O‘zbeкiston respubliкasi



Download 0,83 Mb.
bet74/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

Ifoda semasi deganda semema tarkibida turli qo‘shimcha ma’no (uslubiy bo‘yoq, shaxsiy munosabat, qo‘llanish doirasi va davri)ni atovchi sema tushuniladi. Atash semasi kabi ifoda semasi ham leksema sememani farqlash quvvatiga ega bo‘lgan sema bo‘lib, ular ham leksik paradigmada aniqlanadi. Masalan, yuz va bet leksemasining ifoda semasi o‘zaro qiyosda ochiladi:
yuz – inson boshi old tomonining peshonadan iyakkacha bo‘lgan qismining uslubiy betaraf ifodasi.
bet – inson boshi old tomonining peshonadan iyakkacha bo‘lgan qismining so‘zlashuv uslubiga xos ifodasi.
Bu sememalardagi «uslubiy betaraf» (yuz leksemasidagi) va «so‘zlashuv uslubiga xos» (bet leksemasidagi) semalari uslubiy bo‘yoqni ko‘rsatuvchi ifoda semasidir.
Turq leksemasidagi «salbiy», jamol leksemasidagi «ijobiy» semasi shaxsiy munosabatni ko‘rsatuvchi ifoda semasi bo‘lsa, aeroplan leksemasidagi «arxaik», kompyuter leksemasidagi «neologizm», xarseb leksemasidagi «shevaga xos» semasi qo‘llanish davri va doirasini ko‘rsatuvchi ifoda semasi.
Ifoda semasi ham muhim yoki muhim bo‘lmagan turga ajratiladi. Shu boisdan farqlovchi, muhim ifoda semalari ingerent konnotativ sema va muhim bo‘lmagan ifoda semalari adgerent konnotativ sema deyiladi.
Vazifa semasi leksemaning birikuv-biriktiruv (valentlik) imkoniyatini, lisoniy qolipda qanday o‘rinni egallashini bildiruvchi semadir. Masalan, kitob, daftar, maktab, bormoq kabi leksemalarning valentlik imkoniyati o‘ta keng va shu boisdan gapda turli gap bo‘laklari vazifasida keladi. Qat’iy, keskin, moviy, qizg‘ish leksemalarining vazifa semasi tor va shu boisdan aniq. Ular ayrim so‘zlar bilan birika oladi, xolos.
Semema semalari o‘zaro dialektik munosabatda va teskari mutanosiblikka ega. Sememani uchburchakka qiyoslasak, har bir turga mansub sema uning bir burchagini tashkil qiladi. Uchburchakda bir burchakning kattalashishi boshqalarining kichrayishi hisobiga yuz berganligi kabi sememadagi bir semaning kuchayishi boshqa semaning kuchsizlanishi evaziga sodir bo‘ladi. Masalan, mustaqil leksemada atash semasi kuchaysa, ifoda semasi kuchsizlashadi. Ifoda semasi kuchaysa, atash semasi kuchsizlanadi. Masalan, ko‘chma ma’noli leksemada atash semasi kuchsizlanib, ifoda semasi kuchaygan. Leksema nutqda voqelanganda ham uning atash semasi o‘z o‘rnini ma’lum darajada ifoda semasi voqelanishiga bo‘shatib beradi. Masalan, bo‘ri leksemasi odamga nisbatan qo‘llanganda undagi «hayvon», «itsimonlar oilasiga mansub», «yovvoyi» atash semalari kuchsizlanib, «yirtqich», «vahshiy», «qonxo‘r» ifoda semalari kuchaygan holda yuzaga chiqadi.
Mustaqil leksema yordamchi so‘z vazifasida qo‘llanganda undagi atash va ifoda semasi kuchsizlanib, vazifa semasi esa kuchayib voqelanadi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish