Tadqiqoqtda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
Ushbu dissertasiyada quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilangan:
arab va o‘zbek nomshunosligining dolzarb muammolarini belgilash;
o‘zbek va arab tilshunosligida kishi nomlarining o‘rganilishi masalasini yoritish;
o‘zbek va arab tillarida kishi nomlarini hosil qiluvchi leksemalarni mavzuviy tasnifini amalga oshirish;
o‘zbek tilidagi kishi nomlarining kognitiv modellarini belgilash;
arab tilidagi kishi nomlarining kognitiv xususiyatlarini yoritish;
arab va o‘zbek lingvomadaniyatida kishilarga nom qo‘yishdagi o‘xshash va farqli jihatlarni aniqlash;
arab va o‘zbek tillarida milliy-madaniy, diniy qarashlar bilan bog‘liq holda hosil bo‘lgan kishi nomlarining lingvistik xususiyatlarini ochib berish.
Ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek va arab tilshunosliklarida kishi nomlarining o‘rganilishi masalasi yoritilgan;
o‘zbek va arab tillarida kishi nomlarini hosil qiluvchi leksemalar mavzuviy jihatdan tasniflanib, semantik xususiyatlari ochib berilgan
o‘zbek va arab tillaridagi kishi nomlarining kognitiv modellari ishlab chiqilgan;
arab va o‘zbek tillarida kishi nomlarini hosil qilishdagi o‘xshash va farqli jihatlarga aniqlik kiritilgan;
arab va o‘zbek tillarida milliy-madaniy, diniy qarashlar bilan bog‘liq holda shakllangan kishi nomlari qiyosan o‘rganilib, lingvistik xususiyatlarini ochib berilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Dunyo tilshunosligida kishi nomlarini lingvistik aspektda tadqiq etishga e’tibor jiddiy qaratilgan. Jumladan, arab tilshunosligida Abdulg‘oniy al-Maqdasiyning “Al-Kamaal fiy asmai ar-rijaal” nomli asarida arabcha ismlarning semantik strukturasi, tarkibiy tuzilishi, qo‘llanilish darajasi va nomlanishning kognitiv asoslari kabi masalalar atroflicha yoritilgan.2 Shuningdek, arabcha kishi ismlarining ma’nolari, tarkibiy strukturasi, mavzuviy tasnifi Hino Nasr al Hatiyning “Qomusu asmaail arobiyyati val muarrobati va tafsiyri ma’aniyha” asarida keng yoritib berilgan.3 Ali ibn Sulton Muhammad al-Qoriy “Al asmaarul janiyyafiy asmail hanafiyya, nomli bir nechta asarlar mavjud.
O‘zbek tilshunosligida esa Menajiev Y., Azamatov X. “Ismingizning ma’nosi nima?”4, E.Begmatov , “Ismingizning ma’nosi nima?”5, E.Begmatov “O‘zbek ismlari antroponimiyasi”6 nomli asarlarda o‘zbek ismlarining izohli ma’nolariga doir ilk ilmiy risolalar nashr etilgan. Shamsieva M. “Kishilarga atab qo‘yilgan nomlar”7, E.Begmatov “Kishi nomlari imlosi”8 kabi bir nechta ilmiy izlanishlar olib borilgan.
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi. Ushbu tadqiqotda tavsifiy, leksik-semantik, komponent tahlil, qiyosiy metodlar qo‘llanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu tadqiqot xulosalari arab va o‘zbek xalq madaniyatini o‘rganishda, xususan, kishi nomlarining milliy-madaniy xususiyatlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borishda ilmiy-nazariy ahamiyatga ega. Undan oliy o‘quv yurtlari Lingvistika yo‘nalishida “Onomastika”, “Kognitiv tilshunoslik” fanlaridan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda, bu fanlardan o‘quv-uslubiy majmualar, darslik va qo‘llanmalar yaratishda foydalanish mumkin. Tadqiqot natijalari kognitiv bilish jarayonida tilning o‘rni va ahamiyati, til va madaniyat aloqasi kabi muammolarni o‘rganishda nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Shuningdek, dissertasiya natijalari chog‘ishtirma tilshunoslikda turli tillarning lingvistik xususiyatlarini qiyosiy aspektda tadqiq etishda ilmiy manba vazifasini o‘taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |