2-Mavzu: XIRURGIK INFEKSIYA TO’G’RISIDA TA’LIMOT.
MA’RUZA REJASI:
1. Qo’llar terisining tuzilishi va biologik xususiyatlari to’g’risida qisqacha ma’lumot.
2. Qo’lni opersiyaga tayyorlash asoslari mexanik tozalash, kimyoviy dezinfeksiya va qotirish. Xirurgik qo’lqoplarni qo’llash.
3. Operasiya maydonchasini tayyorlash asoslari va shilliq pardalarni dezinfeksiyasi.
4. Hayvonlarni operasiyaga tayyorlash va ishlab chikarish sharoitida xirurgik ishni tashkil qilish.
Tayanch iboralar: epidermik, derma, dezinfeksiya, qotirish, qo’lqop, operasiya maydonchasi, shilliq parda, organizm, operasion xona.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Operativ xirurgiya – X.K.Rustamov, Ya.O.Okbutayev, B.D.Narziyev. -1997.
2. Operativnaya xirurgiya - I.I.Magda i dr. – 1990.
3. A. David Weaver, Guy St Jean, Adrian Steiner “Bovine surgery and Lameness” USA,
2005
4. Operativnaya xirurgiya s osnovami topograficheskoy anatomii domashnix jivotnыx Magda I.I., Itkin B.Z., Voronin I.I. 1979 g.
5. Xirurgicheskiye operasii u krupnogo rogatogo skota. Kuznesov T.S., 1979 g.
Ko’p tekshirishlarga asoslanib shu narsa aniklandiki, odam terisi doim mikroorganizmlar manbai bo’lib keladi. Ular asosan terida joylashgan notekisliklar, ajinlar, teri va yog’ bezlari, tuklar piyozchalarida joylashadi. Terini yuzasi epidermis qavati bilan qoplangan, u muhim va murakkab bo’lib, tana va asosiy terini tashqi muhitdan himoya qiladi. Epidermis qatlami doimo nobud bo’lib yana yangilanib turadi.
Keyingi qatlam teri asosi yoki chin teri derma, u biriktiruvchi to’qimadan xosil bo’lgan, unda teri bezlari (yog’ va ter) qon, limfa tomirlar, nerv tolalari, reseptolar va tuklarni ildizi joylashadi.
Undan keyin osti qavati joylashgan, u siyrak biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan, terini tashqi kavati yog’ bilan qoplangan, u triglesirin va yog’ kislotalari aralashshmasidan tashkil topgan. U epidermisni quruq xavoda qurishdan, namlikda esa maserasiyadan saqlaydi, shuning uchun normal holatda qo’lning terisi elastik va infeksiyaga qarshi mustaxkam bo’ladi, Terining yog’i, yog’ bezlaridan ishlab chiqariladi, ular ayniqsa qo’lning kaftini orqa tarafidan ko’proq joylashshgan. Ter bezlari - terni ishlab chiqaradi u bilan organizmdan keraksiz moddalar chiqariladi, uni xar doim ishlab chiqarilishi terini namligini va yumshoqligini saqlab turadi. Ular ayniqsa kaftda ko’p joylashgan 1 sm – 1000 gacha va bir sutkada 65 to 800 gr ter ishlab chiqaradi.
Mikroblar faqat teri yuzasida emas, balki yog’ va ter bezlari yo’llarida ham joylashadi, ular ichida 10 % patogen bo’lishi mumkin. Tekshirishlarga ko’ra odam qo’lining terisida xar doim juda ko’p miqdorda mikroorganizmlar mavjud, asosan ular terini notekisliklarida, tirnoq osti bo’shlig’ida joylashadi.
Mikroblar ayniksa veterinariya vrachlarni qo’lida qo’p miqdorda bo’ladi, chunki ular hayvonlar bilan ishlaydi. Mikroblarni miqdori elastikliginii, silliqligini yo’qotgan, shikastlangan terida ko’payadi. Shuning uchun xirurglar va vrachlar qo’lning terisiga e’tibor berib yurishi kerak, agarda elastikligi, yumshoqligi yo’qolsa Tushnov suyuqligini surtish lozim, tarkibi: kastor yog’i – 5,0, gliserin – 20,0, etil spirti - 75,0 yoki qo’lga surtiladigan biror bir malham surtiladi. 1885 yilda Kamlel xirurglar orasida birinchi marta qo’llarni operasiyadan oldin yuvish shart ekanligini taklif qildi. Shundan so’ng fanlar taraqqiyotiga asoslanib yangi usullar ishlab chiqildi va xirurgik amaliyotga tadbiq etildi.
Qo’llarni tayyorlash usullarining asosida uch bosqich yotadi:
1) mexanik tozalash
2) kimiyoviy dezinfeksiya
3) terini qotirish
Mexanik tozalash – teri yuzasida ajralgan epidermisni, mikroblarni va tirnoq osti bo’shlig’idan iflosliklarni yo’qotishga qaratilgan. Uni o’tkazish uchun щyetka, iliq suv va sochiq kerak.
S.I.Spasokukoskiy va I.T.Kochergin (1928) sovunni щrniga 0,5 % li nashatir spirtini suvdagi eritmasidan faydalanishni tavsiya etadilar.
Bu eritma terini juda yaxshi va chukur yog’sizlantiradi. Qo’lni yuvilishi tirsakdan boshlanib barmoq uchlarida tugallanadi, steril sochiq bilan quritilishi barmoq uchlaridan to tirsakgacha olib boriladi.
Kimyoviy dezinfeksiya – bunda bakterisid xususiyatlarga ega bo’lgan kimyoviy eritmalar qo’llaniladi, bularga 70 spirt, 1:2000 kaliy ishqori, 3% rux sulfati, 0,1% sulema va boshkalar. Eritmalar yuvilgan qo’l terisidagi qolgan mikrob va bakteriyalarni yo’qotishga yordam beradi, bu bilan teri steril xolatiga yaqinlashadi.
Lekin bu eritmalar ter va yog’ bezlari yullarida mavjud bo’lgan mikroblarga ta’sir qilmaydi. Ularni terini yuzasiga vaqtincha chiqmasligini oldini olish maqsadida terini qotirish tavsiya etiladi. Qotirish natijasida ko’l terisining yuza kismi zichlanadi, bu esa bezlar sekretini chiqishini oldini oladi. Buning uchun kuyidagi eritmalar qo’llaniladi: 96 spirt, 5% tanin, 1:1000 yodni spirtdagi eritmasi va boshkalar. Ular tamponlar yordamida teriga surtiladi, ayniqsa barmok uchlariga e’tibor beriladi.
Hozirgi vaqtgacha ma’lum bo’lgan qo’llarni tozalash usullari mutloq sterillikni ta’minlamaydi. Shu sababli 1891 yilda amerikalik xirurg Xolsted operasiya o’tkazish vaqtida rezina qo’lkoplarni kiyishni taklif qildi. Rezinadan yasalgan qo’lkoplarni ishlatilishi operasiya qiluvchining qo’lini to’la sterilligini ta’minlashga imkon beradi.
Operasiya vaqtida qo’lkoplarning yirtilishi mumkinligini nazarda tutib, ularni kiyishdan oldin yukorida bayon qilingan usullaridan biri bo’yicha qo’llarni puxta tozalash lozim. Qo’lkoplarni sterillash va faydalanishida kuyidagilarga e’tibor qilish kerak:
1. Ichiga va sirtiga talk sepib avtoklavda sterillanadi.
2. Qo’lqoplar 15 minut davomida suvda dokaga o’rab kaynatiladi.
3. Qo’lkoplarni kiygandan keyin ularni spirt bilan artish lozim.
4. Operasiya vaqtida ko’lkoplarni butunligini diqqat bilan kuzatish va yirtilganda tez almashtirish lozim.
Xirurgik operasiya o’tkazishdan oldin operasiya maydonchasini tayyorlash katta ahamiyatga ega, chunki hayvon terisida va terining ustki qavatida xamma vaqt iflosliklar, ko’p miqdorda mikroblar mavjud, tayyorlanmagan operasiya maydonchasi orqali operasiya o’tkazish vaqtida jarohatga iflostiklar, mikroblar tushib yallig’lanish jarayonni rivojlantiradi. Operasiya maydonchasini tayyorlash to’rt bosqichdan iborat: terini ustki qavatini (junni, tukni) ni olish, mexanik tozalash va yog’sizlantirish, kimyoviy dezinfeksiya va qotirish, maydonchani chegaralash. Operasiya qilinadigan joydagi junlar, tuklar qaychi yordamida qirkiladi yoki usti arra yordamida qirib olinadi, oxirgisi yaxshi tozalanishni ta’minlaydi. Junni tushirish uchun depilyatorlardan foydalanishi mumkin. Bu juda kerakli tadbir, chunki jun bilan birga chang, iflosliklar, ko’p miqdordagi mikroorganizmlar olib tashlanadi. Operasiyadan bir sutka yoki 12 soat oldin hayvonni operasiya qilinadigan joyi issiq suv, sovun va щyetkalar yordamida yuviladi. Ayniqsa chot, dum, son, jinsiy organlar, urug’don xaltachasi atrofi sinchiklab yuviladi, chunki ular juda ham ifloslangan bo’ladi. Tuyoqlarda o’tkaziladigan operasiyalarda yuvishdan tashqari 2% kreolin eritmasida vanna qilinadi. Zudlik bilan bajarilayotgan operasiyalarda ifloslangan maydoncha 0,5-1% li nashatir spirt eritmasi yordamida tozalanib efir bilan yog’sizlantiriladi.
Operasiya maydonchasini dezinfeksiya va qotirish maqsadida, bakterisid va qotirish xususiyatlariga ega bo’lgan kimyoviy eritmalardan foydalanish tavsiya qilinadi. Bularga kuyidagilar kiradi: 5-10 % li yodning spirtdagi eritmasi, 5% tanin, 5% pikrin kislotasi, 10% kaliy permanganat, 1% yashil brilliant, Ayatin, Asepur, Septoneks, 960 spirt, Boxers suyukligi (Formalin 5,0 eozin 0,05 spirt – 95,0). Eritmalar operasiya maydonchasi chotga karab aylana shaklida xarakat kilib surtiladi. Fakat yirigli uchoqlarni yorishda; chetdan markazga qarab surtiladi.
Terini tayyorlanmagan joylardan operasiya maydonchasiga iflosliklarni tushunini oldini olish maqsadida u choyshablar, salfetkalar yordamida chegaralanadi (jadvaldan misollar).
Shillik pardalar bilan koplangan organlarda operasiya o’tkazish vaqtida ularni tayyorlashga katta ahamiyat borish lozim. Ko’zning shilliq pardasi uchun – 0,1% etakridin laktat, 3% borat kislotasi 2% protolgal.
Og’iz va burun bo’shlig’ini yuvish uchun yuqoridagi eritmalardan tashqari 0,1 % li kaliy permanganat, qin bo’shlig’i 1% li sut kislotasi, 1:1000 etakridin laktat, 2% lizol, jinsiy lablarga 3% yod eritmasi surtiladi.
To’g’ri ichak axlatdan bo’shatilgandan keyin 1% kaliy permanganat, 2% lizol eritmalari bilan yuviladi, teshik atrofiga yod surtiladi.
Hayvonni operasiyaga tayyorlash katta axamiyatga ega, chunki operasiyani natijasi shunga bog’lik. Operasiyadan oldin hayvonni hayotiy muhim bulgan organlarni ish faoliyati tekshiriladi: yurak, o’pka, jigar va buyrakning, ularning funksiyasini uzgarishlarini uz vaqtida aniqlab to’g’ri chora tadbirlar tuzib bartaraf qilish mumkin, tekshirish vaktida infeksion kasalliklarni inkor etish lozim. Operasiya rejali ravishda olib borilsa hayvon 12-24 soatli yarim parxezda saqlanadi. Aniqlangan kasllikni davolash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |