O‘zbeкiston respubliкasi


Semaning darajasiga ko‘ra turi



Download 0,83 Mb.
bet75/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

Semaning darajasiga ko‘ra turi. Sema darajasiga ko‘ra birlashtiruvchi (integral) va farqlovchi (differensial) semaga ajratiladi. Birlashtiruvchi sema birdan ortiq leksemadagi o‘xshash, bir xil semadir. Farqlovchi sema esa o‘xshash, ma’noviy yaqin leksemalardagi farqlanuvchi semalardir. Masalan, ota, ona, aka, opa, uka, singil leksemasidagi «qarindosh», «qon-qarindosh», «bevosita» semasi integral sema bo‘lsa, «mendan katta» semasi ota, ona, aka, opa leksemalarini o‘zaro birlashtiruvchi, ammo uka, singil leksemalaridan farqlovchi semalardir. «mendan kichik» semasi uka va singil leksemasini o‘zaro birlashtiruvchi, biroq oldingi leksemadan farqlovchi sema. Кo‘rinadiki, bir sema leksemani bir vaqtning o‘zida nima bilandir birlashtiruvchi, nima bilandir farqlovchi qarama-qarshi tabiatli mohiyatga ega. Birlashtiruvchi sema sistema hosil qiluvchanlik, sistemaga asos bo‘luvchi, farqlovchi sema esa sistemada tug‘iluvchi, paydo bo‘luvchanlik xossasiga ega.
Semema semasini tartiblashda qator umumiy, birlashtiruvchi semadan boshlanib, xususiy, farqlovchi semaga qarab boradi. Masalan, ota leksemasining sememasi tarkibi quyidagicha beriladi:
1) «shaxs»;
2) «qarindosh»;
3) «qon-qarindosh»;
4) «bevosita»;
5) «1-avlod»;
6) «men»dan katta»;
7) «erkak»;
8) «umumuslubiy».
Chunki predmet shaxs va shaxs emasga, shaxs qarindosh va qarindosh emasga, qarindosh qon-qarindosh va nikoh qarindoshga, qon-qarindosh bevosita yoki bilvositaga, bevosita 1-avlodga yoki 2-avlodga, 1-avlod mendan kattaga yoki mendan kichikka, mendan katta erkak yoki ayolga bo‘linadi.
Sememeni semaga ajratish tilshunoslikda komponent yoki uzvli tahlil yoxud semik tahlil deb yuritiladi. Sememani semaga ajratish moddani atomga ajratishga, boshqacha aytganda, sema kimyoviy unsurga o‘xshaydi. Borliqda kimyoviy element turi sanoqli bo‘lganligi va ularning har xil kombinatsiyasidan behad ko‘p modda hosil qilinganligi kabi, cheklangan miqdordagi semaning turli xil kombinatsiyasidan ham ko‘plab semema vujudga keladi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish