O‘zbeкiston respubliкasi


-§. Hosila sememaning vujudga kelish yo‘llari



Download 0,83 Mb.
bet82/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

31-§. Hosila sememaning vujudga kelish yo‘llari. Hosila ma’no bir necha yo‘l bilan vujudga keladi: metafora, metonimiya, sinekdoxa va vazifadoshlik kabi. Hosila ma’nolar to‘g‘ri, bosh ma’no asosida paydo bo‘ladi.
Metafora (gr. metaphora – ko‘chirish) nutq mexanizmi, biror leksema denotatining tashqi, zohiriy o‘xshashligi asosida boshqa ma’noni ifodalash uchun ishlatilishi.
Metaforik ma’no hosil bo‘lishi uchun quyidagidan biri sabab bo‘ladi:
1) bir so‘z boshqa so‘zga nisbatan so‘zlovchining ifoda maqsadiga ko‘proq mos va muvofiq bo‘ladi va shuning uchun birinchisi o‘rnida ikkinchisi qo‘llaniladi;
2) biror denotatning ifodalovchisi bo‘lmaydi va ma’lum bir so‘z boshqa denotatni ham ifodalash uchun qo‘llanadi.
Demak, birinchi holda ko‘chirilayotgan so‘z denotatning ikkinchi atamasi bo‘lsa, ikkinchi holda birinchi atamasidir. Masalan, quyi so‘zi anglatadigan ma’noni etak so‘zi qulayroq va to‘laroq ifodalaganligi bois tog‘ning quyi tomoniga nisbatan etak so‘zi ishlatilgan. O‘zbek tilida dengizdagi o‘ziga xos jo‘g‘rofiy o‘rinning nomi bo‘lmaganligi bois qo‘ltiq so‘zi unga nisbatan ham qo‘llanadi.
Metafora hodisasi asosan, ot turkumi doirasida, qisman fe’lda uchraydi: Qush uchdi. Samolyot uchdi qurilmalarining ikkinchisida uchmoq fe’li ifodalagan harakat qushning havodagi qanotlarini silkitib qilgan parvoziga o‘xshaydi. Shu boisdan uchmoq fe’li ifodalagan keyingi ma’no metaforik ma’no.
Metafora hosila ma’no hosil qilishning keng tarqalgan usuli sifatida badiiy uslubning, nutqning eng muhim vositasidan hisoblanadi.
Metaforik hosila ma’no nutqda juda ko‘p uchraydi. Ammo ularning lisoniylashgani – sememaga aylangani nisbatan kam. Qanot (samolyot), uchmoq, og‘iz (qop) kabi leksemalarning ushbu hosila ma’nosi metaforik semema.
Metaforik yo‘l bilan hosil bo‘lgan semema davrlar o‘tishi bilan o‘ziga xos atash semalari kasb etishi natijasida bosh sememasidan uzoqlashib, mustaqil holga kelishi, omonimik tabiatga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, adabiyotshunoslik termini sifatidagi fojia umumiste’mol qo‘llanishdagi fojia so‘zidan ma’noviy jihatdan uzilib, ularning nomemalari omonimik munosabatga ega bo‘lgan. Shuningdek, jo‘g‘rofiy termin bo‘lgan qo‘ltiq umumiste’moldagi qo‘ltiq leksemasining omonimiga aylangan.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish