Kalla suyagi umumiy tuzilishi va qismlari, kallaning miya qismi suyaklari: ensa, tepa va peshona va g’alvir suyaklari, ularning yoshga doir xususiyatlari



Download 2,18 Mb.
Sana05.04.2022
Hajmi2,18 Mb.
#530859
Bog'liq
kalla suaygi


Kalla suyagi umumiy tuzilishi va qismlari, kallaning miya qismi suyaklari: ensa, tepa va peshona va g’alvir suyaklari, ularning yoshga doir xususiyatlari.


Butun kalla – cranium
B utun kalla cranium da ikki qism: kallaning yuz qismi - cranium faciale, va kallaning miya joylashadigan qismi - cranium cerebrale tafovut etiladi. Kallaning miyani saqlaydigan qismi uning tepadagi tom qismi calvaria va tubi yoki asosi - basis qismlariga bо‘linadi. Bu qismlar orasidagi chegara tashqi ensa bо‘rtig‘i, sо‘rg‘ichsimon о‘simtalar, tashqi eshituv teshiklari va yonoq ravoqlari bо‘ylab yо‘naladi. Kalla suyagining asosi о‘z navbatida ikki yuzaga: kalla asosining tashqi yuzasi - basis cranii externa va kalla asosining ichki yuzasi - basis cranii interna ga bо‘linadi. Kalla tubining tashqi yuzasi - basis cranii externa о‘z navbatida uch yuzaga bо‘lib о‘rganiladi. Oldingi yuza - kesuv tishlardan qattiq tanglay yakunigacha davom etadi1. О‘rta yuzaning orqa chegaralari sо‘rg‘ichsimon о‘simtalarni birlashtiruvchi chiziq bо‘lib hisoblanadi.
Kalla tubining ichki yuzasi uch chuqurchadan tashkil topadi: oldingi fossa cranii anterior; о‘rta fossa cranii media; orqa fossa cranii posterior. Oldingi va о‘rta chuqurchalar orasidagi chegara ponasimon suyakning kichik qanotlariga tо‘g‘ri keladi. О‘rta va orqa chuqurchalar esa о‘zaro chakka suyagi piramidasining yuqorigi qirrasi bilan chegaranaladi. Ensa suyagi - os occipitale
Ensa suyagi - tо‘rt qismdan iborat bо‘lib, bu qismlar ensa suyagining katta teshigi foramen magnum atrofida joylashadi. Suyakning oldingi tarafida asosiy qismi pars basillaris, ikki lateral tarafida suyakning yon bо‘laklari pars lateralis va suyakning orqa tarafida serbar qism squama occipitalis joylashadi. Ensa suyagi chakka suyagidan sо‘rg‘ichsimon о‘simtaga birikish sohasida margo mastoidea cheti, tepa suyaklari bilan birikish cheti margo lambdoideus deb ataladi1
Ensa suyagining asosi ponasimon suyak bilan birlashib turadi va uning ichki yuzasida uzunchoq miya joylashadigan silliq yuza nishab clivus bо‘ladi. Ensa suyagi asosining tashqi yuzasida esa xalqum bо‘rtig‘i tuberculum pharyngeum bо‘ladi. Ensa suyagi asosining yon taraflariga chakka suyagining toshsimon qismi birlashadi. Shu sohaning ichki yuzasida pastki toshsimon venaning egati sulcus sinus petrosi inferioris hosil bо‘ladi.
Ensa suyagi yon qismlarining medial qirrasi ensaning katta teshigini hosil qilsa, tashqi qirrasi esa chakka suyagi bilan birlashadi. Bu sohada bо‘yinturuq о‘ymasi incisura jugularis bо‘lib, chakka suyagidagi shu nomli о‘yma bilan qо‘shilishi natijasida bо‘yinturuq teshigini hosil etadi. Bu sohada о‘simta processus jugularis, bо‘rtiq tuberculum jugulare va ichki bо‘yinturuq о‘simtasi processus intrajugularis uchraydi. Ensa suyagi yon bо‘lagining pastki yuzasida ellips shaklidagi bо‘g‘im bо‘rtig‘i condylus occipitalis bо‘lib, bu bо‘rtiq vositasida birinchi bо‘yin umurtqasining bо‘g‘im chuqurchalari bilan birlashadi. Bо‘g‘im bо‘rtiqlarining orqasida chuqurcha bо‘lib - fossa condylaris deyiladi. Bu chuqurchaning tubida ba’zi paytda vena qon tomiri uchun hosil bо‘lgan teshik uchraydi va canalis condylaris deyiladi. Ensa suyagi bо‘g‘im bо‘rtig‘ining ustida til osti nervi uchun kanal canalis hypoglossalis hosil bо‘ladi.
Ensa suyagi pallasining (serbar qismi) oldingi qirrasi ensaning katta teshigini hosil etishdi qatnashadi. Uning yuqori qismi tepa suyaklari bilan, pastki qismi esa chakka suyagining sо‘rg‘ichsimon о‘simtasi bilan birlashadi. Pallaning tashqi yuzasida - tashqi ensa bо‘rtig‘i protuberentia occipitalis externa kо‘rinadi. Bu bо‘rtiqdan pastga qarab, ensa suyagining tashqi qirrasi – crista occipitalis externa yо‘naladi. Bu qirra о‘z yо‘lida muskullar birikishi natijasida hosil bо‘lgan va qirraga nisbatan kо‘ndalang yunalgan chiziqlar bilan kesishadi2. Eng yuqoridagi chiziq linea nuchae suprema deyilsa, pastki chiziq linea nuchae inferior deb ataladi. Bu chiziqlar orasida esa linea nuchae
superior joylashadi. Chiziqlar orasidagi maydonlar planum occipitale kо‘rinadi. Pallaning ichki yuzasi xajsimon tepa - eminentia cruciformis vositasida tо‘rtta yuzaga bо‘lingan. Bu tepaning о‘rtasida ichki ensa bо‘rtig‘i - protuberentia occipitalis interna joylashadi. Bu bо‘rtiqdan pastga tarafga ensa suyagining ichki qirrasi – crista occipitalis interna yо‘naladi. Bо‘rtiqdan yuqori tarafga vena tomirining egati - sulcus sinus marginalis yо‘naladi. Ichki ensa bо‘rtig‘idan ikki yon tarafga kо‘ndalang vena egati sulcus sinus transversi joylashadi. О‘z navbatida bu egat - sulcus sinus sigmoidei - S-simon vena egatiga davom etadi. Ichki yuzada ensa vena sinusining egati sulcus sinus occipitalis kо‘rinadi. Ensa suyagining ichki yuzasida miyacha joylashadigan chuqurcha – fossa cerebellaris va bosh miya joylashadigan chuqurcha fossa cerebralis bо‘ladi2.

Peshona suyagi - os frontale


Peshona suyagida quyidagi qismlar tafovut etiladi: serbar palla qismi - squama frontalis, burun qismi - pars nasalis va juft bо‘lgan kо‘z kosasi qismi - partes orbitales. Peshona suyagining pallasi ikki yuzadan iborat: tashqi yuzasi - facies externa, ichki yuzasi - facies interna. Tashqi yuzasida ikkita bо‘rtiq - tuber frontale tafovut etiladi. Bu bо‘rtiqlarning ostida yarimoysimon shakldagi qosh usti ravog‘i - arcus superciliari joylashadi. Bо‘rtiqlar va ravoqlar orasidagi yuzaga burun usti sohasi - glabella deyiladi. Peshona suyagining ikki yonida yonoq suyagi bilan birikadiga о‘simtalar - processus zygomaticus bо‘ladi. Bu о‘simtalardan yuqori tarafga chakka mushagi birikishidan hosil bо‘ladigan linea temporalis yо‘naladi. Peshona suyagi tashqi yuzasining kо‘z kosasiga о‘tish chegarasidagi qirracha margo supraorbitalis deyiladi. Bu qirrada nerv va qon tomirlar yо‘nalishidan о‘yma hosil bо‘lib - incisura supraorbitali deyiladi. Ba’zan bu о‘yma teshik foramen suproorbitale sifatida uchraydi. Tashqi yuzada peshona о‘ymasi incisura frontalis yoki teshik foramen frontalis hosil bо‘ladi. Peshona suyagining chakka yuzasi faciyes temporalis da chakka mushaklari birikadigan linea temporalis chiziqlari kо‘rinadi. Uning tepa suyaklari bilan birikadigan cheti margo parietalis deyiladi3.
Peshona suyagi pallasining ichki yuzasi facies interna da о‘rtadan о‘tgan qirra crista frontalis yuqoriga vena qon tomirining egati - sulcus sinus sagittalis superior ga - davom etadi. Qirraning old tomonida esa "kо‘r teshik" foramen caecum deb nomlanadigan chuqurcha bо‘ladi. Peshona suyagining burun qismi rars nasalis g‘alvirsimonsuyak bilan tо‘ldirilib turadigan о‘yma incisura thmoidalis bо‘ladi. Burun qismi - yuqori jag‘ suyagining peshona о‘simtasi va burun suyaklari bilan birlashib turadi. Bu sohada burun qirrali о‘simtasi spina nasalis cheti margo nasalis uchraydi. Pars orbitalis peshona suyagining kо‘z kosasiga qaragan yuzasi silliq bо‘lib, yon qismida kо‘z yosh bezi joylashadigan chuqurcha fossa glandulae lacrimalis bо‘ladi. Kо‘z kosasi yuzasi faciyes orbitalis g‘altaksimon mushak birikadigan spina trochlearis о‘simtasi va chuqurcha fovea trochlearis bо‘ladi. Peshona suyagining ponasimon suyakga birikish cheti margo sphenoidalis deyiladi. Peshona suyagi g‘ovakli suyaklar turkumiga kiradi, chunki uning ichida havo saqlaydigan bо‘shliq sinus frontalis bо‘ladi va burun bо‘shlig‘iga ochiladi. Burun bо‘shlig‘iga ochilish teshigi apertura sinus fronralis deb ataladi. Peshona suyagi ichidagi havo saqlaydigan bо‘shliq tо‘siq septum sinium frontalium vositasida bо‘linadi4.
Tepa suyagi - os parietale
Tepa suyagi os parietale - yassi va tо‘rt - burchak shaklida bо‘lib, kalla qopqog‘ining о‘rta qismini hosil qiladi. Bu suyakda ikkita: tashqi va ichki yuzalar facies externa, facies interna va tо‘rtta qirra tafovut etiladi. Tepa suyagining oldingi qirrasi margo frontalis peshona suyagi bilan, orqa qirrasi margo occipitalis ensa suyagiga, pastki qirrasi margo squamosus esa chakka suyagining pallasi bilan birlashadi. Tepa suyagi yuqori qirralari margo sagitalis vositasida о‘zaro birikadi.
Tepa suyagida tо‘rtta burchak bо‘ladi. Oldingi qirra sohasida yuqori burchak angulus frontalis peshona suyagi bilan birikadi, pastki burchak angulus sphenoidalis esa ponasimon suyakga tegib turadi. Orqa qirra sohasidagi yuqori burchak angulus occipitalis ensa suyagi bilan birlashsa, pastki burchagi angulus mastoideus chakka suyagining sо‘rg‘ichsimon о‘simtasiga tutashadi. Tepa suyagining tashqi yuzasidagi bо‘rtiq - tuber parietale deyiladi. Bu bо‘rtiq ostida chakka mushagining birlashuvidan hosil bо‘ladigan ustki va ostki chiziqlar lineae temporales superior et inferior kо‘rinadi.
Tepa suyagi tashqi yuzasining yuqorigi qirra sohasida vena qon tomiri о‘tadigan teshik foramen parietalae kо‘rinadi. Tepa suyagining ichki yuzasida yuqori qirra bо‘ylab vena qon tomir egati sulcus sinus sagittalis superior yо‘naladi.
Sо‘rg‘ichsimon burchagi sohasida ham vena qon tomirlari joylashadigan egat sulcus sinus sigmoidei bо‘ladi. Bulardan tashqari ichki yuzada arteriya qon tomirlari joylashadigan egatlar sulci arteriosi, sulcus arteriae meningeae
mediae va miya pushtalari ta’sirida hosil bо‘ladigan chuqurchalap kо‘rinadi.
Ponasimon suyak - os sphenoidale
Ponasimon suyak (asosiy suyak) – os sphenoidale kalla suyagining asosida joylashadi. Ponasimon suyak tana corpus qismidan va juft о‘simtalardan tashkil topgan. Bu о‘simtalardan 2 jufti gorizontal satxda joylashgan bо‘lib katta qanot ala major va kichik qanot ala minor deb ataladi. Bularga nisbatan perpendikulyar joylashgan va pastga yо‘nalgan о‘simtalarni qanotsimon о‘simtalar - processus pterygoideus deb ataladi5.
Ponasimon suyakning tanasi kubsimon shaklga ega bо‘lib, oltita yuza tafovut etiladi. Oldingi yuzasi - burun bо‘shlig‘idagi g‘alvirsimon suyakning kо‘ndalang qismi bilan birlashadi. Birlashish joyidagi qirraga crista sphenoidalis deyiladi. Ponasimon suyakning tanasi g‘ovakli suyaklar turkumiga kiradi. Uning ichida havo saqlaydigan bо‘shliq sinus sphenoidalis bо‘ladi. Bu bо‘shliq oldingi yuzada joylashgan qirraning ikki yonidagi aperturae sinus sphenoidalis vositasida burun bо‘shlig‘iga ochiladi. Xavo saqlaydigan bо‘shliq tо‘siq septum sinium sphenodalium vositasida ikkiga ajraladi. Ponasimon suyak tanasining kalla bо‘shlig‘iga qaragan yuqori yuzasining о‘rta qismida egarga о‘xshagan soha sella turcica bо‘lib, uning о‘rtasida gipofiz bezi joylashadigan chuqurcha - fossa hypophysialis bо‘ladi. Chuqurchaning old tarafida joylashgan dо‘mboqcha tuberculum sellae, kо‘ruv nervining kesishmasidan hosil bо‘lgan egat – sulcus prechiasmaticus deyiladi. Bu egatlar ikki yon tarafga kо‘ruv nervi о‘tadigan kanalchalarga - canalis optici teshigiga davom etadi. Turk egari sohasi orqa tomonda egar suyanchig‘i - dorsum sella bilan chegaralanadi. Suyanchiqning ustki tarafidagi о‘simtalarga processus clinoideiposteriores deyiladi. Egar dо‘mbog‘ining orqa sohasidagi tepalikka esa processus clinoideimedia deyiladi. Oldingi chetlashgan о‘simtalar processus clinoidei anterior esa kichik qanotning egarga yaqin uchidan hosil bо‘ladi. Ponasimon suyak tanasini ikki yonida uyqu arteriyasi joylashadigan egatlar - sulcus coroticus bо‘ladi. Ponasimon suyakning kichik qanoti suyak tanasi bilan gorizontal tekislikda birlashadi. Birlashish joyida kо‘ruv nervi о‘tadigan kanal canalis opticus hosil bо‘ladi. Kichik qanotlarning ustki yuzasi kalla bо‘shlig‘iga qaragan bо‘lsa, pastki yuzasi esa kо‘z kosasini hosil bо‘lishida qatnashadi. Kichik va katta qanotlar orasida kо‘z kosasiga ochiladigan yuqorigi tirqish - fissura orbitalis superior hosil bо‘ladi. Katta qanotlarda tо‘rtta yuza va tо‘rtta qirra tafovut etiladi. Ichki yuzasi facies cerebralis - miyaga qaragan yuzada quyidagi teshiklar kо‘rinadi: yumaloq teshik foramen rotundum, chо‘zinchoq teshik foramen ovale, qirrali teshik foramen spinosum. Chakka yuzasi facies temporalis - tashqi tarafda bо‘lib, chakka osti qirrasi - crista infratemporalis vositasida ikki yuzaga bо‘linadi. Ustki yuza - chakka chuqurchasini hosil etishda qatnashsa, pastki yuza esa chakka osti chuqurchasini chegaralab turadi. Katta qanotning kо‘z kosasiga qaragan yuzasi facies orbitalis - kо‘z kosasining tashqi devorini hosil etishda qatnashadi. Bu yuzalardan tashqari katta qanotda yuqori jag‘ yuzasi - facies maxillaris yuzasi ham mavjuddir. Katta qanot qirralar vositasida chakka suyagining pallasi bilan, yonoq, tepa va peshona suyaklari bilan birlashadi: margo squamosus, m argo zygomaticus, margo parietalis, margo frontalis deyiladi.
P onasimon suyakning tanasidan pastki tarafga yо‘nalgan qanotsimon о‘simtalar processuspterygoidus ichki va tashqi plastinkalar laminaemedialisetlaminaelateralisga ajraladi. Bu plastinkalarning orqa yuzasidagi chuqurchaga fossapterygoideadeyiladi. Bu ikki plastinkalar orasida о‘yma - incisurapterygoidea uchraydi va tanglay suyagi bilan tо‘ldirilib turadi. Qanotsimon о‘simtalarning oldingi yuzasida katta tanglay egatchasi - sulcuspalatinusmajorbо‘ladi. Bu egatning tanglay va yuqorigi jag‘ suyaklaridagi xuddi shunday egatlari bilan qо‘shilishidan tanglay kanali canalispalatinusmajor hosil bо‘ladi. Qanotsimon о‘simtalarning asosida canalispterygoideus joylashadi. О‘simtaning tashqi plastinkasi qisqaroq bо‘ladi. Ichki plastinkasining uchida esa ilmoqsimon о‘simta -hamuluspterygoideus - joylashadi.

T OSHKENT DAVLAT STOMATOLOGIYA INSTITUTI


REFERAT
Mavzu: Kalla suyagi umumiy tuzilishi va qismlari, kallaning miya qismi suyaklari: ensa, tepa va peshona va g’alvir suyaklari, ularning yoshga doir xususiyatlari.


Bajardi: __________________________
Tekshirdi: __________________________
Toshkent-2022
Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish