Sememaning barqarorligi va nutqiy ma’noning o‘tkinchi (vaqtincha)ligi. Semema va nutqiy ma’no munosabatining yuqoridagi tavsifidan ularning barqarorlik – beqarorlik belgisi kelib chiqadi. Semema barqaror va o‘zgarmas, uning ko‘rinishi bo‘lgan nutqiy ma’no o‘zgaruvchan va o‘tkinchi.
Sememaning cheklanganligi va nutqiy ma’noning cheksizligi. Monosemantik leksemaning bir va polisemantik leksemaning bir nechta (bu ham sanoqli) sememasi bo‘lib, u nutqiy voqelanganda cheksizlik kasb etadi. Har bir qo‘llanishdagi nutqiy ma’no o‘ziga xos va qaytarilmas alohidalikdir.
Nutqiy ma’no qanchalik cheksizlik kasb etmasin, uning asosidagi semema bittaligicha qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |