O’zbekiston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi samarqand veterinariya meditsinasi instituti veteriariya jarrohligi kafedrasi operativ xirurgiya va anesteziologiya fanidan


-Mavzu: MAHALLIY OG’RIQSIZLANTIRISH AHAMIYATI VA QO’LLASH USULLARI



Download 3,02 Mb.
bet7/162
Sana11.04.2022
Hajmi3,02 Mb.
#543766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   162
Bog'liq
Arziyev Xidir Оператив хирургия ва анестезиология

5-Mavzu: MAHALLIY OG’RIQSIZLANTIRISH AHAMIYATI VA QO’LLASH USULLARI.
MA’RUZA REJASI:
1. Mahalliy og’riqsizlantirish tushunchasini aniqlash va unga ko’rsatma va qarshi ko’rsatmalar.
2. Mahalliy og’riqsizlantirish uchun ishlatiladigan anestetiklar, ularning ta’sirini kuchaytirish va uzaytirish.
3. Mahalliy og’riqsizlantirish turlari.
4. Mahalliy anesteziyaning diagnostik ahamiyati.
5. Novokain eritmasining patogenetik ta’siri.

Tayanch iboralar: Anesteziya, analgeziya, yuza infiltrasiya, o’tkazuvchan, epidural, diagnostika, patogenetik terapiya.




Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Operativ xirurgiya – X.K. Rustamov, Ya.A.Axbutayev, B.D.Narziyev – 1997.
2. Operativnaya xirurgiya – Magda I.I. – 1990.
3. Regionarnoye obezbolivaniye. A.Yu. Poщuk. 1987.
4. Eksperiment v xirurgii. V. Kovinov. 1989.
5. Borba s bolyu ili chelovek na operasionnom stole. V.Yu. Ostrovskiy. 1983.
6. A. David Weaver, Guy St Jean, Adrian Steiner “Bovine surgery and Lameness” USA,
2005
Mahalliy og’riqsizlantirish – bu anestetik moddalar ta’sirida hayvonlarning muayyan qismidagi og’riq sezuvchanlikni yo’qotishdir. Bu moddalar o’ziga xos asl xoliga qayta oladigan ta’siri bilan periferik nerv sistemasining biror bo’lagiga ta’sir qilib, uni og’riq sezmaydigan qilib ko’yadi. Lekin bu ta’sir hayvonlar organizmida chuqur tuzilish o’zgarishiga olib kelmaydi, odatda, bunda faqatgina og’riq sezuvchanlik emas, balki taktil, harorat va boshqa sezuvchanliklar ham yo’qoladi.
Mahalliy og’riqsizlantirish uchun ishlatiladigan turli moddalar nerv sistemasiga ta’sir qilib, reflektor yoyni (yo’lini) uzadi va og’riq paydo bo’lgan joydan impulslar markaziy nerv sistemasiga yetib bormaydi va hayvonlarda og’riqqa sezuvchanlik yo’qoladi.
Mahalliy og’riqsizlantirish amalda xavfsiz, shuning uchun ozg’in, anemiya, bo’g’oz, nafas olish organlari kasallangan, yurak-tomir kasalliklari bo’lgan hayvonlarda qo’llaniladi. Iloji boricha mahalliy og’riqsizlantirish qo’llashga harakat qilish kerak.
Ayrim hollarda mahalliy og’riqsizlantirishni qo’llab bo’lmaydi, masalan, bu usulni yaxshi bilmagan holda, individual sezuvchanlik yuqori bo’lganda, yosh mollarda ko’p qon yo’qotish bilan tez ravishda qilinadigan operasiyalarda, to’qimalarda fibroz o’zgarishlar namoyon bo’lganda. Aks holda asoratlar vujudga kelishi mumkin va ular hayvonlarning o’limiga olib keladi.
Mahalliy og’riqsizlantirish uchun turli preparatlar sintez qilingan: kokain – (cocainum) koka butasi bargidan olinadigan alkoloid. 1860 yilda Niman sintez qilgan, 1879 yilda Anrep mahalliy anesteziya uchun ishlatgan. Rangsiz, oq kristall kukun, ta’mi achchiq, suv va spirtda yaxshi eriydi, shilliq pardalar orqali yaxshi o’tadi, qonga o’tgach umumiy ta’sir qiladi.
Novokaindan 16 baravar zaxarli, hayvonlarning teri ostiga yuborilganda nafas olish, yurak urishi tezlashadi, ichaklarni peristaltikasi kuchayadi. Hayvonlarda eng yuqori miqdori 0,5, yirik shoxli mollarda 0,6, itlarda 0,05 gr. Veterinariyada yuzaki og’riqsizlantirish uchun 5-10 % regionar (o’tkazgich) anesteziya uchun 2-4 %.
Novokain – og’riqsizlantirishning yetarli ekanligi, zaxarli ta’siri yo’qligi va to’qimalarga zararli ta’sir ko’rsatmasligi tufayli keng qo’llaniladi. Novokain sintetik preparat bo’lib, hidsiz, achchiq ta’mli, oq kristallardan iborat, u suvda yaxshi eriydi va qaytadan qaynatilganda parchalanib ketmaydi. Novokainning umumiy zaxarli ta’siri kokaindan 7-10 marta kamroq. Germetik mahkamlangan novokainning sterillangan eritmalari uzoq muddat davomida og’riqsizlantirish xususiyatini yo’qotmasdan saqlanadi. Novokain avval qon tomirlarini kengaytiradi, so’ngra ularni toraytiradi.
Mahalliy og’riqsizlantirish uchun novokainning 0,25 % dan 4-5 % ligacha eritmalari qo’llaniladi. Novokain qon zardobi, jigarda tez parchalanish xususiyatiga ega bo’lganligi sababli, u kumulyativ ta’sirga ega emas.
Dikain – sintezlab olinadigan, oq-sarg’ish kristall kukun. Suvda va spirtda eriydi, qaynatilganda parchalanmaydi. Anesteziyalovchi ta’siri novokaindan 10-15 baravar ortiq, zaxarli ta’siri 10 baravar. Shilliq pardalar orqali yaxshi shimiladi, ko’pincha yuzaki og’riqsizlantirish uchun ishlatiladi.
Sovkain – oq-sarg’ish kristall kukun bo’lib, suvda va spirtda yaxshi eriydi. Qaynatganda parchalanmaydi. Uning og’riqsizlantirish ta’siri novokainga nisbatan 15-20 mrta kuchliroq. Og’riqsizlantirish ta’siri uzoq davom etsa ham (10 soatga) lekin novokainga nisbatan u 30 marta ko’proq zaxarli bo’lib, organizmdan sekin chiqadi. Sovkain qon tomirlarini kengaytiradi, mahalliy anesteziyada 1:500, 1:2000 nisbatlarda eritilgan eritmasi ishlatiladi.
Lidokain – oq kukun, suvda yaxshi eriydi, juda mustahkam. Anesteziyalovchi ta’siri novokainga nisbatan 4 marta kuchliroq, 2 marta ko’proq zaxarli, tez shimiladi va sekin parchalanadi, og’riqsizlantirish ta’siri uzoq davom etadi. Yuzaki, infiltrasion va o’tkazuvchan anesteziyasida qo’llaniladi 0,5 % dan 10 % ligacha eritmasi ishlatiladi.
Uzoq davom etadigan operasiyalarda hamda operasiyadan keyin og’riqni pasaytirish uchun og’riqsizlantiruvchi moddalarga analgeziyani uzaytiruvchi moddalar qo’shiladi. Shunday modda sifatida adrenalin ishlatiladi, qon tomirlarini toraytirib og’riqsizlantiruvchi moddaning tarqalishini sekinlatadi. 100 ml eritmaga 2-3 tomchi qo’shiladi.
I.Ye. Povajenko tomonidan taklif qilingan novokainga qon zardobini aralashtirish uning ta’sirini uzaytiradi va jarohatga qon oqishini to’xtatishga yordam beradi. 10 % li 10 ml novokain eritmasiga 200 ml zardob qo’shiladi.
Uzoq vaqt anesteziyasi uchun novokainni yog’li eritmasidan foydalanish mumkin, uni birinchi marta 1930 yilda Gaza qo’llagan. Shu maqsadda kungaboqar yoki baliq yog’ini ishlatish mumkin, odatda 2 % li eritmasi tayyorlanadi. Novokain juda sekin tarqaladi va 2 sutkagacha ta’sir etadi. Novokain 10 % li glyukozada eritilganda ham sekin tarqaladi.
Operasiyadan keyin asoratlarning oldini olish maqsadida anestetiklarning antiseptik eritmalari ishlatiladi: novokain-rivanolli, novokain-penisilinli. Buning uchun 100 ml novokainga 10 % rivanolning 1:500 nisbatli eritmasi yoki 50-100 ming TB penisillin qo’shiladi. Shu maqsadda har qanday antibiotikni qo’llash mumkin. Mahalliy anesteziya o’tkazish vaqtida premidikasiyani qo’llash mumkin. Bu bilan neyroendokrin va vegeta-tomirlar reaksiyalarini stabillash, analgetik va anesteziyalovchi moddalarning zaxarli ta’sirini va miqdorini kamaytirishga erishish mumkin.
Mahalliy og’riqsizlantirish quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Ustki (yuzaki) anesteziya – bu anesteziyalovchi moddani operasiya maydonning ustiga surtishdir. Uni konyunktivalar, shilliq, seroz, sinovial pardalarni, keng jarohat yuzalarini og’riqsizlantirish uchun qo’llash mumkin. Ko’z konyuktivasini og’riqsizlantirishda 2-% li kokain eritmasi 5-10 % novokain bilan ishlatiladi.
Anesteziyani davom etish muddati 20 minut, uzoqroq anesteziya qilish uchun 1-2 % sovkain qo’llaniladi. Og’iz, burun, hiqildoq, jinsiy organlar shilliq pardalarini og’riqsizlantirish uchun shu eritmalar tampon yordamida ishlatiladi. Og’iz va milklarning shilliq pardasini og’riqsizlantirish uchun hozirgi vaqtda piromekain ishlatish tavsiya etilgan. Siydik pufagini og’riqsizlantirish uchun uni kateter bilan bo’shatib, 0,25-0,5 % li novokain yuboriladi. Bo’g’imlarni, pay ini va bursalarning sinovial pardasini og’riqsizlantirish uchun avval bo’shatilib, novokainning 4-6 % li eritmasi 5-10 ml ishlatiladi.
Teri yuzasini muz, qor yoki tez bug’lanadigan suyuqliklar, masalan, xlor etil yordamida yaxlatish bilan og’riqsizlantirish mumkin, ta’siri 1-2 minut.
2. Infiltrasion aneteziya – operasiya qilinadigan joydagi to’qima qatlamlarini anestetik moddalariga to’yintirish. Ular nerv reseptorlariga va tarmoqlariga ta’sir qilib, og’riqning o’tkazuvchanlik qobiliyatini susaytiradi. Bu maqsadda novokainning 0,25-0,5-1 % eritmasi ishlatiladi.
Infiltrasion anesteziyaning bir necha turlari bor: ingichka igna yordamida novokainni teri va teri osti qavatiga yuborib infiltrat hosil qilib, shundan keyin chuqur joylashgan to’qimalarga o’tiladi. Shunda sirkulyar infiltrasiya qo’llash mumkin, anestetik moddalar ikki yoki bundan ko’p nuqtadan igna romb, piramida shaklida to’qimalarga yuboriladi.
Novokainning kuchsiz eritmasini qavatma-qavat inyeksiya qilib og’riqsizlantirishni A.V. Vishnevskiy taklif etgan. Novokain eritmasini to’qimalarga katta bosim bilan qo’yish uning reseptorlar va nerv xujayralari bilan uzluksiz to’qnashuviga imkon berdi. Vishnevskiy bo’yicha novokainning kuchsiz eritmasidan ko’p miqdorda qavatma-qavat yuborib, fassial va aponevratik qinlarga tarqaladigan sudraluvchi infiltrat hosil qilinadi. Bu to’qimalarni tezlikda kesish imkonini beradi, chunki bunda novokain nerv tuzilmalariga bevosita ta’sir etishdan og’riqsizlantirish tez boshlanadi. Vishnevskiy usulining afzalligi shundaki, bunda sudraluvchi qattiq infiltrat hosil qilish yo’li bilan to’qimalar gidravlik preparovka qilinadi, bu esa operasiyani osonlashtiradi.
Quyidagi resept asosida eritma yuboriladi:
Rp.: Natrii chloridi purissimi 50.0
Kalii chloridi – 0.75
Calcii chloridi – 0.125
Novocaini – 2.5
Aquae distillatae 1000.0
Sol. Adrenalini 1:1000 – 2,0
M.f. Sol. Steril
3. O’tkazuvchan (regionar) anesteziya. Bu anesteziya usuli sezuv nervi impulslarining o’tkazuvchanligini to’sishga asoslangan. O’tkazuvchanlikni to’xtatish uchun anestetik dori eritmasini nerv yoki uning atrofiga yuboriladi. Odatda nerv tolalari qobiq bilan o’ralgan bo’lgani uchun novokainning 2-4 % li eritmasidan 5-20 ml foydalaniladi.
4. Epidural anesteziya – bunda orqa miya qobiqlaridan tashkil topgan nerv ildizlari va tarmoqlari umurtqa kanalining ichida og’riq-sizlantiriladi. Anestetik suyuqligi orqa miya qattiq qobig’i va umurtqa kanalini tashkil qiladigan epidural qobig’iga yuboriladi. Agar suyuqlik orqa miyaning pastki qatlamlariga yuborilsa subdural, subaraxnoidal anesteziya deyiladi. Suyuqlikni umurtqa pog’onasida yuborilish joyiga qarab quyidagilarga bo’linadi: sokral, lyumbosokral va lyumbal anesteziya.
Sokral anesteziya:
Ko’rsatmasi – orqa oyoq, to’g’ri ichak, jinsiy organlarda, chotda, qorinning orqa qismida bajariladigan operasiyalarda qo’llaniladi.
Texnikasi – pastki (orqa) va yuqori (oldingi) sokral anesteziya qo’llniladi. Novokain miqdori pastkisida aniqlash uchun maklokdan, quymich tepachasigacha bo’lgan uzunlikni 3 ga bo’lish kerak, yuqorisida 50-150 ml 2 % novokain yuboriladi, 1,5 soatgacha og’riqsizlantiriladi.
Lyumbo-sokral anesteziya:
Ko’rsatmasi – orqa oyoq, jinsiy organ, yelin, chotda, qorinda bajariladigan operasiyalarda qo’llaniladi.
Texnikasi – Bor ignasi qo’llaniladi. Igna oxirgi bel umurtqasi va birinchi dumg’aza umurtqasi oralig’iga kiritiladi. Miqdori 3 % li novokain eritmasidan 20-30 ml.
Lyumbal anesteziya:
Ko’rsatmasi – qorin qismidagi aperasiyalarda.
Texnikasi – suyuqlik 1 va 2 bel umurtqasi oralig’iga kiritiladi, igna sanchish chuqurligi 5,8 dan 9,3 sm gacha, 10 ml 4 % li novokain yuboriladi va 2,5 soat davomida og’riqsizlantiriladi.
Mahalliy anesteziyani diagnostik maqsadlarda qo’llash mumkin. Ayniqsa oyoq kasalliklari vujudga keltiradigan oqsashning og’riq nuqtasini aniqlash uchun.
Ko’pgina kuzatishlar va maxsus tadqiqotlar natijasida novokain inyeksiyasi kasallikning kechishini boshlang’ich bosqichlarida yaxshilashga olib kelishi aniqlangan.
Novokain sezuvchi nerv impulslarining o’tkazuvchanligini to’sish bilan birgalikda nerv sistemasini bir oz qitiqlab, to’qimalarning oziqlanishiga yaxshi ta’sir etadi. Natijada novokain blokadasining ta’siri quyidagicha bo’ladi:
A) Yiringli jarayonlar tez chegaralanadi va yakunlanadi.
B) Yallig’lanish jarayonini rivojlanishi seroz suyuqligi to’planishi bosqichida to’xtatish mumkin.
V) Tomir devorlari holati normallashadi.
G) Metabolizm jarayonlari yaxshilanadi.
Bularning hammasi novokainni patogenetik terapiya maqsadida qo’llash mumkinligini ko’rsatadi. Buning uchun 0,25-0,5 % novokain ishlatiladi.



Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish