1. Hasharotlar nomi asosida hosil qilingan ismlar: Abu Duqaysh (أبو الدقيش) – mayda qurt ma’nosida.83
2. Qushlar nomi asosida hosil qilingan ismlar: Mismor (مسمار) - Lochin, Nasr (نسر) – Burgut.
هو الأميرُ الشريف حمود بن محمد بن أحمد الحسني التهامي، ويُعرَفُ بأبي مسمار
“U Hamud ibn Muhammad ibn Ahmad al-Hasaniy at-Tahomiy nomli podshoh bo‘lib, Abu Mismor ismi bilan tanilgandir.”84
3. O‘simliklar, meva, sabzavot nomlari asosida hosil qilingan ismlar: Masalan: Rayhon (ريحان) -hushbo‘y hid taratuvchi o‘simlik, Zanjabil (زنجبيل) – Zanjabil o‘simligi.
Misol: أبو الريحان محمد ابن أحمد بيروني
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al beruniy85
4. Toponimlar (joy nomlari) asosida hosil qilingan ismlar: Masalan: Buxoriy (البخاري), Samarqandiy (السمرقندي), Nasafiy (النسفي), Termiziy (الترمذي), Taymo (تيماء) sahroning nomi.86
5. Gidronimlar (suv havzalari, dengiz, ko‘l, daryo nomlari) asosida hosil qilingan ismlar: Bahr (بحر) - dengiz, Furot (فرات)87, Dajla (دجلة)
Masalan: أبو البحر جعفر بن محمد الخطي المتوفى سنة 1028 هـ
“Abul Bahr Ja’far ibn Muhammad al-Xuttiy 1028 hijriyda vafot etgan.”
6. Kosmonimlar (samoviy jismlar) nomlari asosida hosil qilingan ismlar: Suhayl (سحيل), Qamar (قمر), Shams (شمس), Badr (بدر),
Masalan: هو العالِم العلَّامة المحدث الكبير الشيخ محمد بدر الدين الحسني
“U buyuk olim va muhaddis Shayx Muhammad Badriddin Husaniy”
7. Fasl nomlari asosida hosil qilingan ismlar: ربيعBahor, ربيعة Robiya, شتاء Qish صيفYoz fasli.
Arablarda odatda ism qo‘yishda foydalanadigan usullari an’ analari bir nechta bo‘lib go‘yoki bu masalada ularga hech qanday cheklov yo‘qdek, edi. Arablarning hayot tarzi urushlar va o‘zaro qarama qarshiliklarda o‘tgani sabab, bir birlariga bo‘lgan adovati dushmanchiliklari o‘ta yuqori bo‘lgan. Hattoki dushmanlarini qo‘rqitish maqsadida o‘z farzandlariga qo‘rqinchli ismlar qo‘yishgacha borishgan. Ular yangi chaqaloq tug‘ulsa, gohida o‘sha davr taqozosi bilan urush va janglarda qo‘li baland kelsin deb kuchlilik, oliylik, jangchilik sifatiga ega ismlar qo‘yishgan.
Misol: G‘olib, G‘ollab, Zolim, Manazil, Muqotil, Maorik va Sobit kabilar.
Ba’zan esa dushmanlarni qo‘rqitish maqsadida o‘sha davr hayotidagi eng vaxshiy hayvonlar ismlarini qo‘yishni ham urf qilishgan. Misol: Asad, Lays, Farros, Zi’b kabilardir. Gohida esa o‘z farzandlariga kelajakda yaxshi inson bo‘lishin umid qilib yaxshilikka dalolat qiluvchi ismlarni ham qo‘yishgan.
Misol: Salim, Saliym, Malik, Mudrik, Darrok, Voyil va Najiy kabiilardir. Ushbu yuqorida zikr qilingan misollardan ko‘rinib turibdiki, o‘sha davrda ham faqat yomonlik uchun emas, balki, yaxshilikni xohlab ham ism qo‘yadigan insonlar ko‘p bo‘lgan.
Fahm farosatli, zukko bo‘lishi lozim: بصيرة Basir, Basirat (ziyrak, o‘tkir zehnli), ذكي Zakiy, Zakiya (aqlli, zukko, fahmli),زهينة Zahina (aqlli, zukko), لبيبة Labiba (ziyrak, aqlli), مسيك Musayyak (ziyrak), عاقل Oqil, Oqila (aqlli, fahm-farosatli), فطانة Fatonat (ziyrak, idrokli), فكرة Fikrat (aqlli, zukko), فهيمةFahima (fahmli, aqlli);
Farzandi go‘zal, maftunkor bo‘lishini istab, bolani go‘zal, muattar gullarga, ba’zi go‘zallik ramzi bo‘lmish narsalarga, o‘ziga oro bergan ko‘rkam qizlarga qiyos qilishgan. Shu asosda go‘zallik, nafosat tushunchasini anglatuvchi quyidagi ismlar paydo bo‘lgan: عجب Ajab (tiniq, go‘zal), أجملAjmol (juda chiroyli), أعجرAjar (chiroyli), بجيهةBajiha (go‘zal, dilbar), وردية Vardiya (atirguldek chiroyli), بصيلةBasilat (kelishgan, salobatli), جمالJamol / / Jamola (chiroyli),زيبيبة Zabiba (bezangan, orolangan), زينبZaynab (زين الأب, otaning ziynati), زينية Zayni // Zaynigul, Zayniya (ko‘rkli, chiroyli), ذي نورةZaynura (go‘zal, zebo), ظرافةZarofat (nafis, nozik), Ziynar (bezangan, go‘zal), Zinnat (zebo, ziynatga burkangan), كوكبKavkab (yulduz, baxtli), ملاحMalloh / / Maliha (chiroyli), Lobar (go‘zal), ملاحة Malohat (suluv, zebo), محانMahan (eng suluv), محلية Mahliyo (sehrlovchi, maftun etuvchi), مزينةMuzayyan // Mazayyana (bezangan, orasta), منقشMunaqqash (bezangan, chiroyli), مهيدMuhid // Muhida (go‘zal, kelishgan), نميقةNamiqa (bezangan, sarishta), نسرينNasrin (oqguldek go‘zal), نفاسةNafosat (nafislik, ko‘rkamlik), نظارة Nizora (go‘zallik, nafosat yogdusi), Ra’no (qizil guldek go‘zal va muattar), ردابةRudoba (shafaq, qizgish rang, zebo), صبيحةSabiha (chiroyli, latif), صباحة Sabohat (ko‘rkam, malohatli), Sarvi, Sarviniso (sarv daraxtidek xushqomat), صفيةSafiy // Safiya (toza, pokiza), Tanziya (orolangan, orasta), Tarovat (so‘limlik, malohat), طاوسTovus (tovusdek chiroyli), Tolim (serkokil, suluv), Shaddo (qorachig‘i katta, qorako‘zli), Shohid // Shohida (chiroyli, kelishgan), قمرQamar / / Qamara (oy yuzli, oymonand, go‘zal), غزالG‘azzol / / G‘azzola (ohu, kiyikdek chiroyli, yoqimtoy), Hasham (chiroyli, bezangan), هلالHilol / / Hilola (bir-ikki kunlik yangi tug‘ilgan oy), Huri, Huriniso (sohibjamol), Hurliqo (suluv yuz) va boshqalar.
Elga taniqli, hurmatga sazovor inson bo‘lsin deb niyat qilishgan: Azliya (ulug‘lik, buyuklik), Akbar (ulug‘, hurmatli), Akobir (eng ulug‘, e’tiborli), Asmo (yuksak, buyuk), Afzal (ustun turuvchi), A’zam (eng ulug‘, buyuk), A’lo (yuksak, qimmatli), Bosit (ulug‘, ulkan), Jalil (yuksak, ulug‘vor), Izom (uluglar, buyuklar), Imtiyoz (ustun turuvchi), Kabir // Kabira (ulug‘, ulkan), Kubaro (ulug‘, ulkan), Kubro (eng ulug), Maziya (baland, yuksak), Mazkura (yodda turuvchi), Ma’ruf (taniqli), Mashhur / / Mashhura (taniqli, obro‘-e’tiborli), Murshid (rahbar), Nahan (ulkan, ulug‘), Rafi (yuksak, oliy), Rafoat (yuksak martabali), Rahbar (rahnamo, ustoz), Rafi (ulug‘, yuksak, mashhur ), Saltanat (uluglik, yuksaklik), Hazrat (o‘ta hurmatli, e’zozga sazovor), Hanifa (ustuvor, mahkam) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |