Chakka suyagi - bir juft bo‘lib, kalla suyagini asosini va tom qismini xosil bo‘lishda ishtirok etadi. Piramidal qismining bo‘shlig‘ida eshituv va muvozanat saqlash organlarini o‘z tarkibida saqlab turadi. Bu suyak uchta qismlardan iborat: palla, nog‘ora va piramida qismlarda. Chakka suyagining uchchala qismi eshituv yo‘li atrofida joylashgan.
Chakka suyagining pallasi kalla suyagining yon devorini xosil bo‘lishida ishtirok etadi, ichki yuzasida miya egatlarining izlari bor. Pallaning tashqi yuzasi silliq bo‘lib, chakka chuqurining xosil bo‘lishida qatnashadi va undan chiqqan yonoq o‘sig‘i, yonoq suyagi bilan birlashadi. Pastroqda pastki jag‘ bilan bo‘g‘im xosil qiladigan pastki jag‘ chuqurchasi joylashgan. Chakka chuqurchasi faqat odamlarga xos belgi bo‘lib, antropogenez davrida aniq nutqni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Uning oldida do‘mbog‘i bo‘lib, pastki jag‘ning bo‘g‘im o‘sig‘ini chuqurchadan chiqib ketishidan saqlab turadi.
Nog‘ora qismi chakka suyagining tashqi eshituv yo‘lining atrofida joylashgan buqilgan suyak plastinkasi.
Piramidal qismi - chakka suyagining bu bo‘lagi uchburchakli piramidaga o‘xshash va shakliga qarab piramida deb ataladi. Bunda eshituv va muvozanat saqlash organlari joylashgan, xamda bosh miya uchlik nerv tugunining izi joylashgan. Piramidaning oldingi yuzasi nog‘ora bo‘shlig‘ining qopqog‘i xolda joylashgan bo‘lib, o‘rta quloqning devorlaridan biri xisoblanadi. Pastki va oldingi yuzalari kallaning bo‘shlig‘iga qaragan. aniqlanadi. Piramidaning pastki yuzasida tashqi uyqu teshigi ko‘rinib turadi. Bu teshikdan ichki uyqu arteriyasi kalla bo‘shlig‘iga o‘tadi. Ichki teshik esa piramida uchida joylashgan. Piramidal qismining orqa yuzasida ichki eshituv teshigi joylashgan va undan yuz va daxliz oldi-chiganoq nervi o‘tadi.
So‘rg‘ichsimon qismida so‘rg‘ichsimon o‘siq bo‘lib, u tashqi eshituv yo‘li orqasida turadi. Bu o‘siqka to‘sh-o‘mrov so‘rg‘ichsimon muskuli birikadi. So‘rg‘ichsimon o‘siqning medial tomonida ikki qorinchali muskul yopishadigan chuqur o‘yma bor. O‘ymaga paralel ravishda ensa arteriyasining egati o‘tadi. So‘rg‘ichsimon o‘siqning ichki tuzilishi ko‘pgina kattaklardan tuzilagan va o‘rta quloq bilan qo‘shilgan.
Tepa suyagi- bir juft bo‘lib, kalla qopqog‘ining markaziy qismini tashkil qiladi. Tepa suyak turt qirrali va turt burchakli, sirti gumbazsimon bo‘rtib chiqqan plastinka shaklida tuzilgan. Plastinkaning eng bo‘rtib turgan nuqtasida tepa do‘mbog‘i joylashgan. Tepa do‘mboqdan pastroqda va chetroqdan chakka chizig‘i o‘tadi. CHakka chizig‘iga chakka muskul birikadi. Bu suyak peshona, chakka va bir-biri bila? choklar orqali birlashadi. Orqa chekasi ensa suyagining pallasiga birlashadi. Oldingi chekasi peshona suyagi bilan tojsimon chok orqali birikadi. Ikki yonidan esa
yassi tangachali chok orqali chakka suyaklari bilan birikadi. CHap va o‘ng tepa suyaklari bir-biri bilan sagittal chok orqali birikadi.
Tepa suyagining ichki botiq yuzasida arteriya egatchalari, miya burmalarning izlari aniq ko‘rinadi.