraqqiyotining rivojlanishida uning o`rni alohida ahamiyatga ega bo`ladi. An`anaviy qadriyatlarimizni demokratik jamiyatning qadriyatlari bilan uyg`unlashtirish kelajakda yanada ravnaq topishimizning, jamiyatimiz jahon hamjamiyatiga qo`shilishining garovidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |