GULLAR SHAHRIGA SAYOHAT
Maqsad: Bolalarni Montesori usulida o’ynashga o’ragtish.
Bolalarni teverak atrofini bilish jonli va jonsiz tabiat haqidagi o’zlashtirilgan bilim darajasini aniqlash yangi ma’lumotlar bilan boyitib yanada mustahkamlash bahor faslida ochiladigan turli xil anvoyi gullar bilan tanishtirish. Nutqni boyitish, gullarga qarab nomlarni turli tallafuz qildirish, did bilan chizishga o’rgatish.
Kerakli jihozlar: Yilning nafasli tasvirlangan rasmlar, har bir gullarni alohida qilib chizilgan tarqatma kartochkalar va atributlar, rasm chizish uchun qog’oz va bo’yoqlar shart.
MASHG’ULOTLAR NOMI Guruh xonasi, bolalar o’z ishlari, o’z o’yinlari bilan mashg’ul.
Shaxlo, Dilshod va Muqaddaslar zavq bilan rasm chizish bilan ovora. Umida, Farhod, Madinalar bahor faslida ochiladigan gullar tasvirlangan rasmlar ni ko’rish bilan mashg’ul. Fotima, Saidolimxon va Nafisalar chiqindi materiallardan har-xil naqshlar, gullar, har-xil manzaralarni yasayapti.
Tarbiyachi Bolalar e’tiborini o’ziga jalb qiladi. Bolalar tezda joy-joylariga o’z ishlarini tartib bilan qo’yib chiqadilar.
Tarbiyachi: Bolajonlar bugun sizlar bilan gullar shahriga sayohat qilamiz. Bu sayohatda biz judayam ko’p mo’jizalarni ko’ramiz. Bu sayohatda kim bilimdon, zukko, chaqqon va hozirjavob bo’lsa, yo’lda uchraydigan qiyinchiliklarni yengadi va sehrli gul egasi bo’ladi. Men sizlar uchun binafsha gullaridan olib kelib, chaqqon, zukko bolalarga guldan taqdim etib boraman. Qani kim eng ko’p binafasha gullardan yig’ar ekan, sayohatga chiqamiz. Qani ketdik. Xursand bo’lgan bolalar bilan tarbiyachi guruh xonasidan chiqib ketishadi. Yo’lda ularga kapalak kiyimidagi qiz uchraydi.
Kapalakxon: Bog’changizni atrofida kattakon gulzor,
] Guldan-gulga uchaman o’ynab beozor.
Salom bolajonlarar, hammangiz chiroyli gullarimga o’xshab ketibsizlar. Bilasizmi?, men gullarni juda sevaman, gullar mening do’stlarim, sizlar ham mening do’stlarimsiz. Men sizlar bilan bog’changizda, ko’chada, xovlingizda uchrashib turaman.
Bog’changizda qanday qilib gullar ekkaningizni, ularga suv quyib parvarish qilganingizni ko’rganaman. Sizlar juda aqlli, odobli, dono ekansizlar, shuning uchun men sizlarni gullar shahriga olib bormoqchiman. Buning uchun sehrli uchar gilam tayyor.
Agar sizlar bahor faslida ochiladigan gullar haqida she’r aytib bersanglar, gullar shahriga sayohat qilasizlar.
Bolalar gilam ustida yoyilgan gullardan xohlaganlarini tanlab oladilar va birin-ketin aytib berishadi.
Gulni olgan qiz o’rnidan turib:
Men o’tloqning qiziman,
Onam bahor gul lola.
Men bahor yulduziman
Men gulmomo, gulmomo,
Do'stlaringiz bilan baham: |