Kul panja suyaklarining bo‘limiga karab, preparatda suyaklarni joylashishini va nomlarini bilish lozim. Kaft usti suyaklarga 8-ta suyak kiradi. Ular to‘rtadan proksimal va distal katorlarni xosil qiladilar.
Proksimal katorda katta barmoqdan xisoblanganda kuyidagi navbatda suyaklar joylashgan: qayiqsimon suyak, yarimoysimon suyak, uch qirrali suyak, nuxatsimon suyak. Distal katori - trapetsiya suyagi, trapetsiyasimon suyagi, boshchali suyak va ilmokli suyaklardan tashkil topgan.
Kaft qismi 5 ta naysimon suyaklardan tashkil topgan. Birinchi kaft suyagi kalta va keng bo‘ladi. Xar bitta kaft suyagi boshcha, tana va asos qismlardan iborat. Kaft suyaklarining asoslari kaft oldi suyaklari bilan bo`g`imlar yordamida birikadi. Kaft suyaklarining boshchalari maxsus bo`g`im yuzalari orqali proksimal barmoq falangalari bilan birikadi.
Xar bitta barmoq 3ta falangadan iborat. Fakat birinchi barmoq ikkita - proksimal va distal falangadan iborat, o‘rta falangasi bo‘lmaydi. Kolgan barmoqlar esa proksimal, o‘rta va distal falangalardan iborat. Xar bitta falanga kalta naysimon suyaklar guruxiga kirib, asos, tana va boshcha qismlaridan tashkil topgan. Boshcha falanganing distal uchida, asosi esa proksimal uchida joylashgan.
Panjada ba‘zan qo`shimcha sessasimon suyaklar xosil bulishi mumkin. Kupincha bunday suyaklar sportchilarda xosil bo‘ladi. Masalan, gimnastlar panjalarida rentgenogrammalarda sessasimon suyaklar aniq ko`rinadi. Bu suyaklarga birikkan muskullarning yelka kuchi ancha ortadi.
OYOQ SKELETI
Oyoqlar skeleti oyoq kamariga va erkin oyoq suyaklariga bo`linadi. Oyoq kamari ikkita chanoq yoki tos suyaklaridan tashkil topgan. Tos suyaklari dumgaza va dum suyaklari bilan paylar va bo`g`imlar yordamida birikib yaxlit suyak xalqasini xosil qiladi.
Erkin oyoq suyaklari 3 qismdan: son, boldir va oyoq panjasidan tuzilgan. Oyoq panjasi panja oldi, panja va barmoq suyaklariga bo`linadi.
Oyoq kamarining suyaklari.
Oyoq kamari ikkita chanoq yoki tos suyagidan iborat Xar bitta chanoq suyagi uz navbatida yonbosh, quymich va kov suyaklarining birlashidan xosil bo‘ladi. Bu uchta suyak tanalari kushilgan joyida quymich kosasi xosil bo‘ladi. Unga son suyagining boshi birikadi va tos-son bo`g`imi xosil bo‘ladi. Quymich bilan kov suyaklarning shoxlari o‘zaro qo`shilib yopiluvchi teshikni xosil qiladi. Teshik biriktiruvchi tukimali membrana bilan tusilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |