13.2.Milliy g`oyani rivojlantirish tnshuncliasi, ma`no-
mazmuni, milliy g`oya rivojlanishining ong va tafakkur, turli xil omillar bilan bog`liqligi
Milliy g`oya mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga xizmat qiladigan mafkura to`g`risidagi yaXIIt va izchil ta`limot bo`lib, u o`zida jamiyat taraqqiyotining mafkuraviy tamoyillarini ifoda etadi. Milliy g`oya mamlakatdagi har bir millat, elat, ijtimoiy guruh, din, partiya yoki ijtimoiy qatlam vakili uchun umumiy mezon bo`lib, hozirgi davrda milliy g`oya uning tushuncha va tamoyillarini hayot talablari va bugungi taraqqiyotimiz masalalarini e`tiborga olgan holda o`rganish, boyitish, takomillashtirish va tushuntirish, targ`ib etish, undagi bilim- qarashlar tizimi asosida yangicha e`tiqod va dunyoqarash asoslarini shakllantirish nihoyatda muhimdir. Milliy g`oya deganda mustaqillik yillarida yangi mafkurani shakllantirish borasida olib borilgan izlanishlar natijasida yuzaga kelgan asosiy g`oyalar, qoida va tariflar majmui, tuyg`u va tushunchalar tizimi tushuniladi. Milliy g`oya va mafkura biz qanday jamiyat, qanday davlat, qanday tuzum barpo etamiz, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma`naviy asoslari nimalardan iborat, degan sayolarga javob berib, milliy g`oyaning bosh strategik maqsadi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyatni barpo etishdan iboratdir Milliy g`oya ana shu yo`lda fuqarolarni birlashtirib, ularni yakdil va hamfikr bo`lishlariga xizmat qiladi. Milliy g`oya millat taraqqiyotini, uning barqarorligini ta`minlashning asosiy manbasidir. Milliy g`oya - milliy ongni uyg`otuvchi, millatning o`zligini anglatuvchi, milliy o`ziga xoslik va mentalitetga ta`sir ko`rsatuvchi, milliy ruhiyat, g`urur, iftixor, e`tiqod va mas`ullik tuyg`ularini shakllantiruvchi fikr bo`lib, milliy g`oya har bir insonning o`zini anglashi jarayonida shakllanib, rivojlanib boradi. Milliy g`oyani rivojlanlinsh jarayoni insonning oila va tashqi muhit bilan munosabatlari asosida, milliy o`zlikni anglash, boy tarixiy moddiy va ma`naviy merosga tayanilgan holatda milliy g`urur va iftixor tuyg`ularini shakllantirish asosida amalga oshiriladi. Milliy g`oyani rivojlantirish urf-odat, an`ana va qadriyatlardan boshlanib, ma`naviy meros, tarixiy xotira va milliy taraqqiyotda to`plangan tajribalarni o`z ichiga oladi. Milliy g`oyaning rivojlantirilishida milliy ong, milliy o`zlikni anglash va milliy mentalitet muhim o`rin egallaydi. Millatning o`zligini anglashi, o`zining tarixiy ildizlariga tayanib, o`z millatiga xos bo`lgan udumlar, urf-odatlar, an`analar va qadriyatlarga amal qilishi milliy g`oyaning uyg`onib, rivojlanib va takomillashib borishiga xizmat qiladi. Milliy ong va nulliy o`zlikni anglash milliy g`oyaning rivojlantirilishiga ta`sir ko`rsatadi. Milliy g`oya millatning o`ziga xosligini saqlab turadi, millat manfaatlari yo`lida millat vakillarini birlashtiradi, ularni uyushtirib, taraqqiyot yo`nalishlarini belgilaydi. Milliy g`oya milliy o`ziga xoslikni saqlab turish, milliy manfaatlarini amalga oshirish va millatning istiqbolini belgilash jarayonida muhim ahamiyatga egadir. Milliy g`oyani rivojlantirish jarayonida milliy manfaatlar uchun umummilliy harakat vujudga keladi. Milliy g`oya insonda vatanparvarlik tuyg`usini uyg`otadi, uning ong va tafakkurida ona zaminning muqaddasligi tuyg`usini mustahkamlaydi. Milliy g`oya millat vakillarida millat taqdiri uchun mas`ullik tuyg`ularini ham uyg`otadi. Milliy g`oya millat vakillari bilan yonma-von yashaydigan o`zga millat va elat vakillarini, ularning manfaatlarini hurmat qilish, ularni o`z atrofida birlashtirish va uyushtirishga xizmat qilib, ularda diniy va insoniy bag`rikenglik kabi fazilatlarni shakllantiradi. Avlod-ajdodlar yuksak intellektual salohiyat, meros va ijtimoiy taraqqiyot tajribalarini yaratgan millatning milliy g`oyasi kelgusi avlodlarning taraqqiyotiga ta`sir ko`rsatadi. Milliy g`oya millatning o`z-o`zini anglashi, milliy ong rivojlanishi bilan cheklanib qolmay, u millatni boshqalarga tanitadi va xalqaro mavqeini belgilashga ham o`z ta`sirini ko`rsatadi. Milliy g`oya milliy ma`naviy tiklanishga asos bo`ladi. O`zbekistonda mustaqillik yillarida milliy tiklanish masalasida katta yutuqlarga erishildi. Boy tarixiy-ma`naviy merosimiz qaytadan tiklanib xalqimizga qaytarib berilmoqda, milliy urf-odat, an`ana, udumlar va qadriyatlarni tiklash masalasiga katta e`tibor qaratilmoqda. Boy tarixiy moddiy va ma`naviy qadriyatlarimizga asoslanayotgan milliy g`oya muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda jamiyatimizda tadbirkorlik, erkin iqtisoqiy faoliyat keng rivojlarinioqda, davlatimizning iqtisodiy qudrati ortib bormoqda, xalqimiz ma`naviy boyib, ilm-ziyo salohiyati yuksalib bormoqda. O`zbekistonda iqtisodiyotni ilg`or texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish, yoshlarimizni sog`lom va barkamol qilish masalasiga katta e`tibor qaratilmoqda. O`zbekistonda 2018-yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarini qo`llab-quvvatlash yili” deb nomlangan bo`lsa, 2019-yilga “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nom berildi. Inson erki, huquqining oliy qadriyat sifatida e`tirof etilishi, uning ishbilarmonlik, tadbirkorlik bilan halol mehnat qilishi, boy va farovon hayot kechirishi, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi uchun faoliyat olib borishi milliy g`oyaning asosiy maqsadidir. Milliy mafkuraning bosh g`oyasi mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan g`oyalarni hayotga tatbiq qilish va yanada rivojlantirish O`zbekiston tomonidan olib borilayotgan siyosatdagi muhim masalalardan bo`lib, O`zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglik sohasida o`z an`analariga doimo sodiq bo`lib, bu yo`ldan hech qachon og`ishmasdan ilgari boradi, - deydi O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, - Mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiyalar vakillari o`rtasida o`zaro hunnat, do`stlik va ahillik muhitini mustahkamlashga birinchi darajali e`tibor qaratiladi. Bu - bizning eng katta boyligimiz va uni ko`z qorachig`idek asrab- avaylash barchamizning burchiniizdir.
Milliy g`oyani rivojlantirishning asosiy mexanizmi sifatida namoyon bo`ladigan demokratik jamiyat qurish tamoyillari davlat, mamlakat hamda fuqarolarni kelajakka da`vat qiladigan ma`naviy ehtiyoj, taraqqiyotga undaydigan omillardan biri tarzida yuzaga keladi, kishilarni boshqarish vazifasini bajarayotgani siyosiy partiyalar, rahbar shaxslar aql-zakovati hamda salohiyatini o`zida ifodalaydi.
Jamiyatda olib borilayotgan islohotlar va o`zgarishlarning asosiy maqsadi bo`lgan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish O`zbekistonda ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtirib, milliy g`oyaning jamiyat hayoti barcha sohalariga ta`sirini kuchaytiradi. Shuning uchun xalqimiz va mamlakatimizning bugungi va kelgusi taraqqiyotini belgilashda milliy g`oya muhim o`rin tutadi.
Milliy g`oya tamoyillari demokratik jamiyat qurish tamoyillari bilan uyg`unlikda mamlakatning ichki hayotini boshqarishning asosiy mezonlaridan biri bo`lish bilan birga, tashqi siyosatda davlatning salohiyatini ko`rsatadigan, uning jahon hamjamiyati va xalqaro maydondagi obro`- e`tiborini namoyon qiladigan ma`naviy qadriyat va ijtimoiy omil bo`lib, hisoblanadi.
Milliy g`oyada ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o`rin olish, demokratik jamiyat qurish kabi ezgu maqsadlar o`z ifodasini topgandir.
O`zbekiston mustaqilligidan so`ng ijtimoiy masalalarni qamrab oluvchi chuqur o`zgarishlarni amalga oshirish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o`rin olish, demokratik jamiyat qurish kabi ezgu maqsadlar kun tartibiga qo`yildi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish esa jamiyatimizning ijtimoiy ma`naviy poydevorini mustahkamlash, yot mafkuralar tajoyuziga qarshi tura oladigan, jamiyat a`zolariida mustahkam e`tiqodni shakllantirib, ularni yanada jipslashtirib, mamlakat fuqarolarining o`zaro totuv, do`st va inoq bo`lib yashashiga, o`z manfaatlarini Vatan manfaatlari bilan uyg`unlashtirishga chorlaydigan, har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish, g`oyaviy bo`shliq bo`lishiga yo`l qo`ymaslik va nihoyat, yurtning yuksak taraqqiyotini ta`minlash uchun milliy g`oyani shakllantirish ehtiyojini vuzaga keltirdi.
O`zbekiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritganidan keyingi yilarda o`ziga xos sharqona demokratik jamiyatni shakllantirishning ustuvor yo`nalishlarini belgilab oldi. Ana shunday yo`nalishlardan biri bu, komil insonni tarbiyalab yetishtirish, uning ma`naviy-ma`rifiy va axloqiy fazilatlarini shakllantirishdan iborat edi.
Demokratik jamiyat barpo etish jarayoni milliy g`oyaning shakllanishi bilan uzviy bog`liq holda amalga oshirilib, milliy g`oya o`z davrining asosiy vazifasi va maqsadini o`zida aks ettiradi. Milliy g`oyaning eng muhim xususiyati - insonni, jamiyatni ma`lum maqsad sari yetaklaydigan, uni harakatga keltiradigan, safarbar etadigan kuch ekanligidadir. Milliy g`oya har bir xalq va millatning o`z salohiyatini to`la-to`kis ro`yobga chiqarish, o`zi istagan, o`zi xohlagan, o`zi tanlagan taraqqiyot yo`lidan borish imkoniyatini beradi.
13.3.Milliy g`oyaning rivojlanish mexanizmlari - milliy-
ma`naviy meros, urf-odat, an`analar va qadriyatlar
Milliy g`oya millat taraqqiyotini, uning barqarorligini ta`minlashning asosiy manbasi bo`lib, u har bir insonning o`zini anglashi jarayonida shakllanadi. Insonning shaxs sifatida shakllanishi uning o`zini anglashidan boshlanadi. Milliy g`oya milliy-ma`naviy meros, urf-odat, an`ana va qadriyatlardan boshlanib, ma`naviy meros, tarixiy xotira va millat taraqqiyotida to`plangan tajribalarni o`z ichiga oladi. Milliy g`oya oila va millat vakillarining o`zaro munosabatlari, hatti-harakatlari va milliy mentalitet ta`sirida shakllanib, milliy g`oya tizimida milliy ong, milliy o`zlikni anglash va milliy mentalitet yetakchi o`rinni egallaydi. Inson o`zining turmushi va hayot kechirishi jarayonida o`z millatiga xos bo`lgan udumlar, urf-odatlar, an`analar va qadriyatlarga amal qilsagina milliy g`oya uyg`onib, rivojlanib va takomillashib boradi. Milliy ong va milliy o`zlikni anglash milliy g`oyaning shakllanishi uchun asos bo`ladi. Milliy g`oya ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili sifatida odamlarni birlashtiradi, uyushtiradi, ma`lum bir maqsadga yo`naltiradi, harakat dasturi bo`ladi va taraqqiyotning yo`nalishini belgilaydi. Milliy g`oya milliy o`ziga xoslikni saqlab turish, milliy manfaatlarni amalga oshirish va millatning istiqbolini belgilashda muhim ahamiyatga egadir. Milliy g`oya insonlarning ongi va qalbiga singib borishi jarayonida milliy manfaatlar birlashib, jamiyatning barcha a`zolarining manfaatlarini o`zida ifodalaydigan umummilliy harakat vujudga keladi. Mana shu umummilliy harakatni vujudga keltirish milliy g`oyaning muhim vazifasidir. Milliy g`oya millat vakillarida vatanparvarlikni shakllantiradi, ularda ona zammning muqaddasligi tuyg`usini uyg`otib, um ko`z qorachig`idek asrash tasavvurini mustahkamlaydi. Milliy g`oya har bir millat vakiliga uning boy tarixiy ma`naviy merosi, tarixiy taraqqiyotga katta hissa qo`shgan vakillari to`g`risida ma`lumot berib, ularda g`urur va iftixor tuyg`ularini mustahkamlaydi. Milliy g`oya insonda tarixiy xotirani mustahkamlaydi, uning takrorlarlanmas imkoniyatlaridan foydalanish imkoniyatini vujudga keltiradi hamda millat vakillarida millat taqdiri uchun mas`ullik tuyg`ularini uyg`otadi Milliy g`oyaning imkoniyatlari nihoyatda keng bo`lib, u millatni boshqalarga tanitadi, uning umumjahon sivilizatsiyasi jarayonlariga mustaqil subvekt sifatida kirib borishiga o`zining ta`sirini ko`rsatadi. Milliy g`oya milliy-ma`naviy tiklanishdagi muhim manba bo`lib, millatning avlod-ajdodlar tomonidan yaratilgan meros, urf-odatlar, an`analar, qadriyatlarning qaytadan tiklariib milliy rivojlanishga yo`naltirilishi ushbu jarayonni o`zida ifodalaydi. O`zbekistonning boy ma`naviy merosi shakllanayotgan yangi ma`naviyatimizning negizini, poydevorini tashkil qiladi. Ma`naviy merosimizda xalqimizning asriy orzu-intilishlari, bilimlari va hayotiy tajribalar mujassamlashgan bo`lib, u o`zligimizni anglash, milliy tiklanish va rivojlanishimiz uchun qudratli tayanch bo`lib xizmat qiladi. Milliy g`oya va mafkura ham ma`naviy merosimizga tayangan holda shakllanadi hamda rivojlanadi Ma`naviy meros xalqning muqaddas xotirasi bo`lib, uning kishilik tarixi va ma`naviy taraqqiyotidagi tutgan o`rnini belgilab beradi. Ma`naviy meros jamiyatda alohida olingan inson uchungina emas, balki butun jamiyat va xalq uchun xizmat qiladi.
Har bir xalqning o`ziga xos urf-odatlari,udumlari va marosimlari mavjuddir. O`zbek xalqining urf-odatlari, an`analari, marosimlari qadimgi tarixga ega bo`lib, ular xalqning ma`naviy ehtiyojlari zaminida paydo bo`lib, shakllanib, takomillashib, o`z mazmunida shu xalqning orzu-umidlari, istaklari, turmush tarzi, axloq normalarini mujassam etadi. Shuning uchun ham har bir xalq, millat, elat nulliy urf-odatlar, an`analar va marosimlarni avaylab-asrashi, taraqqiy ettirishi, kelgusi avlodlarga ma`naviy qadriyat sifatida yetkazishi muhimdir. Urf-odat, an`analar, marosim va bayramlar xalqning, millatning ma`naviyati, qadriyatlarning ajralmas qisnndir. Asrlar mobaynida shakllangan, avloddan-avlodga bebaho va noyob meros sifatida takomillashib, to`ldirilib, xalqchillashib, zamonaviylashib kelayotgan urf-odatlar va marosimlar milliy g`oya va mafkurani xalqimiz qalbi va ongiga singdirishda muhim vosita bo`lib xizmat qiladi. Bugungi kunda milliy urf-odat va an`analarimizning jamiyatni birlashtiruvchi, xalqimizni jipslashtiruvchi, odamlar o`rtasida mehr-oqibatni kuchaytiruvchi, ularni safarbar etuvchi xususiyatlardan yanada samaraliroq foydalanish masalasiga katta e`tibor qaratilmoqda. Urf-odat, an`ana va marosimlarning shakllanishiga xalqning bosib o`tgan tarixiy yo`li, xo`jalik yuritishning o`ziga xosligi, tabiiy muhit kabi bir qator omillar ta`sir ko`rsatadi. Milliy an`analarni o`rganish, targ`ib etish bilan bir qatorda to`y-ma`rakalarni odat va udumlarini ixchamlashtirish bu borada isrofgarchilik va dabdabaga yo`l qo`ymaslikka alohida e`tibor qaratilmoqda. Urf-odat va marosimlar mazmuniga ko`ra dunyoviy va diniy, tarqalish doirasiga ko`ra milliy, mintaqaviy hamda umuminsoniy urf-odat va marosimlarga bo`linishi mumkin. Asrlar mobaynida shakllangan. avloddan-avlodga bebaho meros sifatida o`tib kelayotgan urf-odat, marosim va bayramlar milliy mafkuraning asosiy g`oyalarini singdirishda muhim omil bo`lib kelmoqda.
Qadriyatlar – jamiyatda, kishilar o`rtasida obro`ga, e`tiborga, hurmatga, nufuzga, ahamiyatga ega kishilar, munosabatlar, holatlar, moddiy narsalar va ma`naviy boyliklar majmuasidan iborat bo`lib, qadnyalar tushunchasi voqelikdagi muayyan hodisalarning insoniy, ijtimoiy va madaniy ahamiyatini ko`rsatish uchun qo`llaniladi. Qadriyatlar inson uchun ahamiyatga ega bo`lgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab, tartiblar va boshqalarning qadrini, ijtimoiy ahamiyatini ifodalash uchun ishlatiladigan tushunchadir. O`zbekistonning mustaqillikka erishishi tufayli milliy qadriyatlarga e`tibor kuchaydi. Milliy qadriyatlar mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan ma`naviy asoslardan biri bo`lib hisoblanadi. Xalqimizning asrlardan asrlarga meros bo`lib kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Bizning milliy qadriyatlarimiz Markaziy Osiyo sivilizatsiyasiga xos jihatlar, ya`ni tug`ilgan hudud va ona yurtiga ehtirom, avlodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga hurmat, xushmuomalalik, hayo, andisha kabilarning ustuvorligi bilan ham farqlanadi. Milliy qadriyatlarlarda milliy urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar va an`analar ham mavjuddir. Mamlakatimiz taraqqiyoti hozirgi davrining yuksak ifodalari bo`lgan istiqlol, buyuk kelajak, vatanparvarlik, insonparvarlik, demokratiya, qonunning ustuvorligi kabi qadriyatlar bugungi kunda nihoyatda qadrlanmoqda. Istiqlol inson qadri, uning manfaat va ehtiyojlari bilan bog`liq masalalarni dolzarblashtirib yubordi. Bugungi kunda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatda ham inson erki, huquqi, manfaati eng oliy qadriyat sifatida baholanmoqda. Insonning butun umri shaxsiy qadriyatlarni takomillashtirish, o`z qadrini kamolga yetkazish, o`zgalar, jamiyat, zamon va unda sodir bo`layotgan o`zgarishlar qadrini anglashga intilish jarayonidan iboratdir.
13.4.Milliy g`oya ta`sirchanligini oshirish mexanizinlari,
“Fikr - g`oya - inafkura – tizim” munosabati
Milliy g`oya - millatning o`tinishi, buguni va istiqbolini o`zida mujassamlashtiradigan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g`oya shaklidir. Milliy g`oya xalq, millat taqdiriga daxldor bo`lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi zarur bo`lgan vazifalar va mo`ljallarni ham o`zida aks ettiradi. Milliy g`oyaning asosiy maqsadi fuqarolarni, keng jamoatchilikni asosiy g`oyalari, maqsad va yo`nalishlari bilan O`zbekistonning taraqqiyot yo`lining ma`no-mazmuni, milliy-madaniy negizlari, xususiyatlarni hisobga olgan holda, ularda ishonch uyg`otish, ularni adolatli, demokratik fuqarolik jamiyati qurilishi maqsadlarini amalga oshirishga uyushtirishda namoyon bo`ladi. Milliy g`oya fuqarolarni g`oyaviy jihatdan tarbiyalab, g`oya bilan g`oyaning, fikr bilan fikring, jaholatdan ma`rifatning farqini anglashga, ma`rifatga ishonch va e`tiqodni mustahkamlashga xizmat qiladi. Inson ong-tafakkurga ega bo`lgan oliy mavjudot bo`lib, u tashqi olamda bo`layotgan voqea va hodisalarni fikr yordamida o`z ongida ifodalaydi. Fikr insonning voqelikka oddiy munosabatini ifoda etib, shamol bo`lmoqda, quyosh chiqmoqda, maysa chavqalmoqda, gulxan kuchaymoqda, inson harakatlanmoqda, degan fikrlarda inson tevarak-atrofda vuz berayotgan voqea-hodisalarni o`z tafakkurida ifodalarnoqda. “Inson yoki, umuman, xalq ozod bo`lmasdan, baxtga ensholmaydi” degan fikr esa g`oyaviy mazmunga ega bo`lgan fikr bo`lib, bu fikrda oldiga qo`yilgan maqsad namoyon bo`lmoqda. Shuning uchun ham, g`oya inson tafakkurining mahsuli bo`lib, u ma`lum bir maqsadga qaratilgan fikr bo`lib hisoblanadi. G`oya o`z mohiyatiga ko`ra, ijtimoiy mazmunga ega bo`lib, odatda g`oya dastlab bir shaxsning ongida shakllanadi, so`ng ijtimoiy dolzarbligiga qarab, odamlar, xalqlar, millatlar orasiga yoyiladi. Milliy g`oya ham mustaqillikdan so`ng tizimli tarzda yaratilib, xalqimizning o`z oldiga qo`ygan maqsad-muddaolarini o`zida ifodalab, taraqqiy etib bormoqda. G`oyani falsafiy jihatdan talqin qilganda, g`oya - voqelik va hayot ta`sirida vujudga keladigan, uni aks ettirish asosida shakllanadigan dunyoni bilishning o`ziga xos shakllaridan biri bo`lib, u shaxs, jamiyat, guruh, partiya va boshqalarning muayyan maqsadlarini ifodalovchi, ularni birlashtiruvchi va pirovard maqsadlarga safarbar etuvchi ijtimoiy fikr bo`lib hisoblanadi. G`oya ijtimoiy fikr sifatida shakllanib, u muayyan tarzda namoyon bo`ladi. G`oya o`zida biron-bir maqsadni ifodalab, odamlarni amaliy harakatga undaydi. G`oyaning eng muhim xususiyatlaridan biri, u miayyan mafkuraning asosi bo`lib hisoblanadi. G`oya oddiy munosabat ifodasi bo`lish bosqichidan butun bir xalqni, butun bir jamiyatni va hatto butun sivilizatsiyani olg`a boshlovchi kuchga aylanish bosqichigacha bo`lgan taraqqiyot yo`lini bosib o`tadi. Masalan, do`stlik, birodarlik, tinchlik, tenglik, hamkorlik g`oyalari bugungi kunda butun insoniyatni, muayyan mintaqadagi davlatlarni birlashtiruvchi va bahamjihat bo`lib yashashga da`vat etuvchi g`oyalar bo`lib hisoblanadi. Mustaqil hayotga qadam qo`yayotgan yangi avlod jamiyat hayotida mavjud bo`lgan muayyan g`oyalar ta`sirida tarbiyalanadi, ma`lum bir qarashlar va g`oyalarni o`z e`tiqodiga singdiradi, o`zi ham yangi g`oyalarni yaratib, ularni targ`ib qiladi. G`oya insonlar qalbi va ongini egallab, jamiyat rivojiga ta`sir etadi. Voqelikni, hayotni, uning qonuniyalarini o`rganish, kashf etish, o`zlashtirish, bilish va anglash bilan shug`ullanuvclu barcha ijtimoiy tafakkur shakllari - ilm-fan, falsafa, din, san`at va badiiy adabiyot, axloq, nafosat, siyosat va huquq kabi sohalar muayyan bir g`oyalarga tayanadi va ular asosida rivojlanadi. G`oyalarni tizimli ravishda, muayyan turlarini o`zaro bog`liqlik va aloqadorlikda ko`rib o`tganda, ular ilmiy g`oyalar, falsafiy g`oyalar, diniy g`oyalar, badiiy g`oyalar, ijtimoiy-siyosiy g`oyalar, milliy g`oyalar, umuminsoniy g`oyalar kabi turlarga bo`linadi. Jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy hayotida oldin g`oya vujudga keladi, g`oya asosida mafkura, mafkura asosida tizim, tizim asosida esa siyosat vujudga kelib taraqqiy etib boradi. Jamiyat hayotida g`oyaning eng muhim xususiyati - insonni va jamiyatni maqsad sari yetaklaydigan, ularni harakatga keltiradigan, safarbar etadigan kuch ekanligidadir.
Har qanday nazariya yoki ta`limot bir tizimga solingan g`oyalar majmuidan iborat bo`lib, dunyoqarashning negizini va
muayyan ishonch-e`tiqodning asosini ham g`oya tashkil etadi. O`z oldiga qo`ygan maqsadi, qanday jamiyat qurmoqchi ekanligi, bunga qanday yo`llar va vositalar bilan erishmoqchi bo`layotgani haqidagi g`oyalar tizimi har bir millat, xalq va jamiyatning milliy mafkurasining asosini tashkil etadi. Mafkura arab tilidagi “mutafakkiratun” so`zidan olingan bo`lib, chuqur ma`noli, teran mazmunli fikr, degan ma`noni bildiradi. Mafkura-muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning, jamiyatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarni, ijtimoiy-ma`naviy rivojlanish tamoyillarini ifoda etadigan g`oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidan iboratdir. Mafkura g`oyaga nisbatan mazmunan kengroq tushuncha bo`lib, insoniyat tarixida turli-tuman mafkuralar bo`lgan. Mafkuralar muayyan diniy, falsafiy ta`limotlar asosida yaratiladi, ma`lum bir ilmiy qarashlar va axloqiy tamoyillarga tayanadi. Mafkuralar o`z mohiyati va ta`sir kuchiga ko`ra jamiyatni birlashtirishi yoki uni bir-biriga qarama-qarshi taraflarga bo`lib yuborishi, davlatning jahondagi obro` va mavqeini oshirishi yoki tushirishi, xalqlarni yuksaklikka ko`tarishi yoki tanazzulga duchor etishi mumkin bo`lib, yuksak maqsadlar, bunyodkor g`oyalarga asoslangan mafkuralar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga turtki bo`ladi, ma`naviyatni yuksaltiradi, insonlarni ulug`vor ishlarga safarbar etadi. Ozodlik, erkinlik, mustaqillik, tinchlik, hamkorlik g`oyalari asosida shakllangan, ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan mafkuralar bunyodkorlik xususiyatiga ega bo`ladi. Vayronkor g`oyalar asosida shakllangan mafkuralar esa jamiyat taraqqiyotiga g`ov bo`ladi, millat va xalqlarni asoratga soladi. Bunday mafkuralar, o`z mazmun-mohiyatiga ko`ra, hukmron, mustabid, tajovuzkor, bosqinclulik, ekstremistik, aqidaparastlik shakllarda namoyon bo`ladi.
Turli-tuman ijtimoiy-siyosiy kuchlar o`z mafkuralarni yaratishda siyosiy g`oyalar bilan birga, diniy oqimlar va ilm-fan yutuqlariga tayanishi, ulardan nazariy asos sifatida foydalanishi mumkin.
Milliy g`oya va mafkura muayyan tizimdan iborat bo`lib, tizim bu tashqi olamdagi o`zaro bog`liq, muayyan tartibdagi bir-biriga ta`sir va aks ta`sir qilib turuvchi narsalar, hodisalar va jarayonlarning qonuniyati birligidir. Mafkuraning asosini dunyoqarash tashkil etib, dunyoqarash - bu, avvalo, insonning o`zini va dunyoni zaruriv ravishda, anglashi, tushunishi, bilishi va baholashi natijasida yuzaga kelgan xulosalar, bilimlar asosida shakllangan umumlashmalar tizimidir. Dunyoqarashning o`ziga xos xususiyati shuki, unda afsona, asotirlar, din, falsafa, fan, siyosat, huquq, san`at, axloq va shu kabi ijtimoiy-ma`naviy hodisalar mujassamlashgan holatda aks etgan bo`ladi. Dunyoqarash kishilarning turmush tarzlari va hayotiy mavqelarini, ularning axloq-odob meyorlaridan tortib bir butun madaniyati va ma`naviyatigacha bo`lgan barcha jihatlarni o`zida mujassamlashtirgan bo`ladi. Mafkura - muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlat manfaatlari, orzu-istak va maqsad-muddaolari ifodalangan g`oyaviy-nazariy qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi bo`lib, unda manfaatlari ifodalanayotgan kuch va qatlamlarning o`tinishi, bugungi kuni va istiqboli o`z ifodasini topadi. Mafkuraning asosiy strukturaviy komponentlari, fikr - g`oya - mafkura - tizim - siyosatdan iborat bo`lib, 1). fikr - dastlab biror-bir indiyid ongida vujudga keladi va o`zida yangilikni tashuvchi xususiyatga ega bo`ladi. 2). g`oya - fikr ko`pchilikning ongiga singadigan bo`lsa va u insonlarni muayyan maqsad sari birlashtirib, safarbar etadigan bo`lsa u g`oyaga aylanadi. 3). mafkura - davlat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan g`oyalar majmuidan kelib chiqadi va butun jamiyatga tatbiq etiladi. 4). tizim - mafkura asosida davlatda aniq asosga ega bo`lgan tizim ishlab chiqiladi. 5). siyosat- mafkuraga asoslangan tizim asosida har bir davlat o`z ichki va tashqi siyosatini olib boradi. Mafkura ilmiy, falsafiy, axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, diniy, badiiy qarashlarning, g`oyalarning muayyan tizimi sifatida dunyoqarashga asos bo`ladi. O`zbekistonning milliy mafkurasini tizimli tarzda ko`rib o`tganda, mafkuraning bosh g`oyasi - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bosh g`oyaning mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan g`oyalar tizimi - Vatan ravnaqi, Yurt tinchligi, Xalq farovonligi, Komil inson, Ijtimoiy hamkorlik, Millatlararo totuvlik, Diniy bag`rikenglik g`oyalari o`zaro bir-biri bilan bog`liq holatda jamiyatdagi taraqqiyot jarayonini o`zida ifodalaydi. Milliy mafkuraning asosiy g`oyalari ma`rifatli dunyoda e`tirof etilgan umumiy qonun-qoidalar va xalqaro andozalar, umuminsoniy tamoyillar va qadriyatlarning ustuvorligi, inson huquqlari va erkinliklariga og`ishmay amal qilish, demokratiya va insonparvarlik kabi tamoyillarning talablariga to`liq mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |