O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana26.01.2020
Hajmi0,79 Mb.
#37122
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
PTE uz-2


175. Poezdlarni tayinlash va bekor qilish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: 

a) ikki va undan ortiq temir yo’llardan o’tuvchi uzoq yo’nalishdagi, mahalliy va shahar 

atrofiga  qatnaydigan  yo’lovchi  poezdlar,  pochta-bagaj  va  yuk-yo’lovchi  poezdlar–shu  temir 

yo’llar ma’muriyati bilan kelishilgan holda DATK boshqaruvi raisi tomonidan. 

DATK  chegarasida  shahar  atrofida  qatnaydigan  poezdlarni  tayinlash  va  bekor  qilish 

DATK boshqaruvi raisi o’rinbosari ruxsati bilan amalga oshiriladi



41 

 

b)  ikki  va  undan  ortiq  temir  yo’llar  chegarasida  qatnaydigan  harbiy,  odam  tashiydigan, 



tezlashtirilgan  yuk va  yuk poezdlarini–MDH davlatlari  temir  yo’l transporti  bo’yicha  Kengashi 

belgilagan tartibda, DATK chegarasida–DATK boshqaruvi raisi tomonidan; 

v)  harakat  grafigida  ko’zda  tutilmagan  tiklash  va  o’t  o’chirish  poezdlari,  qor 

tozalagichlar, vagonsiz lokomotivlar, avtomatrisalar va olib qo’yilmaydigan drezinalar, xo’jalik 

va boshqa poezdlar – YaDM yo’nalish bo’yicha navbatchisi tomonidan. 

Harakat grafigida ko’zda tutilmagan poezdni tayinlash, poezdning harakatlanish tartibini 

ko’rsatgan holda poezd dispetcheri tomonidan e’lon qilinadi. 

176.  Har  bir  poezdga  harakat  grafigi  tomonidan  belgilanadigan  raqam  beriladi.  Bir 

yo’nalishdagi  poezdlarga  juft  raqamlar,  bu  yo’nalishga  qarshi  yo’nalishdagi  poezdlarga  toq 

raqamlar beriladi. 

Raqamdan  tashqari,  har  bir  yuk  poezdiga  uni  tuzish  stansiyasida,  tarqatish 

stansiyasigacha o’zgarmaydigan indeks beriladi. 

Harakat grafigida ko’zda tutilmagan poezdlarga raqamlar ular tayinlanganda beriladi. 



177. Poezdlar quyidagilarga bo’linadi: 

A. Navbatdan tashqari poezdlar – normal harakatni tiklash va yong’inni o’chirish uchun 

tayinlanadigan  tiklash,  o’t  o’chirish  poezdlari,  qor  tozalagichlar,  vagonsiz  lokomotivlar, 

avtomatrisalar, olib qo’yilmaydigan drezinalar. 

B. Navbatdagi – ustivorlik tartibi bo’yicha: 

o’ta tezyurar yo’lovchi poezdlar

tezyurar yo’lovchi poezdlar; 

boshqa nomdagi yo’lovchi poezdlar; 

pochta-bagaj, harbiy, yuk-yo’lovchi, odam tashish tezlashtirilgan yuk poezdlari; 

yuk (o’tib ketuvchi, uchastka, terma, olib chiqib ketuvchi, uzatuvchi), xo’jalik poezdlar 

va vagonsiz lokomotivlar. 

V.  Alohida  talablar  asosida  tayinlanadigan  poezdlar,  ularning  tartibi  tayinlash  vaqtida 

belgilanadi. 

178. Poezdlar harakati mahalliy vaqt mintaqasi  bo’yicha 24 soatli hisobdan kelib chiqib 

amalga oshiriladi. 

Soatlardagi vaqt ko’rsatkichi DATK barcha xududida bir xil bo’lishi kerak. 

Xizmat  xonalarida,  stansiya  yo’l  parklarida,  yo’lovchi  platformalarida  va  yo’lovchilar 

uchun  xonalarda  soatlar  o’rnatilgan  bo’lishi  kerak.  Poezdlar  harakati  va  yo’lovchilarga  xizmat 

ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan shaxslar ish joylarida o’rnatilgan devor va tashqaridagi elektron 

soatlarni o’rnatish, ta’mirlash va asrash signalizatsiya va aloqa Markazi xodimlariga yuklatiladi. 

 

14-bob. Bo’luvchi punktlar 

 

179. Poezdlar harakati, uni bo’luvchi punktlar bilan chegaralash orqali amalga oshiriladi. 

Stansiyalar,  raz’ezdlar, o’zib  o’tish  punktlari va yo’l postlari,  avtoblokirovkaning o’tish 

svetoforlari bo’luvchi punktlar hisoblanadi. Signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida 

qo’llaniladigan  avtomatik  lokomotiv  signalizatsiyasida  blok-uchastkalarning  chegaralari  ham 

bo’luvchi punktdir. 

180. Quyidagilar stansiya chegaralari hisoblanadi: 

bir yo’lli uchastkalarda – kirish svetoforlari; 

ikki  yo’lli  uchastkalarda  har  bir  asosiy  yo’lga  alohida  bir  tarafdan  -  kirish  svetofori, 

ikinchi tarafdan-so’nggi chiqish strelka o’tkazgichdan keyin kamida 50 m masofada o’rnatilgan 

«Stansiya chegarasi» yozuvli signal belgisi. 

Ikki  taraflama  avtoblokirovkalar  bilan  jihozlangan,  shuningdek,  noto’g’ri  yo’ldan 

poezdlarni  qabul  qilish  uchun  kirish  svetoforlari  o’rnatilgan  ikki  yo’lli  uchastkalarda  har  bir 

alohida asosiy yo’l uchun kirish svetoforlari stansiya chegarasi hisoblanadi. 



42 

 

181.  Har  bir  bo’luvchi  punkt,  yordamchi  post  va  yo’lovchi  to’xtash  punkti  nomi  va 

raqamiga  ega  bo’lishi  kerak.  Nom  tashqi  tomondan  yo’lovchilar  binosida,  poezdlar  keladigan 

ikki tarafdan, kerak bo’lsa yo’lovchilar platformasining oxirlarida joylashtirilishi kerak. 

Shahar  atrofida  qatnaydigan  poezdlarning  jadal  qatnovchi  uchastkalarida  joylashgan 

yo’lovchilar  to’xtash  punktida  punkt  nomi,  bundan  tashqari,  yo’lovchi  platforma  bo’ylab  bir 

necha joylarda ko’rsatilishi kerak. 

182.  Temir  yo’llar:  peregonlardagi  asosiy  yo’llar,  stansiya  yo’llari  (chunonchi, 

stansiyalardagi asosiy yo’llar) va maxsus yo’llarga bo’linadi. 

DATK  boshqa  korxona  va  tashkilotlari  tasarrufida  bo’lganlaridan  tashqari,  stansiya 

xududidagi barcha yo’llar stansiya boshlig’ining ixtiyorida bo’ladi. 



183.  Stansiyadagi  har  bir  yo’l,  srelkali  o’tkazgich,  stansiya  markazlashtirish  posti  va 

strelkali post, peregonlarda esa har bir asosiy yo’l nomerga ega bo’lishi kerak. 

Bir  stansiya  hududida  yo’llar,  strelkali  o’tkazgichlar  va  postlarga  bir  xil  nomer  berish 

taqiqlanadi. Alohida parkka ega stansiyalarda bir parkning hududida yo’llarni bir xil nomerlash 

taqiqlanadi. 

Yo’llar va strelkali o’tkazgichlarni nomerlash tartibi DATK tomonidan o‘rnatiladi. 

 

15-bob. Stansiyaning texnikaviy ishini tashkillashtirish 

 

Umumiy talablar 

 

184.  Stansiyaning  texnikaviy  vositalaridan  foydalanish  tartibi  texnikaviy-boshqaruv  akti 

bilan  belgilanib,  ushbu  hujjat  poezdlarning  stansiyaga  beto’siq  qabul  qilinishi,  jo’natilishi  va 

o’tishini, stansiya hududidagi manyovr ishlarining xavfsizligi hamda xavfsizlik texnikasiga rioya 

qilinishini aniqlaydi. 

Texnikaviy-boshqaruv  aktida  belgilangan  tartibga,  DATK  barcha  bo’linmalarining 

xodimlari rioya etishga majbur. 

185.  Stansiyaning  texnikaviy-boshqaruv  akti  stansiya  boshlig’i  tomonidan  DATK 

yo’riqnomasi  asosida  hamda  ushbu  Qoidalar,  O’zbekiston  Respublikasi  temir  yo’llarida 

signallashtirish  bo’yicha  yo’riqnoma  va  O’zbekiston  Respublikasi  temir  yo’llarida  poezdlar 

harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomaga to’liq muvofiq ravishda tuziladi. 

Texnikaviy-boshqaruv akti harakat bo’yicha taftishchi tomonidan tekshiriladi va quyidagi 

mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanadi: 

saralash va yo’lovchi stansiyalari, DATK boshqaruvi raisi belgilagan ro’yxatga kiritilgan 

yuk  va  uchastka  stansiyalari  uchun  –  DATK  tashishlarni  tashkil  qilish  boshqarmasi  boshlig’i 

tomonidan,  bundan  tashqari,  ko’rsatib  o’tilgan  stansiyalar  uchun  lokomotiv  va  vagon  depolari, 

yo’l, signalizatsiya va aloqa, elektr ta’minoti distansiyalari rahbarlari bilan, yo’lovchi stansiyalari 

uchun - «O’ztemiryo’lyo’lovchi» AJ rahbariyati bilan kelishiladi

boshqa  barcha  stansiyalar  uchun  –  DATK  mintaqaviy  temir  yo’l  uzeli  boshlig’i 

tomonidan o’rnatilgan tartib bilan. 

(185  band  ikkinchi  xatboshi  "O'zdavtemiryo'lnazorat"  DI  boshlig'ining  2003  yil  27 

yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 

Texnikaviy-boshqaruv  aktiga stansiyaning sxematik  rejasi hamda mahalliy  sharoitlardan 

kelib chiqib zarur yo’riqnomalar ilova qilinadi. 

Texnikaviy-boshqaruv  aktidan  ko’chirmalar,  stansiya  navbatchisi  uchun  esa,  aktning 

stansiya  boshlig’i  tomonidan  tasdiqlangan  nusxalari  stansiya  navbatchisi,  manyovrlar 

dispetcheri,  park  va  saralash  tepachalari  bo’yicha  navbatchi,  markazlashtirish  ijro  postlari, 

strelka  postlari,  lokomotiv  depo  navbatchisi  va  vagonlar  ko’ruvchilari    xonalarida  mavjud 

bo’lishi shart. Ko’chirmalarda tegishli xodimlar uchun zarur ma’lumotlar bo’lishi lozim. 

Texnikaviy-boshqaruv  aktining  shakli  va  uni  tuzish  bo’yicha  yo’riqnoma  DATK 

tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 

 


43 

 

Strelka o’tkazgichlardan foydalanish 

 

186.  Asosiy  va  qabul  qilish-jo’natish,  shuningdek,  qo’riqlash  strelkalari  normal  holatda 

turishi lozim. 

Strelkalar uchun quyidagi holatlar normal hisoblanadi: 

bir  yo’lli  yo’nalishdagi  stansiyalarning  asosiy  yo’lidagi  kirish  strelkalari  uchun  - 

stansiyaning qarama-qarshi tomonidan turli yo’llarga yo’nalganlik; 

ikki  yo’llik  yo’nalishdagi  stansiyalarning  asosiy  yo’llardagi  kirish  strelkalarda  -  asosiy 

yo’llar muvofiq yo’nalganlik; 

muhofaza  va  tutib  qoluvchi  berk  yo’llarga  olib  boradigan  strelakalardan  mustasno, 

peregon  va  stansiyalarning  asosiy  yo’llaridagi  barcha  strelkalar  uchun  -  asosiy  yo’llarga  mos 

yo’nalganlik; 

muhofaza  va  tutib  qoluvchi  berk  yo’llarga  olib  boradigan  strelkalar  uchun  -  shu  berk 

yo’llarga yo’nalganlik. 

Ikkita  strelkali  o’tkazgichga  strelkali  postning  bir  navbatchisi  xizmat  ko’rsatadigan 

faoliyati  kam,  shuningdek,  xodimlar  ro’yxatida  tashishlarni  tashkil  qilish  boshqarmasi  xodimi 

o’rni  ko’zda  tutilmagan  stansiyalarda,  bir  yo’llik  yo’nalishdagi  kirish  strelkalarning  normal 

holati DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. 



(186  band  uchinchi  xatboshi  "O'zdavtemiryo'lnazorat"  DI  boshlig'ining  2003  yil  27 

yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 

Strelkalarning holati bilan svetoforlarning marshrutlardagi signal ko’rsatmalari orasidagi 

bog’liqlik jadvallarida strelkalarning normal holati "plyus" belgisi bilan ko’rsatiladi. Strelkalari 

markazlashtirilmagan stansiyalar uchun normal holat, bundan tashqari, stansiyaning texnikaviy-

boshqaruv  akti  va  undan  olingan  ko’chirmalarda  ko’rsatiladi.  Zarur  hollarda  signal  va 

marshrutlar bilan bog’lanmagan, stansiyaning tiklash va yong’in o’chirish poezdlar, xavfli yuki 

mavjud vagonlar va shunga o’xshashlar uchun ajratilgan yo’llarga eltuvchi markazlashtirilmagan 

strelkalarning normal holati stansiya boshlig’i tomonidan belgilanadi. 

Belgilangan  normal  holat,  strelkalar  staninalari  va  elektr  markazlashtirish  strelkalari 

privodlarining qoplamalarida belgilanadi. 

Quyidagi holatlarda strelkalar boshqa holatta o’tkazilishi mumkin: 

poezdlarni qabul qilish va jo’natish marshruti tayyorlanganda; 

manyovr ishlarida; 

yo’llarni harakat tarkibi egallab turganda; 

to’siq joylarini to’sish va stansiya yo’llarida ishlar olib borish zaruratida

strelkalarni tozalash, tekshirish va ta’mirlash jarayonida. 

Elektr  markazlashtirish  mavjud  stansiyalarda  strelkalarni  normal  holatga  o’rnatish  shart 

emas, quyidagilar bundan mustasno: 

- muhofaza va tutib qoluvchi berk yo’llarga olib boruvchi strelkalar; 

-  avtomatik  qaytarish  qurilmalari,  bunday  qurilmalar  bo’lmagan  taqdirda  esa  stansiya 

navbatchisi tomonidan normal holatga qaytariladigan tutib qoluvchi strelkalar. 

187.  Peregondagi  strelka  o’tkazgich  yondosh  stansiyalarning  biriga  xatlanadi  yoki 

ayrilish joyida post tashkil etiladi. 

Ushbu  strelka  o’tkazgichlarga  texnikaviy  xizmat  ko’rsatish,  yoritish,  qo’riqlash, 

shuningdek,  strelkalarni  kalitini  saqlash  tartibi  DATK  mintaqaviy  temir  yo’l  uzeli  boshlig’i 

tomonidan o‘rnatiladi. 

(187  band  ikkinchi  xatboshi  "O'zdavtemiryo'lnazorat"  DI  boshlig'ining  2003  yil  27 

yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 

188.  Har  bir  strelka  va  signallarni  boshqarish  posti,  boshqaruvidagi  strelka  va 

signallarning o’tkazilishi  va harakat xavfsizligi  uchun mas’ul faqat bir xodimning, ya’ni: 

stansiyaning markazlashtirish posti - stansiya navbatchisining, ijro posti - markazlashtirish 

posti  operatori,  strelkali  post  -  strelkali  post  navbatchisi,  mexanizatsiyalashtirilgan  va 


44 

 

avtomatlashtirilgan  saralash  tepaligi  markazlashtirish  posti  -  tepacha  navbatchisi  yoki 



operator tassarrufida bo’lishi lozim. 

Stansiyalarda  ikki  postga  strelka  postining  bir  navbatchisi,  alohida  strelka  va  postlarga 

esa  bevosita  stansiya  navbatchisining  xizmat  ko’rsatishi  ruxsat  etiladi.  Bunday  stansiyalarning 

ro’yxati DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. 



(188  band  ikkinchi  xatboshi  "O'zdavtemiryo'lnazorat"  DI  boshlig'ining  2003  yil  27 

yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 

Dispetcherlik markazlashtirish mavjud uchastkalarda joylashgan stansiyalarda signallarni 

boshqarish va o’tkazish uchun poezd dispetcheri mas’ul. 

189. Strelka posti navbatchilarining ishini nazorat qilish uchun stansiyalarda  yo’llarning 

rivojlanganligi,  manyovr  ishlarining  xususiyati  va  hajmiga  bog’liq  ravishda  strelka  postining 

katta navbatchilari tayinlanadi. 

Ro’yxati  DATK  mintaqaviy  temir  yo’l  uzeli  boshlig’i  tomonidan  belgilangan 

stansiyalarda strelka postining katta navbatchilari postga bevosita xizmat ko’rsatish uchun yoki 

bir  paytning  o’zida  postga  xizmat  ko’rsatish  va  strelka  hududida  joylashgan  boshqa  strelka 

navbatchilarining  ishini  nazorat  qilish  uchun  tayinlashinishi  mumkin.  Dispetcherlik 

markazlashtirishning  markaziy  postlariga  va  stansiyalardagi  stansiya  postlariga  poezd 

dispetcherlari  yoki  stansiya  navbatchilaridan  tashqari  markazlashtirish  posti  operatorlari 

tayinlanishi mumkin. 



(189  band  ikkinchi  xatboshi  "O'zdavtemiryo'lnazorat"  DI  boshlig'ining  2003  yil  27 

yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 

190.  Poezdlarni  qabul  qilish  va  jo’natishdan  oldin  bevosita  qabul  qilish  va  jo’natish 

marshruti tarkibiga kirgan, shuningdek, muhofaza strelkalari berkitilishi lozim. 

Poezdlarni  qabul  qilish  va  jo’natish  marshrutini  tayyorlashda  markazlashtirilgan 

strelkalarni o’tkazish stansiya navbatchisi yoki uning ko’rsatmasi bo’yicha markazlashtirish posti 

operatori  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Poezdlarni  qabul  qilish  va  jo’natish  marshrutini 

tayyorlashda  markazlashtirilmagan  strelkalarni  o’tkazish  va  berkitish  strelka  postining 

navbatchisi,  strelka  postining  katta  navbatchisi  yoki  strelkalarga  xizmat  ko’rsatish  paytida 

stansiya navbatchisi tomonidan amalga oshiriladi. 



191.  Poezdlarni  qabul  qilish  va  jo’natish  marshrutlarida  kalitli  bog’liqlik  bilan 

jihozlanmagan markazlashtirilmagan strelkalarning kalitlari stansiyaning navbatchisi yoki strelka 

postining katta navbatchisida, jihozlanganlarida esa – strelka postining ijro postida yoki stansiya 

navbatchisining farmoyishi apparatida saqlanishi lozim. 

Peregonlarda,  shuningdek,  oraliq  stansiyalarning  qabul  qilish-jo’natish  yo’llari 

lokomotivsiz  tarkiblar  yoki  alohida  vagonlar  bilan  band  etilgan  hollarda  kalitli  bog’liqlik  bilan 

jihozlanmagan  berk  strelkalarning  kalitlari  stansiyaning  navbatchisida  saqlanishi  shart.  Boshqa 

turdagi  eng  mas’ul  strelkalarining  (razryadli  yuk  ortilgan  vagonlar,  tiklash  va  o’t  o’chirish 

poezdlari  turishi  uchun  ajratilgan  yo’llarga  yo’naltiruvchi,  asosiy  yo’llar  o’rtasidagi,  tutib 

qoluvchi  berk  yo’llar  strelkalari  va  h.z.)  kalitlarini  saqlash  tartibi  va  ushbu  strelkalar  ro’yxati 

stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi. 

192.  Manyovr  harakatlarida  strelkalarni  o’tkazish  manyovrlarga  rahbarlik  qilayotgan 

shaxsning  farmoyishiga  binoan  signalchilar  yoki  strelka  postining  navbatchilari  tomonidan 

amalga oshiriladi. 

Elektr markazlashtirish mavjud stansiyalardagi manyovr harakatlarida strelkalar stansiya 

navbatchisi  yoki  markazlashtirish  posti  operatori  tomonidan  o’tkaziladi.  Strelkalar  markaziy 

boshqaruvdan  mahalliysiga  berilganda,  shuningdek,  strelka  posti  navbatchilari  xizmat 

ko’rsatmaydigan  markazlashtirilgan  strelkalarda  manyovrlar  amalga  oshirilganda  tuzish  yoki 

lokomotiv  brigadalarining  xodimlari,  konduktorlar,  park  navbatchilari,  stansiya  navbatchilari, 

stansiya  boshlig’i,  yuk  va  bagajni  qabul  qilib-topshiruvchilar,  lokomotiv,  vagon  depolarining 

xodimlari va boshqalarga strelkalarni o’tkazishga ruxsat beriladi. Shunday strelkalarning raqami 

ko’rsatilgan  holda  stansiyalarning,  hamda  manyovrlar  paytida  ushbu  strelkalarni  o’tkazishga 


45 

 

ruxsat  berilgan  xodimlarning  ro’yxati  va  strelkalarni  o’tkazish  tartibi  DATK  mintaqaviy  temir 



yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. 

(192  band  ikkinchi  xatboshii  "O'zdavtemiryo'lnazorat"  DI  boshlig'ining  2003  yil  27 

yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 

Markazlashtirilgan strelkani o’tkazishdan oldin unga xizmat ko’rsatuvchi xodim poezdlar 

harakati  va  manyovr  ishlari  bo’yicha  Yo’riqnomada  belgilangan  tartibga  muvofiq  strelkali 

o’tkazgich harakat tarkibi bilan band etilmaganligiga ishonch hosil qilishi shart. 



193. Strelkali o’tkazgichda ta’mir ishlarini bajarish zarur bo’lganda signalchi yoki strelka 

postining  navbatchisi  (strelka  postining  katta  navbatchisi),  yo’l  distansiyasi  yoki  signalizatsiya 

va  aloqa  distansiyasi  xodimlarini,  faqat  stansiya  navbatchisining  ruxsati  bilan  ta’mir  ishlarini 

bajarishga qo’yishi mumkin. 

Ta’mir ishlari tugagandan so’ng signalchi, strelka postining navbatchisi (strelka postining 

katta  navbatchisi)  strelkali  o’tkazgichning  holati  xavfsiz  harakatni  ta’minlashiga  ishonch  xosil 

qilib, bu xaqda stansiya navbatchisiga xabar qilishlari lozim. 

194.  Stansiya  yo’llaridagi  strelkali  o’tkazgichlar,  jumladan,  boshqa  xo’jalik  va 

tashkilotlar  tasarrufiga  berilgan  yo’llarning  tutashuvidagi  strelkali  o’tkazgichlar  stansiya 

boshlig’ining ixtiyorida bo’ladi. 

Boshqa  xo’jalik  va  tashkilotlar  yo’llaridagi  strelkali  o’tkazgichlar,  tegishli  temir  yo’l 

bo’linma va tashkilotlar boshliqlarining ixtiyorida bo’ladi. 

Stansiya va tegishli bo’linmalar boshliqlari ixtiyorlaridagi strelka o’tkazgichlarning toza 

va soz holda bo’lishini, shuningdek, strelka o’tkazgichlarning tozaligini, soz ishlashini va yaxshi 

yoritilishini ta’minlashlari lozim. 



195.  Texnikaviy  holatini  nazorat  qilish,  tozalash,  moylash,  mahkamlash  va  ayrim 

boltlarni  almashtirish  ishlari:  markazlashtirilmagan  strelkali  o’tkazgichlarda  -  ularga  xizmat 

qiladigan  strelka  postining  navbatchilari;  markazlashtirilgan  strelkali  o’tkazgichlarda  -  yo’l 

distansiyasi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 

Markazlanshtirilgan,  shuningdek,  strelka  posti  navbatchilarining  tasarrufida  bo’lmagan 

markazlashtirilmagan  strelka  o’tkazgichlarning  texnikaviy  holatini  nazorat  qilish,  tozalash, 

moylash, mahkamlash va ayrim boltlarni almashtirish ishlari tartibi DATK mintaqaviy temir yo’l 

uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. 



(195  band  ikkinchi  xatboshi  "O'zdavtemiryo'lnazorat"  DI  boshlig'ining  2003  yil  27 

yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 

 

Manyovrlarni amalga oshirish 

 

196.  Stansiya  yo’llaridagi  manyovrlar  faqat  bir  xodim,  ya’ni  stansiya  navbatchisi, 



manyovrlar  dispetcheri,  saralash  tepaligi  yoki  park  navbatchisi,  dispetcherlik 

markazlashtirish  bilan  jihozlangan  uchastkalarda  esa  -  poezd  dispetcherining 

ko’rsatmasiga  binoan  amalga  oshirilishi  shart.  Manyovrlarni  boshqarish  bo’yicha 

vazifalarning taqsimlanishi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatiladi. 

197.  Manyovr  ishlarida  ko’rsatmalarni  uzatishning  asosiy  vositasi  sifatida  radio  aloqa, 

zarur hollarda esa ikki tomonlama park aloqasi qurilmalari ishlatilishi lozim. 

Manyovr ishlarida qo’l signal asboblari bilan signal berishga ruxsat etiladi. 

198. Manyovrlarni amalga oshirayotgan lokomotiv mashinistiga, manyovrlar rahbarining 

ko’rsatmasini  shaxsan,  radio  aloqa,  ikki  tomonlama  park  aloqasi  qurilmalari  orqali  yoki  qo’l 

signal  asboblari  bilan  berilgan  signalini  qabul  qilmasdan  turib,  lokomotivni  harakatga  keltirish 

taqiqlanadi.  Manyovrlar  rahbarining  ko’rsatmasi  yoki  signalidan  tashqari,  markazlashtirilgan 

manyovr  marshrutlarining  strelkalariga  chiqish  oldidan  mashinist  manyovr  svetoforining  ruxsat 

ko’rsatmasi mavjudligiga ishonch hosil qilishi, markazlashtirilmagan strelkalarga chiqish oldidan 

strelka  posti  navbatchisidan  strelkalarning  manyovr  harakatlarga  tayyorligi  to’g’risida  signal 

yoki axborot (shaxsan, radio aloqa, ikki tomonlama park aloqasi qurilmalari) orqali qabul qilishi 

lozim. Manyovr svetoforlari mavjud bo’lmagan hollarda, markazlashtirilgan strelkalarga chiqish 


46 

 

oldidan,  mashinist  strelkalarning  manyovr  harakatlariga  tayyorligi  to’g’risida  stansiya 



navbatchisidan (shaxsan, radio aloqa, ikki tomonlama park aloqasi qurilmalari  yoki manyovrlar 

rahbari orqali uzatilgan) axborot qabul qilishi lozim. 

Strelka  va  signallar  elektr  markazlashtirilgan  stansiyalarda,  strelkalarni  markaziy 

boshqaruvdan  mahalliysiga  topshirilgan  hollarda,  strelkalarga  ularni  o’tkazish  vazifasi 

yuklatilgan xodimning ko’rsatmasi yoki signaliga binoan chiqishga ruxsat etiladi. 

Manyovr  ishlarida  radio  aloqa  va  ikki  tomonlama  park  aloqasi  qurilmalaridan 

foydalanishning  asosiy  qoidalari  poezdlar  harakati  va  manyovr  ishlari  bo’yicha  Yo’riqnomada 

ko’rsatilgan. 



199. Manyovrlar quyida keltirilgandan ortiq bo’lmagan tezlikda amalga oshiriladi: 

-  60  km/soat  -  bo’sh  yo’llardan  alohida  lokomotivlar  va  ortiga  avtotormozlari  ishga 

tushirilgan va sinalgan vagonlar ulangan lokomotivlar harakatlanganda; 

- 40 km/soat - bo’sh yo’llardan ortiga vagonlar ulangan lokomotivlar harakatlanganda; 

-  25  km/soat  -  bo’sh  yo’llardan  vagonlarni  oldiga  ulab,  shuningdek,  tiklash  va  o’t 

o’chirish poezdlari harakatlanganda

- 15 km/soat - odamlar bilan band bo’lgan, shuningdek, 4-, 5- va 6-darajali yon va pastki 

nogabarit yuklar ortilgan vagonlar harakatlanganda; 

5  km/soat  -  manyovrlar  turtkilar  bilan  amalga  oshirilganda,  tepacha  osti  parkida 

vagonlarning bir ulanmasi ikkinchi ulanmaga yaqinlashganida; 

3 km/soat - lokomotiv (vagonlar bilan yoki yakka) vagonlarga yaqinlashganda. 

Harakat  tarkibining  vagon  tarozisida  harakat  tezligi,  tarozining  tuzilishiga  bog’liq 

ravishda, stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi. 

Saralash  tepachalarida  tepacha  svetoforlarining  turli  signallarida  vagonlarni  tarqatish 

tezligi,  shuningdek,  harakat  tarkibining  xavfsiz  harakati  va  butligini  ta’minlaydigan  shartlar, 

tepachalarning  texnikaviy  jihozlanganligi  va  mahalliy  sharoitlardan  kelib  chiqib,  DATK 

boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 

Yuklar, refrijerator vagonlar va seksiyalarni tashish qoidalariga asosan alohida toifadagi 

yuklar  ortilgan  vagonlar  turtki  bilan  manyovr  qilish  va  saralash  tepachalaridan  tarqatish, 

poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada belgilangan tartibga muvofiq, o’ta 

ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi lozim. 


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish