O’zbekiston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi samarqand veterinariya meditsinasi instituti veteriariya jarrohligi kafedrasi operativ xirurgiya va anesteziologiya fanidan



Download 3,02 Mb.
bet2/162
Sana11.04.2022
Hajmi3,02 Mb.
#543766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162
Bog'liq
Arziyev Xidir Оператив хирургия ва анестезиология

O’QUV MATERIALLARI



I.1. Ma’ruza matnlari.


SAMARQAND VETERUNARIYA INSTITUTI


VETERINARIYA DIAGNOSTIKASI VA PROFILACTIKASI
FAKULTETI


«Veterinariya jarrohligii» kafedrasi


«OPERATIV XIRURGIYA VA ANESTEZIOLOGIYA»
FANIDAN


MA’RUZA MATNLARI
Oliy ta’limning
400.000 –Qishloq xo’jaligi bilim soxasini
5 440100 –Veterinariya bakalavriati yo’nalishi
3- bosqich talabalari uchun

Tuzuvchi:




Veterinariya jarrohligi
kafedrasi dosenti Narziyev B.D.
SAMARQAND – 2019
1-ma’ruza. Xirurgik operatsiya tushunchasi. Operativ xirurgiyaning boshqa xirurik va klinik fanlari orasidagi tutgan o’rni. Xirurgik operatsiya haqida ta’limot.


MA’RUZA REJASI:
1. Operativ xiruriya fani to’g’risida tushuncha va uni boshka fanlar bilan aloqasi.
2. Operativ xirurgiya fanining oldiga kuyilgan maqsad va vazifalari. Bozor iqtisodiga o’tish davrida fanning ahamiyati.
3. Operativ xirurgiya fanining qisqacha tarixi.
4. Topografik anatomiya va uning operativ xirurgiyadagi ahamiyati.
5. Xirurgik operasiyalar to’g’risida ta’limot.
a) Operasiya to’g’risida tushuncha.
b) Operasiya o’tkazishga ko’rsatma va qarshi ko’rsatmalari.
v) Xirurgik operasiyalarning tasniflanishi.
g) Operasiyaning tarqibiy qismi.
d) Hayvonni operasiyaga tayerlash va operasiyadan so’ng kuzatish.
6. Hayvonlarni fiksasiyasi va uning ahamiyati.
Tayanch iboralar: xirurgiya, operasiya, topografiya, qonli, qonsiz, fiksasiya.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Operativ xirurgiya X.K. Rustamov., Ya.O.Oqbutayev., B.D.Narziyev
1997y.
2. Operativnaya xirurgiya - Magad I.I. i drugiye 1990g.
3. A. David Weaver, Guy St Jean, Adrian Steiner “Bovine surgery and Lameness” USA,
2005
4. Operativnaya xirurgiya s osnovami topograficheskoy anatomii domashnix jivotnыx Magda I.I., Itkin B.Z., Voronin I.I. 1979 g.
5. Xirurgicheskiye operasii u krupnogo rogatogo skota. Kuznesov T.S., 1979 g.

Xirurgiya so’zi yunon tilidan olinib, ikkita so’zdan tashkil topgan: cheir-qo’l, Ergoh – xarakat; ya’ni qo’l xarakati degan ma’noni bildiradi.


Operativ xirurgiya - bu kasal hayvonlarni davolash va mahsuldorligini oshirish maqsadida xirurgik operasiyani o’tkazish qoida va usullarini o’rgatadigan fan.
Bu fan q/h va umuman hayvonlarda operasiya o’tkazish nazariy asoslarini va amaliy texnik usullarini o’rgatadi.
Malakali operasiya o’tkazish uchun, o’lgan hayvonlarning gavdasida, preparatlarda mashq qilish va o’quv – tajriba hayvonlarda operasiyalar o’tkazib, olingan bilimlarni mustaxkamlash mumkin. Opreasiyani yaxshi natija berishi ko’pincha uni texnik jixatdan to’g’ri o’tkazishga bog’liq.
Lekin operasiyani faqat maxalliy aralashishi deb bulmaydi, chunki bu jarayonda butun organizm qatnashadi.
Bundan ko’rinib turibdiki operativ xirurgiya fanini o’rganish uchun, xozirgi paytgacha o’tilgan barcha fanlardan olingan bilimlarga tayanadi va ular bilan uzviy bog’langan, bularga: anatomiya, fiziologiya, patologik fiziologiya, farmakologiya, klinik diagnostika, mikrobiologiya, zoogigiyena va boshqalar kiradi.
«Mohir xirurgni anatomiya shakllantirsa, uylaydigan klinisist xirurgni Pavlovni fiziologiyasi shakllantirish mumkin».
A.A.Vishnevskiy.
Operativ xirurgiya barcha xirurgik fanlar majmuasiga kiradi, bu umumiy xirurgiya, xususiy xirurgiya, ortopediya va oftalmologiya va ularni poydevorini hosil qiladi. Bundan tashqari umum biologik va klinik fanlar o’rtasida vositachilik vazifasini bajaradi .
Operativ xirurgiyaning asosiy maqsadi - bu operasiya o’tqazish texnikasini o’rgatish va shu bilan birgalikda kasal hayvonlarni davolash maqsadida yangi operasiyalar va operativ usullar ishlab chiqish.
Bundan quyidagi vazifalar kelib chiqadi:
1.- Qisqa muddat ichida hayvonni pasaygan mahsuldorligini oshirish.
2.- Hayvonlarni ishchi qobiliyatini tiklash va yaxshilash.
3.- Hayvonlar sonini ko’paytirishga ko’maklashish.
4.- Go’sht, sut va jun maxsulotlarini sifatini yaxshilash va sonini ko’paytirish.
Xirurgiya fani o’ziga xos tarixga ega, ya’ni odamzod paydo bo’lishi bilan bog’liq desak ham bo’ladi. Ma’lumotlarga ko’ra odamlar neolit davrida hayvonlarni axtalashni bilgan. Odamzotning rivojlanishi natijasida barcha fanlar, shu jumladan xirurgiya ham rivojlangan, yunonliklar kasalliklar nomini berishgan bo’lsa, rumliklar terminologiyasini ishlab chiqkan, 300-360 y Aspirt veterinariya medisinasini shakllanishiga katta xissa qo’shgan. U Gippiatrika asarida xirurgiya to’g’risida ma’lumot bergan. 9-10 asarda xirurgiyani rivojlanishi O’rta Osiyo olimlardan Abu Ali Ibn Sino katta xissa qo’shgan. 1598 y Ruini otlar anatomiyasi kitobini yaratadi, bu bilan xirurgiyaga anatomik asos yaratadi.
Rossiyada hayvonlarni davolash Petr I davriga to’g’ri keladi. U birinchi marta kanovallar maktabini tashkil qiladi, keyinchalik institutlar va akademiyalar tashkil etiladi 1808- Peterburg va Moskvada; 1840 – Varshavada; 1848 – Derpt; 1851- Xarkovda; 1973- Kozonda.
Topografik anatomiya – hayvonni biror bir kismidagi to’qima va organlarni bir-biriga nisbatan joylashishini, chegaralarini, ularni teridagi proyeksiyalarni, yoshiga qarab o’zgaruvchanligini o’rgatadigan fan.
Topografik anatomiyani bilish xirurgga operasiya maydonida erkin va ishonchli harakt qilishga yordam beradi. Shuning uchun operativ xirurgiya topografik anatomiya bilan uzviy boglangan.
Uning rivojlanishiga N.I.Pirogov (1810-1881) katta xissa qushgan. Topografik anatomiya asarida bu fan to’g’risida keng tushuncha bergan.
Operasiya so’zi lotin tilidan olinib opera - xarakat, ish, mehnat ma’nosini bildiradi.
Xirurgik operasiya bu asosan davolash va diagnostik maqsadida hayvon to’qima va organlariga mexanik ta’sir qilish ma’nosini bildiradi.
Operasiyani o’tkazish shundagina maqsadga muvofiq bo’ladi, qachonki uni o’tkazish natijasida hayvonni mahsuldorligi tiklanib yoki kupaysa, ya’ni veterinariyada iqtisodiy taraf birinchi urnida turishi lozim.
Operasiyani boshlashdan oldin diagnoz aniqlanadi va shunga qarab operasiya o’tkazishga ko’rsatma va qarshi ko’rsatmalari namoyon buladi. Operasiya o’tkazishga ko’rsatma: mutloq va nisbiy bulishi mumkin.
Mutloq ko’rsatmalar (indicatio vitalis)- patologik jarayon hayvon organizmiga o’ta xavfli ta’sir qilib, o’limga olib kelishi mumkin: o’sma, ichki organlarni kisilishi, havo o’tmaslik, timpaniya. Nisbiy kursatmalar- patologik jarayon hayvon organizmiga xavf tug’dirmaydi, mahsuldorlik pasaymaydi.
Qarshi ko’rsatmalar: ozg’in, kari yosh, jarayonni kuchayishi, operasiya o’tkazish iloji bo’lmasa, xomilani ikkinchi yarmi, kuyga kelishi, yuqumli kasalliklar.
Operasiyani o’tkazishdan oldin jismoniy va yuridik shaxsdan ruxsat olish kerak va operasiyani rejasi tuziladi.
Barcha xirurgik operasiyalar ikki turga bo’linadi: qonli va qonsiz. Maqsadi buyicha: davolash, diagnostik, iqtisodiy, eksperimental.
Davolash operasiyalar o’tkazilishiga karab: favkulotda tez va rejali ravishda olib boriladi.
Xususiyatiga qarab: radikal va polliativ. Bundan tashkari: aseptik, septik, plastik, kosmetikalarga bo’linadi. Operasiyaning tarkibiy qismi 3 etapdan iborot:
1. Operasiyaga yo’l ochish (kirish) – bunda kesim o’tkazilib patologik jarayonga yoki organga yo’l ochib boriladi.
2. Operasiyani o’tkazish (bajarishi) – organ yoki to’qimadagi patologik jarayonni qisman yoki to’liqcha olib tashlash, bunda uni funksiyasini buzmaslikga intilish kerak. «Xirurg fiziologik fikrlab, anatomik operasiya qilishi kerak».
3. Yakuniy boskich – choklash, drenaj, bog’lam qo’yish.
Operasiya o’tkazish uchun qulay sharoitlar yaratish va yaxshi natija olish uchun kasal hayvonni operasiyaga tayyorlash lozim. Bunning uchun uning umumiy klinik ko’rsatkichlari tekshiriladi xarorati, nafas olish va yurak urishi tekshiriladi. Organizmning hayotiy muxim sistemalari tekshiriladi, teri kasalliklari bor-yuqligi aniqlanadi.
Operasiya o’tkazilgandan keyin jarohatni bitishini tezlashtirish uchun barcha sharoitlar yaratilishi lozim. Agarda operasiya oshqozon-ichaklarda olib borilgan bo’lsa parxez rasion bilan ta’minlash kerak, ya’ni tez xazm bo’ladigan oziqalar berilishi kerak.
Veterinariya vrachlari har xil turdagi hayvonlar bilan ishlashiga to’g’ri keladi, uy hayvonlaridan boshlab to yirtqichigacha, shuning uchun ular bilan ishlash vaqtida texnik xavsizlkga qat’iyan rioya qilish lozim.
Hayvonlarning xulk-atvorini, tashqi muxitda o’zini tutishini o’rganadigan fan etologiya deb ataladi, hayvonni fa’l-atvorini shakllanishiga atrof-muxit, saqlash sharoitlari, unga nisbatan munosabat ta’sir qiladi.
Hayvonlar bilan ishlash vaktida ko’pchilik reflekslar orasida, ikkita muxim refleksni e’tiborga olish lozim – bu o’z-o’zini himoya qilish va erkinlik. Bundan tashqari nerv sistemasini tipiga ham e’tibor berish lozim va xar bir hayvonga individual yondoshish kerak. Nerv sistemasining tipi 4 ga bo’linadi: Xolerik – qo’zg’aluvchan; sangvinik-xarakatchan; flegmatik befarq; melanxolik nimjon. Buni hayvonni fiksasiya qilish vaqtida va podalarni tashkil qilish vaqtida e’tiborga olish lozim.
Hayvonlarni fiksasiya qilishdan asosiy maqsad:
1) Xirurgga operasiya maydonida erkin va xavsiz xarakat qilishini ta’minlash.
2) Hayvonni xarakatsizlantirib, normal ish sharoitini yaratish.
3) Operasiya vaqtida hayvon o’ziga va operasiyada qatnashadiganlarga shikast yetkazmasligini oldini olish.
Hayvonlar tik va yotgan xolatda fiksasiya qilinishi mumkin.



Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish