O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


  II-BOB. TA‟LIMGA A‟NANAVIY VA NOA‟NANAVIY YONDOSHISH



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/30
Sana04.03.2022
Hajmi0,53 Mb.
#482746
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
yordamchi maktab talimida texnologiyalarni qollashning oziga xos(1)

 


24 
II-BOB. TA‟LIMGA A‟NANAVIY VA NOA‟NANAVIY YONDOSHISH 
MASALALARI 
2.1. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ta‟lim – 
tarbiyasiga yangicha yondoshuv. 
Ma‘lumki, rivojlanishida nuqsoni bor bolaning tug‘ilishi oilaning
istiqbolini tubdan o‘zgartiradi. Farzand tarbiyasida ota-ona oldida ko‘plab 
mas‘uliyatli vazifalar ko‘ndalang turadi, nuqsoni bor bolani tarbiyalashda esa ular 
bir necha muammolarga duch keladilar. Bunday oilalarni aniqlash, alohida 
yordamga muhtoj bolalarni reabilitatsiya qilish va maktabga tayyorlashda ularning 
ota-onalariga bu borada korreksion-pedagogik yordamni berish bugungi kunning 
dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. 
Davlatimizning ustivor siyosati yosh avlodni ma‘nan etuk, jismonan 
sog‘lom va aqlan barkamol qilib voyaga etkazishdir. Bu o‘rinda rivojlanishida 
nuqsoni bo‘lgan ayrim ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar tarbiyasi alohida 
e‘tiborda bo‘lib kelgan. Bola tarbiyasi dastlab oilada o‘z ota-onasining bag‘rida 
jismonan, aqlan va ma‘nan shakllanib boradi. Farzandlar tarbiyasi ko‘p jihatdan 
oiladagi muhitga, atrofdagi kattalarning bolani tarbiyalashga bo‘lgan munosabatiga 
bog‘liqligi, ota-onaning jamiyat oldida mas‘ul ekanligi, davlatimizning qator 
qonun va qarorlarida qayd etilgan.
Nogiron bolalarni ma‘naviy va jismonan barkamol inson bo‘lib etishishi 
uchun pedagogik omilni, ya‘ni tarbiyaning maktabgacha ta‘lim jarayoniga alohida 
e‘tibor berishini talab qiladi. Ota-ona bolani maktabga tayyorlashda undagi mavjud 
bo‘lgan nuqsonlarni bartaraf etishga oid korreksion-pedagogik usullarni to‘g‘ri 
qo‘llay bilish va bunda maktabgacha ta‘lim muassasa murabbiylari maxsus 
mutaxassis pedagoglar bilan hamkorlikda ish olib borishi lozimligi adabiyotlarda 
ta‘kidlangan. 
Bugungi kunning yana bir muhim masalalaridan biri bo‘lgan bolalar 
nogironligini aynan ta‘lim bilan qamrab olinmagan bolalar tashkil etishi mantiqan 
to‘g‘ri ma‘lumot. Xalq ta‘limi vazirligining yo‘nalishlariga ko‘ra respublikamizda 


25 
86 ta maxsus-maktab va maktab internatlar faoliyat yuritadi. Ana shu maktab-
internat hamda maxsus-maktablarda hammasi bo‘lib 19116 nafar bola tahsil oladi. 
Davlat qonunchiligi ota-onalar xohish-istaklarini inobatga olgan holda, bolalarni 
uyda ta‘lim-tarbiyaga jalb etish haqida ham bosh qotiradi (9 mingdan ziyod 
nogiron bolalar individual uy ta‘lim dasturi bo‘yicha ta‘lim oladi.). shuningdek, 
O‘zbekiston Respublikasining 2004 yildagi aholi soniga ko‘ra ijtimoiy himoya 
organlari tomonidan 5 ta ―Muruvvat‖ uylarida 1400 ta bola panoh topganligi 
hamda ular og‘ir ruhiy-asab kasalliklariga chalinganligi aniqlangan. 
O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan har bir maxsus o‘quv muassasasi 
borki, undagi bolalar masalalariga oid ishlarning barchasi ota-onalar roziligi 
asosida amalga oshadi. Inklyuziv ta‘lim deb nom olgan tizim esa bolalarning ta‘lim 
olishida o‘ziga xos huquqiy asosni yaratadi. Bunday ta‘lim tizimi shunday 
falsafaga asoslanganki, hamma bolalar nogironligining og‘irligiga qaramasdan
ular ta‘lim tizimining jonli hamda ajralmas vakillari sanaladi. Ammo, alohida 
yordamga muhtoj bolalarning maxsus ta‘lim dasturi talablariga qanchalik layoqatli 
ekanini aniqlash ham muhim vazifalardan biri ekanligini unutmaslik kerak. 
Bugungi kunda umumta‘lim maktablarida nogiron bolalarni tayyorlashda 
quyidagi kamchiliklar borligi aniqlangan: 
-
alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta‘lim maktablarida 
tayyorlashda professionallikning etishmasligi, 
-
korreksion tayyorlov dasturi, maxsus asbob-uskuna va texnika 
vositalarining yo‘qligi, 
-
nogiron bolalarning ota-onalari uchun psixolog yordamining tashkil 
etilmaganligi, 
-
nogiron farzandi bor ota-onalarga birlamchi korreksion pedagogik 
ko‘nikmani berishda maxsus pedagog va mutaxassislarning etishmasligi. 
Ko‘rsatilgan sabablar umumta‘lim maktablarida nogiron bolalarni qabul 
qilish sharoitlari va imkoniyatlarini cheklaydi, albatta. Inklyuziv ta‘limni 
umumta‘lim maktabda nogiron bolalarga qonunchilik asosisiz, ilmiy, tashkiliy, 
tibbiy manbasiz, texnika vositalari imkoniyatisiz singdirish mumkin emas, aks 


26 
holda, bu maqsadga yo‘naltirilgan g‘oyalar alaloqibat katta muammolarni keltirib 
chiqarishi mumkin. 
Ayni kunda ta‘lim tizimi muammolari sirasiga oila muammolaridan 
sanalgan alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalar bilan bog‘liq masalalar o‘zining 
dolzarblik xususiyatini yo‘qotmagan. Aynan Toshkentdagi nogiron bolalar va ota-
onalar klubiga tegishli ma‘lumotlarga qaraganda, poytaxtda bunday oilalar soni 
2000 dan ortiq ekanligi ma‘lum bo‘ldi. Bolalarni reabilitatsiya qilish va 
moslashtirish haqida gap ketganda, albatta to‘g‘ridan-to‘g‘ri oilasidan oladigan 
yordam tasavvur etiladi. Agarda bunday oila iqtisodiy tanglik holatida bo‘lsa, 
ijtimoiy mehnat va ta‘lim olishda to‘sqinliklarga duch kelsa, tabiiyki, u o‘zini 
ruhan ojiz sezadi. Natijada, ota-ona farzandlarining har tomonlama o‘sishi hamda 
rivojlanishi yo‘lida unga madad bo‘lish o‘rniga, undan samara kutishdan ancha 
yiroqda bo‘ladi. Faqatgina nogiron farzandi bor bo‘lgan oilalarning muammolari 
o‘z echimini topgan taqdirdagina, ularni to‘liq reabilitatsiya va integratsiya bilan 
ta‘minlashi mumkin. 
2001-2005 yillar bosqichidagi reabilitatsiyaga oid bo‘lgan davlat dasturida 
ko‘rsatilgan muammolar ichida ba‘zilariga keng yo‘l ochib beradi. Lekin, alohida 
yordamga muhtoj bolalar dasturini puxta ishlab chiqish taqozo etiladi. Talabga 
mos bo‘lgan tartibdagi dastur o‘z ichiga bolani parvarish qilish va tarbiyalash 
malakasiga ega bo‘lish, shuningdek barcha kerakli bo‘lgan psixologik, pedagogik 
hamda tibbiy bilimlarni bera oladigan ta‘lim muassasalarini qamrab oladi. Oiladagi 
jumboqlarni echish va bolani uyda tarbiyalash hamda parvarish qilishni ota-ona 
ongiga singdirish birinchi galdagi vazifadir.
Mehnat va ijtimoiy ta‘minot vazirligining ma‘lumotlariga ko‘ra, nogironlar 
ichida 3-11% gacha bo‘lgan bolalar tug‘ma nuqson va nasliy kasalliklar bilan 
tug‘ilgan. Ularning deyarli yarmi bu kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib 
qolishayapti. Bunga sabab ota-onalar farzandlaridagi nuqsonni juda kech sezishadi 
va uni reabilitatsiya qilish uchun kerakli zarur choralarni o‘z vaqtida ko‘rishmaydi. 
Respublikamizda voyaga etmagan bolalar o‘rtasida nogironlik oshishi 
sababining asl mohiyatini surishtiradigan bo‘lsak, oldingi davrda faqatgina 


27 
sog‘lom bolalar yashab qolishga muvaffaq bo‘lishgan, bugungi kunda tibbiyotning 
taraqqiy etgani sababli nuqson bilan tug‘ilgan bolani ham hayotini saqlab qolishga 
erishilyapti. Ma‘lumki, sog‘lom ammo qisqa muddatli asfiktsiya bilan tug‘ilgan 
bolada ham keyingi hayoti davomida nogironlik holati kelib chiqishi mumkin. 
Lekin, ota-onalar yosh bolalarda kasallikning har qanday oqibati asoratsiz 
o‘tmasligini va nogironlikka olib kelmasligi uchun bor imkoniyatlari bilan harakat 
qilishlarinibugungi kun taqozo etadi, aks holda jamiyatda nogironlar soni ortib 
borishi mumkin. 
Ma‘lumki, rivojlanishida nuqson va buzulishlarning barchasi ham 
chaqaloqlik davrida yuzaga kelavermaydi. Bunday o‘zgarishlarning aksariyati 
kattaroq yoshda aniqlanishi mumkin. Ular ko‘pincha asab sistemasining, eshitish 
va ko‘rish a‘zolari hamda nutqdagi nuqsonliklar misolida namoyon bo‘ladi. 
Chet el adabiyotlarida rivojlanishida nuqsoni bor bolalarga go‘daklik 
davridanoq erta yordam ko‘rsatishning turli modellari yozilgan bo‘lib, bunda 
Shvetsiyadagi markazlar, AQSHdagi erta dahl qilish dasturi kiradi. Sankt-
Peterburg shaxridagi ―Integratsiya tarbiya markazi‖ yuqoridagi markazlarning 
modeli asosini hisobga olgan holda Erta yordam ko‘rsatish xizmatini (Slujba 
ranney pomoshi - SPR) tashkil etgan bo‘lib va hozirgi davrgacha ish olib 
bormoqda. Erta yordam ko‘rsatish xizmatining faoliyati rivojlanishida nuqsoni bor 
bolalarning go‘daklik davridanoq ( 0 dan 3 yoshgacha) va ular oilalariga yordam 
ko‘rsatishga yo‘naltirilgan.
Adabiyotlarda keltirilgan ko‘p yillik olib borilgan tadqiqotlar shuni 
ko‘rsatadiki, agar peritanal patalogiya erta aniqlansa, bola hayotining birinchi 
oylarida va tegishli korreksion davolash ishlarini tashkil etilsa, bu o‘zgarishlarni 
engishda katta muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. 
Agar bolalarni peritanal patalogiya bilan kech aniqlansa va tegishli 
korreksion ishlar olib borilmasa, og‘ir darajada tayanch-harakat, ruhiy va nutq 
buzilishlari kelib chiqishi ehtimoli yuqori bo‘ladi. Tajribalar shuni ko‘rsatganki, 
bola hayotining birinchi yilida rivojlanishida uncha ko‘zga tashlanmaydigan 
o‘zgarishlarni payqamay, kerakli davolash vao‘qitish chora-tadbirlari olib 


28 
borilmasa, kelajakda ta‘lim olishda qiyinchilik va muammolarga duch kelish 
muqarrar. Boshqa tomondan rivojlanishida og‘ir o‘zgarishlar bo‘lgan bola bilan 
har tomonlama tegishli mashg‘ulotlar olib borilsa, yuqori natijalarni qo‘lga 
kiritishga imkon beradi. Shuning uchun ham, mashg‘ulotlar qanchalik erta 
boshlansa, ko‘tilgan samaraga erishish shunchalik oson kechadi. 
Alohida yordamga muhtoj bolalarga maxsus ta‘lim berish ko‘pgina 
rivojlangan 
mamlakatlarda 
ham 
bunday 
dasturlarni 
amalgam 
oshirish 
mavzularning mazmuni va moliyalashtirilishi bilan farq qiladi. Vengriya davlati 
boshqa davlatlarga qaraganda imkoniyati yuqori bo‘lib, maktabgacha ta‘lim 
xizmatining umumiy ko‘rsatgichidan ma‘lum bo‘lmoqda. Masalan, Vengriyada 3 
yoshdan 5 yoshgacha bolalarning 86% bolalar bog‘chasiga borsa, Polshada bu 
ko‘rsatgich faqat 50%ni tashkil qilar ekan. Bolalar bog‘chasiga borishning ijobiy 
tomoni shundaki, bolaning rivojlanishidagi o‘zgarishlarni va kasalliklarni o‘z 
vaqtida aniqlab oldini olish hamda davolashga yo‘naltiriladi va korreksion ishlarni 
amalgam oshirishda imkoniyat tug‘iladi.
Qayd etish kerakki, korreksion jarayonida nafaqat shifokor, pedagog, 
massajist balki, birinchi o‘rinda oilaning o‘rni turishini unutmaslik kerak. Ming 
afsuski, aksariyat ota-onalar farzandidagi izdan ciqqan funksiyalrga nisbatan hec 
qanday tiklantiruvchi chora-tadbirlarni ko‘rmasdan turib, ijobiy natijalarni kutib 
o‘tirishadi. Vaholanki, faqatgina ota-ona o‘z bolasidagi u yoki bu to‘xtab qolgan 
funksiyani ishlab chiqqan holda o‘z ustida ish olib borishda sabr-qanoatli hamda 
mehnatkash bo‘la oladilar. Yana o‘zining jabrlangan bolasining o‘sishida yashirin 
imkoniyatlarini rivojlantira olgan, ijodiy ixtirolarga qodir bo‘lgan ajoyib pedagog 
ota-onalar ham ko‘p uchraydi.
Bolaga ta‘lim-tarbiya berishni uy sharoitida olib boorish – bu juda 
mashaqqatli va sinchiklab ishlashni talab qiladigan mehnatdir. Bunday 
mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olib, endigina ish boshlagan pedagoglar uzoq muddat 
olib borilgan mashg‘ulotlaridan ko‘rinarli natija bo‘lmaganidan umidsizlikka 
tushib qolishadi. Lekin bunday bolalar ustida ishlash kisidan ayniqsa katta diqqat 
va sabr-matonatni talab etadi. Bolada harakatga, mehnatga bo‘lgan ishtiyoqini 


29 
oshirish, hattoki, ta‘kidlash unchalik lozim bo‘lmagan narsalarga to‘xtalish, uni 
qayta-qayta rag‘batlabtirish va uni maqtab turish, uning ta‘lim olishga bo‘lgan 
qiziqishlarini yanada orttirish, shuningdek bolada hamma isni risoladagidek 
bajaraman degan ishonchni rivojlantirhs eng muhim jihatlar sanaladi. Bolaning 
topshiriqqa bo‘lgan ijobiy qarashini nazardan chetda qoldirish yaramaydi, uning 
erishayotgan oddiygina, sezilar-sezilmas muvaffaqiyatlarini ajratib ko‘rsatish 
hamda baholab borish kerak. Pedagog faoliyatining bosh g‘oyasi asosida 
tarbiyalanuvci qalbida hayotga nisbatan ishonch hamda umid hislarini uyg‘otgan 
holda quvonch, shodlik, muvaffaqiyatga erishish, omad tuyg‘ularini mazasini totib 
ko‘rishga undash yotadi. Hattoki, bir martalik yutuqni qo‘lga kiritishning o‘zi bola 
hayoti va turmush tarzini o‘zgartirib yuborishi mumkin. 
Bolaga ta‘lim berishni uy sharoitida yo‘lga qo‘yish – bu bir necha jihatga 
daxldor bo‘lgan jarayon bo‘lib, pedagog bilan hamkorlikda ishlash istagida 
bo‘lgan, qolaversa psixologik muhitni tashkil eta bilgan oila uchun juda katta 
ahamiyat kasb etadi. Bir necha yillar davomida tadqiqotchilar tomonidan uyda 
ta‘lim olinayotgan bolaning oilasidagi ma‘naviy-ruhiy muhiti bilan birga, onaning 
bolasidagi xatti-harakatlarga nisbatan munosabati, farzandining ta‘lim-tarbiya olish 
jarayonidagi ishtiroki, o‘quvchi hamda ota-onalarning pedagog bilan qanchalik 
darajada aloqa o‘rnatganligi o‘rganilgan. 
Uyda ta‘lim oluvchi bolalarning aksariyatida (75%) o‘qituvchi bilan 
muloqot natijasida hissiy munosabatlar shakllana borar ekan. Bolalarning 25% 
qismida esa bunday aloqalar mehnat orqali vujudga kelar ekan. O‘qituvchi va ota-
onalardagi mo‘‘tadil aloqalar ko‘p (77%) oilalarda vujudga keladi. 11% hollarda 
mehnat orqali paydo bo‘ladi, 11% hollarda umuman shakllanmaydi. 
Tadqiqotchilarning kuzatuviga ko‘ra, ―o‘quvchi – ota-ona – o‘qituvchi‖ tizimida 
hissiy bog‘lanib, o‘zaro bir-birini tushunish – ruiy-korreksion faoliyatda 
muvaffaqiyat garovidir. 
Ota-ona va oila a‘zolari bilan aloqa o‘rnatib olish birinchi vazifa bo‘lib, u 
muhim rol o‘ynaydi. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish