Sememaning takrorlanuvchanligi va nutqiy ma’noning betakrorligi. Semema o‘zining barcha nutqiy ko‘rinishi uchun asos bo‘lib, har bir qo‘llanishida, uning juz’iylashgan va matn, nutq sharoiti, so‘zlovchining maqsadiga bo‘ysungan holati kuzatiladi. o‘qimoq leksemasining zikr etilgan sememasidagi «harflarni urishtirib ma’nosini tushunishga intilish» boshqa nolug‘aviy vositalar tajallilari bilan «to‘yingan» holda takrorlanaveradi. Biroq uning nutqiy ko‘rinishi har bir qo‘llanishda o‘ziga xos. Chunki nutqiy ma’no ma’lum qo‘llanishda boshqa morfologik, sintaktik va uslubiy vosita bilan yaxlitlik kasb etib, aniq makon va zamonda namoyon bo‘ladi, bu yaxlitlik aynan shu nolug‘aviy vosita bilan butunlikda boshqa o‘rindagi qo‘llanishda hech bo‘lmaganda makon va zamon bilan farqlanishi uning betakrorligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |