III BOB. ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDAGI KISHI NOMLARINING QIYOSIY-KOGNITIV TAHLILI.
3.1. Arab va o‘zbek lingvomadaniyatida kishilarga nom qo‘yishdagi o‘xshash va farqli jihatlar........................................................................................................47
3.2. Arab va o‘zbek tillaridagi kishi nomlarining lingvokognitiv xususiyatlari.........................................................................................................58
III bob bo‘yicha xulosa…………….…………….……………………………..71
XULOSA VA TAKLIFLAR………………………………….........................73
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ………….....................75
KIRISH
Magistrlik dissertasiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Dunyo tilshunosligida kishi nomlarining lingvistik tabiati: semantik-stuktur tuzulishi, hosil qilinish usullari, kognitiv asoslarini o‘rganishga barcha davrlarda e’tibor qaratib kelingan. Ma’lumki, kishilarga nom qo‘yish muammosi til egalarining doimo diqqat markazida bo‘lib kelgan. Nom insonning shaxs sifatida shakllanishida muhim o‘rin tutgani bois qadimdan ajdodlarimiz bu masalaga jiddiy e’tibor qaratishgan. Kishilarga qo‘yilgan nomlarning kognitiv asoslarini belgilash til egalarining dunyoni qay tarzda idrok etishi masalasiga oydinlik kiritishi shubhasiz. Bu jihatdan arab va o‘zbek xalqlarida kishilarga nom berishning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash, nomlarning ushbu tillardagi farqli xususiyatlarini ochib berish turli tillarda nom yaratish masalasiga doir nazariy qarashlarni yangi bilimlar bilan boyishga xizmat qiladi.
Jahon tilshunosligining bugungi taraqqiyot bosqichida til birliklarini inson omili bilan bog‘liq holda o‘rganishga jiddiy e’tibor qaratilayotgan bir vaqtda kishi nomlarini kognitiv aspektda tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bu muammoni qarindosh bo‘lmagan tillar misolida yoritish dolzarb vazifalardan biridir. Zero Prezidentimiz Sh.M. Miromonovich qayd etganlaridek, “dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolotga etishga intilishiga e’tibor har qachongidan ham muhimdir”.1 Shu ma’noda arab va o‘zbek tillarida kishi nomlarini hosil qilishning kognitiv modellarini yaratish masalasi ham bugungi zamonaviy tilshunoslikda tadqiq etilishi lozim bo‘lgan muammolardan biri hisoblanadi. Bu esa tanlangan mavzuning dolzarbligi va o‘rganilish zaruratini asoslaydi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Mazkur dissertasiya mavzusi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining ilmiy ishlari rejasi bilan bog‘liq. O‘zbek va boshqa xorijiy tillaridagi kishi nomlarining leksik-semantik, uslubiy xususiyatlari yuzasidan ko‘plab ilmiy ishlar qilingan bo‘lishiga qaramay, arab va o‘zbek tillaridagi kishi nomlarining kognitiv xususiyatlari, bu tillarda kishi nomlarini hosil qilishning o‘xshash va farqli jihatlari to‘la-to‘kis yoritib berilmagan. Tadqiqotdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad ushbu tillarda kishi nomlarining kelib chiqishi, kognitiv modellari, shakllanishi hamda bu jarayonda qo‘llaniladigan til vositalarini aniqlash, ularga tavsif berish, o‘zbek va arab tillariga xos milliy-madaniy xususiyatlarni ko‘rsatishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |