XALQARO HUQUQ VA MILLIY HUQUQIY TIZIM
Adambayev Umidbek Xaitbayevich
Toshkent viloyati Chirchiq Davlat
Pedagogika Instituti o’qituvchisi
Choriyev Alibek Ziyodulla o’g’li
Toshkent viloyat Chirchiq Davlat Pedagogika instituti
Milliy g’oya ma’naviyat asoslari va
huquq ta’lim yo’nalishi talabasi
Annotatsiya: ushbu maqolada xalqaro huquq va milliy huquq tizimi huquqni hayotimizdagi ahamiyati, normalari, talab va majburiyatlari, xalqaro huquq turlari haqida yoritilgan.
Kalit so’zlar: xalqaro huquq, milliy huquq, xalqaro huquq munosabatlari, xalqaro huquq normalari, milliy huquq va xalqaro huquq orasidagi munosabat.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng, yurtimizda huquq tizimida o’zgarishlar ro’y berdi. O’zbekiston rivojlanib jahon davlatlari darajasiga ko’tarilish jarayonida chet mamlakatlar bilan shartnomalar imzolashi kerak edi. Bu jarayonda yurtimizni siyosiy hayotida xalqaro huquq tizimi shakllana boshladi.
Xalqaro huquq tizimi asosan yagonaligi, shu bilan birga, nisbatan mustaqil tarkibiy qismlar (institutlar va tarmoqlar) tarzida tartibga keltirilgan bo'lim ekani bilan ajralib turuvchi yuridik normalar majmuasidir. Barcha davlatlar uchun majburiy hisoblangan umumiy xalqaro huquq ushbu tizimning o'zagini tashkil etadi. U subyektlar, yaxlit xalqaro hamjamiyat, ya’ni yetarli miqdordagi va nafaqat son jihatidan nufuzli bo'lgan davlatlarning yalpi sa’y-harakatlari bilan yaratiladi va o'zgartirib boriladi. U eng asosiy siyosiy va huquqiy tizimlami, shuningdek, barcha qit’alarni namoyon etishi shart. Umumiy xalqaro huquq odat normalaridan tashkil topadi va butun xalqaro hamjamiyatning huquqi hisoblanadi. Shu bois, har qanday davlat, jumladan yangi tashkil topgan davlatlar ham bu huquqni hurmat qilishga majbur.1
Xalqaro huquq dunyodagi davlatlar irodasining kelishuvi natijasidir. Milliy huquqiy tizim esa, bir davlat doirasidagi huquqiy normalarning yig'indisidir. Xalqaro huquq ham, milliy huquq ham huquqning turli xil darajada namoyon bo'lishidir hamda huquqning ikki mustaqil tizimini tashkil etadi. Ular o'zaro bog'liq va bir-biriga o'zaro ta’sir ko'rsatadi. Shu bilan birga, ular o'rtasida muayyan farqlar mavjud. Xalqaro huquq milliy huquqiy tizimdan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi.
Birinchidan, xalqaro huquq normalari o'ziga xos usulda shakllanadi. Agar milliy huquq normalari bir davlat organlari tomonidan qabul qilinsa, xalqaro huquq normalari xalqaro huquqning subyektlari (davlatlar, xalqaro tashkilotlar) tomonidan yaratiladi.2
Ikkinchidan, xalqaro huquq o‘z mohiyati bilan milliy huquqiy tizimdan farq qiladi. Agar milliy huquq normalari muayyan bir davlatning mazmun-mohiyati va tabiatini namoyon etsa, xalqaro huquq normalari umuminsoniy va umumdemokratik xususiyat kasb etadi.
Uchinchidan, xalqaro huquq milliy huquqdan o‘z subyektlari tarkibi bilan ham farq qiladi. Agar milliy huquqning subyektlari jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari bo‘lsa, xalqaro huquq subyektlaiga, awalambor, davlatlar hamda xalqlar va millatlar, xalqaro tashkilotlar kiradi.
To'rtinchidan, xalqaro huquq o'zining tartibga solish obyekti bilan ham ajralib turadi. Agar milliy huquq normalari bir davlat doirasidagi ijtimoiy munosabatlarni, shu jumladan chet el elementi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solsa, xalqaro huquq normalari, awalambor, davlatlararo munosabatlarni yoki kengroq m a’noda davlatlararo tizim subyektlari o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Beshinchidan, xalqaro huquq o‘z faoliyati ko‘lami va vositalari bilan ham milliy huquqdan farq qiladi. Agar milliy huquqning harakati va uning qo'llanishi muayyan bir davlatning ijroiya va sud organlari bilan bog'liq bo'lsa, xalqaro huquq normalarining harakat qilish mexanizmida esa ijroiya va sud organlari yo'qdir.
Xalqaro huquq normalariga rioya qilish davlatlar tomonidan bevosita yoki bilvosita majburlash orqali amalga oshiriladi. Amerikalik professor M.Makdugal xalqaro munosabatlarda majburlashning quyidagi to'rtta vositasini ko'rsatgan:
1) diplomatik shu jumladan kuch bilan tahdid qilish;
2) mafkuraviy;
3) iqtisodiy;
4) harbiy.
Shu vositalar orqali xalqaro huquq normalarini bajarish ta’minlanishi mumkin.
Xalqaro huquq normalariga har bir davlat o’z manfaat va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda amal qiladi. Hozirgi kunda deyarli barcha davlatlar xalqaro huquqning diplomatik qismiga amal qilishning afzal ko’radi. Barcha daalatlar o’z siyosiy boshqaruvidan kelib chiqib siyosat yuritadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
I.I.Lukashuk, A.X.Saidov “Hozirgi zamon xalqaro huquq asoslari va nazariyasi asoslari” darslik 2007y. 20 bet
I.I.Lukashuk, A.X.Saidov “Hozirgi zamon xalqaro huquq asoslari va nazariyasi asoslari” darslik 2007y. 28 bet
Do'stlaringiz bilan baham: |