O`zbekiston Respublikasining milliy mustaqilligi O`zbekiston xalqining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-mafkuraviy hayot sohalarida katta o`zgarishlarga olib keldi


Milliy g`oya va milliy ma`naviy meros o`rtasidagi uzviylikning Prezident Shavkat Mirziyoyev asarlarida nazariy asoslanishi



Download 251,05 Kb.
bet24/28
Sana02.01.2022
Hajmi251,05 Kb.
#307080
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
МҒ тарихи 1 семестр

11.3.Milliy g`oya va milliy ma`naviy meros o`rtasidagi
uzviylikning Prezident Shavkat Mirziyoyev asarlarida nazariy asoslanishi

Mustaqillikdan so`ng boy ma`naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma`naviyatini yuksaltirish, milliy g`oya va mafkuraning asosiy tushuncha va tamoyillarini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish masalasiga katta e`tabor qaratildi. Milliy g`oyaning jamiyat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy hayoti bilan, boy tarixiy madaniy va ma`naviy merosimiz bilan bog`liqligi masalalari O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning asarlarida bayon qilingan.

O`zbekistonda barpo etilayotgani ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyatga, boshqa fuqarolarning huquq va erkinliklari, sha`ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga asoslanadi. Ushbu masalaga Prezidentimizning Konstitutsiya kuni munosabati bilan tantanali marosimdagi ma`ruzasida alohida e`tibor qaratilgan bo`lib, Biz jamiyatimizda shunday huquqiy madaniyatni shakllantirishimiz kerakki, unga muvofiq Konstitutsiya va qonunlarga amal qilish, boshqalarning huquq va erkinliklari, sha`ni va qadr-qimmatini hurmat qilish majburiyat emas, balki kundalik qoida va odatga aylanishi shart, - deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev. - ...Barchamiz bir narsani tushunib olishimiz kerak: yaxshi yashash uchun eng avvalo, yaxshi mehnat qilish, huquq va erkinlik bilan birga, javobgarlik va mas`uliyatni ham chuqur his etishimiz zarur. Bunga erishish esa, faqat va faqat o`zimizga bog`liq. Ko`zlagan marralarimiz qanchalik yuksak va mashaqqatli bo`lmasin, ularga yetish uchun barcha imkoniyatlarimiz mavjud. Ajdodlarimiz merosi, xalqilnizning ilmiy va bunyodkorlik salohiyati hamda tadbirkorlik fazilati bizga bu yo`lda beqiyos kuch-qudrat manbai bo`lib xizmat qiladi.

Milliy g`oya, milliy mafkuradagi eng muhim g`oyalardan biri komil inson g`oyasi bo`lib, bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalash masalasiga davlatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatda katta e`tibor berilmoqda. Barkamol avlod tarbiyasida boy tarixiy ma`naviy merosimiz muhim ahamiyat kasb etmoqda.



Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi avvalambor yuksak ma`naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas`uliyatni o`z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bevosita bog`liq, - deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev, - ... Biz yoshlar uchun ularning sog`lom tug`ilishidan boshlab, toki mustaqil hayotga kirgunicha barcha zarur sharoitlarni yaratib berish maqsadida qanday katta ishlarni amalga oshirayotganimiz sizlarga yaxshi ma`lum. Mana, biz Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini, Toshkent shahrida esa Islom sivilizatsiyasi markazini barpo etmoqdamiz. Bu ishlarni kimgadir ko`z-ko`z qilish uchun amalga oshirayotganimiz yo`q. Maqsadimiz - islom dinning haqiqiy insonparvarlik mohiyatini, ma`rifiy islomni bolalarimiz ongiga singdirish. Shu yo`lda bizning buyuk ajdodlarimiz qanday ulug` ishlarni amalga oshirganlari haqida ular ana shunday maskanlarga kelib o`zlari uchun kerakli bo`lgan eng muhim bo`lgan bilim va tasavvurlarga ega bo`ladi. Eng asosiysi, ularning qalbida boy tariximiz, madaniy merosimiz bilan faxrlanish tuyg`usi kamol topadi.

Prezidentimiz asarlarida g`oyaviy-tarbiyaviy ishlarni olib borish, bu ishlarni olib boruvchi kishilarni faollikka chaqiruvchi fikrlar ham mavjud bo`lib, mafkura sohasida bo`shliq degan narsaning o`zi hech qachon bo`lmaydi, - deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev, - Chunki insonning qalbi, miyasi, ongu tafakkuri hech qachon axborot olishdan, fikrlashdan, ta`sirlanishdan to`xtamaydi. Demak, unga doimo ma`naviy oziq kerak. Agar shu oziqni o`zi yashayotgan muhitdan olmasa yoki bu muhit uni qoniqtirmasa, nima bo`ladi, aytinglar? Bunday oziqni u asta-sekin boshqa voqdan izlaydi. Shunga yo`l bermasligimiz kerak. Mana, gap nima haqida ketyapdi! Buning uchun o`zini jamiyatimiz,yoshlarimiz ma`naviyati, g`oyaviy- mafkuraviy tarbiyasi uchun mas`ul deb bilgan insonlar - bu mahalla yoki diniy tashkilotlar bo`ladimi, huquq-tartibot idoralari xodimlari yoki katta ta`sir kuchiga ega ijodkor ziyolilar bo`ladimi - ularning barchasi ayniqsa faol bo`lishlari lozim. Prezidentimiz ta`kidlab o`tganidek, - Biz qanday marraga erishnioqchi bo`lsak, unga faqat ona yurtimizga mehr-muhabbat, sadoqat va fidoyilik bilan erishamiz. Biz erkin va farovon kelajagimizni qurmoqchi bo`lsak, faqat mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga barpo etamiz. Prezidentimiz asarlarida yoshlar o`rtasida g`oyaviy-tarbiyaviy ishlarni olib borishda Yoshlar ittifoqi faoliyatini kuchaytirish masalasiga ham e`tibor qaratilgan. O`zbekiston Yoshlar ittifoqi jahon madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo`shgan buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat, unga munosib bo`lish tuyg`usini shakllantirish, bu bebaho boylikni chuqur o`rganish va keng targ`ib etishga qaratilgan mazmundor, ta`sirchan loyihalarni amalga oshirishga tashabbus ko`rsatishi nur ustiga nur bo`lur edi. Boy tarixiy ma`naviy meros, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg`unligi asosida O`zbekiston fuqarolarida milliy g`urur va iftixor tuyg`ularini shakllantirish va yuksaltirish g`oyaviy-mafkuraviy sohada olib borish zarur bo`lgan asosiy vazifadir. Tarixiy ma`naviy meros, milliy va diniy qadriyatlarni tiklash va shu asosda milliy g`oya va mafkurani shakllantirish va mustahkamlash masalasiga Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so`zlagan nutqida ham e`tibor qaratilgan bo`lib, “Bugungi kunda O`zbekiston jadal rivojlarinioqda, - deydi Shavkat Mirziyoyev, - Biz ajdodlarimizning donishmandlik an`analariga amal qilib, teran anglagan holda, qat`iy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz, mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yo`lidan bormoqdamiz. Jamuyatimizda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Ulardan ko`zlangan maqsad - “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga oshirish ustuvor ahamiyatga ega bo`lgan demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etishdan iborat”. Umuman olganda Prezident asarlarida tarixiy ma`naviy meros, milliy va diniy qadriyatlar, barkamol insonni tarbiyalash masalalariga katta e`tibor qaratilgan. Bugungi kunda jamiyat ma`naviyatini yuksaltirish sohasidagi eng asosiy vazifa milliy g`oyani shakllantirish va odamlar ongiga singdirishdan iborat bo`lib, milliy g`oyani shakllantirishda xalqimizning azaliy an`analariga, udumlariga, tiliga, diliga, ruhiyatiga asoslanib, fuqarolarda kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqal, adolat, ma`rifat tuyg`ularini singdirish masalasiga katta e`tibor qaratilmoqda.
11.4.Milliy g`oya negizlarini asrab-avaylash, uni hinioya qilish
shart-sharoitlari va omillari


Milliy g`oya xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o`z oldiga qo`ygan maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan g`oyadir. Milliy g`oya o`z tarixi va taraqqiyotining tub burilish davrlarida har qanday millat va xalqning kelajagini belgilaydi, unga yetishishning o`ziga mos yo`larini tanlab, ana shu jarayonga xos ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy yo`nalishlar bilan barcha g`oyaviy tamoyillarni ham belgilab oladi. Bunda butun millat uchun umumiy bo`lgan g`oyalar muhim ahamiyat kasb etib, agar milliy mafkuraning bosh g`oyasi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdan iborat bo`lsa, bosh g`oyaning mazmun va mohiyatidan kelib chiqadigan Vatan ravnaqi, Yurt tinchligi, Xalq farovonligi, Komil inson, Ijtimoiy hamkorlik, Millatlararo hamjihatlik, Diniy bag`rikenglik kabi g`oyalar ana shunday umummilliy g`oyalar qatoriga kiradi. Muayyan ijtimoiy guruh va qatlamning, millat yoki davlatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarni, ijtimoiy-ma`naviy tamoyillarini ifoda etadigan g`oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimiga mafkura deyiladi. Ijtimoiy hamkorlikka asoslangan, erkin demokratik jamiyat barpo etishni ko`zlagan davlatlarda milliy mafkura aholining barcha qatlamlarini jipslashtirishga, umummanfaat va yagona maqsad yo`lida birlashishga chorlaydi. O`zbekiston xalqining milliy g`oya va milliy mafkurasi jamiyatni jipslashtirishga, buyuk kelajak yolida hamjihatlik bilan harakat qilishga, barpo etilayotgan erkin fuqarolik jamiyatida har bir O`zbekiston fuqarosining o`ziga xos o`rni bo`lishiga erishishga safarbar etadi. Odamlarning ming yilar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko`zlagan va uning dunyodagi o`rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kuni o rtasida o`ziga xos ko`prik bo`lishga qodir g`oya jamiyat mafkurasi bo`lib hisoblanadi. Mafkuraning mohiyati faqat uning asosiy g`oyalari vositasida emas, balki ana shu g`oyalarga erishish usulari va umume`tirof etilgan tamoyillari, ularning aksariyat omma manfaatlariga mosligi orqali ham namoyon bo`ladi. Mafkuralar. ma`no-mohiyatiga ko`ra, falsafiy, dunyoviy, diniy va boshqa turli ta`limotlar asosida yaratiladi. Milliy g`oya fanining falsafiy asoslari deb har qanday g`oyaning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishi uchun ma`naviy asos bo`lib, nazariy-metodologik vazifani o`taydigan ilmiy falsafiy ta`limotlarga aytiladi. Milliy g`oyaning diniy negizlari deb muayyan millatni ezgulikka da`vat etadigan, insoniyatni ezgulik sari yetaklaydigan diniy dunyoqarash, tasavvur. urf-odat va marosimlar majmuasiga aytiladi. Milliy g`oya fanining dunyoviy ildizlari deb jamiyat hayotida shaxs va jamiyatning g`oyaviy-mafkuraviy tafakkurini yuksak darajada rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma`naviy-madaniy munosabatlarning yaXIIt tizimiga aytiladi. Dunyoviy va diniy g`oyalar bir-birini boyitib borgan sharoitda taraqqiyot yuksak bosqichga ko`tariladi. Bunga insoniyat tarixida o`chmas iz qoldirgan Imom Buxoriy va Muso Xorazmiy, Imom Moturidiy va Abu Rayxon Beruniy, Imom G`azzoliy va Abu Nasr Forobiy singari mutafakkirlar yonma-yon yashab faoliyat ko`rsatgan davr misol bo`la oladi. Ilmiy kashfiyotlar ham milliy g`oya va mafkura rivojiga katta ta`sir o`tkazib, zamonaviy fan yutuqlari, jumladan, kosmonavtika, kibernetika, elektronika, biologiya va tibbiyot, tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar odamlar tasavvurini keskin o`zgartirmoqda. Avni vaqtda yuksak ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, globallashuv jarayonlar bir tomondan, inson aql-idrokining imkoniyatlariga, kelajakka ishonchni orttirayotgan bo`lsa, ikkinchi tomondan, ekologik halokatlar, ma`naviy tanazzul kabi umumbashariy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Shuning uchun, ilm-fan va madaniyat borasidagi yutuqlaridan oqilona foydalanish uchun ham jamiyatga sog`lom g`oya, sog`lom mafkura zarurdir.

Milliy g`oya jamiyat hayotida tarixiy xotirani uyg`otish, o`tinishdan saboq chiqarish, o`zlikni anglash mezoni bo`lib hisoblanadi. U ijtimoiy hayotda xalq maqsadlarini ifoda etib, jamiyat a`zolarini birlashtiruvchi g`oyaviy vazifani bajaradi. Milliy g`oya millat, xalq va jamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch e`tiboring manbai bo`lib, u O`zbekistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam vakillarining manfaatlarini himoya qiladi. Milliy g`oya O`zbekistonda yashaydigan barcha fuqarolarning ongi va qalbida “O`zbekiston - yagona Vatan” degan tushunchani shakllantirishga xizmat qiladi. Milliy g`oya jamiyat hayotida turli millat, qatlam, uning vakillari, siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun tnradigan yuksak fenomen - ijtimoiy hodisa mazmuniga egadir. Milliy g`oya va milliy mafkura ijtimoiy taraqqiyotda yagona maqsadga - Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimizda ozod va obod Vatan barpo etish, erkin va farovon jamiyat qurish uchun xizmat qiladi. Mafkuraning asosiy maqsadi ushbu yo`lda xalqimizni jipslashtirish, kishilar ongida mustaqil dunyoqarash va ogohlik hissini tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazish, fuqarolarimizda begona va buzg`unchi g`oyalarga qarshi mustahkam mafkuraviy immunitetni tarbiyalash bilan uzviy ravishda bog`liqdir. Milliy g`oyaning tarixiy ildizlari - xalqimizning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan boy madaniy va ma`naviy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odat va an`analari, bayram va marosimlaridagi ozodlik, erkinlik to`g`risidagi qarashlari, ota-bobolarimizning

mustaqillik yo`lida ko`rsatgan jasorati, bunyodkorlik ishlari hamda ularni amalga oshirishda ma`naviy ruh bergan tafakkur tarzida namoyon bo`ladi. Bugungi kunda yurtimiz ko`rkiga-ko`rk bag`ishlab kelayotgan qadimiy obidalar osori atiqalar xalqimizning yuksak salohiyati, kuch-qudrati, bunyodkorlik an`analaridan dalolat berib, ular Vatammizning shonli tarixi to`g`risida yaqqol tasavvur va tushunchanalarni shakllantiradi, shu muqaddas diyorda yashaydigan har bir inson qalbida g`urur va iftixor tuyg`ularini uyg`otadi. Milliy g`oyani anglash umummaqsad yo`lida birlashish, uyushish, o`zini safarbar etish, hamjihatlik va hamkorlik, totuvlik hamda bag`rikenglik fazilatlari sifatida namoyon bo`ladi. Shunday omilning mavjudligi mamlakatning, xalqning, millatning ma`naviy, ruhiy kuch-qudrati mustahkam ekanligini ko`rsatadi.
11.5.Milliy g`oyaning rivojlanib, yangilanib borishi - umumiy qonuniyat ekanligi

Har qanday jamiyat o`ziga xos rivojlanish yo`lini tanlar ekan, o`zining oldiga muayyan maqsad va vazifalarni qo`yib faoliyat olib boradi. Bu vazifalar jamiyat, davlat, xalq va millat taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy, ta`lim-tarbiya va mafkuraviy jarayonlarning uzviy birligi asosida, muayyan qonuniyatga asoslangan hoida amalga oshadi. Xalqlar, millatlar, ijtimoiy-siyosiy kuchlar faoliyatida sodir bo`lgan turil mazmundagi hodisa va jarayonlar, ayniqsa g`oyaviy hamda mafkuraviy omillar odamlar ongi, tafakkuri va dunyoqarashiga ta`sir etadi. Har bir xalq, millat va jamiyat o`z manfaatiga xizmat qilib, uning taraqqiyotini ta`minlashga yordam beradigan muayyan g`oyaga ehtiyoj sezadi. G`oya muayyan xalqning maqsad-muddaolari, manfaatlari zaminida shakllanib, takomillashib boradi. Milliy g`oya millat manfaatlarini, xalqning orzu-istaklarini o`zida mujassamlashtiradi. U o`zining hayotbaxsh g`oyalari, buyuk maqsadlari bilan o`z kuch g`ayrati, aql-zakovati va hatto hayotini, buyuk g`oyalar yo`lida baxsh etishga tayyor komil insonlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Mafkuraning hayotiyligi odamlarning. millatning, jamiyatning milliy manfaatini, orzu-intilishlarini qay darajada aks ettirishiga, ularning turmish tarzi, dunyoqarashi, tabiatiga qanchalik mos bo`lishi bilan belgilanadi. Milliy g`oya va mafkura jamiyatni yuksak va bunyodkor maqsadlar tomon birlashtirib, jamiyat ahli o`rtasida sog`lom munosabatlarni shaklantiradi. Milliy g`oya ezgu orzular, maqsad-muddaolarga erishishda ma`naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan omil vazifasini bajarib kelgan. Milliy g`oya va mafkura barcha insonlar, xalqlar, jamiyat va davlat oldida turgan muhim vazifalarni amalga oshirishga vordam beradi hamda turli sohada faoliyat yuritadigan jamiyat ahlini birlashtirib, ularni umumiy maqsad sari safarbar etadi.

Milliy g`oya fanining g`oya va mafkuralarga oid hodisa, voqea, jarayonlarni o`zida aks ettiruvchi, ularning tub mohiyatini va ahamiyatini ochib beruvchi qonuniyatlari va kategoriyalari mavjud bo`lib, milliy g`oyaning qonuniyatlari jamiyat hayotida mavjud bo`lgan g`oyaviy va maflkuraviy hodisalar, jarayonlarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbatan barqaror bo`lgan, rivojlanish xususiyati va yo`nalishlarini belgilaydigan, aniq bir natijalarni keltirib chiqarishga ta`sir ko`rsatadigan munosabatlar majmuini o`zida ifodalaydi. Milliy g`oya va mafkura mamlakatimizda yashayotgan barcha fuqarolarning g oya va mafkurasi bo`lib, u har bir O`zbekiston fuqarosining jamiyat, el, yurt oldidagi o`z burch va mas`uliyatini qay darajada ado etayotganligini belgilaydigan ma`naviy mezon bo`lib hisoblanad. Fuqaro g`oya va mafkurasining kuchi ularda yashash manfaatining nechog`lik kuchliligidan kelib chiqib, shuning uchun ham u to`g`ridan-to`g`ri ijtimoiy adolat, erkinlik, inson huquqlari bilan chambarchas bog`lanadi va ular bilan uyg`unlik kasb etadi. Milliy g`oyada jamiyat hayotidagi ijtimoiy munosabatlar o`z ifodasini topib, inson manfaatlariga qaratilgan mehnat rag`batlantiriladi, mamlakat rivojlanishining ma`naviy-axloqiy negizlari bo`lgan umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik e`tirof etiladi. Xalqimizning ma`naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish, insonning o`z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi va vatanparvarlik, xalqning ma`naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish milliy g`oyani shakllantirish va rivojlantirish hamda g`oyaviy tarbiyadagi muhim jihatlardir. Milliy g`oya va milliy mafkuramizning asosiy maqsadlaridan biri - har tomonlama komil insonni tarbiyalashdan iborat bo`lib, komil inson bu - ozod shaxs, erkin fikr yuntuvchi, o`z xalqining ideallari uchun kurashuvchi insondir.

Milliy g`oya va milliy mafkuraning shakllanishida milliy o`zlikni anglash, tarixiy xotiraning tiklanishi, milliy g`urur va iftixor tuyg`ularining shakllanishi muhim ahamiyatga ega bo`lib, insonning o`z-o`zini anglashi - bu o`z Vatani va shu Vatanda yashagan xalqning, millatning o`tmishi, uning madaniyati, urf-odati, hamda qadriyatlarini bilishi demakdir. O`z-o`zini anglash bu - o`tgan ajdodlar tarixini mukammal bilish, Vatan hududidagi boy madaniy va moddiy merosni aniqlab, porloq kelajak uchun xizmat qilishga intilish, avlodlar farovonligi uchun o`z hissasini qo`shish hamdir. Milliy g`oyaning hayotga tatbiq etilishi va demokratik tamoyillarning amal qilishi, davlat, jamiyat, fuqarolarning o`zaro munosabatlaridagi qonuniylikka asoslanadi.

O`zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo`li respublikani rivojlantirishning milliy g`oyaga asoslangan o`ziga xos xususiyatlar va shart-sharoitlarini hisobga olishni talab qiladi. Bu xususiyat va shart-sharoitlar quyidagilardan iboratdir:

Avvalo, u aholining milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq an`analari va urf-odatlaridan kelib chiqadi. Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to`g`risida g`amxo`rlik qilish, ochiq ko`ngillilik, millatidan qat`iy nazar odamlarga xayrixohlik bilan munosabatda bo`lish, o`zgalar kulfatiga hamdard bo`lish va o`zaro yordam tuyg`usi kishilar o`rtasidagi munosabatlarning me`yori hisoblanadi. Vatanga mehr-muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlarga, ma`naviy meros va ma`rifatparvarlik g`oyalariga nisbatan hurmat ehtirom - O`zbekiston aholisiga xos fazilatlardir. Respublikadagi o`ziga xos`demografik vaziyat - g`oyat muhim xususiyatlardan biridir. Respublikamizda aholi va mehnat resurslari yuksak suratlar bilan o`sib bormoqda. Respublikaning yana bir xususiyati - mliliy tarkibining o`ziga xosligidir. Etnik tarkibda tub aholi ustun mavqeni egallab, shu bilan bir vaqtda respublika hududida o`z madaniyati va an`anasiga ega bo`lgan vuzdan ziyod millat vakillari yashab turibdi. O`zbekistonning milliy-madaniy jihatdan g`oyat turli-tumanligi milliy o`zligini anglash va ma`naviy qayta tiklanishning kuchayib borishi bilan uzviy birlikda jamiyatni yangilash, uni ochiq jamiyatga aylantirish uchun qudratli omil bo`lib xizmat qiladi va respublikaning jahon hamjamiyatiga qo`shilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi. Milliy g`oya va milliy mafkuraning taraqqiy etishi muayyan qonuniyat asosida amalga oshirilib, yagona maqsadga-Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimizda ozod va obod Vatan barpo etish, erkin va farovon jamiyat qurish uchun xizmat qiladi. Milliy g`oya va mafkuraning asosiy maqsadi ushbu yo`lda xalqimizni jipslashlirish, kishilar ongida mustaqil dunyoqarash va ogohlik hissini tarbiyalashi komil insonni voyaga yetkazish, fuqarolarimizda begona va buzg`unchi g`oyalarga qarshi mustahkam mafkuraviy immunitetni tarbiyalash bilan uzviy bog`liq bo`lib qolaveradi.

Nazorat uchun savollar:

1.Milliy g`oyaning negizlari tushunchasini tushuntirib bering?

2.Milliy-ma`naviy meros deganda nimani tushunasiz?

3.Umuminsoniy demokratik tamoyillarning falsafiy mohiyati nimada?

4.Ruhiy safarbarlik jamiyatda qanday amalga oshiriladi?

5.Ma`naviy jipslik milliy g oya rivojida o`zini qanday namoyon qiladi?

6.Milliy g`oya va milliy-ma`naviy meros tushunchalari o`rtasidagi aloqadorlikni ko`rsating?

7.Prezident Shavkat Mirziyoyev asarlarida milliy g`oyaning nazariy asoslanishini tushuntirib bering?

8.Milliy g`oya negizlarini himoya qilish mexanizmlarini yoritib bering?

9.Milliy g`oya negizlari qanday omillarga tayanadi?

10.Milliy g`oyaning rivojlanib, yangilanib borishini qanday tushunasiz?


Download 251,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish