Ammo, nogiron bolasi bor oilalarning tilini topib ishlash
oson emas. Bunday hollarda
M.Eggning maslahatlariga quloq tutishni tavsiya
30
etgan bo‘lardik. U o‘zining ―Mening farzandim boshqalardek emas ….‖ Deb
nomlangan kitobida shunday deydi: ―Bolangizni tarbiyalashdek olijanob vazifa
zimmangizga yuklatilgan. Faqatgina siz uni ezgulikka etaklay olasiz, uning
kelajagi faqatgina sizga bog‘liq. Buni siz uchun hech kim qilmaydi. Unga yordam
berishingiz uchun bolangizni tushunishingiz bilan birga bu yo‘lda sizdagi sabr
amda mehr-muhabbat va maqsad sari intilishingizning o‘zi kifoya.‖.
Shunday bo‘lsa-da, alohida yordamga muhtoj ta‘limga layoqatli bolalarni
ta‘lim olishlari uchun pedagoglarning sa‘yi-harakatlari ota-ona tomonidan qo‘llab-
quvvatlanmayotganligi tufayli ozmuncha qiyinchilikka uchraydilar. Buning eng
asosiy sabablaridan biri ota-onaning bola tarbiyalashga kerakli ravishda tayyor
emasliklaridir. Shuning uchun ham bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri
bo‘lgan ota-onalarda korreksion-pedagogik savodxonlikni oshirish har jiatdan
zimmamizdagi ulkan vazifa hisoblanadi.
XXI asr maxsus maktab, maktab-internatlar oldiga, umumiy o‘rta ta‘lim
maktablarining tarkibiy qismi sifatida, o‘z bitiruvchilariga jadal sur‘atlar bilan
rivojlanib borayotgan davr uchun zarur bo‘lgan mustahkam hamda tizimli bilim
asoslarini berishi, shuningdek ona Vataniga muhabbat va sodiqliq dunyo xalqlari
va elatlariga hurmatda bo‘lish kabi insonparvarlik royalarini mujassamlovchi
milliy istiqlol ruhini singdirishi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va
malakalar (o‘z-o‘zini boshqara olish, murakkab vaziyatlar va stressli holatlardan
chiqib keta olish, kommunikasiya (muloqot)ga kirisha olish va b.) bilan
qurollantirish kabi muhim masalalarni hal qilish muammolarini qo‘ymokda.
Maxsus o‘quv-tarbiya jarayoniga qo‘yilayotgan yangi talablar muassasaning
pedagog xodimlariga, eng avvalo, o‘z o‘quvchilari rivojlanish xususiyatlari haqida
mukammal bilimga ega bo‘lish, maxsus tashkil etiluvchi ta‘lim-tarbiya
jarayonining tub moxiyati va mazmunini anglab olishlari vazifasini yuklamoqda.
Faqat shundagina defektolog-o‘qituvchi o‘ziga yuklatilgan vazifaning mohirona
echimini topadi.
O‘quvchilar tomonidan nazariy bilimlar xamda amaliy ko‘nikmalarning
o‘zlashtirilishi o‘quv jarayonining turli-tuman shakllarida amalga oshiriladi.
31
Maxsus maktab, maktab-internatlarda o‘quv jarayonini tashkil etishning
dars, ekskursiya, yakka tartibdagi mashg‘ulotlar, musiqaviy-ritmik mashg‘ulot, uy
topshiriqlari, fakultativ mashg‘ulotlar kabi shakllarida asosiy e‘tibor maktab-
internati oldiga qo‘yilgan vazifalarning echimiga qaratiladi.
Dars o‘quv jarayonini tashkil etishning etakchi shakli hisoblanib, u
maktabdagi asosiy ish shakli sifatida ilk bor XVII asrda zamonaviy pedagogika
sohasida ushbu kunda ham qoldirgan boy nazariy merosi bilan o‘z ahamiyatini
yo‘qotmagan - «Buyuk didaktika» asarining muallifi Yan Amos Komenskiy
tomonidan amaliyotga joriy qilindi.
Dars - o‘qitishning vazifalari, mazmuni, nizom va metodlarini o‘zida
mujassamlovchi o‘quv jarayonining asosiy shakli. Maxsus maktab, maktab-
internatlarda olib boriluvchi dars maqsadlari eshitiщida muammosi bo‘lgan bolalar
ta‘limi oldiga qo‘yiluvchi vazifalardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Maxsus
maktab, maktab-internatlarda o‘tiluvchi har qanday dars oldiga 3 ta maqsad
qo‘yiladi:
1. Ta‘limiy maqsad bolalarni o‘quv dasturi hajmidagi nazariy bilim va
amaliy ko‘nikmalar bilan qurollantirishni nazarda tutadi ;
2. Tarbiyaviy maqsad o‘quvchilarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash,
ularning shaxsiy axloqiy sifatlarini shakllantirish, ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topa
olishlariga imkon beruvchi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni nazarda
tutadi;
3. Korreksion - rivojlantiruvchi maqsad aloxida yordamga muhtoj bo‘lgan
bolalar birlamchi muammolari oqibatida yuzaga keluvchi ikkilamchi muammolarni
bartaraf etishni nazarda tutadi.
Darsning ta‘limiy, tarbiyaviy va korreksion rivojlantiruvchi vazifalari
o‘zaro bog‘liq, holda hal etib borilishi lozim. O‘qituvchi dars olib borish
jarayonida ana shu vazifalarning echimiga to‘rt ko‘rinishdagi: pedagogik
psixologik gigienik tashkiliy talablarga rioya qilgan holda ish olib borsa, ta‘lim-
tarbiya samaradorligiga erishadi:
32
Darsga qo‘yiladigan pedagogik talablar maxsus maktab, maktab-
internatlarida olib boriluvchi darslar o‘qitishning umumdidaktik va o‘ziga xos
bo‘lgan tamoyillaridan kelib chiquvchi pedagogik talablarga javob berishi zarur.
Ushbu talablarning asosiylari quyidagilardan iborat:
- darsning vazifalari xamda o‘quv jarayonining bosqichlari dasturiy
talablardan, shuningdek sinf o‘quvchilarining umumiy, aqliy va nutqiy rivojlanish
darajasidan kelib chiqqan holda belgilanishi;
- sinf o‘quvchilarining bilish faoliyatlarini faollashtirishga yo‘naltirilgan
ish usullaridan mohirona va o‘rinli foydalanishning oldindan loyihalashtirib
qo‘yilishi;
- darsga oid bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘quvchilar nutqini
muloqot quroli sifatida shakllantirish zamirida egallanishi;
- alohida yordamga muhtoj bolalar rivojlanish xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda ko‘rsatmalilik ko‘rgazmalilik amaliy ish jarayoniga alohida e‘tibor
qaratish;
- darslarda nutqning turli-tuman shakllaridan foydalanish (bunda qaysi
nutq shaklining etakchi bo‘lishi bosqich talablaridan, shuningdek sinf
o‘quvchilarining umumiy va nutqiy rivojlanishlaridan kelib chiqqan holda
belgilanadi);
- alohida yordamga muhtoj bolalar rivojlanish xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda doskada bajariladigan ishga ajratilgan vaqt taqsimotiga jiddiy
ahamiyat qaratish:
Darsga qo‘yiladigan psixologik talablar. Dars samaradorligi ko‘p jihatdan
o‘qituvchining o‘z o‘quvchilari rivojlanish xususiyatlari haqida ma‘lumotga ega
bo‘lishiga bog‘liq bo‘lib, o‘qituvchi doimo xar bir darsini rejalashtirish va olib
borishida o‘z o‘quvchilarining idroki, diqqati, xotirasi, tasavvuri kabi
xususiyatlarini nazardan chetda qoldirmasligi lozim. O‘z o‘quvchilarining ruhiy
jarayonlari hakida aniq ma‘lumotga ega bo‘lish o‘qituvchiga ishning samarali
shakl va metodlarini tanlashda katta yordam ko‘rsatadi.
33
Ma‘lumki. jismoniy va aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar
nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashda o‘ta qiyinchiliklarni boshdan
kechiradilar. O‘qituvchining bolalarga bo‘lgan iliq munosabati, mohirona qo‘llab –
quvvatlovi, muloqot o‘rnata olishi o‘quvchilarda nafaqat darslarda faol ishtirok eta
olishlarini uyg‘otadi, balki ulardagi o‘z imkoniyatlariga ishonchni, ya‘ni optimistik
ruhiyatlarini yuzaga keltiradi.
Darsga
qo‘yiladigan
gigienik
talablar
O‘quvchilar
ishchanlik
qobiliyatlarining holati gigienik talablarga qay darajada rioya qilinishiga bog‘liq
sanaladi. Ya‘ni-har bir darsda quyidagi gigienik talablarga
- sinf devorlarining talab darajasidagi ranglarda bo‘yalishi;
- sinf xonasining me‘yordagi yorug‘likka ega bo‘lishi;
- sinf xonasini darsdan oldin va darslar o‘rtasidagi tanaffuslarda
shamollatib turilishi.;
- bolalar toliqishining oldini olish maqsadida faoliyatning turli - tuman
ko‘rinishlaridan foydalanish;
- dars davomida dam olish daqiqalarini o‘tkazib turish;
- darslar o‘rtasida majburiy tanaffuslarga rioya qilinishi lozim.
Chunki ba‘zi o‘qituvchilar o‘quvchilarning o‘quv materialini ajratilgan
vaqt mobaynida egallay olmasliklari sababli tanaffus vaqtida ham ular bilan
shug‘ullanishga harakat qiladilar. Bu esa o‘z navbatida, bolalarning nafaqat
avvalgi o‘quv soati materialini, balki keyingi o‘quv soati materialini xam
o‘zlashtira olmasliklariga sabab bo‘lishi mumkin va h.q
Darsga
qo‘yiladigan tashkiliy talablar Darsning samaradorligi
o‘tkaziladigan o‘quv xonasining holati, uning zaruriy jihoz va uskunalar.
korreksiyani amalga oshirish imkonini beruvchi apparatura va texnik vositalar,
ko‘rgazmali va didaktik materiallarning shayligiga ham bog‘lik hisoblanadi.
Yuqoridagi talablar asosida olib borilgan darslar o‘qituvchi ishining samaradorligi,
uning ijobiy natijasini ta‘minlaydi. Bunday darslarda ishtirok etib, bilim, ko‘nikma
va malakalar bilan qurollangan o‘quvchilarning shaxsii barkamollikka erishishlari,
34
ijtimoiy hayotda munosib tarzda o‘z o‘rinlarini topishlari, kelajagi buyuk
mamlakatimizning mohir bunyodkorlari bo‘lib etishishlari shubhasizdir
Do'stlaringiz bilan baham: |