O‘zbeкiston respubliкasi



Download 0,83 Mb.
bet84/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

Metonimiya (grekcha: metonymia – “qayta nomlash”) ifodalan-mishlarining o‘zaro bog‘liqligi, aloqadorligi asosida bir ifodalovchining boshqa ifodalovchi uchun ishlatilishi.
Metonimiya ham yangi ma’no hosil qilish jarayoni va bu jarayon natijasining barqarorligiga ko‘ra lison va nutqqa daxldor hodisa. Boshqacha aytganda, metonimik hosila ma’no sof nutqiy yoki lisoniy(lashgan) bo‘lishi mumkin.
Metonimik ma’nolarning asosiy ko‘rinishlariga misol keltiramiz:
1) bir narsa predmetning nomi bilan shu predmetdagi boshqa bir narsa ataladi:
a) stakan – 1-ichimliklar uchun ishlatiladigan silindr ko‘rinishdagi shisha idish; 2-bir stakan hajmiga teng suyuqlik miqdori (bir stakan suv);
b) dasturxon – 1-o‘rtaga yozilib ustiga oziq-ovqat qo‘yiladigan mato materialli ro‘zg‘or buyumi; 2-yeyish uchun o‘rtaga qo‘yilgan oziq-ovqat.
2) materialning nomi shu materialdan yasalgan mahsulotga o‘tadi:
a) kumush – 1-oq-ko‘kish rangli yaltiroq tusli asl metall; 2-kumushdan zarb qilingan pul, tanga;
b) qog‘oz 1-yozish, chizish, kitob, gazeta, jurnal boshqa hamda boshqa shunga o‘xshash maqsadda ishlatiladigan yog‘och, eski latta-putta va shular kabidan tayyorlangan yupqa material;2-varaq, bet.
3) joy nomi bilan shu joyda yashovchi kishilar ataladi:
a) qishloq – 1-aholisi ko‘proq qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi aholi punkti; qishloq – 2-qishloqda yashovchi kishilar (Qishloq nima deydi?).

  1. harakat ifodalovchisi bilan uning natijasi yoki unga aloqador bo‘lgan jarayon nomlanadi:

to‘y – 1-yeb-ichish natijasida nafsni qondirmoq; 2-bazm-tomosha bilan ziyofat berib o‘tkaziladigan marosim.
4) predmetning nomi bilan shu predmet hosilasi ataladi:
a) til – 1-og‘iz bo‘shlig‘ida harakatlanuvchi nutq a’zosi; 2-shu nutq a’zosi harakati natijasida hosil bo‘lgan nutq;
b) Navoiy – 1 o‘zbek mutafakkir shoiri; 2-Alisher Navoiy asari.
Кo‘rinadiki, metonimik hosila ma’noning ayrimi sof lisoniy mohiyat kasb etgan bo‘lsa, ayrimi nutqiy sathdagina mavjud. Masalan, Navoiyni o‘qidim gapidagi Navoiy so‘zi ellipsis natijasida tushib qolgan asar so‘zining ma’nosini ifodalamoqda va u sof nutqiy xarakterga ega. Ammo keltirilgan dasturxon 2, to‘y 2, qog‘oz 2, kumush 2 ma’nolari lisoniylashgan, sememaga aylangan metonimik ma’no.
Metonimik hosila ma’noning vujudga kelishi, asosan, lisoniy bog‘lanish emas, balki obyektiv borliq hodisalari orasidagi nolisoniy aloqadorlik bilan bog‘langan.
Vazifadoshlik – semema vujudga kelishining asosiy yo‘llaridan biri. Vazifadoshlik asosida semema vujudga kelishi ham, metaforada bo‘lgani kabi, o‘xshashlikka asoslanadi. Biroq metaforada tashqi ko‘rinishdagi o‘xshashlikka asoslanilsa, vazifadoshlikda bajariladigan vazifaning o‘xshashligi asosida yangi ma’no vujudga keladi. Masalan, dastlab kamonning paykoni o‘q deb atalgan. Miltiq kashf etilgach, uning porox to‘ldirilgan pistonli gilzasi ham paykonniki kabi vazifa (ya’ni o‘ldirish)ni bajarganligi bois o‘q deb ataladi. Rus tilidagi pero (pat) so‘zining bugungi ma’nosi ham shunday ma’noviy taraqqiyotga ega. Ma’lum bo‘ladiki, vazifadoshlik asosida vujudga kelgan hosila ma’no nafaqat mustaqil semema darajasiga etadi, balki o‘ziga asos bo‘lgan bosh, asosiy sememadan ham ko‘ra faollashib, qo‘llanish doirasi kengayib ketadi. Masalan, ilgari ko‘mir so‘zi «ko‘mib yondirish yo‘li bilan o‘tindan tayyorlangan yoqilg‘i» sememasiga ega edi. Bugungi kunda bu semema tarixiylashib, u «yer qatlamida tabiiy yo‘l bilan hosil bo‘lgan qattiq va qora rangli yoqilg‘i» hosila sememasi bilan nutqimizda yashaydi.
Ma’lum bo‘ladiki, leksema semantikasidagi lisoniy o‘zgarish quyidagi natijalarga olib keladi:

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish