14-bo`lim So’zlarning munosabat shakllari. Ismlar. To`plovchi N. Ahrorov Abiturieynt -2016-17 loyihasidan



Download 88,82 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.12.2022
Hajmi88,82 Kb.
#877708
Bog'liq
ismlar



14-bo`lim So’zlarning munosabat shakllari.Ismlar.
To`plovchi N.Ahrorov Abiturieynt -2016-17 loyihasidan 
1. Qadimgi davrda qaysi xalq tilshunoslikni fan sifatida shakllantirgan?
A) arablar B) hindlar C) yunonlar D) ruslar 
2. Hindlar so’zlarni qanday turkumlarga ajratgan edi?
A) otlar, fe’llar, yordamchilar B) ismlar, fe’llar, yordamchilar C) ismlar, sifatlar, 
sonlar, olmoshlar, yordamchi, fe’llar D) ot, sifat, son, olmosh, ravish, fe’l 
3. Arablar so’zlarni qanday turkumlarga ajratgan edi?
A) otlar, fe’llar, yordamchilar B) ismlar, fe’llar, yordamchilar C) ismlar, sifatlar, 
sonlar, olmoshlar, yordamchi, fe’llar D) ot, sifat, son, olmosh, ravish, fe’l 
4.Qaysi yurt olimlari birinchi bo’lib ismlar ichidan sifatlarni, sonlar va olmoshlarni 
chiqaradi? A) arablar B) hindlar C) yunonlar D) ruslar 
5. So’zlarni guruhga ajratishda G’arb tilshunosligida kimlarning keyingi tasnifi keng 
tarqalgan? A) arablar B) hindlar C) yunonlar D) ruslar 
6. Rus tilshunoslari qaysi so’zlarni bir umumiy nom ostida ism bildiruvchi so’zlar 
nomi bilan birlashtirgan? A) ot, sifat, son, olmosh B) fe’l, sifat, son, olmosh
C) ot, sifat,fe’l , olmosh D) ot, sifat, ravish, olmosh 
7. Bizning ajdodlarimiz qadimdan qaysi so’zlarni birlashtirgan holda ismlar nomi 
bilan o’rganib kelgan? A) ot, sifat, son, olmosh B) fe’l, sifat, son, olmosh
C) ot, sifat,fe’l , olmosh D) ot, sifat, ravish, olmosh 
8. Qaysi so’zlarning deyarli hammasi egalik, kelishik va ko’plik shakllari bilan 
o’zgaradi? A) fe’llar B)o’zgarmas so’zlar C) ismlar D) A, C 
9. Qaysi so’z turkumlarining deyarli hammasi egalik, kelishik va ko’plik shakllari bilan 
o’zgaradi? A) ot, sifat B) sifat, son C)son, olmosh D) A,B,C 
10. Ismlarni qaysi shakllar boshqa so’zlarga tobelantirib keladi?
A) egalik, kelishik va ko’plik B) egalik, kelishik C) kelishik D) egalik, ko’plik 
11. Egalik, kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarish xususiyatiga ega bo’lgan so’zlarni 
qanday atama ostida birlashtirish zarur?
A) ismlar B) fe’llar C) o’zgarmas so’zlar D) A, B, C 
12. Yorug’, keng xonadagi karavotlarning birida qirq yoshlar chamasidagi ayol 
yotardi. Gapda narsaning nomi nechta? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
13. Ismlarnng ko’plik, kichraytirish-erkalash, qiyoslash ma’nolarini bildiruvchi 
qo’shimchalarga ega bo’lgan shakli A) munosabat shakllari 
B) lug’aviy shakli C) ismlarni kesimga xoslovchi shakl D)A, B, C 
14. Yorug’, keng xonadagi karavotlarning birida qirq yoshlar chamasidagi ayol 
yotardi. Gapda iqdorning nomi nechta? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
15. Ismlarning munosabat shakllarini aniqlang.
A) egalik shakllari B) kelishik shakllari C) ismlarni kesim sifatida 
shakllantiruvchi va ega bilan munosabatini ifodalovchi -man, -san, -dir
qo’shimchalari, bo’lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq so’zlari D) A, B, C 
16. Jon do’sting jonidan kechsa ham, Mol do’sting molidan kechmas. Munosabat 
shakllarini yasovchi qo’shimchalarni aniqlang.
A) –ing, -dan, -sa, -mas B) –ing, -i, -dan C) –ing, -dan D) –i, -dan, -sa
17. Hammaning ko’zi domlada ekan, Zebi chimmatini yuzidan oldi. Nechta 
munosabat shakllari mavjud? A) 5 B) 6 C) 7 D) 8 
18. Qurbon cholning gapini eshitib hayron qoldi. Nechta munosabat shakllari bor 
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 
19. Humoyun hamma dardini aytib ko’nglini bo’shatsin uchun Xonzoda begim uning 
so’zini bo’lmay toqat bilan jim tingladi. Munosabat shakllarini yasovchi 
qo’shimchalarni aniqlang.
A) –ni, -i, -ning, -di B) –ni, -i, -ning C) –ni, -ib, -sin D) –i, -ning, -may
20. Tegirmonchi akalar Mahtal etmas novvoyni Novvoy esa yopadi Tandir-tandir 
shirmoyni. Munosabat shakllarini yasovchi qo’shimchalarni aniqlang.
A) –chi, -lar B) –dir, -ni, -chi C) –ni D) –lar, -di, -mas, -a 
21. Jahl – dushman …, aql – do’st … . Nuqtalar o’rniga mos munosabat shaklini 
aniqlang. A) –man, -san B) –lar, -sanC) –ning, -ni D) to’g’risi yo`q 
22. Bog’lamalarni aniqlang. A) egalik shakllari B) kelishik shakllari
C) ismlarni kesim sifatida shakllantiruvchi va ega bilan munosabatini ifodalovchi -
man, -san, -dir qo’shimchalari, bo’lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq so’zlari D) B, C 
23. Quyidagi shakllarning qay biri II shaxs egalik qo’shimchasi sanaladi?
A) –ng (-ing), -ngiz (-ingiz) B) –ng (-ing), -ng (-ingiz)
C) –m (im), -miz (-imiz) D) –i (-si), -(lar)i 
24. Qaysi birikmalardagi egalik qo’shimchasi shaxsga qarashlilik ma’nosini 
bildirmaydi? A) Alisher Navoiy bog’i, Bobur bog’i B) o’qish kitobi, Jizzax viloyati
C) Orol dengizi, Mustaqillik bayrami D) A, B, C 
25. Qanday holatda egalik qo’shimchasi shaxsga qarashlilik ma’nosini emas, balki 
xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nosini ifodalaydi? A) viloyat, shahar, tuman, 
korxona, muassasa nomlarida qo’llangan III shaxs egalik qo’shimchasi
B) predmet, narsa-buyum nomlarida qo’llangan III shaxs egalik qo’shimchasi
C) ismlarga qo’shilgan egalik qo’shimchasi D) A, B, C 
26. Qaysi gapdagi III shaxs egalik qo’shimchalari so’zlarga yaxlitlanib qolgan, ya’ni 
o’z vazifasini yo’qotgan? A) Ena buvining xayoli allaqayoqlarga borib keldi.
B) Kechasi ishlaydi, kunduzi uxlaydi. C) Kimyogar ba’zi ilmlar haqida 
suhbatlashgandan keyin uning zehniga, ma’lumotining kengligiga taajjublanganini 
yashirmadi. D) Oradan ikki kun o’tgandan keyin kechqurun Tesha Saidiyning 
hujrasiga keldi.
27. Kunduz kunlari aniq ko’rinadi. Gapda nechanchi shaxs egalik qo’shimchasi bor?
A) III shaxs egalik qo’shimchasi B) mazkur gapdagi III shaxs egalik qo’shimchasi 
so’zlarga yaxlitlanib qolgan va o’z vazifasini yo’qotgan C) III shaxs egalik 
qo’shimchasi shaxsga qarashlilik ma’nosini emas, balki xoslik, umumdan ajratilganlik 
ma’nosini ifodalagan D) B, C 
28. Sochim o’sib, yelkamga tushib ketgani uchun oldirmoqchi edim.
Mazkur gapda nechanchi shaxs egalik qo’shimchasi qo’llangan?
A) I shaxs birlikdagi egalik qo’shimchasi B) mazkur gapdagi I shaxs egalik 
qo’shimchasi so’zlarga yaxlitlanib qolgan va o’z vazifasini yo’qotgan C) I shaxs 
egalik qo’shimchasi shaxsga qarashlilik ma’nosini emas, balki xoslik, umumdan 
ajratilganlik ma’nosini ifodalagan D) B, C 
29. Tuni bilan mijja qoqmadi. Gapda nechanchi shaxs egalik qo’shimchasi 
qo’llangan? A) III shaxs egalik qo’shimchasi B) mazkur gapdagi III shaxs egalik 
qo’shimchasi so’zlarga yaxlitlanib qolgan va o’z vazifasini yo’qotgan
C) III shaxs egalik qo’shimchasi shaxsga qarashlilik ma’nosini emas, balki 
xoslik,umumdan ajratilganlik ma’nosini ifodalagan D) B, C 
30. Keltirilgan gapda qo`llangan tovush o`zgarishi soni va turini toping. Bolaning 
ko`ngli o`ksimasin deb yumshoq o`rindiqqa o`tqazdi. A) 3 ta tovush ortishi, 1 ta 
tovush tushishi B)1 ta tovush tushishi, 2 ta tovsuh almashishi C) 2 ta tovush 
tushishis D) 1 ta tovush torttirilishi, 1 ta tovush tushishi 
31. Sifatdosh va harakat nomlari tarkibidagi egalik qo’shimchasi qanday ma’noni 
bildiradi?A) shaxsga qarashlilik ma’nosini bildiradi B) xoslik, umumdan ajratilganlik 
ma’nosini bildiradi C) harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini bildiradi
D) yaxlitlanib o’z vazifasini yo’qotadi 
32. Egalik qo’shimchali so’zning tushib qolgan qaratqich kelishigini olgan shaxs 
bildiruvchi so’z tiklansa, bog’lanishi uslubiy xato bo’ladigan javobni aniqlang.
A) Menga g’ayir ko’zi ila qarashingiz tabiiy deb hisoblayman.
B) Xuddi aytganimday bo’ldi-ya.C) O’qishlaringiz yaxshimi? D) A, B, C 
33. Qaysi so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda asos qismining oxirgi jarangsiz 
undoshi jarangli juftiga almashadi va shunday yoziladi?
A) terak, bolalik B) nok, chok C) idrok, ishtirok D) B, C 
34. Qaysi so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilsa o’zak oxiridagi portlovchi jarangsiz 
undosh portlovchi jarangli undoshga almashadi? 
1) haq;2) pirpirak; 3) butoq; 4) g’ildirak; 5) xalq; 6) qishloq; 7) zavq; 8) singil.
A) 2,4 B) 2, 3, 4 C) 2,3,4,6,7 D) 3, 6, 7 
35. Qaysi so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilsa tovush o’zgarish hodisasi yuz 
beradi? A) bo’yin, o’rin, qo’yin, burun B) og’iz, bo’g’iz,o’g’il, ko’ngil
C) yurak, terak,elak, kurtak D) A ,B, C 
36.Egalik qo’shimchasining qo’shilishi natijasida asosda tovush almashish hodisasi 
yuz bergan so’z mavjud gapni aniqlang. A) Og’ziga kelganni gapirmoq nodonlar ishi
B) Do’stingning yutug’i – sening yutug’ing C) Tiling bilan ko’nglingni bir tut 
D) Aqlli odam har doim o’z o’rnini biladi. 
37. Qaysi gapda ikkita egalik qo’shimchasi bor? A) Og’ziga kelganni gapirmoq 
nodonlar ishi B) Do’stingning yutug’i – sening yutug’ing
C) Tiling bilan ko’nglingni bir tut D) A, C 
38. Ilon zahridan tilning zahri o’tkirroqdir. Mazkur gapda nechta so’zda fonetik 
hodisa yuz bergan?A) 1ta B) 2ta C) 3ta D) 4ta
39. Ismlarni boshqa so’zlarga tobelantirib bog’lash uchun xizmat qiluvchi 
qo’shimchalar qanday qo’shimchalar sanaladi?A) egalik qo’shimchasi
B) shaxs -son qo’shimchasi C) ko’plik qo’shimchasi D) kelishik qo’shimchasi
40. Og’izlarida nimalar bo’lmaydi: bug’doy,cho’p, nonushoq... Mazkur gapda bosh 
kelishik shaklidagi so’z miqdorini aniqlang. A) 4 B) 3 C) 2 D) 1 
41. Keyin rosa jala quydi. Mazkur gapda bosh kelishik shaklidagi so’z miqdori 
aniqlang. A)4 B) 3 C) 2 D) 1 
42. Qaratqich bog’lanib kelgan so’z nima deyiladi? 
A) qaralmish B) qaratqich C) qaratqich-qaralmish D) aniqlanmish 
43.Qaysi gapda bosh kelishikdagi birlikda qo’llangan narsa buyum oti mavjud?
A) Karim bir to’p lolalar qarshisida turib qoldi.B) Birdan chehrasida quvonch o’rnini 
hayrat egalladi. C) Lola tagida g’uj-g’uj chumoli tinim bilmay yuguradi. D) Ajoyib-da 
chumolilar. 
44. Ajoyib-da bu chumolilar. Bosh kelishikdagi so’zning gapdagi vazifasi.. 
A) kesim B) ega C) to’ldiruvchi D) A, B 
45. Qaysi gapda bosh kelishikdagi so’z mavjud emas? A) Og’izlarida nimalar 
bo’lmaydi: bug’doy,cho’p, nonushoq...B) Karim chumolilarga uzoq tikilib qoldi. 
C) Keyin o’rnidan lip etib turdi-yu, nariroqda lolalardan guldasta qilayotgan Nodirani 
chaqirdi D) Mana ko’rasan yomg’ir yog’adi. 
46. Qaysi birikmada qaralmish belgisiz egalik qo’-shimcha bor? 
A)maktabimiz bog’i B)bizning maktab C)Ahmadning akasi D)shuning o’zi 
47. Kechasi Saidaning hujrasiga Kozimbek bilan muxbir A’zamjon keldi…
Qaratqich kelishigidagi so’z qaysi so’zga tobe? A) kechasi B) Saidaning
C) hujrasiga D) Kozimbek bilan muxbir A’zamjon 
48. Menga donishmandlarning bitta hikmatli so’zi ma’lum:”Bilimdon o’z bilimlari 
tufayli ofatlardan omon qoladi”.Qaralmishning qaratqichini aniqlang.
A) so’zi, bilimi B) donishmand,o’z C) menga, bilimdon D) hikmatli ofatlardan 
49.Qanday hollarda qaratqich kelishigi tushib qolishi mumkin?
A) qaratqich qaralmish o’rtasida boshqa so’z qo’llanilsa B) qaratqich atoqli ot, 
olmosh va sifatdoshlarga qo’shilsa C) qaratqich qaralmish yonma-yon kelgan ko’p 
hollarda D) A, B 
50. Qanday hollarda qaratqich kelishigi tushib qolmaydi? A) qaratqich qaralmish 
o’rtasida boshqa so’z qo’llanilsa B) qaratqich atoqli ot, olmosh va sifatdoshlarga 
qo’shilsa C) qaratqich qaralmish yonma-yon kelgan ko’p hollarda D) A, B 
51. Qaratqich ham, qaralmish ham olmosh so’z turkumi bilan ifodalangan birikmani 
aniqlang. A) sinf burchagi B) maktabimiz bog’i C) Ahmadning akasi D) shuning o’zi
52. Tushum kelishigini olgan so’z qaysi so’z turkumiga bog’lanadi? 
A) ot B) olmosh C) fe’l D) A, C 
53. 
Gunohi ne edi bu tilla boshning, Gunohi ne edi porloq quyoshning. Parchadagi 
qaratqich kelishigi necha o`rinda qo`llangan? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 
54
. Har kimki chuchuk so`z elga izhor aylar, Har nechaki ag`yor durur yor aylar. 
So`z qattig`i el ko`ngliga ozoraylar, Yumshog`i ko`ngillarni giriftor aylar. Parchada 
nechta fonetik hodisa bor? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 
55.Sehr-jozibaga , hikmatli fikrlarga boy g`azallar bilan shuhrat qozongan Sharq 
adabiyotida didaktik yo`nalishni Sheroziy boshlab bergan. Gapda nechta ism 
guruhiga kiruvchi birlik bor? A)10 ta B) 11 ta C) 12 ta D) 13ta
56.Qaysi kelishik qo`shimchasi shahxs va narsa otlariga qo`shilganda to`ldiruvchi 
vazifasida keladi? 1) tushum 2)qaratqich kelishigi 3)o`rin-payt kelishigi 4)chiqish 
kelishigi A) 2,3,4 B) 1,2,4 C) 1 D) 1,3,4 
57.O`g`limning har bir holidan xabar olib turish sening vazifangdir. Gapda 
ismlarning munosabat shakllari necha o`rinda qo`llangan? A) 5 B) 6 C) 7 D) 8 
58. Yaxshi tarbiya ko’rgan odam... xislatlari... biri shuki, bunday odam o’z faoliyati... 
boshqalar... bir qadam oldin... o’tsa, darrov orqaga qaraydi, sheriklari... yordam qo’li... 
uzatadi, safi... kengaytirib, yangi g’alaba... ko’zlaydi. A) –ning, -dan, -dan, -dan, -ga, -
ga, -ni, -ni B) –ning, -ning, -da, -dan, -ga, -ga, -ni, -ni, -ni C) –ning, -dan, -da, -
dan, -ga, -ga, -ni, -ni, -ni D) –ning, -dan, -da, -dan, -ni, -ni, -ni 
59. Qaysi gapda faqat tushum kelishigi tushirilgan? A) Muhammad Yusuf 
qo’shiqlari bilan emas, avvalo, xalq dardini baralla aytgan, yurt muhabbati hech 
kimga o’xshamagan misralarda ta’riflagan she’rlari bilan tanildi, shuhrat qozondi.
B) Muhammad she’rlari bir qarashda juda sodda, jo’n yoziladiganga o’xshab tuyuladi.
C) U oson yoziladiganga o’xshab ko’ringan misralari muxlislari yig’latadi, kuldiradi. 
O’z og’ushiga oladi. D) Odamlar u she’rlari hayajonsiz o’qimaydigan, kitoblari 
do’konlardan qidirib yuradigan bo’lganlar. 
60. Qaysi gapda bitta qaratqich va ikkita tushum kelishigi tushirilgan?
A) Muhammad Yusuf qo’shiqlari bilan emas, avvalo, xalq dardini baralla aytgan, yurt 
muhabbati hech kimga o’xshamagan misralarda ta’riflagan she’rlari bilan tanildi, 
shuhrat qozondi. B) Muhammad she’rlari bir qarashda juda sodda, jo’n 
yoziladiganga o’xshab tuyuladi. C) U oson yoziladiganga o’xshab ko’ringan 
misralari muxlislari yig’latadi, kuldiradi. O’z og’ushiga oladi. D) Odamlar u 
she’rlari hayajonsiz o’qimaydigan, kitoblari do’konlardan qidirib yuradigan bo’lganlar. 
61. Katta mutafakkir san’atkorning har bir asari chuqur o’yga toldiradi. Mazkur 
gapda nechta fonetik hodisa yuz bergan?
A) 3 ta B) 2 ta C) 1ta D) fonetik hodisa yuz bermagan 
62. Respublika hayotida muhim bir voqea yuz bersa, biz sabrsizlik bilan Abdulla 
Qahhor nima der ekan, deb kutardik, ustoz yozuvchi, albatta, hammani hayratga 
soladigan,ko’pchilikka ma’qul bo’ladigan bir gap aytardi. Mazkur gapda nechta 
fonetik hodisa yuz bergan? A) 3 ta B) 2 ta C) 1ta D) yuz bermaydi 
63. Quyidagi so’zlarning qay biriga jo’nalish kelishigi qo’shilsa, imloda hech qanday 
fonetik hodisa yuz bermaydi?1) terak; 2) chopiq; 3) Chirchiq;
4) bog’; 5) tog’; 6) yurak.A) 2, 3, 5, 6 B) 4, 5 C) 1, 6 D) 4, 5 
64
.Kimyogar ba`zi ilmlar haqida suhbatlashgandan keyin uning zehniga 
ma`lumotining kengligiga taajjublanganini yashirmadi. Gapda birgina tovushdan 
iborat bo`lgan egalik qo`shimchasi necha marta qo`llangan? A) 2 B) 3 C) 5 D) 4
65. Qaysi gapda ismlarni kesimga xoslovchi shakl mavjud emas? 1. Men o’qishim 
kerak. 2. Odob saqlab sukutda o’ltirgan Alisher uyalibgina muloyim ohangda 
dedi… 3. Ehtimol ustozimning ishlari ko’pdir, lekin nayga havasim tushib qoldi.
4. Yo’q, yo’q, bemalol, jonim bilan o’rgataman. 5. Men do’stlik targ’ibotchisiman. 
A) 2, 3, 4 B) 2, 4 C) 1, 3, 5 D) 1 2, 3, 4, 5 
66. Fe’lning munosabat shakli mavjud gapni aniqlang. 1. Men o’qishim kerak.
2. Odob saqlab sukutda o’ltirgan Alisher uyalibgina muloyim ohangda dedi…
3. Ehtimol ustozimning ishlari ko’pdir, lekin nayga havasim tushib qoldi.
4. Yo’q, yo’q, bemalol, jonim bilan o’rgataman. 5. Men do’stlik targ’ibotchisiman.
A) 2, 3, 4 B) 2, 4 C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5 
67. Ismlarning munosabat shakli mavjud gapni aniqlang. 1. Men o’qishim kerak.
2. Odob saqlab sukutda o’ltirgan Alisher uyalibgina muloyim ohangda dedi… 
3. Ehtimol ustozimning ishlari ko’pdir, lekin nayga havasim tushib qoldi. 4. Yo’q, 
yo’q, bemalol, jonim bilan o’rgataman. 5. Men do’stlik targ’ibotchisiman.
A) 2, 3, 4 B) 2, 4 C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5 
68. Qaysi gapda ismlarni kesimga xoslovchi shakl mavjud emas?
A) Men vrach bo’laman. B) Men vrachman. C) Men vrach bo’lib ishlayman. D)A,B
69.Kelishiklar haqidagi noto`g`ri hukmni toping.1)Qaratqich kelishigi va tushum 
kelishigi bosh kelishik shakli bilan almashishi mumkin. 2)O`g`zaki nutqda qaratqich 
kelishigi shakli bilan tushum kelishigi farqlanadi. 3) Tushum kelishigi she`riy til va 
og`zaki nutqda –ti,-di, -a shaklida kelishi mumkin 4)Qaratqich va tushum kelishigi 
xuxusiylik, aniqlik ma`nosi ifodalaganda belgisiz qo`llanadi.A)1,2 B)3,4C)1,3,4 D) 2,4 
70. Ba’zan tushum kelishigi o’rnida chiqish kelishigi shakli ishlatilishi mumkin. 
Bunday hollarda tushum va qaratqich kelishigi shakllari orasida qanday farq bo’ladi? 
A) farq bo’lmaydi B) tushum kelishigidagi so’z butunni,chiqish kelishigidagi so’z 
qismni bildiradi C) tushum kelishigidagi so’z qismni, chiqish kelishigidagi so’z 
butunni ifodalaydi D) tushum kelishigi o’rnida chiqish kelishigi ifodalanmaydi 
71. Quyidagi birikmalardan qay biri harakatning umuman bajarilganini bildiradi?
A) uzum yemoq, non olmoq, suv ichmoq B) uzumni yemoq, nonni yemoq, suvni 
ichmoq C) uzumdan yemoq, nondan olmoq,suvdan ichmoq D) B, C 
72. Quyidagi birikmalarning qay birida harakat qisman bajarilganini bildiradi?
A) uzum yemoq, non olmoq, suv ichmoq B) uzumni yemoq, nonni yemoq, suvni 
ichmoq C) uzumdan yemoq, nondan olmoq,suvdan ichmoq D) B, C 
73. Kunlardan bir kun Hakimbek kitob o’qib o’tirib, baxildan, saxiydan gap chiqib 
qoldi. Boybo’ribiy shunda o’g’li Alpomishdan: Kishi nimadan baxil bo’ladi, nimadan 
saxiy bo’ladi? –deb so’radi.Chiqish kelishigidagi so’z miqdori.
A) 1ta B)4 ta C)5 ta D) 6ta 
74. Qaysi kelishik qo`shimchalari og`zaki tilda –ti, -n, -i –di shaklida qo`llanishi 
mimkin? A) chiqish B) jo`nalish C) o`rin-payt D) tushum 
75. Ot-kesimlarni ega bilan moslashtiruvchi vositalar nima deyiladi?
A) bog’lamalar B) shaxs-son qo’shimchalalari C) bo’lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq 
so’zlari D) ekan, emish, emas so’zlari 
76. Qaysi gapda bog’lama mavjud? A) Men do’stlik targ’ibotchisiman.
B) Do’stlikni e’zozlashning zarur shartlardan biri do’stlar bilan uchrashib turishdir.
C) Turli katta-kichik marosimlar: bayramlar, tug’ilgan kunlar, to’ylar bilan bir 
qatorda, do’stona yig’inlar ham bu munosabatlarni tobora mustahkamlab turuvchi 
vositalardir. D) A, B, C
77. Bog’lama mavjud bo’lmagan gapni aniqlang.
A) Qorabotir hammasini bilgan edi. B) Qorabotir yurtning erkasi, jo’ralarning serkasi 
edi, Boy edi, yegani go’sht-u moy edi, Alp edi, lekin nozik qalb edi. C) Men vrach 
bo’laman. D) Siz ulug’ odamsiz.
78. Kesim tarkibida kerak, lozim, shart so’zlari mavjud bo’lsa, kesimni ega bilan 
moslashtiruvchi shaxs-son qo’shimchalari qaysi so’zga qo’shiladi?
A) otga B) harakat nomiga C) sifatdoshga D) B, C 
79. Harakat nomi bilan ifodalangan kesim tarkibida kerak, lozim, shart so’zlari 
bo’lganda, kesimni ega bilan moslashtiruvchi qanday qo’shimcha harakat nomiga 
qo’shiladi? A) shaxs-son (egalik) qo’shimchalari B) –man, -san, -dir 
qo’shimchalari C) –miz, -siz qo’shimchalari D) A, B, C 
80.Qaysi birlikda fikr uzumni to’liq yeyishni bildiradi? 
A) uzum ye B) uzumdan ye C) uzumni ye D) barchasining ma`nosi bir xil 
81.-garu, -karu, g`aru.Berilgan shakllar qanday shakllar sanaladi?
A) arxaik qaratqich kelishigi B) arxaik tushum kelishigi
C) arxaik sifatdosh shakli D) arxaik ravishdoshshakli 
82.Chiqish kelishigi qaysi birlikda shaxs va narsa otlariga qo`shilgan? 
A) Andijondan, mashinadan B) tongdan, unut-ganidan 
C)temirdan, mantiqdan D) pastdan, o`ljadan 
83.Qaysi kelishik shakllari qo`shilganda ayrim fonetik o`zgarishlar sodir bo`lishi 
mumkin? A) barchasida B) tushum kelishigidan tashqari barchasida
C) jo`nalish , qaratqich, o`rin-payt D) bosh kelsihikdan tashqari barchasida 
84. Qaysi kelishiklar ko`makchilar bilan sinonim?
A) barchasi B) tushum kelishigidan tashqari barchasi
C) jo`nalish , qaratqich, o`rin-payt D) jo`nalish, o`rin-payt, chiqish 
85.Quyidagilarning qaysi biri bog`lama hisoblanmaydi? 1.-man, -san, -dir 2.bo`lmoq, 
sanalmoq, hisoblanmoq 3. ekan, emish, emas 4. lozim, kerak, darkor, zarur
A) barchasi bog`lama B) faqat 3 C)3 va4 D) barchasi bog`lama hisoblanmaydi 
86.Harakat nomi bilan ifodalangan bog`lamalarda egalik qo`shimchalari qaysi qismda 
bo`ladi? A) har ikki qismda B) faqat harakat nomida C) faqat bog`lamada D) har 
ikki qismda ham bo`lmaydi 
87.Quyidagi gaplarning qaysi biri bog`lama qatnashmagan? 1. Darkor ilm, darkor ilm 
2. Topshiriqni o`zvaqtida bajarish zarur 3. Insonga suv va havo zarur 4. Bugun 
kitobxonlar yig`ilshiga boorish kerak A) 1,2,3 B) 1,3C) 2,3 D) 4 
88.Quyidagi qaysi so`zlarga I va II shaxs egalik qo’shimchasi qo`shilsa tovush 
orttiriladi? 1.mavqe 2 orzu 3. parvo. 4.obro` 5. mavze 6.mavqe
A) barchasida B) 1,2,3,4 C) 4,5,6 D) 1,3,4,5,6 
89.Odatda egalik qo`shimchalari qo`shilganda qaysi tovushlar tushib qolishi 
mumkin? A) i, a B) faqat a C) i, a, u D) u ,v,a 
90.Malika opaning ikkala o‘g‘li shaharda o‘qib, ulg‘ayib yana bag‘riga qaytdi.
Berilgan gap tarkibidagi necha so‘zda tovush tushishi hodisasi mavjud?
A. 1 so‘zda B. 2 so‘zda C.3 so‘zdaD. 4 so‘zda 
91.Malika opaning ikkala o‘g‘li shaharda o‘qib, ulg‘ayib yana bag‘riga qaytdi.
Ushbu gapdagi necha so‘zda egalik qo‘shimchasi qo‘shilishi natijasida fonetik 
o‘zgarish vujudga kelgan? A.1 so‘zda B. 2 so‘zda C.3 so‘zda D. 4so‘zda 
92. Qaysi sinatkatik -munosabat qo`shimchalar orasida o`zaro omonimik munosabat 
mavjud? A) –di, -ngiz B) –k, -miz C) –i, -imiz D) –m, -ng 
93. Kelishik qo`shimchalari hamda ko`makchilarning qanday yaqinligi bor?
A) ikkisida hech qanday farq yo`q B) kelsihikda mavhumlik ko`makchida aniqlik
C) kelishik va komakchilar bir birlariga umuman yaqin emas D) kelsihikda aniqlik 
ko`makchida mavhumlik 
94.Boshing egib , ta`zim ayla , shukrona ayt, Seni guldek erkalagan Vatan uchun. 
Osmonlarda yurgan bo`lsang, tuproqqa qayt, Aytgil, do`stim nima qildik Vatan 
uchun? Berilgan parchada tushum kelishigi necha o`rinda ishlatilgan?
A) 2 o`rinda B) 3 o`rinda C) 4 o`rinda D) 5 o`rinda 
95. Jo`nalish kelishigi qanday vazifada kelishi mumkin?
1. ega 2. kesim 3. to`ldiruvchi 4. aniqlovchi 5.hol A) 1,2,3 B) 3,4 C) 2,3,5 D) 1,2,3,4,5 
96. Yorug`, keng xonda karavotlarning birida qari ayol yozib turardi. Berilgan gapda 
ismlar tarkibiga kiruvchi so`zlar miqdorini toping. 
A) 7 B) 8 C) 9 D) 10 
97.Sadaqa ulashar o`zi kambag`al, O`shadir imoni mukammal banda. Parchada 
kelishiklar qanday qo`llangan? A)ikki o`rinda belgili B) to`rt o`rinda belgili, bir 
o`rinda belgisiz C) uch o`rinda belgili, ikki o`rinda belgisiz D) bir o`rinda belgisiz 
98.Qaysi gapdagi egalik qo`shimchasi yasama sifatga qo`shilgan?
A) Shu sevinch unga dadillik baxsh etgan edi B) Tilagim shuki, dunyoning tinchligini 
bersin C) Bilimlisi unga barcha narsani tushuntirib berdi D) Yoshroqlari olovga 
yaqinroq , keksalar olovdan uzoqroqda edi 
99. Yoshroqlari olovga yaqinroq , keksalar olovdan uzoqroqda edi. Gapda ismlarning 
munosabat shakllari nechta? A) 4ta B) 5ta C) 3ta D) 7ta 
100.Behbudiy tomonidan qilingan ishlarni sanay bersak, ularning adog`iga 
yetmaymiz:u o`z hovlisida bepul maktab ochib, xalq bolalarini o`qitdi. Gapdagi 
fonetik o`zgarishlarni miqdorini toping. A) 1 ta tovush tushishi, 3 ta tovush 
almashishi B) 2 ta tovush tushishi, 1 ta tovush almashishi C) 3 ta tovush tushishi 
D) 2 ta tovush almashishi 


Download 88,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish