3. Leksema semantik imkoniyatining torayishi. Leksema sememasining biror tomondan ixtisoslashuvi boshqa sememaning butkul so‘nishiga olib keladi. Masalan, keng qamrovli tushunchani ifodalovchi so‘zlarning qamrovi torayib ketadi. Bu, ayniqsa, turdosh otning atoqli otga aylanishida, so‘zning terminologik mohiyat kasb etishida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
32-§. Leksik-semantik munosabatlar. Leksik birliklar lisonda turli semantik munosabat asosida har xil paradigma hosil qilgan holda mavjud bo‘ladi. Sinonimik, antonimik, graduonimik, partonimik, giponimik munosabat ana shunday lisoniy munosabatlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |