29-§. Semema va nutqiy ma’no. Sememaning nutqiy lug‘aviy ma’no sifatida voqelanishi. Semema va nutqiy ma’no munosabati, albatta, boshqa lisoniy birlikda bo‘lgani kabi, dialektikaning umumiylik-xususiylik, mohiyat va hodisa, imkoniyat va voqelik, sabab va oqibat, umuman olganda, zot va tajalli dialektikasini o‘zida aks ettiradi. Shuningdek, barcha lisoniy birlik va ularning nutqiy voqelanishida kuzatilgan tayyor – tayyor emas, ijtimoiy – individual, cheklangan – cheksiz, barqaror–beqaror, takror – betakror umumnisbatli belgisi semema va nutqiy ma’no munosabatida o‘ziga xos tarzda tajallilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |