texnologika
yunoncha so‘z bo‘lib
, texno-maxorat, sa‟nat, logos-
tushuncha, ta‟limot
ma‘nolarini anglatadi. Bundan tashqari, pedagogik
texnologiya atamasi ingilizcha ―andeusational technology‖ so‘zidan olingan bo‘lib,
aynan tarjimasi ―ta‘lim texnologiyasi‖ degan ma‘noni anglatadi.
Xullas, ―texnologiya‖ deganda subekt tomondan obektga ko‘rsatilgan ta‘sir
natijasida subektda sifat o‘zgarishiga olib keladigan o‘zgarishlar sodir bo‘lishi yoki
unga etaqlovchi holat tushuniladi. ―Texnologiya‖ xar doim zaruriy vositalar va
sharoitlardan foydalanib obektga yo‘naltirilgan maqsadli amallarni muayyan
ketma-ketlaikda bajarishni ko‘zda tutdi. Ushbu tushunchamizni ta‘lim jarayoniga
ko‘chiradigan bo‘lsaq unda o‘qituvchining o‘qitish vositalari yordamida
o‘quvchilarga dars sharoitida ko‘rsatgan tizmli ta‘siri natijasida ularda jamiyat
uchun zarur bo‘lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensif tarzda
shakillantiruvchi ijtimoiy hodisa ekanlaigini kuzatish mumkun. Atamalarga
beriladigan ta‘riflar nazariyasi bo‘yicha bunday ijtimoiy hodisani pedagogik
texnologiyaga tenglashtirsa bo‘ladi.
Agar, pedagogik texnologiyani ta‘lim jarayoniga tadbiq etilish tarixiga
etibor qaratsak unda mazkur atamaga rossiyalik olimlardan V.P.Bespalko
―pedagogik texnologiya o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik
muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakillantirish jarayoni
loyihasidir‖; V.M.Mexanov ―pedagogik texnologiya avlotdan rejalashtirilgan
natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo‘lgan tartibli amallar tuzumidir‖,
12
degan qisqacha ta‘rifni bergan holda uning asosiy xususiyatlariga e‘tiborini
qaratadi,
shuningdek
―pedagogik
texnologiya
ta‘lim
jarayonini
texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligi hamda pedagogik jarayon
turg‘unligini oshirib, bu jarayon ijrochiligi subektiv xususiyatlaridan uni ozod
qiladi‖ degan xulosani ilgari surishgan.
Respublikamizning pedagog olimlari va amaliyotchilari ilmiy asoslangan
hamda O‘zbekistoning ijtimoiy-pedagogik sharoitlariga moslashgan ta‘lim
texnologiyalarini shakillantirish va ularni ta‘lim jarayoni amaliyotida qo‘llashga
intilish barobarida bir qator ijobiy natijalarga erishayotganligi kuzatilmokda, desak
yanglishmaymiz. Jumladan, «pedagogik texnologiya» atamasi va qo‘llanishi
doirasida o‘z g‘oyalarini ilgari surayotgan olimlarimiz ham ko‘plab topiladi.
Xususan N. Saidaxmedov va A. Ochilovalarning fikricha, pedagogik texnologiya
bu o‘qituvchining o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchilarga muayyan sharoitda
ta‘sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs
sifatlarini intensiv shaklantirish jarayoni ekanligini bildirishsa, F. Farberman:
pedagogik
texnologiya-ta‘lim
jarayoniga
yangicha
yondashuv
bo‘lib,
pedagogikada ijtimoiy-muxandislik ong ifodasidir, deb ko‘rsatib o‘tadi hamda
pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri
asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini to‘zib chiqish bilan bog‘liq
ijtimoiy hodisadir, degan fikrni bildiradi.
Pedagogik texnologiyaga xorijiy olimlar tomonidan berilgan ta‘riflarni
o‘rganib chiqqan holda yuqoridagi nuqtai-nazarlarga solishtirib ko‘rganimizda,
yaponiyalik olim T. Sakomoto: pedagogik texnologiya – bu majburiy fikr
yuritishni pedagogikaga singdirish yoki boshqacha qilib aytganda pedagogik
jarayonni muayyan bir majmuaga kiritishdir, degan nuqtai nazarni bildiradi.
Shuningdek YuNESKO «pedagogik texnologiya bu – bilim berish va uni
egallashda texnika va inson resurslarini o‘zaro uzviy bog‘liq holda ko‘rib, butun
ta‘lim jarayonini loyihalashda va amalda qo‘llashda majburiy yondashuv
usullaridan foydalanishdir», degan ta‘rifni keltiradi.
13
Agar pedagogik texnologiya atamasiga berilgan ta‘riflarni ilmiy-falsafiy
nuqtai nazardan taxlil qiladigan bo‘lsaq unda berilgan ta‘riflar orasidagi tafovutlar
mavjudligi namoyon bo‘ladi.
Sir emas, pedagogik texnologiya paydo bo‘lgunga qadar ham boshqa
masalalar qatorida murakkab qurilma va jarayonlarni loyihalash o‘rganiladigan
ta‘lim tizimida aynan ta‘lim jarayonining o‘zini samarali loyihalash koidasi ishlab-
chiqilmagan edi. Bu bo‘shliqni pedagogik texnologiya to‘ldirdi va ayni zamonda
loyihalashtirilgan o‘quv jarayonini ruyobga chiqarishga ijodiy yondashuvi uchun
pedagogika faniga keng o‘rin qoldirmokda. Texnologik yondashuv doirasida
shakllantirilgan didatik loyihalash usullari bo‘lgan munosabatimiz ta‘lim
jarayonining samarali va shu bilan birga darsni ijodiy rejalashtirish yoki Yangi
fikrlar bilan boitish hamda ularning natijalarini baholashga yordam beradi.
Zotan, o‘qituvchi odatda o‘z oldiga o‘quvchilar yoki talabalar uchun dars
materialining mazmunini tushunib, o‘zlashtirib olish, ma‘lum bilimlarni egallab,
amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish maqsadini qo‘yadi. Ammo, o‘zlashtirish,
tushunish, qo‘llash, degan tushunchalar amaliyotda o‘zi nimani anglatadi?
O‘qituvchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishganligini nima asosida qanday
biladi? Degan savollarga ijobiy javob topsak pedagogik texnologiya yoki maqsadli
dars loyihasini ishlab-chiqqanimizga ishonch hosil qilamiz va amalda ilg‘or
tajribalarga ega bo‘la boramiz, degan fikrga kelmokdamiz.
Xususan, o‘qituvchi dars maqsadiga erishganligi yoki erishmaganligini
bilishning aniq vositalari bo‘lgandagina, u o‘zining mehnati samarali ekanligiga va
tanlagan uslublari maqsadga muvofiqligiga yoki aksincha samarasizligiga ishonch
hosil qilishi mumkin. Izlanishlarimiz ko‘rsatishicha, an‘anaviy o‘qitish uslubiga
qo‘shimcha ravishda pedagogik texnologiyani tadbiq qilish barobarida aynan
yuqoridagi holatlarga javob topishni nazarda tutilgani yaqqol kuzaltilmokda.
Aynan, kuzatishlarimizdan kelib chiqqan holda shakillanayotgan xulosalar
o‘qitishning maqsadini ta‘lim jarayonining mazmunini, pedagok yoki o‘quvchining
faoliyati orqali belgilash zaruriyati mavjudligini kuzatmokda. Shuning uchun ham
14
o‘qituvchi mehnatining yakunini bilishni mantiqan rejalashtirib borishi ta‘limdan
kutilayotgan natijalar haqida aniq ta‘surotlarga ega bo‘lishiga imkon beradi.
Fikrimizcha, ta‘lim jarayonida o‘qitish emas, o‘qish oldigi o‘ringa
o‘tsagina dasr jarayonining maqsadga ega bo‘lishi takomillasha boradi, ijodiylik
kasb etadi.
Pedagogik texnologiyada nazarda tutilgan maqsadlarni qo‘yish uslubi
o‘zining ashyoviy xususiyatiga ega bo‘ladi. Maskur xulosamiz mazmuni shundan
iboratki, o‘qitish maqsadlari o‘quvchilar harkatida ifodalanadigan, aniq
ko‘rinadigan, o‘lchanadigan natijalar orqali belgilana borsa, samaradorligi yana
oshadi.
Nuqtai nazarimizcha, pedagogik texnologiyadan ko‘zlagan samarali
maqsadga erishishimiz uchun uni o‘rganishda soddalashtirilgan tartiblarni
quyidagicha tushunish mumkin bo‘ladi. Jumladan, dars jarayonida sodir bo‘ladigan
ijodiy holatlarni quyidagicha taqsimlanishi, o‘ylashimizcha mantiqan maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
1. Tushuntirish – etkazilgan axborotning ma‘no mazmunini undan
foydalanish tartibini turli vosita usullarini qo‘llab tushuntiruvchining o‘zi
tushungan darajada bashkalarga etkazish faoliyatidan iborat bo‘lgan holat.
2. Tushunish – etkazilgan axborotning ma‘no mazmunini idrok qilish,
undan ko‘rsatilgan tartibda mustaqil foydalana olish.
3. O‘rgatish – etkazilayotgan axborotdan foydalanish va turli harakatlarni
bajarish ko‘nikmalarini o‘rgatuvchining o‘zi o‘rgangan darajada boshqalarning
takrorlay olishini turli vosita va usullarni qo‘llab amalga oshirish faoliyatidan
iborat holat.
4. O‘rganish – etkazilgan axborotdan foydalanish va turli harakatlarni
ko‘rsatalgan tartibda mustaqil bajarish ko‘nikmalarini egallash.
5. O‘zlashtirish – etkazilgan axborotlarni tushunish, o‘rganish orqali uning
ma‘no mazmuni, undan faydalanish yoki harakatlarni bajarish tartibi to‘g‘risida
bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilish.
Biz shartli ravishda, o‘zlashtirish holatini 3 ta darajaga ajratdik. Bular,
15
- birinchidan, jarayonda o‘rgatilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘g‘ri
takrorlash;
- ikkinchidan, ularni amaliy faoliyatda qo‘llash, ulardan tegishli
maqsadlarda foydalanish imkoniyatga ega bo‘lish;
- uchinichidan, ularni ijodiy taxlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish,
xulosalar chiqarish asosida takomillashtirish faoliyatini amalga oshirish
imkoniyatiga ega bo‘lishlardan iborat.
Xulosa, o‘rnida aytmoqchimizki, dars amaliyotida qo‘llanilayotgan
pedagogik texnologiyalar o‘z mohiyatiga va samarasiga ko‘ra, pedagogika Fani va
amaliyoti yutuqlarining sintezini ilgarigi tajribalarning a‘nanaviy elementlari bilan
jamiyat taraqqiyoti, jamiyatni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish hamda
natijalari yig‘indisini ifodalamoqqa xizmat qilishini ta‘minlashdan iborat
bo‘lmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |