O‘zbeкiston respubliкasi


Sememaning ijtimoiyligi va nutqiy ma’noning individualligi



Download 0,83 Mb.
bet80/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

Sememaning ijtimoiyligi va nutqiy ma’noning individualligi. Semema ijtimoiy shartlangan bo‘lib, u til jamiyati a’zolarining «umum-mehnati» mahsuli va shu til jamiyati a’zolari uchun birday umumiy. Nutqiy ma’no esa har bir so‘zlovchi uchun o‘ziga xos individual.
Sememaning grammatik ma’no sifatida voqelanishi. Ayrim leksemaning nomustaqil so‘z sifatida voqelanishida sememaning o‘z muayyanligini kuchsizlantirishini, grammatik ma’no sifatida voqelanishini ko‘rish mumkin. Quyida qaramoq leksemasining ikki ma’nosini qiyoslashga harakat qilamiz. 1. Hamdam dadasiga qaragancha uzoq tikilib qoldi (A.Qah.). 2. Menga qara, xotin, – dedi Hoji jiddiy tusda. O‘zbek oyim qaradi (A.Qod.). 3. Bu juvon menga qarab kelar edi. (G‘.G‘ul.). 4. Dehqonlar to‘dasi qishloqqa qarab yurdi (S.Ahm.). 5. Yashirin xabarlarga va ba’zi alomatlarga qaraganda, Badiuzzamon Astrobodda isyon ko‘tarish fikrlari bilan ovora bo‘layotgani haqida gapirdi (Oyb.).
1-, 2-gaplarda qaramoq leksemasining «ko‘rish uchun ko‘zni biror tomonga, narsa yoki kimsaga yo‘naltirmoq» sememasining nutqiy lug‘aviy ma’no sifatidagi voqelanishi kuzatiladi. Bu semema keyingi gaplarda o‘zining «ko‘rish uchun» semasini 0 (nol) darajagacha kuchsizlantiradi va qolgan semalar ma’lum darajada susayib, «harakat yo‘nalgan tomon»: (4-gap)» «ayirib ko‘rsatmoq», «ta’kidlash», shuningdek, «qiyoslash», «solishtirish» ma’nolarini bildiradi. qaramoq leksemasi ko‘rmoq leksemasi bilan ma’nodosh bo‘lganligi bois, ular sememalarining grammatik ma’noga aylangan ko‘rinishlarida ham mazkur ma’nodoshlik ma’lum darajada saqlangan bo‘ladi. Qiyoslang: «Olmaga qaraganda nok shirin – olmadan ko‘ra nok shirin». Кo‘rinadiki, qaramoq leksemasi ko‘makchi vazifasida qo‘llanganda uning sememasi tarkibidagi «yo‘naltirmoq» semasi lisoniy va nutqiy hodisani bog‘lash vazifasini o‘taydi. Boshqacha aytganda, qaramoq ko‘makchisining qaramoq leksemasi hosilasi ekanligiga ishora qilib turadi.
Mustaqil leksemaning nomustaqil so‘z sifatida qo‘llanishlarida nutqiy ma’noning o‘zi mansub semalar bilan bog‘lanishlari kuchli yoki kuchsiz bo‘lishi mumkin. Bu, ayniqsa, ko‘makchi fe’l vazifasida kelgan leksemada yaqqol ko‘zga tashlanadi. Qiyoslang: 1. Elmurod dunyo xabarlaridan o‘qib bera boshladi (P.Turs.) 2. May oyining hayotbaxsh quyoshi o‘zining erkalovchi, zarrin nurlarini alanga sochib yotibdi (X.Ziyo.). 3. Siz o‘qishga ketayotganingizda daraxtlarga o‘zim qarab tursam (Sh.Rash.). 4. To‘y qiziganda yana bir baloni boshlab yurma, – deb To‘lagan mo‘ylov Qo‘chqorga qo‘l cho‘zdi. 5. Hali u yerda, hali bu yerda yangi tug‘ilayotgan qo‘zilar cho‘ponlarni shoshirib qoygan, ularda tinim yo‘q (Ch.Ayt.). 6. Sen mendan har qancha xafa bo‘lsang ham, ko‘nglimga tugib qo‘yganimni endi aytib solmasam, iloji yo‘q (A.Qah.). Кo‘rinib turibdiki, ayrim qo‘llanishlarda (1-, 2-, 3-, 4) so‘zning grammatik ma’nosi leksemaning sememasi bilan semantik bog‘lanishga ega. Ba’zilarida esa (5-, 6-) ko‘makchi fe’l (qo‘ygan, solmasam) o‘z grammatik ma’nosidan qariyb uzilgan. Asos leksema sememasining grammatik ma’noda qoldirgan «iz»i sezilarsiz darajada.
Sememaning nutqiy grammatik ma’no sifatida yuzaga chiqishdagi grammatikalizatsiyalashuvi hodisasini o‘rganish fanimiz oldida turgan vazifalaridan hisoblanadi.
Demak, sememaning nutqiy voqelanishi deganda uning nafaqat nutqiy lug‘aviy ma’no, balki nutqiy grammatik ma’no sifatida voqelanishi ham nazarda tutilishi lozim.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish