O‟zbekiston respublikasi



Download 2,87 Mb.
bet24/222
Sana19.10.2022
Hajmi2,87 Mb.
#854186
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   222
Bog'liq
Одам анатомияси ва физиологиясиc

Tayanch iboralar: Bosh skeleti, miya qism suyaklari, yuz qism suyaklari, ensa suyagi, peshona suyagi, ponasimon suyak, g‟alvirsimon suyak, sinostoz, sixondroz, sindesmoz, umurtqa pog‟onasi, umurtqalarning teshiklari, umurtqalararo disklari, atlant, epistrofey, axis.

Bosh skeleti yoki kalla suyaklari bosh miya va u bilan birga bog‘liq bo‘lgan sezgi organlarni tashqi muxit ta‘siridan ximoyalaydi, yuzni xosil bo‘lishini ta‘minlaydi. Kalla skeletining bo‘shlig‘ida bosh miya joylashgan. Organizmning muxim sistemalardan bo‘lgan nafas olish, ovqat-xazm qilish sistemalarniing boshlanish joyi xisoblanadi. Kalla skeleti shartli ravishda ikkita bo‘limga



  1. kallaning miya bo‘limi

  2. kallaning yuz bo‘limiga ajratiladi.

Miya bo‘limining bo‘shlig‘ida bosh miya joylashgan. Kallaning yuz bo‘limi yuzning suyakli asosini xosil qiladi. Anatomik nuqtai nazardan ikkala bo‘lim yaxlit bo‘lishiga qaramasdan, kelib chiqishi jixatdan xar xil bo‘ladi. Kalla skeleti 23 suyakdan tashkil topgan bo‘lib, undan 8 si juft va 7si toq sonda bo‘ladi.
Kalla bo‘shlig‘i pastki tomondan xar turli teshik va kanallari bo‘lgan kalla tubi bilan chegaralanib turadi.
Kalla qopqog‘ining suyaklari yupqa va yassi bo‘ladi. Tashqi plastinkasi qalin zich moddadan, ichki plastinkasi yupqa zich moddadan tuzilgan va orasida g‘ovak modda – diploe joylashgan. Diploe tarkibida qizil suyak ko‘migi, ko‘p sonda qon tomirlari va venalari o‘tadi. Kalla suyaklarni ichki yuzalarida chuqurchalar va barmoqsimon botiqlar ko‘p miqdorda uchraydi. Bundan tashqari qon tomirlarning izlarini xam kuzatish mumkin. Boshqa sut emizuvchilarga qaraganda odamda arterial va venoz egatchalar yaxshi ifodalanadi. Kalla suyagining miya bo‘limi - 8 suyakdan tuzilgan, undan 4 toq sonda, ikkitasi juftdan bo‘ladi. Toq suyaklarga ensa suyagi, peshona suyagi, ponasimon yoki asosiy suyak va g‘alvirsimon suyaklar kiradi. Juft suyaklarni tepa suyaklari va chakka suyaklari tashkil etadi. Yuqori jag‘, tanglay suyagi, yonoq suyagi, burun suyagi, ko‘z yosh suyagi, pastki chiganoq juft sonda uchraydi. Dimog‘ ‘ suyagi, pastki jag‘ va til osti suyaklari toq sonda bo‘ladi.
Kallaning miya bo‘limi.
Ensa suyagi – miya qopqog‘ining orqa va pastki tomonini va uning asosini tashkil qilishda qatnashadi va oldingi tomondan ponasimon suyakka, tepa va chakka suyaklari bilan birlashgan. Ensa suyagi katta teshik orqali umurtqa kanaliga qo‘shilib turadi. Ensa suyagi aloxida 4 bo‘lakdan iborat. Ensa suyagining bo‘laklarini aniqlashda asosiy orientir – bu katta ensa teshigidir. Katta ensa teshigidan yuqorida palla bo‘lagi joylashgan, yon tomonlarida yon bo‘laklari, old tomonida ensa suyagini tanasi joylashgan. Yon bo‘laklarining pastki yuzasida joylashgan bo‘g‘im do‘mboqchalari
– bo‘yinning birinchi umurtqasining bo‘g‘im yuzasi bilan birikadi. Do‘mboqcha orasida esa bo‘yinturuq vena o‘ymasi bo‘ladi.Ensa suyagining pallasi tashqi tomonga qavarib, ichki yuzasi botiq bo‘lib, yelpig‘ichsimon shakldagi plastinka - palladan iborat. Ensa suyagining tashqi yuzasi markazida tashqi ensa do‘mbog‘i bo‘lib, uning ikkala tomonida ko‘ndalang yo‘nalgan g‘adir-budur chiziq ko‘rinadi.
Pallaning ichki yuzasi krestsimon tepa bilan 4 chuqurchaga bo‘lingan. Krestsimon tepani o‘rtasida esa ichki ensa do‘mbog‘i bo‘lib, uning tepa va ikki yonbosh tomonlarida egatchalar ko‘rinadi. Ikkita yuqorigi chuqurchalarda oxirgi miyaning ensa pallalari, pastki chuqurchalarida – miyachaning yarim sharlari joylashgan.
Ensa suyagining tanasi ponasimon suyakning tanasi bilan birikib ketgan. Katta ensa teshigi soxasida ensa suyagining tanasi keng va yupqa, old tomonga qaragan qismi toraygan va qalinlashgan bo‘ladi. Tananing pastki yuzasining o‘rtasida xalqum do‘mbog‘i joylashgan. Bu do‘mboqqa xalqum orqa yuzasi bilan birikadi.
Ponasimon suyak - juda murakkab tuzilgan bo‘lib, tana va uch juft o‘simtalardan iborat. Kichik qanotlar yuqoriga, katta qanotlar - yonga va lateral tomonga – qanotsimon o‘simtalar pastga qaratilgan bo‘ladi. Ponasimon suyakni tanasi kubsimon shaklga ega bo‘lib, xavo saqlovchi katakchalardan iborat. Bu katakchalar burun bo‘shlig‘i bilan tutashadi. Ponasimon suyak tanasining kalla bo‘shlig‘iga qaragan yuqori yuzasining o‘rta qismida egarchaga o‘xshash chuqurcha - turk egari joylashgan, bunda endokrin bezlarning ―malikasi‖ - gipofiz o‘rnashgan. Ponasimon suyak tanasining ikki yonboshida uyqu arteriyasi joylashadigan egatcha bor. Ponasimon suyak tanasi orqali ensa suyagi bilan birlashadi. Kichik qanot miya bo‘shlig‘ini tubini, ko‘z kosasi yuqori devorini xosil bo‘lishda qatnashadi. Xar bir kichik qanotning asosida ko‘ruv kanali joylashgan. Ko‘ruv kanalidan ko‘ruv nervi bilan ko‘z arteriyasi o‘tadi. Ponasimon suyakning botiq yuzasi kalla suyagining bo‘shlig‘iga, yassi yuzasi - ko‘z soqqasiga, bir oz botilgan yuzasi esa chakka chuqurchasiga qaratilgan. Katta qanotlarning asosida yumaloq, cho‘zinchoq va o‘tkir qirrali teshiklar joylashgan. Yumaloq va cho‘zinchoq teshiklardan uch shoxli nerv tarmoqlari o‘tsa, o‘tkir qirrali teshikdan miya pardasiga boruvchi arteriya o‘tadi. Katta qanot bilan kichik qanot oraligida yuqorigi ko‘z yorig‘i joylashgan. Yuqori ko‘z yorig‘idan uch shoxli nervning ikkinchi tarmog‘i, g‘altaksimon nerv, olib qochuvchi nerv va ko‘z venasi o‘tadi. Ponasimon suyakni qanotsimon o‘simtalari tanadan tikka ketib, pastga qaratilgan. Xar bir o‘simta ichki medial va tashqi lateral plastinkadan iborat.
Peshona suyagi kalla suyagini tomini va asosini xosil bo‘lishida ishtirok etadi. Bu suyak to‘rtta qismga peshona, juft ko‘z qismlar, burun qismiga bo‘linadi. Peshona qismi yarim aylana shaklida bo‘lib, qavariq yuzasi tashqariga, botiq qismi ichkariga miya tomon qaratilgan. Pastki yuzasida ko‘z kosasining ustidagi o‘tkir chekkasi aniqlanadi, uni ustida qosh usti ravog‘ini ajratish mumkin. Qosh usti ravog‘idan teparoqda bir juft peshona do‘mbog‘i ko‘rinib turadi. Bu do‘mboqlar
faqat odamlarga xos bo‘lib, aqliy faolyat bilan bog‘liq va xayvonlarda uchramaydi. Ikkita qosh usti ravog‘i orasida chuqurlik – qanshar o‘tadi. Peshona qismining yuqorigi chetida tishsimon chok xosil bo‘ladi va tojsimon chok orqali peshona suyagi tepa suyaklari bilan birikadi.
Peshona suyakni gorizontal plastinkasi ikkita ko‘z qismi va ular orasida joylashgan toq, burun qismidan iborat. Ko‘z qismlari yupqa plastinkalardan tashkil topib, pastki yuzasi ko‘z kosa bo‘shlig‘iga, yuqorigi yuzasi kalla bo‘shlig‘iga qaragan. Ko‘z qismining lateral chekkasida ko‘z yoshi bezining chuqurchasi joylashgan. Peshona suyagining burun qismi g‘alvirsimon o‘ymani old tomondan berkitib turadi. Uning o‘rta qismida burun to‘sig‘ini xosil qilishda ishtirok etadigan o‘tkir qiltanoq joylashgan. Burun qismidagi juft teshiklar peshona kavaklariga ochiladi.
G‘alvirsimon suyak – shakli jixatdan ―T‖ xarfiga o‘xshash, yengil va yupqa suyak, bo‘lib 3 qismdan: perpendikulyar yoki tikka ketgan plastinkadan, gorizontal joylashgan g‘alvirsimon plastinkasidan va perpendikulyar plastinkani ikki yonidan osilib turgan g‘alvir labirintdan iborat. G‘alvirsimon plastinkada juda ko‘p g‘alvirsimon katakchalar bo‘lib, katakchalar burun bo‘shlig‘iga ochiladi. G‘alvirsimon katakchalardan xid bilish nervini tolalari burun bo‘shlig‘iga o‘tadi. Plastinkaning o‘rtasidan eng yuqori uchida xo‘roz toji joylashgan. Xo‘roz tojiga bosh miyaning qattiq pardasi birikadi. G‘alvir suyakning perpendikulyar plastinkasi galvisimon plastinkadan tikka pastga qarab yo‘nalgan bo‘lib, burun to‘sig‘ini xosil bo‘lishida ishtirok etadi. Labirintlar juft bo‘lib, xar xil katta-kichiklikda bo‘lgan suyakli va xavo saqlovchi katakchalardan tuzilgan. Katakchalar old va orqa tomonlardan peshona suyagining sinusi va ponasimon suyakning sinusi bilan tutashadi. Katakchalar burun bo‘shlig‘idan qayrilgan yupqa suyak plastinkalari va yuqorigi va o‘rta burun chiganoqlari bilan yopilgan bo‘ladi. Lateral tomonidan g‘alvirsimon suyagining yupqa ko‘z plastinkasi ko‘z soqqasining medial devorini tashkil qiladi.

Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish