42
An‟anaviy ta‟lim texnologiyasining afzalliklari
Ma‘lum ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va aniq ma‘lum
tushunchalarni, fanni
o‘rganishda foydaliligi.
O‘qituvchi tomonidan o‘qitish jarayonini va o‘qitish muhitini yuqori darajada
nazorat qilinishi.
Vaqtdan unumli foydalanish.
Aniq ilmiy bilimlarga tayanish.
Kamchiliklari:
O‘quvchilar passiv ishtirokchi bo‘lib qoladilar.
O‘qituvchining to‘la nazorati barcha o‘qituvchilar uchun motivatsiyani
vujudga keltirmaydi.
O‘quvchilar o‘qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi.
Eslab qolish darajasi hamma o‘quvchilarda bir xil bo‘lmaganligi sababli,
guruh bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi past bo‘lib qolishi mumkin.
Mustaqil o‘rganish va echimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi.
Noan‟anaviy ta‟lim texnologiyasining afzalliklari
O‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib kelishi.
O‘z vaqtida aloqalarning ta‘minlanishi.
Tushunchalrni amaliyotda qo‘llash uchun shasroitlar yaratilishi.
O‘qitish usullarining turli xil ko‘rinishlarini taklif etilishi.
Motivatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi.
O‘tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi.
Muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashishi.
O‘z-o‘zini baholashning o‘sishi.
O‘qituvchilarning predmetning mazmuniga, o‘qitish jarayoniga bo‘lgan ijobiy
munosabati.
Mustaqil fikrlay oladigan o‘quvchining shakllanishiga yordam berishi.
Nafaqat mazmunini o‘zlashtirishga balki tanqidiy
va mantiqiy fikrlashni
rivojlanishiga yordam berishi.
Muammolarni echish ko‘nikmalarining shakllanishi.
43
Kamchiliklari:
Ko‘p vaqt talab etilishi.
O‘quvchilarni har doim ham to‘liq nazorat qilish imkoniyatining pastligi.
Juda murakkab mazmundagi material o‘rganilayotganda ham o‘qituvchi
rolining past bo‘lishi.
Kuchsiz o‘quvchilar bo‘lganligi sababli kuchli o‘quvchilarning past baho
olishi.
O‘qituvchilarning o‘zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va
muammolar echish ko‘nikmalariga ega bo‘lishining talab etilishi.
Xulosa qilib shuni ta‘kidlash lozimki, noan‘anaviy ta‘lim
texnologiyasi
quyidagilarga imkon yaratadi:
O‘z nuqtai-nazari va fikr-mulohazalarini aniq, ishonchli tarzda bayon qilishga
o‘rgatadi, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.
Axborot va uning manbalarini tadqiq qilish va baholashga o‘rgatadi.
Yuzaga kelgan vaziyatlarning sabab-oqibatli munosabatlarini topish, tahlil
qilish, aloqalarini aniqlashga o‘rgatadi.
Muammolarni qo‘yish va ularning echimini
topish qobiliyatlarini
rivojlantiradi.
Shaxslararo muloqot va mulohazalar yuritish malakalarini rivojlantiradi.
O‘qituvchi va o‘quvchilarni ijodiy izlanishga undaydi.
Yangi pedagogik texnologiyalarni pedagogik texnologiyalardan
farqi bir
butunlikda yondashish,
loyihalashtira olish, oddiydan murakkabgacha ishlab
chiqarish jarayoniga muvofiq yuqori natijalarga erishish yangi loyihalar tajribalar
ustida ishlashligi bilan farq qiladi.
Innovatsion so’zi inglizcha innaveshin so’zidan olingan
bo‘lib yangiliklar
kiritsh degan ma‘noni anglatadi. Innavatsion pedagogic texnologiyalarning
maqsadi ta‘lim jarayonida interfaol usullarni qo‘llay bilishlikdir. Innavatsion so‘zi
inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib,
inter-orasida, o‘rtasida degan ma‘nolarni
anglatadi. Demak, 2 kishi orasida, jamoa o‘rtasidagi faollik degan ma‘noni kasb
etadi.
44
Ilg’or pedagogik texnologiya ta’lim
jarayonida bir butunlikdagi yondashish,
yuqori natijalarga erishish borasidagi ilmiy-amaliy asoslangan loyihalarni tahlildan
o‘tkazib, ularni qo‘llash maqsadida tashviqot ishlarini
muntazam olib borilishini
ta‘minlaydi.
O‘qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonda o‘qituvchi
o‘quv predmetining o‘ziga xos tomonini,
joy va sharoitini, eng asosiysi,
o‘quvchining imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta
olishini hisobga olishi kerak. Qisqa qilib aytganda, o‘quvchini ta‘limning
markaziga olib chiqish kerak. Buning uchun o‘qituvchini o‘ta mahoratli bo‘lishi
talab qilinadi. Hozir siz bilan o‘qituvchi terminiga
izoh berilgan grafa ustida
to‘xtalsak, hamma fikrimiz yaqqol namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: