O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita



Download 240,34 Kb.
bet18/20
Sana26.06.2022
Hajmi240,34 Kb.
#706049
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Илмий иш 24.05.2022 ТУЗАТИЛГАНИ

III BOB BO‘YICHA XULOSA
Arab tilidan o’zbek tiliga o’tgan ismlar shu qadar milliyligimizga qorishib ketganki, hatto bu ismlarni boshqa tilda ekanligini his qila olmaymiz.
Yuqorida arab va o’zbek tilidagi ismlar uzviy bog’liq ekanligini yaqqol guvohi bo’ldik. Ushbu bog’liqlikka asosiy sabab deb yagona misol Islom dinini keltirishimiz o’rinlidir.
O‘zbeklar qadimdan amal qilib kelgan bolani nomlash odatlari bilan islomcha nom berish odatlari, diniy qoidalar o‘rtasida asta-sekin qandaydir o‘zaro kelishish, birlashish hodisasi yuz berganini ko‘ramiz. Bunga ko‘ra chaqaloqqa ikkita ism berish: biri o‘zbekcha (tojikcha ham bo‘lishi mumkin) va ikkinchisi arabcha bo‘lgan diniy ism beriladi. Bunday nomlar keyinchalik qo‘shilgan, qo‘shaloq holda aytiladigan bo‘ldi. Natijada o‘zbek tilida qismlari o‘zbekcha va arabcha, arabcha va o‘zbekcha bo‘lgan ko‘pgina qo‘shma ismlar paydo bo‘lgan.

XULOSA

Аntroponimika - odamlar (shaxslarning atoqli otlarini tadqiq qiluvchi ilmiy yo‘nalish sifatida o‘zbek tilshunosligiga o‘tgan asrning 60-yillaridan kirib keldi. O‘tgan davr mobaynida o‘zbek tilidagi kishi nomlari yuzasidan olib borilgan ilmiy va amaliy tadqiqotlar tufayli antroponimika endilikda o‘zbek nomshunoslik fanining rivojlangan bo‘limiga aylandi. Bunda o‘zbek ismlari, ularning leksik-semantik xususiyatlari, adabiy va lahjaviy ko‘rinishlari, ismlarning grammatik tuzilishi, yasalishidagi o‘ziga xosliklar, ismlarning kelib chiqish kognitsiyalari, o‘zbek ismlarining sotsiolingvistik-motivativ maʼyularini izohlarga bag‘ishlangan lug‘atlar, o‘zbek ismlarining o‘z va o‘zlashgan qatlamlariga oid tadqiqotlar, ismlar fondining taraqqiyoti hamda o‘zbek tiliga boshqa tillardan xususan, arab tilidan qo‘shilgan ismlar boyish xususiyatlariga daxldor tarixiy, etnik, madaniy-maʼnaviy, lingvistik omillarga bag‘ishlangan tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.


O‘zbek nomshunoslik fani hanuzgacha deyarli tadqiq qilinganicha yo‘q. Tarixiy yozma yodgorliklar, folklor asarlari, matnlari va boshqa manbalarda saqlanib qolgan antroponim materiallarini sinchiklab to‘plash va o‘rganish lozim. Bu ishda, ayniqsa, baʼzi obyektiv va subyektiv sabablar, tazyiqlar taʼsirida o‘tmishda isteʼmoldan chiqqan nomlarni aniqlash, ularni yangidan isteʼmolga kiritish davr talabidir.
Umuman atoqli otlar maʼnosi, uni qanday tushunish va talqin qilish yanada chuqurroq izlanishlarni kutmoqda. Bu masalada bir qator olimlar tadqiqotlar olib borishgan bo‘lishsada, hali bir to‘xtamga kelishgani yo‘q.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, antroponimlarning o‘ziga xos tuzilmalari, yasalish xususiyatlari mavjud. Shuningdek, ismlar yasalishida baʼzi stixiya, taqlidan hosil qilingan nomlar uchraydi. Аntroponimiyaga xos mana shunday qonuniyatlarni, uning sabablarini miqdoran salmoqli antroponimik material asosida chuqurroq o‘rganish muhim.
O‘zbek tilidagi taxalluslar, mahalliy – lahjaviy ism va laqab tiplari qo‘shimcha tadqiqotlarga muhtoj. Jumladan, taxalluslarning badiiy adabiyot va folklor tilida matbuot sahifalarida, shuningdek, og‘zaki muloqotlarda bajaradigan lingvopoetik xususiyatlari deyarli o‘rganilmagan muammolardan biridir.
O‘zbek va arab tilidagi kishi nomlarining uzviy bog‘liqligi esa, diniy-madaniy o‘zaro hamjihatlikning yaqqol misoli ekanligini tushunishimiz mumkin. Arab va o‘zbek ismlarining nomlanish sabablarini eng asosiy uyg‘unligi ham aynan man shunda. Bunga yuqoridagi tadqiqot natijasi o‘laroq quyidagi tiplarni keltirishimizmumkin: Alloh taoloning ism va sifatlariga bog‘liq ismlar, payg‘ambarlar ismlari va payg‘ambar atrofidagi mashhur sahobalar ismlarini keltirishimiz mumkin. larionomastikasi materiallari (jumladan, o‘zbek antroponimlari bo‘yicha baʼzi kuzatishlar istisno qilinsa) hozirga qadar tavsifiy usulda o‘rganilib kelindi.
VIII-IX asrlarda qadimiy turkiy (o‘zbekcha) ismlar va o‘zbek tiliga arab tilidan kirgan nomlar aro jiddiy kurashi bordi. Bunday kurash o‘sha davrdagi o‘zbek va boshqa turkiy xalqlarning bolani nomlash odatlarida aynan o‘sha asosda chaqaloqqa qo‘yilgan ismlarda yorqin ifodalangan. Natijada kurashda g‘olib chiqqan asli arabcha ismlar o‘zbek tilida mustahkamlandi, aksincha mag‘lubiyatga uchragan ba’zi qadimiy turkiy (o‘zbekcha) ismlar iste’moldan chiqib ketdi. Mana shu sababli ham islomgacha rasm bo‘lgan bir qator turkiy ismlar, shuningdek, qadimiy turkiy yozma yodgorliklar tilida va boshqa xil yozma manbalar tilida uchraydigan bir qator turkiy ismlar hozirgi davr o‘zbek ismlari orasida uchramaydi. Hozir tilimizda mavjud ko‘pgina asli arabcha ismlar o‘sha davrda kurashda g‘olib chiqqan atoqli otlardir. Mana shu kurashning tarixiy hamda qonuniy natijalari hozirgi o‘zbek tilidagi ismlarning lug‘aviy tarkibida yorqin ko‘rinib turganini guvohi bo’ldik.



Download 240,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish