Fuqarolar hayoti va mehnati havfsizligini ta'minlash muammosi har bir



Download 17,38 Kb.
Sana20.07.2022
Hajmi17,38 Kb.
#829671
Bog'liq
MEHNAT MUHOFAZASI


MEHNAT MUHOFAZASI
Mamlakatning har bir fuqarosi o'zi yashab turgan jamiyatni shakllantirishdagi, rivojlantilishdagi, ishlab chiqarishda ishlashdagi va uni
boshqarishdagi asosiy kuch hisoblanadi. Demak, har bir davlatning asosiy boyligi
uning fuqarolaridir, shu jumladan aholining katta qismini tashkil qiluvchi
yoshlardir. Shu sababli fuqarolarning mehnat xavfsizligini ta'minlash va
sog'lig'ini saqlash jamiyat ijtimoiy taraqqiyoti yo'lidagi muhim omil hisoblanadi.
Fuqarolar hayoti va mehnati havfsizligini ta'minlash muammosi har bir
jamiyat uchun dolzarb masala bo'lib, u davlatning iqtisodiy rivojlanganligiga va
barqarorligiga, kuchli ilmiy—texnik va intellektual imkoniyatlarga ega ekanligiga
bog'liq. Davlat uchun kuchli ilmiy—texnik va intellektual imkoniyatlar zaxirasi esa
yoshlardir, ularning olgan ta'lim va tarbiyasi, o'z mutaxassisliklari bo'yicha
egallagan bilimi va uquvi darajasidir.
Bugungi kunda mehnat muhofazasi tushunchasi halqaro miqyosda o'ta
dolzarb va jiddiy tus olayotgan muammolardan biri sanaladi. Mehnat muhofazasi
yuzasidan olib borilayotgan halqaro me'yorlar sirasiga quyidagi talablar kiradi:
-ishchi-xodimlaming sog'lig'i va hayotini himoya qilish; davlat miqyosida mehnat muhofazasini ta 'minlovchi me'yorlarni qabul qilish va halqaro hujjatlami
ratifikatsiya qilish;
-mehnat muhofazasi bo'yicha davlat boshqaruvi;
-mehnat muhofazasi talablalining bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini olib borish;
-mehnat muhofazasi talablari ijrosi yuzasidan keng jamoatchilik nazoratini olib borish;
-mehnat muhofazasi, atrof muhitning sofligini asrab avaylash, boshqa ijtimoiy va iqtisodiy faoliyat turlarini muhofaza qilishni muvofiqlashtirib borish;
-mehnat muhofazasi bo'yicha loyihalami davlat tomonidan moliyalashtirilishi;
-mehnat muhofazasi bo'yicha malakali mutaxassislami yetkazib berish masalasi;
-mehnat muhofazasi bo'yicha yagona axborot tizimini yaratish kabi masalalar va ularning ijrosi borasida halqaro me'yorlar belgilab berilgan.
Avtomobillarni ta'mirlash korxonalarining uchastka va bo'limlarini joylashtirishda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim;
1. Ta'mirlanadigan agregatlar va yirik detallar texnologik ketma- ketligi talablarga mos holda eng qisqa yo'l bilan harakatlanishi lozim.
2. Qismlarga ajratish-yig'ish va ta'mirlash uchastkalarining o'zaro joylashishi texnologik jarayon va asosiy yuk oqimining yo'nalishiga qarab aniqlanadi.
3. Sinash stansiyasi motor bo'limining yonida joylashgan bo'lishi kerak.
4. Asbob omborxonasini mexanik bo‘lim yoniga joylashtirish maqsadga muvofiq.
5. Katta miqdordagi suv iste'mol qiluvchi uchastkalarni bir joyga joylashtirish lozim.
6. Yong'in xavfi bo’lgan bo’limlar bir-birlaridan kapital devorlar bilan ajratilishi zarur.
7. Uskunalarni rejalashtirish va o‘matish operatsiyalari, texnologik ketma-ketlikka mos holda, zarur bo’lgan o'tishlarni va texnika xavfsizligi talablariga muvofiq olib boriladi.
8. Texnologik jarayonlarda zararli gazlar va bug’lar ajralib chiqmaydigan bo’limlar va xonalar bir-biridan devor bilan ajratilmasa ham bo’ladi.
Ta'mirlash korxonalarini loyihalashda binoning berilgan ishlab chiqarish maydonlarida, uning perimetri minimal bo'lishini ta'minlash lozim, bu esa, o‘z navbatida, tashqi devorlarni ko‘tarish, isitish jihozlarini o'rnatish uchun sarflanadigan xarajatlarning kamayishiga olib keladi. Bu nuqtayi nazardan, eng afzali kvadrat shaklidagi binodir. Binoning uzunligini uning eniga nisbatan ko'pi bilan 3 : 1 nisbatda bo'lishiga ruxsat etiladi.
Ta'mirlash korxonalarida bino ustunlarining qadami 6 m, qulochi esa 6, 9, 12 va 18 m qilib olinishi mumkin, ularning uzunliklari yig'ma temir-beton balkalarning uzunliklariga to‘g‘ri keladi. Ishlab chiqarish binolarining balandligi ta'mirlanadigan avtomobilning gabarit o'lchamlariga bog'liq holda tanlanadi.
Ishlab chiqarish binolari ichidagi transport yurish yo'laklarining kengligi harakat bir tomonlama bo‘lsa, 2 — 2,5 m, ikki tomonlama bo'lsa, 3,25 — 3,5 m ga teng qilib olinadi. Piyodalarning o'tish joylari kengligi, ishchilarni o‘tkaza olish xususiyatidan aniqlanib, ular 1 — 2 m atrofida bo‘ladi. Termik pechlar yonidagi o'tish joylarining kengligi 1,5 m dan kam bo'lmasligi lozim.
Mehnat muhofazasi bo'yicha qabul qilingan o'nlab me'yoriy-huquqiy hujjatlar, standartlar, nizomlar, qoidalar, yo'riqnomalarning barchasi ishlab chiqarishda ishlovchilar hayoti, sog'lig'i va ish qobiliyatini muhofazalash, turli baxtsiz hodisalarning, jarohatlanishlar va kasb kasalliklalining oldini olish, qulay va bexatar mehnat sharoitlarini yaratishga, xavfsiz mashina va mexanizmlar, qurilmalar, uskunalarni loyihalashga, ishlab chiqishga va ishlab chiqilishga tatbiq qilishga xizmat qiladi.
Download 17,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish