Ruza. Aloqa liniyalari, aloqa liniyalari xarakteristikasi



Download 240,65 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.12.2022
Hajmi240,65 Kb.
#894546
Bog'liq
5-MA\'RUZA



5-MA’RUZA. ALOQA LINIYALARI, ALOQA LINIYALARI 
XARAKTERISTIKASI 
Aloqa operator tarmog’i va korporativ tarmoq. Aloqa operator tarmog’i – 
bu oshkora aloqa xizmatini ko’rsatuvchi va uning mijozlari xoxlagan jismoniy 
shaxs yoki xohlagan tashkilotlar bo’lib, ular tijorat shartnoma asosida 
telekommunikatsiya xizmat ko’rsatuvchilarga aytiladi. An’anaviy xizmat – telefon 
, tashkilotlarga aloqa kanali ijarasi va bu kanallar orqali o’zining shaxsiy 
tarmog’ini qurishi, internetga ulanishi, virtual shaxsiy xizmatlarni tashkil etishi, 
veb - xosting xizmati, elektron pochta, IP-telefon, audio/video signallarni tarqatish 
va boshqalarga aytiladi. Bunday tarmoqda foydalanuvchilar soni korporativ 
tarmoqqa nisbatan ko’p bo’ladi. Operator to’g’ridan- to’g’ri tarmoqni to’liq 
ishlashiga javobgar hisoblanadi. Koorporativ tarmoq - asosan ma’lum korxonaning 
o’zi va uning xodimlariga xizmat ko’rsatib, o’z tarmog’iga egalik qiladi. 
Korporativ tarmoq har – xil o’lchovlik bo’lib katta korxona tarmog’ida o’z lokal 
tarmog’i va global tarmoq bilan ulangan bo’lishi mumkin. Korporativ tarmoq 3 
turga bo’linadi – bo’lim tarmog’i, bino yoki kampus tarmog’i, korxona 
kengligidagi tarmoq. Bo’lim tarmog’i – bu tarmoq solishtirganda katta bo’lmagan 
xizmatchilar guruhi bo’lib, korxonaning bir bo’limda ishlovchi va umumiy 
vazifani (hisobxona, marketing) bajaruvchilardir. Odatda xizmatchilar soni 30 dan 
oshmagan bo’lib, bunday lokal tarmoqda umumiy ma’lumotlardan foydalaniladi: 
ma’lumotlar, ilovalar, modem va lazerli printerlardir. Bino tarmog’i – korxonaning 
har – xil bo’limlarini bir korxona va binolar chegarasida umumlashtiruvchi 
tarmoqdir. Kampus tarmog’i – bir hududda bir necha kv/km maydonni egallab , 
tarmoq irearxiya asosida o’zining magistr kanallariga ega bo’ladi. Korxonaning 
asosiy vazifasi tarmoq kesimida informatsion xizmatlarni ko’rsatish hisoblanadi. 
Aloqa operator tarmog’i informatsion xizmatlarni ko’rsatmasligi mumkin, sababi 
foydalanuvchilarning kompyuterlari operatorning xizmat ko’rsatish zonasidan 
tashqarida bo’lganligi uchun. Korxonaning tarmoq o’lchami infokommunikatsiya 
misolida bo’lib, u telekommunikatsiya muhitida «orolcha» lokal tarmoq 
hisoblanadi. Foydalanuvchilar va ularning kompyuterlari minglab bo’lishi , 
serverlar soni yuzlab bo’lishi mumkin. Bularning ajralib turadigan hususiyatlari: 
• 
Katta masofa – uzoqda joylashgan LAN va kompyuterni ulash uchun har – 
xil telekommunikatsiya vositalari qo’llaniladi – birlamchi tarmoq kanallari soni , 
radiokanallar, sun’iy yo’ldosh aloqasi. 
• 
Yuqori darajadagi har xilligi (getrogennost) – har xil turdagi kompyuterlar 
(Main Fraim to PC)OS larning har xil ilovalari. 
Internet –bu global kompyuter (telekommunikatsiya) tarmog’i – bir biridan juda 
uzoq joylashgan ko’p lokal tarmoqlar va aloxida kompyuterlar birlashmasi.
Telekommunikatsiya – global tarmoq orqali axborot almashish jarayonidir.
Internet butun dunyo bo’yicha taqsimlangan lokal, xududiy, korporativ tarmoqlar 
xamda 
aloxida 
foydalanuvchilar 
kompyuterlarini 
birlashtiradi. 
Internet 
tarmog’ining asosini kompyuter tugunlari va aloqa kanallari tashkil qiladi. Tugun – 
tarmoqqa doimiy ulangan kuchli kompyuterdir. Axborot uzatish uchun fizik 
kanallar elektrik kabel, tolali optik kabel, radioaloqa, infraqizil nurlar, telefon 


tarmog’i liniyasi ko’rinishida bo’ladi. Kompyuter tarmog’i tugunlariga abonentlar 
– foydalanuvchilarning personal kompyuterlari yoki lokal tarmoqlar bog’lanadi. 
Foydalanuvchilarga Internet tarmog’iga o’z kompyuterlari orqali ulanishni taklif 
etuvchi tashkilot tarmoq xizmatlari provayderi (provider – etkazib beruvchi) 
deyiladi.
5.1 - rasm. Foydalanuvchi va Internet provayder 
“Internet” atamasi 1995 yili AQSh Federal Tarmoq Kengashi (FNC yoki 
Federal Networking Counsil) tomonidan berilgan edi. “Internet – bu global 
axborot tizimining qismi bo’lib, u: 
- IP protokolga yoki uning kengaytmalariga asoslangan unitar adres muxiti bilan 
mantiqiy bog’langan; 
- Transmission Control Protocol/ Internet Protocol (TSR/IR) yoki uning 
kengaytmalaridan va/yoki IP bilan mos protokollaridan foydalangan xolda aloqani 
ta’minlay oladi; 
- yuqorida keltirilgan kommunikatsiya va u bilan bog’liq infratuzilmaga 
asoslangan yuqori satxli xizmatlarni taqdim etadi, qo’llaydi va kirish xuquqini 
(xamma uchun yoki cheklangan shaxslarga) beradi”. 
Usha vaqtdayoq Internet texnologiyasining asosiy talablari bayon etilgan: 

Internet – butun dunyoni qamrab olgan eng katta global tarmoq; 

Internet – turli tashkilotlar va aloqa operatorlari tarmoqlari birlashmasi; 

Internetda yagona markaz mavjud emas; 

Internetni boshqarish nodavlat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. 
2. Internet tarmog’ining tashkil bo’lish tarixi. Internet tarmog’i XX asrning 
60-70 yillarida atom yordamida urush xolatida xam ishlaydigan kommunikatsiya 
tarmog’ini tashkil qilishga qaratilgan mudofaa loyixasidan kelib chiqqan. Ishlab 
chiqaruvchilar fikricha, tarmoqning eng muxim sifati – bu xujum ob’ekti bo’lishi 
mumkin bo’lgan yagona boshqaruv markaziga ega emasligidir. Anarxik tuzilmaga 
ega bo’lgan tarmoq yaratilgan, unda bir xisoblash mashinasi ixtiyoriy boshqa 
xisoblash mashinasidan ustun emas, va xech qaysi kompyuter tarmoqni ishlashi 
uchun o’ta muxim axamiyat kasb etmaydi. Keyinchalik Internetni tadqiqot, 
kommertsiya va vaqtichog’lik uchun qo’llanilishi bu loyixaning kutilmagan 
natijasi bo’ldi. 1961 yili Defence Advanced Research Agensy (DARPA) AQSh 
ning mudafaa vazirligi topshirig’iga asosan paketlarni uzatish uchun mo’ljallangan 
tajribaviy tarmoq yaratish loyixasiga qo’l urdi. Bu tarmoq ARPANET deb atalib, 
turli kompyuterlar orasida barqaror aloqani ta’minlash usullarini tadqiq etish uchun 
mo’ljallangan edi. 1972 yilda ARPANET tarmog’ini birinchi namoyishi bo’lib 
o’tdi, unda R. Tompson elektron pochtani kashf etdi. Shu vaqtda tarmoqda 
ma’lumot uzatish protokoli - TCP/IP yaratilgan edi. TCP/IP – bu turli 
kompyuterlar o’zaro aloqani qanday bog’lashini aniqlab beradigan ko’p sonli 
kommunikatsiya protokollari yig’indisidir. 1973 yilda R. Kan va V. Serf Internet 
tarmog’i tuzilma g’oyasini ilgari surishadi, va birinchi marta tarmoqqa AQSh 
tashqarisidan bog’lanish amalga oshiriladi. ARPANET tajribasi shu qadar 


muvafaqqiyatli ediki, juda ko’p tashkilotlar kundalik axborot almashinuvi 
maqsadida bu tarmoqqa ulanishni xoxlashdi. 1975 yili ARPANET tajribaviy 
tarmoqdan ishchi tarmoqqa aylandi. Tarmoqni boshqarish ma’suliyatini Defence 
Communication Agency (DCA) xozirda Defence Information Systems Agency 
(DISA) deb nomlanuvchi tashkilot oldi. Lekin ARPANET rivojlanishi shu bilan 
to’xtab qolmadi: TCP/IP protokollari rivojlanishda davom etdi. 1977 yilda birinchi 
100 ta tadqiqotchilarga elektron pochta xizmati taqdim etildi. 1983 yilda Military 
Standarts (MIL STD), ya’ni xarbiy standartlar tarkibiga kirgan TCP/IP 
protokollari uchun birinchi standart ishlab chiqildi, va shundan keyin xamma 
tarmoq foydalanuvchilari ushbu yangi protokollarga o’tishga majbur bo’lishdi. 
Ushbu yil Internet tarmog’ining tug’ilgan yili deb xisoblanadi. DARPA ushbu 
protokollarga o’tishni engillashtirish maqsadida Berkley Software Design firmasi 
raxbariyatiga TCP/IP protokollarini Berkeley (BSD) UNIX da tadbiq etish taklifi 
bilan murojaat qildi. Shunday UNIX va TCP/IP ittifoqi boshlandi. Bir qancha 
vaqtdan so’ng TCP/IP xammaga tushunarli oddiy standartga moslashtirildi, va 
Internet atamasi keng qo’llana boshlandi. 1983 yili ARPANET dan AQSh mudofaa 
vazirligining Defence Data Network (DDN) ga taalluqli bo’lgan MILNET ajralib 
chiqdi. Internet atamasi MILNET va ARPANET ning birlashtirgan yagona tarmoq 
uchun qo’llanila boshlandi. 1984 yilda Internetga 1000 xisoblash mashinasi ulandi, 
1989 yilda – 100 ming ta, 1992 yilda esa 1 000 000 xisoblash mashinasi ulandi. 
1992 yilda Bernes-Li WWW “Butun dunyo o’rgimchak to’ri”ni kashf qildi. 
Internet ISOS jamiyati shakllana boshlandi. Internet tarixida World Wide Web 
yaratilishi muxim axamiyat kasb etdi. Evropa yadroviy tadqiqotlar tashkiloti 
(TsERN Jeneva) fizigi tomonidan xamma fiziklar va boshqa olimlar tomonidan 
Internet tarmog’ida taqsimlangan axborotdan oson usulda foydalanish g’oyasi 
ilgari surildi. O’sha vaqtda mavjud bo’lgan Internet vositalari foydalanuvchilardan 
tarmoq xaqida katta bilimga ega bo’lishni talab etardi, shuning uchun axborotni 
uzatish va taqdim etishning yangi usuli ishlab chiqildi. TsERN tomonidan WWW 
xususiyatlari nashr etilgandan so’ng foydalanuvchilar WWW mijozlari va 
serverlari uchun dasturiy ta’minot yozishni boshlashdi, bu esa o’z navbatida 
“Butun dunyo o’rgimchak to’ri”ni xozirgi ko’rinishiga olib keldi. Internet tarmog’i 
tarixida uchinchi muxim voqea bu NCSA Milliy kompyuter ilovalari markazi 
dasturchilar guruxi tomonidan birinchi MOSAIC brauzer-dasturini ishlab chiqilishi 
bo’ldi, bu esa Internet tarmog’idan barcha istaganlar foydalanish imkonini berdi. 
MOSAIC brauzeri foydalanuvchilarga “sichqoncha” tugmasidan osongina 
foydalangan xolda axborotlarni qabul qilish va taqdim etish imkonini berdi. 
Dasturlarni o’zaro almashtirish va fayllarga o’zgartirish xaqida o’ylash zaruriyati 
qolmadi. Brauzer-dasturi xujjatlar, grafiklar, rasmlar va ovozlarni avtomatik tarzda 
qayta ishlab, WWW da oson ishlashni ta’minladi. Asosan qiyin topiladigan 
resursli matn ko’rinishidagi tarmoqdan rang-barang va turli axborotni oson olish 
manbasiga aylandi, oddiy matndan videotasvirgacha o’zgardi. 1991 yili 
ARPANET o’z faoliyatini tugatdi, Internet tarmog’i esa mavjud, uning xajmi ilk 
xajmidan bir necha barobar katta, chunki u butun dunyo bo’ylab turli tarmoqlarni 
birlashtirdi. ARPANET tarmog’i boshlang’ich davrida atigi 4 ta katta EXM dan 
tashkil topgan edi. 1995 yili esa 4,5 million faol kompyuterlarni birlashtirdi.


Foydalanuvchilarning asosiy o’sish surati kommunikatsiya infratuzilmasi 
rivojlanayotgan va kompyuterlar imkoniyatlari kengayotgan paytga XX asrning 
90-yillariga to’g’ri keladi. ARPANET/Internet tarmog’ining 25 yilligida tarmoq 
marketing, savdo-sotiq, bank operatsiyalari, radioeshittirish va “jonli” kontsertlar 
uchun qo’llanila boshlandi. 1995 yili Compuserve, Progidy, America Online 
portallari Internet tarmog’iga keng masshtabdagi ulanish imkoniyatini (kirish 
xuquqini) taqdim etishni boshlashdi. Shu vaqtda Netscape Navigator brazuer-
dasturi yaratilda va keng miqyosda qo’llanila boshlandi. 1990 yillar o’rtalarigacha 
Internet tarmog’idan nisbatan tor doiradagi akademik uyushmalar foydalana olar 
edi. Xozirgi vaqtda esa Internetga ulangan o’nlab million kompyuterlarda ulkan 
xajmdagi axborot saqlanadi (100 millionlab fayllar, xujjatlar va boshq.) va yuz 
millionlab odamlar global tarmoqning axborot xizmatlaridan foydalanmoqdalar. 
Internetning asosini, “karkasi”ni tarmoqqa doimiy ulangan yuz milliondan ortiq 
serverlar tashkil etadi. Internet serverlariga lokal tarmoqlar yoki telefon liniyalari 
orqali yuz millionlab foydalanuvchilar ulana olishadi. Xar bir lokal yoki korporativ 
tarmoqda odatda yuqori o’tkazish qobilitiga ega liniyalar orqali Internet tarmog’iga 
doimiy ulangan (Internet serveri) kamida bitta kompyuter mavjud bo’ladi. 1990 
yili fizik-olimlar va dasturchilarni birlashtirgan I.V. Kurchatov nomidagi atom 
energiyasi institutining xamda Avtoprom vazirligining professional ilmiy tarmog’i 
Internet tarmog’iga ulandi va zamonaviy Rossiya tarmoqlariga rivojiga zamin 
yaratdi. 1990 yilda InterNIC Xalqaro axborot markazi ma’lumotlar bazasida 
birinchi darajadagi .su domeni ro’yxatga olindi. Buning natijasida Sovet Ittifoqi 
butun dunyo internet foydalanuvchilariga ko’rina boshladi. Rossiya Federatsiyasi 
Internet tarmog’iga 1993 yilda ulandi. 1994 yilda InterNIC da .ru rus domeni 
ro’yxatga olindi. Shu vaqtdan boshlab Internet tarmog’ining Rossiya Federatsiyada 
mavjudligi xalqaro darajada tasdiqlandi. 1995 yilda .uz domeni ro’yxatga olindi, 
lekin kompyuter tarmoqlari (birinchi navbatda Fidonet) O’zbekistonda undan oldin 
yaratilgan. Uznetda rus tili keng tarqalgani Uznetni Runetga “qisman ulash” 
imkonini beradi. O’zbek tilidagi saytlar orasida – O’zbek Vikipediyasi. Ko’pincha 
Uznet atamasida Tas-IX trafik almashinuv tarmog’i tushuniladi, chunki ko’pgina 
provayderlarda o’z abonentlari uchun Tas-IX ichidagi resurslarga kirish bepuldir.
Xisob kitoblarga ko’ra, O’zbekistonda Internet foydalanuvchilari soni 2007 yilda 1 
million atrofida bo’lgan, 2009 yilda 2,1 million, 2011 yilda 7,5 million. 2015 yilda 
esa axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi 
ma’lumotlariga ko’ra Internet foydalanuvchilari soni 12 milliondan ortdi.
3. Internet sohasidagi standartlar. Internet – tarmoqlar ichidagi eng 
o’zgachasidir. Amaliyotda istalgan ob’ekt resurslarni yoki ularga kira olishni taklif 
qilishi uchun Internetga ulanishi mumkin. Internetda axborotning istalgan turi xech 
qanday cheklanishsiz bemalol aylanib yurishi mumkin. Internet tarmog’i ishlashini 
tartibga soluvchi markaziy organ mavjud emas, lekin ma’lum bir fundamental 
printsiplarni o’rnatuvchi va tarmoq ishlashini boshqaruvchi tashkilotlar mavjud. 
O’z falsafasi bo’yicha Internet tarmog’i avtonomdir va xatto anarxiyalikdir; oqibat 
natijada bu uning qudrati va zaifligidir. Bir qator tashkilotlar mavjudki, ular 
Internetni ma’muriylashtirish va qo’llab-quvvatlashda bo’yicha turli tadbirlarda 
qatnashadilar. Mazkur kitob kontekstida bunday tashkilotlar qatorida quyidagilarni 


aytib o’tish lozim: CERT, IAV, IETF, IESG, IRTF, ICANN va The Internet 
Society (ISOC sifatida ma’lum bo’lgan, Internet jamiyati). Kompyuter himoyasi 
buzilishiga e’tibor beradigan guruh (CERT) - Karnegi-Mellona Universitetining 
ekspertlar guruhi, ular Internet tarmog’ida kompyuter himoyasi buzilishi bilan 
bog’liq masalalarga javob berishadi. CERT 1998 yilning noyabrida ARPA 
tomonida o’z-o’zidan ko’payuvchi virusli dasturlarni paydo bo’lishi bilan bog’liq 
bir qator intsidentlarga reaktsiya sifatida tashkil etildi. Internet arxitekturasi 
bo’yicha Kengash (IAB), dastlab – Internet tarmog’ining koordinatsion Kengashi – 
tarkibi 12 ekspertdan iborat ko’ngilli organ, ular Internet ehtiyojlariga yordam 
berish uchun o’zlarining kompaniyalari-sponsorlari resurslaridan foydalanishadi. 
IAB ikkita muammoli (ishchi) guruhlar: IETF va IRTF faoliyatini nazoratlaydi va 
koordinatsiyalaydi. Natijada bu tashkilotlar texnik siyosat va ishchi yo’nalishni 
ishlab chiqaradi. Internetning injenerlik muammolari guruhi (IETF) ustivorliklarni 
aniqlaydi, o’rnatadi va qisqa muddatli masalalar va muammolar, jumladan 
protokollar, arxitektura va ekspluatatsiya bo’yicha echimlar ishlab chiqadi. Taklif 
etilgan standartlar Internetda So’rovlar, kommentariyalar va takliflar (RFC) 
ko’rinishida e’lon qilinadi. Standartning oxirgi versiyasi ishlab chiqilgandan so’ng 
u tasdiqlash uchun Internet injenerlarini boshqarish guruhiga(IESG) kelib tushadi. 
Internetning ilmiy-tadqiqot muammoviy guruhi(IRTF) uzoq muddatli masalalar, 
jumladan adreslash sxemalari va texnologiyalar bilan shug’ullanadi. Ismlar va 
nomerlarni berish bo’yicha Internet korporatsiya (ICANN)- 1999 yilda tashkil 
etilgan notijorat tashkilot. ICANN portlarning umumiy ma’lum bo’lgan 
nomerlarini taqsimlash, IP-adreslarni boshqarish va domen ismlarini berish 
bo’yicha IANA federal organining vakolatlarini o’ziga olish uchun tashkil etildi. 
Portlar nomerlari 0 dan 65 536 gacha diapazondagi 16-bitli kattaliklarni tashkil 
etadi. Umumiy ma’lum bo’lgan portlar 0 dan 1 023 gacha diapazon ichidagi 
raqamlar bilan nomerlanadi va tizimiy jarayonlar yoki amaliy dasturlarda 
foydalaniladi. Umumiy ma’lum bo’lgan portlar misollar ko’rsatish mumkin: 
SMTP (Pochtani uzatish oddiy protokol), protokoli uchun 25 port, HTTP 
(Gipertekstli transport protokoli) protokol uchun 80 port Telnet Distantsion 
xizmati uchun 107 port. TCP/IP protokoli bazazidagi Internet mijoz/server 
muxitida, server amaliy daraja protokolini hisobga olib, portlarni belgilaydi, u 
mijoz darajasida bajariladi.Shuningdek ICANN kompyuterlarni Internetga 
joylashtirishni xoxlagan tashkilotlarga IP-adresni belgilaydi;IP-adreslar soni 
tashkilot xajmiga bog’liq. Internet jamiyati (ISOC) – ko’ngilli tashkilotdir, u 
Internetni ma’muriyatlashtirish uchun qandaydir formal strukturani bildiradi. 
Internet jamiyati standartlar bo’yicha qarorlar qabul qilish vakolatini rasmiy xolda 
IESG ga bergan. 

Download 240,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish