O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Poezdlarning ketib borish marshrutlariga harakat tarkibining



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana26.01.2020
Hajmi0,79 Mb.
#37122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
PTE uz-2


 

Poezdlarning ketib borish marshrutlariga harakat tarkibining  

o’z-o’zidan chiqib ketishini oldini olish uchun qurilmalar    

 

101.  Qurilmalar:  muhofaza  berk  yo’llari,  qo’riqlash  strelkalari,  tushuruvchi  boshmoqlar 

yoki  tushiruvchi  strelkalar  mazkur  Qoidalarning  ularni  markazlashtirishga  kiritish  bo’yicha 

talablariga muvofiq kelishi (muhofaza berk  yo’llari uchun  - berk  yo’lga olib boruvchi strelka), 

to’sish holati nazoratiga ega bo’lishi va harakat tarkibining poezdlarni qabul qilish, ketib borishi 

va jo’natish boshqa marshrutlariga va yo’llariga o’z-o’zidan chiqishini istisno qilishi kerak. 

Zarur hollarda, tushirish qurilmalari (tushiruvchi boshmoqlar yoki tushiruvchi strelkalar) 

o’rnatiladigan  joylar,  O’zbekiston  Respublikasi  temir  yo’llarni  signallashtirish  bo’yicha 

Yo’riqnomaga muvofiq ko’rsatkichlar bilan jihozlanadi. 

 

Aloqa 

 

102.  Barcha  uchastkalarda  poezd  dispetcherlik,  stansiyalararo  poezd,  stansiya  bo’yicha, 

yo’l-liniya, strelka aloqalari bo’lishi kerak. 

Avtoblokirovka,  markazlashtirilgan  dispetcherlik  bilan  jihozlangan  uchastkalarda  va 

barcha elektrlashtirilgan uchastkalarda energodispetcherlik va peregon aloqasi bo’lishi kerak. 

Kabel  aloqa  liniyalari  bo’lgan  uchastkalar  SSB  va  aloqa  elektrmexaniklarining  xizmat 

aloqasiga va energodispetcherlik aloqasiga ega bo’lishi kerak. 

Bundan tashqari, yo’llarda poezdlar harakatini, chiptalarni sotish va joylardagi korxonalar 

ishini  boshqarish  uchun  magistral,  yo’l,  yo’l  boshqaruv,  chipta-dispetcherlik,  vagon-

dispetcherlik,  axborot-hisoblash,  mahalliy  hamda  telefon  va  telegraf  aloqaning  boshqa  turlari 

bo’lishi kerak.  

103. Temir yo’lning barcha uchastkalari poezd radio aloqasi bilan jihozlanishi kerak. 

Poezd  radio  aloqasi  poezd  lokomotivlari,  motorvagon  poezdlari,  maxsus  o’ziyurar 

harakat  tarkiblari  mashinistlarining:  dispetcherlik  uchastkasi  ichida  poezd  dispetcheri  bilan; 

peregonlarni  chegaralovchi  stansiya  navbatchilari  bilan;  bir  peregonda  bo’lgan  ketma-ket  yoki 

qarama-qarshi  kelayotgan  lokomotiv,  motorvagon  poezdi,  maxsus  o’ziyurar  harakat  tarkibi 

mashinistlari  bilan;  temir  yo’l  kesishmalari  va  depo  navbatchilari  bilan;  ta’mirlash  ishlari 

rahbarlari  va  signalistlar  bilan;  poezd  va  ob’ektlardagi  harbiylashtirilgan  qo’riqlash  o’qchilari 

bilan;  kabinadan  tashqariga  chiqqan  mashinist  yordamchisi  bilan;  yo’lovchi  poezd  boshlig’i 

(mexanik-brigadiri) bilan; vagon ta’mirlovchi-qarovchilari bilan ishonchli ikki taraflama aloqani 

ta’minlashi kerak. 

Peregonlarning  uzunligi,  stansiyalarning  berkitilishi  yoki  stansiya  navbatchilarining 

navbatchiligini bekor qilinishi  natijasida 15 km  dan ortsa, poezd radio  aloqasining  yangi  tizimi 

joriy qilinguniga qadar, peregonda ketib borayotgan poezd lokomotivlari, motorvagon poezdlari 

va  maxsus  o’ziyurar  harakat  tarkiblari  mashinistlarining  eng  yaqin  stansiya  navbatchisi  bilan 

aloqasiga, poezd dispetcheri bilan ishonchli aloqa mavjud bo’lgan holda  yo’l qo’yiladi.  Bunda, 

poezdlar  harakati  xavfsizligini  ta’minlovchi  mashinistlar,  poezd  dispetcheri  va  stansiya 

navbatchilarining o’zaro hamkorlikdagi harakatlari tartibi va bunday peregonlar ro’yxati DATK 

boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 

Temir  yo’llarning  o’ta  jadal  poezd  harakatlanishi  va  markazlashtirilgan  dispetcherlik 

mavjud  bo’lgan  uchastkalarida  tatbiq  qilinayotgan  yangi  poezd  radio  aloqasi  tizimlari,  mazkur 

bandda  ko’rsatilgan  xodimlarning  o’zaro  ikki  tomonlama  ishonchli  aloqasini,  peregonlar 

uzunligining qanday bo’lishidan qat’iy nazar, ta’minlashi kerak. 



25 

 

Poezd radio  aloqasining  texnik  normativlari  va foydalanish  qoidalari  DATK  boshqaruvi 



raisi  tomonidan  o‘rnatiladi,  poezd  radio  aloqasining  nosozligi  vaqtida  harakat  xavfsizligini 

ta’minlash  tartibi  esa,  O’zbekiston  Respublikasi  temir  yo’llarida  poezd  harakati  va  manyovr 

ishlari bo’yicha yo’riqnomada ko’zda tutilgan. 

104.  Stansiyalarda  texnologik  talablardan  kelib  chiqib  stansiya  radio  aloqasi,  ikki 

taraflama park aloqasi va yo’lovchilar uchun axborot aloqasi qo’llanilishi kerak. 

Stansiya radio aloqasi: manyovr va tepacha radio aloqasi, stansiya texnologik markazlari 

radio  aloqasi,  vagon  va  lokomotivlarga  texnik  xizmat  ko’rsatish  punktlari,  vagonlarni  tijorat 

ko’rikdan  o’tkazish    punktalari  radio  aloqasi,  konteyner  maydonchalar  radio  aloqasi,  texnik 

vositalar  (SSB,  aloqa,  yo’l,  kontakt  tarmog’i  va  boshqalar)  ni  ta’mirlash  va  ularga  xizmat 

ko’rsatish brigadalari, harbiylashtirilgan qo’riqlash bo’linmalari radio aloqasi tarmoqlarida, ikki 

taraflama aloqani ta’minlashi kerak. 

Bir  stansiya  ichida  har  hil  manyovr  rayonlari  uchun  bir  hil  radiochastotalarni  qo’llash 

mumkin  emas.  Stansiyaning  har  bir  manyovr  rayoni  uchun  va  unga  xizmat  ko’rsatuvchi 

lokomotivlar uchun alohida radiochastota ajratiladi. 

Ikki  taraflama  park  aloqasi  qurilmalari  park  chegarasida  yaxshi  eshitilishni  ta’minlashi 

kerak. Bu qurilmalar temir yo’l hududidan tashqarida shovqinni kamaytirishga yo’naltirilgan ish 

olib borishi kerak. 

Poezd  va  manyovr  ishlari  xaqida  ko’rsatmalarni  uzatishda,  shuningdek,  yo’lovchilarni 

axborot  bilan  ta’minlashda  qo’llaniladigan  ikki  taraflama  park  aloqasi  qurilmalari  doimo  ish 

holatida bo’lishi, aloqa kanallarining uzluksiz ishlashini ta’minlashi, yoqiqlilik holati nazoratiga 

ega bo’lishi kerak. 



105.  Stansiyalar  va  dispercherlik  uchastkalaridagi  poezd  va  stansiya  radio  aloqasi 

qurilmalari  (DATK  boshqaruvi  raisi  belgilagan  ro’yxatga  binoan)  so’zlashishlarning 

hujjatlashtirilgan qayd qilish tizimi bilan jihozlanishi kerak. 

So’zlashishlarning  hujjatlashtirilgan  qayd  qilish  tizimidan  foydalanish  tartibi  DATK 

boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 

106.  Peregonlar  va  yuk  tashish  hajmi  katta  liniyalar  stansiyalarida  ta’mirlash  ishlarini 

boshqarish  uchun  ta’mirlash  bo’linmalarining  ish  boshqaruvchi  bilan,  ish  boshqaruvchining 

lokomotiv mashinistlari va tegishli xizmatning navbatchi apparati bilan ikki taraflama ishonchli 

aloqasini ta’minlash uchun ko’zda tutilgan ta’mir-tezkor radio aloqa qo’llanilishi kerak. 

Bu  aloqa  bilan  jihozlanuvchi  uchastkalar  ro’yxati  DATK  boshqaruvi  raisi  tomonidan 

tasdiglanadi. 



107. Poezdlar harakati bilan bog’liq bo’lmagan masalalar bo’yicha poezd dispetcherlik va 

strelka aloqasidan foydalanish man etiladi. 

Markazlashtirilgan ijro postlari, strelka postlari va stansiya navbatchisining telefonlaridan 

boshqa telefonlarni strelka aloqasi tarmog’iga ulash taqiqlanadi. 

Poezd  dispetcherlik  aloqasiga  faqatgina  stansiya  navbatchilari,  manyovr  dispetcherlari, 

operatorlari,  lokomotiv  depo  va  almashtirish  punkti  navbatchilari,  energodispetcherlar  va 

lokomotiv  dispetcherlari,  signalizatsiya  va  aloqa  distansiyasi  muhandis  navbatchilari, 

davlatlararo  TXP  (texnik  xizmat  ko’rsatish  punkti)  va  TKP  (tijorat  ko’rigi  punkt)  lari 

navbatchilarining  telefonlarini  ulashga  ruxsat  beriladi.  Markazlashtirilgan  dispetcherlik 

uchatskalarida  poezd  dispetcherlik  aloqasiga  DATK  boshqaruvi  raisi  ruxsati  bilan  pereezdlar 

navbatchilarining telefonlarini ulashga ham yo’l qo’yiladi. 

Shtatida tashishlarni tashkil qilish boshqarmasining navbatchi xodimlari bo’lmagan yoki 

bo’lsa ham ularning kecha-kunduz navbatchilik qilishi ko’zda tutilmagan stansiyalarda stansiya 

boshlig’i, SSB  elektrmexanigi  va elektrmonterlari xonadonlarida o’rnatilgan telefonlarni poezd 

dispetcherlik aloqasiga ulashga ruxsat etiladi. 

Xonadonlarda o’rnatilgan telefonlarni poezd dispetcheri, maxsus pribor orqali faqatgina 

so’zlashuv uchun ketadigan vaqtga ulaydi. 

Peregonlarda  poezd  dispetcherlik  aloqasi  simlariga  drezina  haydovchilari  (majburiy 

to’xtash vaqtida), tiklash va o’t o’chirish poezdi boshliqlari, SSB elektrmexaniklari, tiklash, yo’l 


26 

 

ishlari  va  elektr  ta’minot  qurilmalari  bo’yicha  ishlarning  ish  boshqaruvchisi  ko’chma 



telefonlarini vaqtincha ulashga ruxsat beriladi. 

Stansiyalararo  poezd  aloqasiga  faqatgina  stansiya  navbatchilarining  telefonlarini, 

avtoblokirovkali  uchastkalarda,  bundan  tashqari,  peregon  aloqa  telefonlari  va  pereezd 

navbatchilarining telefonlarini ulashga ruxsat beriladi. 

 

Temir yo’l transportining ma’lumot-hisoblash tizimi 

 

108.  Ma’lumot-hisoblash  tizimi:  ma’lumotlarni  kiritish,  uzatish,  qayta  ishlash  va  asrash 

imkoniyatini,  belgilangan  muddatlarda  iste’molchilarga  hisob  natijalarini  berish,  temir  yo’l 

transportining  barcha  sohalarida  rejalashtirish,  tezkor  boshqaruv,  hisoblash,  statistika 

masalalarini echish imkonini ta’minlashi kerak. 

Texnika  va  programma  vositalari  doimo  ishga  tayyor  va  faol  holatda  turishi,  talab 

qilinadigan ishonchlilik va aniqlikni ta’minlashi kerak. 

Temir  yo’l  transporti  ma’lumot  hisoblash  tizimiga  terminal  va  boshqa  moslamalarning 

ulanishi  DATK  ning  signalizatsiya  va  aloqa  Markazi  hamda  statistika,  ma’lumot  va  hisoblash 

texnikasi Markazi tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asosida amalga oshirilishi kerak. 

 

SSB va aloqa liniyalari 

 

109.  SSB  va  aloqa  kabel  liniyalari,  qoidaga  ko’ra,  peregonlarda  tuproq  ko’tarmasidan 

tashqarida  ajratma  yo’lida  o’tkazilishi  kerak.  Alohida  hollarda,  kabel  liniyalarini  amaldagi 

qoidalarga rioya qilgan holda, tuproq ko’tarmasi orqali o’tkazilishiga yo’l qo’yiladi. Tolasimon-

optik  kabellar  asosidagi  aloqa  liniyalari,  kontakt  tizimi  yoki  avtoblokirovka  liniyalari 

tayanchlarida osma uslubda o’rnatilishi mumkin. 

Osma  uslubda  o’rnatilgan  aloqa  liniyalari  kabellari  maksimal  osilib  turishida  quyidagi 

o’lchamlardan kam bo’lmagan balandlikda joylashishi kerak: 

5,0 m – erdan aholisiz joyda

6,0 m - erdan aholili joyda

4,5 m – yo’lovchi platformalari sathidan

7,0 m – temir yo’l kesishmalaridagi avtomobil yo’llari sathidan. 

SSB  va  aloqa  havo  liniyalari  osilishi  maksimal  osilib  turishida  quyidagi  o’lchamlardan 

kam bo’lmagan balandlikda joylashishi kerak: 

2,5 m – erdan aholisiz joyda; 

3,0 m – erdan aholili joyda; 

5,5 m – kesishuvchi avtomobil yo’llari sathidan; 

7,5 m – kesishuvchi elektrlashtirilmagan temir yo’llarning rels kallagi sathidan. 

Elektrlashtirilgan temir yo’llarning kesishuvlari faqat kabel bilan bajariladi. 

110. SSB va aloqa liniyalarining ishdan chiqishida ularni tiklash quyidagi tartibda amalga 

oshirilishi kerak: 

poezd dispetcherlik aloqa simlari; 

magistral aloqasi simlari; 

elektrta’minot uskunalarini televizion boshqarish simlari

energodispetcherlik aloqasi; 

elektrjezl sistemasi; 

stansiyalararo va strelkali aloqa simlari

yo’l blokirovkasi simlari; 

SSB va aloqaning boshqa simlari. 



111.  SSB  va  aloqa  inshoot  va  qurilmalari  tortish  tokining,  elektr  uzatish  liniyalari  va 

momaqaldiroq razryadlarining xalaqit beruvchi va xavfli ta’siridan himoyalangan bo’lishi kerak. 

 

 


27 

 

SSB va aloqa qurilmalariga texnikaviy xizmat ko’rsatish 

 

112. Turli hil o’zaro bog’liklarni amalga oshirsa bo’ladigan SSB apparatlari, shuningdek, 

poezd va stansiya radio aloqa apparatlari yopiq va plombalangan bo’lishi kerak; ularni ochishga 

signallashtirish  va  aloqa  Markazining  vakolatli  xodimi  tomonidan  ushbu  qurilmalarni  ko’rik 

jurnalida  yozib  qo’yish  sharti  bilan  yo’l  qo’yiladi.  SSB  va  radio  aloqa  apparatlarida 

plombalarning  butunligiga  ushbu  apparatlardan  foydalanuvchi  navbatchi  xodimlar  (stansiya 

navbatchilari,  markazlashtirilgan  post  operatorlari,  strelka  post  navbatchilari,  lokomotiv 

mashinistlari va boshqalar) javob beradi. 

113.  Signalizatsiya  va  aloqa  distansiyalari,  distansiyada  mavjud  bo’lgan  SSB  va  aloqa 

qurilmalari  va  ular  xizmat  ko’rsatadigan  boshqa  qurilmalarning  chizmalari  va  ta’riflari,  ularga 

tegishli  me’yor  va  standartlarga  ega  bo’lishi  kerak.  Bu  hujjatlarga  o’z  vaqtida  o’zgartirishlar 

kiritib borilishi kerak. 

SSB  qurilmalari  bo’yicha  namunaviy  qarorlar  DATK  ning  signallashtirish  va  aloqa 

Markazi boshlig’i tomonidan tasdiqlanandi. 

SSB  qurilmalarida  namunaviy  bo’lmagan  texnik  qarorlardan  foydalanishga  yo’l 

qo’yilmaydi. 



114. SSB qurilmalari o’zaro bog’likligida vaqtincha o’zgartirishlarga DATK mintaqaviy 

temir  yo’l  uzeli  boshlig’i  ruxsati  bilan  ko’pi  bilan  5  sutkaga,  undan  ko’p  vaqt  uchun  DATK 

boshqaruvi raisi ruxsati bilan yo’l qo’yiladi. 

(114  band  "O'zdavtemiryo'lnazorat"  DI  boshlig'ining  2003  yil  27  yanvar  1/6-7-02  son 

ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi).  

115.  Belgilangan o’zaro  bog’liqlikni buzuvchi  yoki  ularni  vaqtincha to’xtatib  qo’yuvchi 

SSB  qurilma  va  uskunalarini  qaytadan  jihozlash,  boshqa  erga  o’tkazish,  ta’mirlash,  sinash  va 

almashtirish,  mintaqaviy  temir  yo’l  uzeli  boshlig’i  tomonidan  tasdiqlangan  rejaviy  ishlar 

jadvalga ko’ra, bu jadvallarni bajarishning eng qisqa muddatini hisobga olib, amalga oshirilishi 

kerak.  Barcha  holatlarda  stansiya  navbatchisining  ruxsatisiz  va  Yo’llar,  strelka  o’tkazgichlar, 

SSB, aloqa va kontakt tarmog’i qurilmalarining ko’rik jurnalida oldindan yozib qo’ymasdan bu 

ishlarni  amalga  oshirish  taqiqlanadi.  Markazlashtirilgan  dispetcherlik  uchastkalarida  bunday 

ishlar faqatgina poezd dispetcheri roziligi amalga oshirilishi kerak. 



(115  band  birinch  xatboshii  "O'zdavtemiryo'lnazorat"  DI  boshlig'ining  2003  yil  27 

yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi).  

Qurilmalarning  stansiya  navbatchisi  xonasidan  ancha  uzoqda  joylashganida  bu 

qurilmalarni  ishga tushirish xaqida  yozuv, shuningdek, ularning nosozliklarini  yo’qotish  uchun 

vaqtincha  o’chirilishi  xaqidagi  yozuv  stansiya  navbatchisiga  uzatilayotgan  va  o’sha  jurnalda 

qayd  qilinadigan  telefonogramma  bilan  almashtirilishi  mumkin.  Ishlarga  boshchilik  qiluvchi 

keyin bu qaydnomani o’z imzosi bilan tasdiqlab qo’yishi kerak. 

Belgilangan  o’zaro  bog’liqlik  buzilmaydigan  hollarda  SSB  ning  ayrim  qurilma  va 

moslamalarini  almashtirish  va  o’chirish  stansiya  navbatchisining  (markazlashtirilgan 

dispetcherlik  uchastkalarida  –  poezd  dispetcherining)  ruxsati  bilan,  Ko’rik  jurnalida  qayd 

qilinmasdan  amalga  oshirilishi  mumkin.  Bunday  qurilma  va  moslamalarni  almashtirish  va 

o’chirish  bo’yicha  ishlar  ro’yxati  DATK  mintaqaviy  temir  yo’l  uzeli  boshlig’i  tomonidan 

o‘rnatiladi. 



(115  band  uchinchi  xatboshi  "O'zdavtemiryo'lnazorat"  DI  boshlig'ining  2003  yil  27 

yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi).  

SSB ning amaldagi qurilmalarini sinash barcha hollarda stansiya navbatchisining ruxsati 

va ko’z ostida, markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida esa poezd dispetcherining ruxsati 

bilan amalga oshiriladi. 



116.  Signal  moslamalarining  yoritilishi  signal  ko’rsatkichlarining  aniq  ko’rilishini 

ta’minlashi kerak. 

Yoritilishning o’z vaqtida va to’xtovsiz  ta’minlanishi quyidagilarga yuklatiladi: 

svetofor va marshrut ko’rsatkichlari – signalizatsiya va aloqa distansiyasi boshliqlariga



28 

 

stansiyalarda  strelka  ko’rsatkichlari,  gidravlik  kolonkalar  va  yo’lni  berkitish 



ko’rsatkichlari – stansiya boshliqlariga; 

lokomotiv,  vagon,  yo’l  va  boshqa  xo’jaliklarning  signal  moslamalari  –  tegishli 

bo’linmalarning boshliqlariga. 

Stansiya  yo’llarida signal  moslamalarining  yoritish qurilmalarini elektr bilan ta’minlash 

elektr ta’minoti distansiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 

117.  Signalizatsiya  va  aloqa  distansiyasi  xodimlari  svetofor  signallari  va  marshrut 

ko’rsatkichlarining doimiy normal ko’rilishini ta’minlashi kerak. 

Svetofor  ko’rsatkichlarining  ko’rinishi  svetofor  lampalarining  har  bir  almashishidan 

keyin elektrmexanik tomonidan yo’ldan tekshirilishi kerak. 

Peregon  va  stansiyalarning  asosiy  yo’llaridagi  signallarning  ko’rinishi  lokomotivdan, 

katta  mexanik  tomonidan  kamida  oyda  bir  marta,  signalizatsiya  va  aloqa  distansiyasi  boshlig’i 

tomonidan kamida yil choragida bir marta tekshirilishi kerak.  

Signalizatsiya  va  aloqa  distansiyasi  hamda  lokomotiv  depo  boshliqlari  yoki  ularning 

o’rinbosarlari kamida yil choragida bir marta avtomatik lokomotiv signalizatsiya va radio aloqa 

ishini lokomotivdan turib tekshirishlari kerak. 

Avtomatik lokomotiv signalizatsiya va poezd radio aloqasi faoliyati DATK signalizatsiya 

va  aloqa  Markazi  hamda  lokomotivlardan  foydalanish  Boshqarmasi  boshliqlari  tomonidan 

tasdiqlangan  jadval  bo’yicha  natijalarni  hujjatlashtirib,  qayd  qiluvchi  vagon-laboratoriya 

tomonidan davriy tekshirib turiladi. 

Tekshirish  natijalari  signalizatsiya  va  aloqa  hamda  lokomotiv-lardan  foydalanish 

Boshqarmasi boshliqlari tomonidan ko’rib chiqiladi. 



118.  Yo’l,  SSB,  elektrta’minoti  qurilmalari  va  harakat  tarkibi,  elektr  rels  zanjirining 

doimiy ishonchli faoliyatini ta’minlashi kerak. 

Elektr  rels  zanjirlarining  to’xtovsiz  ishlashini  ta’minlovchi  yo’l,  SSB,  elektr  ta’minoti 

qurilmalari  va  harakat  tarkibini  saqlash  me’yorlari  va  ularga  texnik  xizmat  ko’rsatish  tartibi 

DATK signalizatsiya va aloqa Markazi tomonidan o‘rnatiladi. 

119. SSB va aloqa qurilmalaridan foydalanuvchi xodimlar, ulardan foydalanish tartibiga 

o’qitilishi va bilimlari tekshirilishi kerak. 

Signalizatsiya va aloqa distansiyasi boshlig’i, SSB va aloqa qurilmalaridan foydalanuvchi 

boshqa xizmat xodimlarini o’qitishni ta’minlaydi. 

Ushbu qurilmalarni bilishini davriy tekshirish va o’qitish uchun, har bir boshliq o’z qo’l 

ostidagilar uchun mas’uldir. 

 

7-bob. Temir yo’llarning elektr ta’minoti 

inshoot va qurilmalari 

 

120. Elektr ta’minoti qurilmalari quyidagilarni elektr bilan ishonchli ta’minlashi kerak: 

talab  qilinadigan  harakat  hajmlarida  poezdlarning  belgilangan  og’irlik  me’yorlari, 

tezliklar, ular orasidagi intervallar bilan harakatlanishi uchun elektr harakat tarkibini

I  toifadagi  elektr  energiyasi  iste’molchilari  sifatida  SSB,  aloqa  va  hisoblash  texnikasi 

qurilmalarini. DATK ruxsati bilan qayta qurish tugallanmasidan bu qurilmalarni II toifa bo’yicha 

elektr bilan ta’minlanishiga yo’l qo’yiladi; 

DATK belgilagan toifaga ko’ra boshqa barcha temir yo’l transporti iste’molchilarini. 

Avtomatik  va  yarim  avtomatik  blokirovkaning  elektr  ta’minoti  manbasining 

akkumulyator zahirasi mavjudligida, u doim shay ahvolda bo’lishi va muqaddam 36 soat ichida 

elektr ta’minoti o’chirilmagan bo’lsa, SSB va temir yo’l kesishmasi  signalizatsiyasining 8 soat 

ichida to’xtovsiz ishlashini ta’minlashi kerak. 

Avtomatik va yarimavtomatik blokirovka elektr ta’minotining asosiy tizimidan zahiraviy 

tizimga o’tishi yoki teskarisi sodir bo’lishiga 1,3 sekunddan oshiq vaqt ketmasligi kerak. 


29 

 

Elektr  bilan  ta’minlashning  ishonchli  bo’lishi  uchun  elektrta’minoti  inshoot  va 



qurilmalarining  ahvoli  davriy  nazorat  qilinishi,  vagon  laboratoriyalari,  tashxis  asboblari  bilan 

ularni o’lchash ishlari va rejaviy ta’mir ishlari bajarilishi kerak. 



121. Elektr harakat tarkibining  pantografida kuchlanish darajasi o’zgaruvchan tokda 21 

kV, doimiy tokda 2,7 kV dan kam bo’lmasligi va o’zgaruvchan tokda 29 kV, doimiy tokda 4 kV 

dan oshib ketmasligi kerak. 

Ayrim uchastkalarda DATK ruxsati bilan o’zgaruvchan tokda 19 kV va doimiy tokda 2,4 

kV dan kam bo’lmagan kuchlanish darajasiga ruxsat beriladi. 

SSB  qurilmalarida  o’zgaruvchan  tokning  nominal  kuchlanishi  110,  220  yoki  380  V 

bo’lishi kerak. 

Nominal kuchlanishning ko’rsatilgan kattaliklardan chetga chiqishlar kamayish tomoniga 

ko’pi bilan 10%, ko’payish tomoniga ko’pi bilan 5% ga ruxsat eriladi. 

122.  Elektr  ta’minoti  qurilmalari  qisqa  tutashuv,  belgilangan  me’yorlardan  oshib 

ketadigan kuchlanish va zo’riqishlardan muhofazalanishi kerak. 

Doimiy tok bilan elektrlashtirilgan liniya rayonlarida joylashgan metall er osti qurilmalari 

(quvur o’tkazmalar, kabellar va boshqalar), shuningdek, metall va temir beton ko’priklar, ko’prik 

yo’llar,  kontakt  tarmoq  tayanchlari,  svetoforlar,  gidrokolonkalar  va  boshqalar  elektr 

emirilishidan muhofazalanishi kerak. 

Doimiy  tokda  elektrlashtirilgan  liniyalarning  tortish  podstansiyalari,  shuningdek,  elektr 

harakat  tarkibi,  SSB  va  aloqa  qurilmalarining  faoliyatini  buzuvchi  toklar  kontakt  tarmog’iga 

kirib qolishidan muhofazalanishi kerak. 

123.  Kontakt  simi  osma  (подвеска)  sining  rels  kallagining  ustki  sathidan  balandligi 

peregon va stnasiyalarda kamida 5750 mm, temir yo’l kesishmalarida kamida 6000 mm bo’lishi 

kerak. 

Alohida  holatlarda  amaldagi  liniyalarda  bu  masofoa  harakat  tarkibinig  turishi  ko’zda 



tutilmagan  stansiya  yo’llarida  joylashgan  sun’iy  inshootlar  chegarasida,  shuningdek, 

peregonlarda DATK ruxsati bilan o’zgaruvchan tok bilan elektlashtirilgan liniyalarda 5675 mm 

gacha va doimiy tokda – 5550 mm gacha kamaytirilishi mumkin. 

Kontakt osmasining balandligi 6800 mm dan oshib ketmasligi kerak. 



124.  Sun’iy inshootlar chegarasida kuchlanish  ostidagi  kontakt tarmog’i  qismlari  va tok 

qabul  qilgichning  tok  tashuvchi  elementlaridan  to  harakat  tarkibining  va  inshootlarning  erga 

ulangan  qismlarigacha  bo’lgan  masofa,  doimiy  tokda  elektrlashtirilgan  liniyalarda  kamida  200 

mm va o’zgaruvchan tok bilan elektrlashtirilgan liniyalarda kamida 350 mm bo’lishi kerak. 

Alohida holatlarda amaldagi sun’iy inshootlarda belgilangan masofalarni DATK ruxsati 

bilan kamaytirishga yo’l qo’yiladi. 



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish