Boldir suyaklari ikki xil: katta va kichik bo‘ladi. Ular uzun naysimon suyaklardir, ular xar birining tanasi va ikki uchi bo‘ladi.
Kattaboldirsuyaginingyuqorigi uchi ancha yo`gonrok bo‘lib ikkita - ichki va tashki do`nglik xosil qiladi. Bu do`nglar bo`g`im yuzalari orqali son suyagining do`nglari bilan birikadi. Katta boldir suyagining tanasi uch qirrali. Suyakning anchagina burtib chikkan oldingi qirrasi suyakning butun uzunligi buylab chuziladi va oldingi qirrasi deb ataladi Oldingi utkir qirrasi yuqorigi epifiz soxasida katta boldir suyagining g`adir-budurligi bilan tutashadi. Oldingi qirra suyakning medial yuzasini lateral yuzasidan ajratadi. Medial qirra medial va orqa yuzalarni bir- biridan chegaralaydi. Suyakning pastki uchida ikki tomondan ichki tupi deb atalgan usimta bo‘lib , u pastga karab yunalgan. Suyak distal uchining pastki yuzasida tovon usti suyagi bilan birikadi. Boldirda joylashgan ikkita suyakdan fakat katta boldir suyagi son suyagi bilan birikadi va shuning uchun u eng pishik va yo`gon bo‘ladi.
Uzun va ingichka kichik boldir suyagi katta boldir suyagidan tashkarida yoki lateral tomonda joylashadi. Kichik boldir suyagining yuqorigi uchi yo`gonlashgan bo‘lib , boshcha deb ataladi. Boshchaning uchi tashki tomonga va orqaga karagan. Boshchasi bo`g`im yuzasi bilan ta‘minlangan bo‘lib , katta boldir suyagining yuqorigi epifizi bilan birikadi. Bosh buyincha yerdamida ingichka tanasiga utadi. Tanasi uch qirrali bo‘ladi. Suyakning pastki uchi yo`gonlashgan va to`piqni xosil qiladi. To`piq tovon usti suyagini tashki tomondan qoplab turadi.
Boldir suyaklarining bir-biriga karagan tomonida suyaklararo joylashagan g`adir-budir qirralari bo‘lib , ularga ikkala suyakning bir-biriga yopishtirib turuvchi suyaklararo pardasi kelib birikadi.
Oyoqpanjasiningpanja oldi suyaklari 7-ta bo‘lib , ular: tovon usti, tovon, kubsimon, qayiqsimon va uchta ponasimon suyaklardan iborat
Yuqorida joylashgan tovon usti suyagi tana va boshchaga ega. Tovon usti suyagining ostida panja oldi suyaklarining eng kattasi - tovon suyagi yotadi. Uning orqa tomonida yo`gonlashagan
joyda tovon burtigi bor. Suyak tanasining ust tomonida tovon ust suyagi bilan birikish uchun bo`g`im yuzalari bor. Tovon usti suyagi boshchasining oldida kubsimon suyak bilan yonma-yon va undan ichkarirokda – medial, oraliq va lateral ponasimon suyaklarni ajratish mumkin.