Aminiddin - dinni mustahkamlovchi yoki dinning qadrli farzandi; Asiriddin - dinga bo‘ysungan, dinga itoat qiluvchi, din xizmatkori; Asomiddin - dinning tutqichi, tayanchi yoki dinning ko‘magi, madadi; Bahovuddin — dinning ulug‘vorligi, ko‘rki yoki din ato qilgan bola; Jaloliddin - dinning ulugvorligi, shavkati, shukuhi, dinning buyukligi va ravnaqi; Zavqiddin - dinning zavqi, shodligi, din beruvchi zavqu shavq, huzur yoki dinning huzur-halovatli farzandi; Zaynulobiddin / Zaylobiddan – ibodat qiluvchilarning yaxshisi, a’losi, eng yaxshi musulmon; Zafariddin - dinning zafari, g‘olibligi, dinnnng iqboli, istiqboli; Ziyovuddin - dinning nuri, yog‘dusi, din mash’- ali; Zohiddin - dinning haqiqiy muxlisi, ixlosmandi, taqvodor, avliyo; Imomiddin - dinning oldinda turuvchi kishisi, dinning boshlig‘n, boshlovchi, rahnamosi; Isomiddin - dinning tutqichi, suyanchi, dinga madad beruvchi, dinga ko‘makdosh; Kamoliddin - dinning ravnaqi, kamolati yoki dinning kamolga etgan, etuk farzandi; Miftohiddin - dinning kaliti, ochqichi, din sari yo‘l; Mujiriddin - dinning tayanchi, dinning madadkori; Muslihiddin - dinni yangilovchi, dinni yangidan tiklovchi; Mushrifiddin - dinni mustahkamlovchi, dinning sobitqadam himoyachisi, dinda qat’iy, muqim turuvchi; Naziriddin - din yo‘liga bag‘ishlangan, dinga sadaqa qilingan; Obiddin - dinga ibodat qiluvchi, sig‘inuichi, xudojo‘y; Olimiddin - dinning tinchligi, omonligi, barhayotligi; Rafiddin, Rafiuddin - dinni uluglovchn, dinni yuksaltiruvchi; Rashididdin - dinga yo‘l ko‘rsatuvchi, dinning yo‘lboshchisi, sarkori; Salohiddin - dinning ezguligi, yaxshiligi, din baxsh etuv- chi iqbol, saodat yoki dinning saodatli farzandi; Tolibiddin - dinni qo‘msovchi, dinni o‘rganuvchi, din muxlisi; Fanahiddin // Panohiddin - dinga sig‘inuvchi, dindan panoh istovchi, dindan najot kutuvchi; Fasihiddin - dinni nozik darajada, yaxshi tushunuv chi, dinning nozikta’b sharhlovchisi; Fulayliddin - din donishmandi, bilimdoni; G‘oziddin - din uchun muqaddas jangga kiruvchi, dinning jasur, golib kurashchisi; G‘ulomiddin - din xizmatchisi, dinning quli, sodiq farzandi.
E.Begmatovning “Ism chiroyi” risolasida 150 dan ortiq oxiri “din” bilan tugagan ismlar anglatuvchi ma’nolar izohlangan96. Islom dini va uning aqidalari asrlar davomida o‘zbek xalqining madaniy, ma’naviy hayotigachuqur singib bordi. Kishilar o‘zlarining kundalik turmushi, ishlari,ezgu niyat va amallarini, orzulari, omad va baxtini dinsiz tasavvur qila olmas edilar. Ayniqsa, farzand ko‘rish, chaqaloqning hayoti, sog‘ligi, uni turli kasofatlardan muhofaza qilishdek muqaddas va nozik ishda dinning sharofati va ko‘magiga qattiq ishonishdek e’tiqod chuqur ildiz otdi. Natiyasada chaqaloqqa beriluvchi bir qator nomlar islom dinining muqaddas, xosiyatli oylar, kunlar haqidagi, islomning turli tushuncha va tasavvurlari haqidagi g‘oyalarini ifoda qiluvchi so‘zlardan yasaldi: Sayid, Sayidbek, Sayidniso; So‘fi, So‘fiqiz; Vali, Valiya; Shayx, SHayxulloh; Xo‘ja, Xo‘jabek, Xo‘janiso; Hoji, Hojiboy, Qori, Qoriya, Qoriyaxon; Eshon, Eshonxo‘ja, Eshonoy; Maxsum, Maxsuma; Imom, Imomqul, Imomiddin; Islom, Islomqul; A’lam; Darvesh, Darveshali; Shohid, Shohida; Qalandar; Musulmon, Musulmanqul; G‘ozi, G‘oziboy, G‘oziya, G‘oziniso, G‘ozixon; Xalif, Xalifa; Muslim, Muslima; Tilovatxon; Tumorxon; Zohid, Zohida; Devona, Devonaqul; Zikriyo; Namoz, Namozboy, Namozbuvi; Ummat, Ummatali; Tavfiq; Jannat, Jannatbu, Jannatxon; Kavsaroy, Kavsarxon; Madina; Arofat va boshqalar.
Ushbu guruhga mansub bo‘lgan bir qator ismlar islomda muqaddas, xosiyatli hisoblangan kunlar, oylar, bayramlar nomidan yasalgan. Bunday ismlarda, bir tomondan, chaqaloqning tugilgan vaqti, paytiga ishora qilish mavjud bo‘lsa, ikkinchi tomondan mana shu kabi nomlar chaqaloqqa yaxshilik keltiradi, uning sog‘usalomat va baxtli bo‘lib o‘sishiga garov bo‘ladi, deyilgan umid va ishonch mujassamlashgan. CHunonchi: kunlar nomidan yasalgan ismlar: Juma, Jumakeldi, Jumamurod, Jumaboy, Jumanazar, Jumaniyoz, Jumagul, Jumasulton, Jumaxon, Jumaqiz va boshqalar. Xosiyatli, muqaddas deb yuritnluvchi oylar nomidan yasalgan ismlar: Muharram, Rajab, Rajabboy, Rajabbek, Safar, Safarali, Safarturdi, Safaroy, Safarniso, Ashur, Ashurali, Ashura, Ramazon; diniy bayramlar nomidan yasalgan ismlar: Hayit, Hayitboy, Hayitbuvi, Hayitgul va boshqalar.
Islom dini va arab tilining ta’siri ostida o‘zbek tilida paydo bo‘lgan ismlar hamda ism berish odatlariga oid yuqorida tahlil qilib o‘tilgan mulohazalarni jamlaydigan bo‘lsak, islomning bolaga ism qo‘yishga oid quyidagi qoidalari va talablari mavjudligi ma’lum bo‘ladi:
1. Musulmon o‘z farzandiga go‘zal, chiroyli ism qo‘yishi lozim.
2. Musulmonlar o‘z farzandiga qo‘yadigan ism, nom egasi bo‘lgan shaxsni haddan ortiq madh qiluvchi, magrurlantiruvchi bo‘lmasligi kerak.
3. Bolaga ismni Allohi taoloning go‘zal ismlaridan yasalgan nomlardan tanlash yoki bolaga berilayotgan ismda Alloh nomining biror tovushi (harfi) bo‘lishi shart.
4. Musulmon kishining ismi ma’no va shakliy jihatiga ko‘ra Allohi taoloning ismiga aynan mazmunan teng kelishi yoki undan ortiq turishi mumkin emas.
5- Musulmonlarning ismlarida ularning Allohi taologa, uning paygambariga, islomga bo‘lgan e’tiqodi, hurmati, tobeligi, sidqu sadoqati ifodalanib turmog‘i lozim.
6. Musulmon kishilar bir-birining ismini to‘liq aytib chaqirishlari lozim.
7. Musulmonlarning bir-biriga laqab qo‘yishlari, masxara qilishlari gunohi azimdir.
Umuman musulmonlar, jumladan, o‘zbeklar islomning bolani nomlashga oid yuqorida qayd qilingan talablariga asrlar davomida amal qilib kelishadi. Shu bilan birga, o‘tmishdan to hozirgacha o‘tgan davr ichida chaqaloqni nomlashning islomcha qoidalaridan ma’lum darajada chetga chiqish va chekinish holatlari yuz berib turganini kuzatixp mumkin. Bular quyidagilarda ko‘rinadi: Allohi taoloning nomlaridan yasalgan ismlarning aksariyati amalda shaklan to‘liq (Abduqodir) yoki qisqartirilgan, noto‘liq (Qodir, Qodirboy) holda qo‘llanishi odat tusiga kirib qolgan.
Chunonchi: Abduaziz va Aziz, Abduazim va Azim; Abdulahad va Ahad, Abduvahhob va Vahhob; Abdumavlon va Mavlon kabi.
Bunday ismlarning qisqargan, noto‘liq variantlari ba’zan mustaqil hosil bo‘lgan nomdek tasavvur qilinadi. Buni ko‘pgina ota-onalarning chaqaloqni hozirda Izzat, Jalol, Karim, Vohid kabi nomlashida ko‘rish mumkin. Shuningdek, o‘zining to‘liq shaklidan uzilgan ba’zi ismlar anglatuvchi ma’nolar nisbatan ijo- biy va yangi ism bo‘lib, nomning to‘liq shaklini ifode qiluvchi ilk ma’nodan farq qiladi. Aziz - qadrli, qimmatli, mo‘tabar (aslida Abdulaziz), Asad - arslon; kuchli, baquvvat, dovyurak (aslida Asadulla), Vafo - sodiq, sadoqatli, vafodor (aslida Abduvafo), Jalil - atoqli, dongdor, mashhur (aslida Abdujalil), Jalol - ulug, ko‘rkam, shavkatli (aslida Abdujalol), Mannof - olijanob, himmatli (aslida Abdumannof), Rahim - marhamatli, mehribon, shafqatli (aslida Abdurahim) va boshqalar. Demak, ismlarning qisqargan shakllarida, aslida Allohi taologa tegishli bo‘lgan sifat va xususiyatlar uning bandasi bo‘lgan shaxslarga mansub belgilarga aylanib qolmoqda.
Qisqartish tufayli yuzaga kelgan o‘zbekcha nomlar orasida shun- day ismlar ham uchraydiki, bunda nom ifoda qiluvchi xususiyat va ma’no faqatgina Allohi taologa va uning payg‘ambariga tegishli bo‘lib, bu belgi va sifatning insonga nisbat berilishi mantiqan yopishmaydi. Chunonchi: Vohid - yakkayu yolg‘iz, yagona (Abduvohid), Vahhob - gunohlarni kechira oluvchi, kechiruvchi, avf etuvchi (aslida Abduvahhob), Jabbor - gunohuchun jayao beruvchi, azoblovchi (asli- da Abdujabbor), Qahhor - gunohuchun rahm-shafqatsiz, kechirmovchi (aslida Abduqahhor), Mavlon - yaratuvchi, bor qiluvchi (aslida Ab- dumavlon), Razzoq - bandalariga rizq-ro‘z beruvchi, nasiba ulashuv- chi (aslida Abdurazzoq), Nabi - paygambar, elchi (asli Abdunabi, Nabiulla), Rasul - payg‘ambar, Allohning elchisi (asli Abdurasul) va boshqalar.
Qisqartish tufayli hosil bo‘lgan ba’zi ismlarning ma’nosi tamoman mantiqsiz bo‘lib qolganini ko‘ramiz: Burhon (Burhonboy, Burhonxo‘ja) - dalil, isbot (asli Burhoniddin); Vosit (Vosit- jon) - o‘rtada turuvchi, xolis (asli Abduvosit); ma’nosi noqulay holga kelgan Miftoh - ochqich, kalit (asli Miftohiddin) va boshqalar.
O‘zbek nomlari orasida ba’zan ma’nosiga ko‘ra g‘oyat qo‘pol va noqulay holatga kelib qolgan Xudoev, Olloev, Nabiev, Paygomov, Rasulov singari familiyalarni uchratish mumkin. Bu familiyalar aslida Xudoybergan, Xudoyberdi, Xudoynazar, Olloberdi, Ollohnazar, Pang‘ambarqul, Payg‘omnazar, Abdurasul, Rasulberdi, Rasuliddin kabi to‘liq nomlarning qisqarishidan yuzaga kelgan to‘mtoq ismlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |