O‟zbekiston respublikasi



Download 2,87 Mb.
bet27/222
Sana19.10.2022
Hajmi2,87 Mb.
#854186
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   222
Bog'liq
Одам анатомияси ва физиологиясиc

Nazorat savollari


    1. Bosh skeleti suyaklarini sanab bering.

    2. Yuz qismi qanday suyaklardan iborat?

    3. Peshona suyagining tuzilishini tushuntiring.

    4. Ensa suyagining tuzilishini tushuntiring.

    5. Chakka suyagining tuzilishini tushutiring.

    6. Umurtqa pog‘onasi qanday qismlardan iborat?

    7. Umurtqalarning tabiiy egriliklarining qanday ahamiyati bor?

    8. Umurtqalararo disklarning ahamiyati nimada?

    9. Atlant va axis nima?

MAVZU № 5. MUSKUL SISTEMASINING TUZILISHI.


Ma’ruza rejasi:
  1. Muskullar to‟g‟risida umumiy ma‟lumotlar.


  2. Muskullarning yordamchi apparati.
  3. Ko`ndalang-targ`il muskullarning fiziologik xossalari.


  4. Jismoniy yuklamalar ta‟sirida muskul tizimida adaptatsion o‟zgarishlar.
  5. Muskul qisqarishi mexanizmi.




Tayanch iboralar: skelet muskullari, silliq muskullar, yurak muskullari, miotsitlar, mezoderma, segment, miotomlar, sklerotomlar, dermotomlar, mitoxondriyalar, oq muskul tolalari, qizil muskul tolalari, paylar, fastsiyalar , boylamlar, gavda muskullari, orqaning yuza va chuqur muskullari.

Muskullar organizm xayotida muxim rol tutadi. Katta odamlarda muskullar butun tanasi og‘irligining 30 – 35% gi yaqinini tashkil qilsa, chaqaloqlarda – 20 – 22%, yoshi katta va qari odamlarda 25 – 25% ni tashkil etadi. Jismoniy mashg‘ulot bilan muntazam shug‘ullanib turuvchi sportchilarda skelet muskullarining og‘irligi gavda og‘irligining qariyb yarimini 45 – 50% tashkil qilishi mumkin. Skelet muskulaturasi ko‘ndalang-targ‘il muskul to‘qimasidan tuzilgan.


Muskullarning asosiy vazifasi - mexanik ish bajarishdir. Markaziy nerv sistemasi yuboradigan ta‘sirotlar ta‘sirida gavdadagi muskullar qisqaradi, buning natijasida skelet xarakatga keladi. Ongli ravishda qisqaradigan muskullarni soni 400 dan ortiq. Gavda muskullari ichki a‘zolarni, ularni tarkibiga kiruvchi qon tomirlar va nervlarni tashqi muxit ta‘sirotlaridan ximoyalaydi. Muskullarni qisqarishi natijasida issiqlik energiya ajraladi, demak muskullar tana xaroratini idora etishda ishtirok etadi. Mimik muskullarining qisqarishi orqali odamning ichki dun‘esi, kayfiyati, emotsiyalari aks ettiriladi.


Muskullarning tuzilishi.


Skelet muskullari ko‘ndalang targ‘il muskul to‘qimasidan tashkil topga?. Ma‘lumki, muskullarning tayanch apparati ―futlyar ichida futlyar‖ printsipida tuzilgan bo‘lib, xar xil xajmli muskul tutamlari endomiziy va peremiziy pardalari bilan bir-biridan ajralib turadi. Endomiziy va peremiziy nafaqat muskullar orasida joylashgan biriktiruvchi to‘qimali to‘siqlar bo‘lib, balki muskullarda maxsus elastik karkasni xosil qilishi tufayli, muskul qisqarish qobiliyatiga ega.
Ko‘ndalang-targ‘il muskul tolalarni uzunligi 1 – 40mm. teng bo‘lib, tsilindrsimon shaklga ega. Plazmatik membrana ostida ko‘p miqdorda yadrolar joylashgan. Sarkolemma tarkibida ko‘p sonda miofibrillalar va mitoxondriyalar uchraydi. Sarqoplazma mioglobin oqsilidan tashkil topib, mioglobin xuddi gemoglobinga o‘xshash uziga kislorod birikish xususiyatiga ega. Miofibrillalarni qalinligiga va mioglobinni miqdoriga ko‘ra qizil, ok va oraliq muskul tolalari farqlanadi. Qizil tolalar nozik, ingichka, mioglobini ko‘p, mitoxondriyalari ko‘p bo‘ladi. O‘rta qalinlikga ega bo‘lgan, mioglobini va mitoxondriyalarni soni bir oz kamroq bo‘lishi oraliq tipdagi muskul tolalari uchun xos. Nixoyatda, oq tolalar eng qalin, sarqoplazmasida mioglobini va mitoxondriyalari kam miqdorda, lekin miofibrillalarni soni ko‘p miqdorda va bir tekisda
tarqalganligi xos. Ko‘rsatilgan muskul tolalarni tuzilishi va funktsiyasi bir-biri bilan bog‘liq. Masalan, oq tolalar tez qisqaradi, lekin tez charchaydi. Qizil tolalar uzoq vaqt davomida, lekin sekin qisqarishi mumkin.
Oxirgi yillarda sportchilarda muskullarni xolatini nazorat qilish maqsadida tsitoximik tekshirish usullari qo‘llaniladi. Ma‘lumki, tez oq tolalari uchun aerob glikolitik modda almashinuvi va sekin qizil tolalari uchun aerob oksidlanish modda almashinuvi xos. Qizil va oq tolalarni ifodolovchi fermentlar bir-biridan farqlanishi sababli, ularni maxsus bo‘yoqlar bilan buyaladi va tolalarni turi aniq ajratiladi. Turli odamlarda qizil va oq tolalarni miqdoriy nisbati turlicha bo‘ladi va xayot davomida deyarli o‘zgarmaydi. Muskullarda tolalarni taksimlanish xususiyati odamning genotipi bilan bog‘liq. Muskul tarkibidagi tolalarni miqdoriy taksimlanishi aniqlangan ko‘rsatkichlar asosida sportga laekatli bolalar va usmirlarning orasida sport tanlovini o‘tkazish tavsiya etiladi.
Xar bir muskul ichida xarakat va sezuvchi nerv oxirlari bo‘lib, ular muskullarini markaziy nerv sistemasi bilan bog‘lab turadi. Xarakat nervlari markaziy nerv sistemasida xosil bo‘lgan ko‘zgalishni yetkazib beradi, impulsni uzatadi, natijada muskul markaziy nerv sistemasining xoxishi bilan qisqaradi. Nerv impulsi muskullarning maxsus T-naychalari orqali sarqoplazmatik turning tsisternalariga yetkaziladi. So‘ng sarqoplazmatik membranalardan tsitoplazma ichiga kaltsiy ionlari chiqadi. Natijada, aktin bilan miozinning birikishi natijasida muskulning qisqarishi vujudga keladi. Muskul qisqarishda ingichka aktinli miofilamentlar kalta, yog‘on miozinli miofilamentlar orasiga kiradi va I-disk kaltalashadi. Muskullar ichida simpatik nerv oxirlari bor, shuning uchun tirik organizm muskullari bo‘shashagan vaqtda doimo sal qisqargan xolatda bo‘ladi. Bunga muskul tonusi deyiladi.
Xar bir muskulning aktiv qisqaruvchi go‘shtdor qismi - tanasi va ikki uchi, ya‘ni boshlanish va birikish joylari - pay qismlari bo‘ladi. Uzun muskullarda bundan tashqari yana bosh va dum qismlari tafovut qilinadi. Yassi muskullarning yupqa yassi payi bo‘ladi, bu pay aponevroz deb ataladi.
Ba‘zi muskullar bir necha bosh bilan boshlanishi mumkin. Bunday muskullarni ko‘p boshli muskullar deyiladi. Muskul tolalari yo‘nalishiga qarab to‘g‘ri, qiyshiq, ko‘ndalang va aylanma bo‘ladi. Bundan tashqari, bir patli va ko‘p patli muskullar tafovut qilinadi.
Muskullarning turkumlarga bo‘linishi.
Struktura va funktsiya birligi xaqidagi dialektik qonunini ayniqsa tana muskullari misolida kuzatish mumkin. SHakli jixatdan muskullar 4 guruxga bo‘linadi:

    1. Uzun muskullar - bularning uzunligi kengligiga nisbatan ancha katta. Masalan, yelkaning ikki boshli, uch boshli muskullar.

    2. Keng muskullar - bularga aksincha, kengligi uzunligiga nisbatan katta. Orqaning keng muskuli, qorinning tashqi kiya, ichki qiya muskullari, ko‘ndalang muskullari misol bula oladi.

    3. Yelpig‘ichsimon muskullar - bu muskullarda bir uchi toraygan, ikkinchi uchi esa kengaygan. Masalan, deltasimon muskul, trapetsiyasimon muskul. Bunday muskullar ko‘pincha, uch o‘qli bo‘g‘imlar atrofida uchrab, 5-6 xil xarakatlarda ishtirok etadilar va eng xarakatchang muskullar xisoblanadi.

    4. Doiraviy muskullar – muskul tolalari aylanma yoki tsirkulyar yo‘nalgan bo‘lib, tabiiy teshiklar atrofida joylashgan. Masalan, og‘izning aylana muskuli, ko‘zning aylana muskullari misol bula oladi.

Tana muskullarini bajaradigan ishiga qarab 4 guruxga bo‘lish mumkin:

  1. Aylanma xarakatlarni bajaruvchi muskullar - tayanch-xarakat apparatida, naysimon suyaklarga birikkan bo‘lib, tana lokomotsiyalarda ishtirok etadi.

  2. Oldinga va orqaga, yuqoriga va pastga tomon xarakat etuvchi muskullar – masalan, ko‘rsatilgan xarakatlar jag‘ muskullari tomondan bajariladi.

  3. Tana bo‘shliqlar xajmini o‘zgartirishda ishtirok etuvchi muskullar – gavda muskullari ko‘krak qafasini yoki qorin bo‘shlig‘ini xajmini o‘zgartirishda ishtirok etadi.

  4. Teshik va yoriqlarni xajmini o‘zgartirishda ishtirok etuvch? muskullar – bu ishni doiraviy shaklga ega bo‘lgan muskullar tomonidan bajariladi.

Muskullarining yordamchi apparati.


Muskullaring yordamchi apparatiga paylar, fastsiyalar, g‘altaklar, sinovial kinlari, sinovial xaltalar, sesasimon suyaklar kiradi:

Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish