Shilliq osti qavat siyrak tolali biriktiruvchi to‘qimalan iborat. Bu yerda qon tomirlari, nerv oxirlari, limfa tugunlari va Brunner bezlari joylashgan.
Muskul pardasi silliq muskul xujayralaridan iborat bo‘lib, tashqi va ichki qavatga bo‘linadi. Tashqi qavatda silliq muskul xujayralari uzunasiga qarab, ichki qavatda esa aylanasiga qarab joylashgan.
Seroz parda ichak devorining tashqi tomondan o‘rab oladi va qorin pardaning vistseral varagidan xosil bo‘ladi.
Och ichak - o‘n ikki barmoqli - och ichak burmasidan boshlanib, uning kovuzloklari qorin bo‘shlig‘ining yuqorigi chap qismida yotadi. Och va yonbosh ichaklar qorin parda bilan xamma tomondan o‘ralgan. SHuning uchun ikkala ichak joylashuvi jixatdan intraperitoneal a‘zolarga kiradi. Och ichakning xazm yuzasi yonbosh ichakka nisbatan ancha katta. Bu xususiyat bir qancha sabablarga bog‘liq: a) och ichak diametrini katta bo‘lishi. b) aylanma burmalari yirik va bir-biriga zich joylashganligi. v) och ichakda vorsinkalar va kriptalar soni va uzunligi ancha yuqori bo‘lishi. Masalan, och ichakning 1 mm2 satxida 22-40 gacha vorsinkalar uchraydi. Yonbosh ichakda esa 1mm2 satxida 18- 31 vorsinkalar uchraydi. Och ichakning devori ovqat xazm nayi uchun xos tuzilishga ega. Uning devorida shilliq parda, shilliq osti qavati, muskul parda va seroz parda farq qilinadi. Shilliq parda epiteliy, xususiy plastinka va muskul plastinkadan iborat. Shilliq pardada juda ko‘p miqdorda vorsinkalar va kriptalar bo‘ladi. Vorsinkalar shilliq pardaning xususiy plastinkasidan xosil bo‘lgan bo‘rtmalaridir. Ularning shakli va uzunligi ingichka ichakning qaysi bo‘limida uchrashishiga bog‘liq. Un ikki barmoq ichakda vorsinkalar kalta va keng, och ichakda uzun, ingichka va juda zich joylashgan, yonbosh ichakda ularni soni va uzunligi kamayadi. Xar bitta vorsinka yuzasi bir qavatli tsilindrsimon epiteliy bilan qoplangan. Epiteliy tarkibida 3 xil xujayralar: jiyakli, qadaxsimon va enteroendokrin xujayralar farq qilinadi. Jiyakli xujayralar miqdori ko‘p bo‘lib, ularning apikal yuzasida 1500-300 mikrovorsinkalar xosil bo‘ladi. Bunday tuzilishga ega bo‘lgan xujayralar ichakda juda katta surish yuzasini xosil qiladi. Mikrovorsinkalar nafaqat surish jarayonida ishtirok etadi, bular satxida ko‘p miqdorda parchalanishda ishtirok etuvchi aktiv fermentlar, ayniqsa fosfataza va lipaza aniqlanadi. Vorsinka markazidan keng limfatik kapillyar o‘tadi. Uning uchi berk bo‘lib, vorsinka uchidan boshlanadi. Parchalangan yog‘ maxsulotlari limfatik kapillyarga o‘tadi va limfa tarkibida shilliq pardada joylashgan limfatik turga qarab oqadi. Xar bir vorsinkaga shilliq osti pardadan 1-2 arteriola kiradi va vorsinka stromasida limfa kapillyari atrofida qon kapillyarlarga tarmoqlanib ketadi. Qonga oddiy kandlar va parchalangan oqsillar o‘tadi. Kapillyarlardan qon vorsinka uki bo‘ylab joylashgan venulalarga yigiladi. Vorsinkalar oraligiga ichak kriptalarining Og‘izchalari ochiladi.
Ichak kriptalari shilliq pardaning xususiy qavatida joylashgan epiteliyning naysimon chuqurchalaridir. Ichakning 1mm2 satxida 80-100 gacha kriptalar uchraydi. Kriptalar devori 5 xil epitelial xujayralardan tashkil topgan. Undan birinchi 3 xili xuddi vorsinkalarda uchraydigan xujayralardir. Qolgan ikki xili esa kriptalarni tubida uchraydi. Bu Panet xujayralari va jiyaksiz enterotsitlardir. Panet xujayralari lizotsim moddasini va dipeptidlarni parchalaydigan erepsin fermentini ishlab chiqadi. Enterotsitlar - mayda, tsilindrsimon shaklga ega, Panet xujayralari orasida joylashgan, aktiv ravishda mitotik bo‘linadi, vorsinka va kriptalar epiteliysini tiklanishini ta‘minlaydi.
Shilliq pardaning xususiy plastinkasida biriktiruvchi to‘qima orasida ko‘p miqdorda yakka- yakka yotgan limfoid tugunchalarni uchratish mumkin.
Muskul pardasining asosiy vazifasi ichak ichidagi ximusni aralashtirish va yo‘g‘on ichak tomon surishdan iborat. Muskulaturani qisqarishi natijasida ikki xil xarakat vujudga keladi: mayatniksimon va peristalьtik qisqarish. Mayatniksimon qisqarish buylama va tsirkulyar (aylanma) qavatlarni ritmik ravishda qisqarishi natijasida vujudga keladi. Peristalьtik qisqarish muskul pardaning ikkala qavatining xarakati natijasida sodir bo‘ladi. Peristalьtik qisqarish ketma-ket ichakning boshidan oxirigacha tarqaladi.
3. Yonbosh ichak och ichakning davomi bo‘lib, qorin bo‘shlig‘ining kindik soxasida joylashadi va un yonbosh chuqurchasida yo‘g‘on ichakka davom etadi. Tuzilishi ingichka ichakning yuqorida ko‘rsatilgan bo‘limlariga o‘xshash.
Yo‘g‘on ichak ingichka ichakning davomi bo‘lib, quyidagi bo‘limlardan iborat:
1. Kur ichak - (chuvalchangsimon o‘simta bilan) 2 Yuqoriga ko‘tariluvchi chambar ichak
Ko‘ndalang chambar ichak
Pastga tushuvchi chambar ichak
Sigmasimon ichak.
To‘g‘ri ichak.
Yo‘g‘on ichak ingichka ichakdan bir qancha belgilari jixatdan farqlanadi:
yo‘g‘on ichakning diametri ingichka ichak diametriga nisbatan ancha katta bo‘ladi.
buylama joylashgan muskul tolalari uchta lentasimon tasmalarni xosil qilib, bu tasmalarning uzo‘ngligi yo‘g‘on ichak uzunligiga nisbatan kaltaroq bo‘ladi. SHu sababli, yo‘g‘on ichak devorida burmalar , gaustralar xosil bo‘ladi.
v) yo‘g‘on ichakda qorin pardadan xosil bo‘lgan yog‘ o‘simtalari ko‘p miqdorda uchraydi.
yo‘g‘on ichakning shilliq pardasida svorsinkalar bo‘lmaydi, faqat kriptalar va burmalar xosil bo‘ladi. Burmalar yarim oysimon shaklda bo‘lib, gaustralar orasida joylashgan. Kriptalarni soni va xajmi ingichka ichakka nisbatan ancha yuqori bo‘ladi.
Shilliq parda bir qavatli tsilindrsimon epiteliy bilan qoplangan. Uni tarkibida jiyakli enterotsitlar, jiyaksiz enterotsitlar va qadaxsimon xujayralar uchraydi. Shilliq osti qatlamida limfatik follikular joylashgan. Limfoid follikulalar immun tizimining periferik a‘zolariga kiradi, uni tarkibini asosan V-limfotsitlar tashkil qiladi. Bu strukturalar organizmda ximoya vazifasini bajaradi. Muskul parda ikkita qatlam bo‘lib joylashgan silliq muskul to‘qimasidan iborat. Yo‘g‘on ichakning devorini tashqaridan o‘rovchi seroz qavat xamma qismini bir xilda uramaydi.Kur ichak, chuvalchangsimon o‘simta, ko‘ndalang chambar ichak, sigmasimon ichak intraperitoneal joylashgan bo‘lib, qorin pardasi bilan xar tomonidan o‘ralgan. Ko‘tariluvchi chambar ichak, tushuvchi chambar ichak qorin pardasi bilan old va yonlardan qoplangan va qorin pardasiga nisbatan o‘rta xolatni egalaydilar. SHu sababli mezoperitoneal a‘zolarga kiradi. To‘g‘ri ichakni yuqori qismi intraperitoneal, o‘rta qismi - mezoperitoneal, pastki qismi qorin pardasi bilan umuman qoplanmagan, qorin pardasidan tashqarida joylashgan., demak ekstraperitoneal a‘zo xisoblanadi.
Yo‘g‘on ichak bir qancha funktsiyalarni bajaradi. Yo‘g‘on ichakda asosan suv so‘riladi va axlat massasi shakllanadi. Yo‘g‘on ichakda qadaxsimon xujayralar tomonidan ko‘p miqdorda shilliq ishlanadi. Shilliq modda xazm bo‘lmagan moddalarni bir-biriga yopishtiradi va xazm massasini surishga yordam beradi. Yo‘g‘on ichak devorida ma‘lum xildagi bakteriyalar yashab, ularning faoliyati natijasida vitamin K va vitamin V kompleksi sintezlanadi, xazm bo‘lmagan kletchatkani xazm bo‘lish jarayoni davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |