O‘zbeкiston respubliкasi



Download 0,83 Mb.
bet69/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

Ixtisoslashgan leksema nutqiy yasama so‘z lisoniylashuvining eng quyi darajasi. Ixtisoslashgan leksema yasamaligini yo‘qotmagan, ya’ni o‘zida qolipning shakliy tomoni izini saqlagan, biroq ma’noviy tomondan qolipdan uzilgan, ma’nosini qolipning o‘ng (mazmuniy) tomonidan keltirib chiqarish imkoni bo‘lmagan, toraygan ma’noli leksema. Masalan, ishchi (worker, rabochiy) leksemasi «zavod yoki fabrikada ishlovchi, o‘rta ma’lumotli mutaxassis» ma’nosiga ega bo‘lib, u ot + -chi = otdan anglashilgan narsa ustida ishlovchi kishi qolipi hosilasi. Qolip hosilasi sifatida u qolipning chap tomoni xususiyatini o‘zida mujassamlashtirgan. Chunki ishchi leksemasining shakliy tomoni, ya’ni nomemasida qolipning ot + -chi umumiyligi zarrasi, ko‘rinishi voqelangan. Leksema sememasi esa «shu otdan anglashilgan narsa bilan shug‘ullanuvchi shaxs» mohiyati ko‘rinishiga emas, balki uning toraygan, ma’lum bir ixtisosni anglatuvchi ko‘rinishi holatiga ega bo‘lib qolgan. ishchi leksemasiga qiyosan olinadigan, deylik, kitobchi so‘zida so‘z yasash qolipining shakliy tomonidan ham, ma’noviy tomonidan ham uzilish kuzatilmaydi. Yoki yozuvchi leksemasi va yozuvchi so‘zini qiyoslaylik. Har ikkala hosila ham fe’l + uvchi = shu fe’ldan anglashuvchi harakat bilan shug‘ullanuvchi shaxs qolipi mahsuli. Uni gap tarkibida kuzatamiz: 1. Yozuvchi hayotni teranroq kuzatadi. 2. Insho yozuvchi ijodkorligini namoyon qilishi kerak.
Birinchi gapda yozuvchi leksemasi kasbni anglatib, ixtisoslashgan ma’noga ega. Ikkinchi gapda esa leksema muayyan yozish harakatini bajaruvchi shaxsni ifodalagan. «Adib» ma’nosidagi yozuvchi leksemasi shaklan emas, balki ma’noviy jihatdan qolipdan uzilgan, ixtisoslashgan ma’noli leksema. Ikkinchi hosila esa ham shaklan, ham mazmunan qolipga muvofiq kelganligi bois, nutqiy yasama. Leksema hosil bo‘lishining bu usuldagi boshqa ko‘rinishi sifatida so‘zning atamaviy ma’no kasb etishi (qo‘shish, ayirish, bo‘lish so‘zlar)ni ko‘rsatish mumkin.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish