O‘zbeкiston respubliкasi



Download 0,83 Mb.
bet73/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

28-§. Sema turlari. Semema tarkibidagi sema bir xil emas. Sema mohiyatiga ko‘ra uch xil bo‘ladi:
1) atash semasi (denotativ sema);
2) ifoda semasi (konnotativ sema);
3) vazifa semasi (funksional sema).
Atash semasi borliq bilan, ifoda semasi so‘zlovchining munosabati bilan, vazifa semasi esa leksemaning lison va nutqdagi roli bilan belgilanadi.
Atash semasi leksemaning borliqdagi harakat-holatlik, narsa-predmetlik, miqdorlik, belgilik xususiyatini atovchi, nomlovchi semadir. Ular borliq, tushuncha va sememani bir-biriga bog‘lab turadi. Masalan, yuqorida keltirilgan kitob leksemasining barcha semasi – atash semasi.
Bir xil yoki o‘xshash tushunchani ifodalaganligi sababli leksemada ko‘p holda atash semasi bir xil bo‘ladi. Masalan, yaxshi, tuzuk, durust, ajoyib yoki yuz, chehra, oraz, turq, aft, bet ma’nodoshlik qatoridagi barcha leksemalarning atash semasi bir xil. Yaxshi, tuzuk, durust, ajoyib leksemalarining atash semalari quyidagilar: 1) «belgi»; 2) «barqaror belgi»; 3) «sifat belgi»; 4) «shaxsiy baho»; 5) «ijobiy»; 6) «ichki-tashqi». Shu bilan birgalikda, bu leksemalarda farqlanuvchi atash semalari ham mavjud bo‘lib, ular tuzuk leksemasida «me’yordan bir pog‘ona pastlik», yaxshi leksemasida «me’yordalik», ajoyib leksemasida «me’yordan bir pog‘ona yuqorilik» semalaridir. Yuz, chehra, oraz, turq, aft, bet leksemalarida esa: 1) «inson boshi old tomoniga xos»; 2) «peshonadan iyakkacha bo‘lgan qism» semasi atash semasi.
Aytilganidek, sememani semaga ajratishda, semaning tabiatini belgilashda leksema paradigmada o‘z korrelyanti bilan tekshirilishi lozim. Aks holda, leksemaning relevant (muhim) va irrelevant (muhim bo‘lmagan) semasini farqlashning imkoni bo‘lmaydi. Masalan, ingliz tilidagi brother leksemasining sememasi «qarindosh», «qon-qarindosh», «bevosita» atash semalariga ega. O‘zbek tilidagi aka leksemasida esa bu sema bilan birgalikda «mendan katta» relevant semasi ham bor. Chunki aka leksemasi shu semasi bilan uka leksemasiga qarama-qarshi turadi. Brother leksemasiga shu sema bilan qarshilanuvchi birlik yo‘q, shu boisdan unda noaniq tabiatli «mendan katta/mendan kichik» semasi mavjud bo‘lib, u noaniq bo‘lganligi sababli irrelevantdir. Rus tilidagi кобыла leksemasida «urg‘ochi» semasi muhim bo‘lib, u o‘zbek tilidagi baytal leksemasining ham, biya leksemasining ham muqobili bo‘la oladi. Biroq baytal va biya zidlanishida «urg‘ochi» semasi emas, «qulunli» (biya leksemasida) va «qulunsiz» (baytal leksemasida) semasi relevant (muhim) dir.
Кo‘rinadiki, leksema sememasi tarkibida atash semalari eng muhim, belgilovchi hisoblanadi va borliq parchasiga muvofiq keladi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish