O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana26.01.2020
Hajmi0,79 Mb.
#37122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
PTE uz-2


125.  Peregon  va  stansiyalarda  chetki  yo’l  o’qidan  to  kontakt  tarmoq  tayanchining  ichki 

chetigacha bo’lgan masofa kamida 3100 mm bo’lishi kerak. 

O’ymalardagi tayanchlar kyuvetdan tashqarida joylashishi kerak. 

O’ta  kuchli  qor  bosib  qoluvchi  o’ymalarda  (qoyali  o’ymalardan  tashqari)  va  ulardan 

chiqishda  (100  m  uzunlikda)  chetki  yo’l  o’qidan  to  kontakt  tarmoq  tayanchlarining  ichki 

chetigacha bo’lgan masofa kamida 5700 mm bo’lishi kerak. Bunday joylarning ro’yxati DATK 

boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi. 

Amaldagi  liniyalarda  ularni  qayta  qurishdan  avval,  shuningdek,  o’ta  qiyin  sharoitlarda 

yangidan  elektrlashtirilayotgan  liniyalarda  yo’l  o’qidan  to  tayanchlarning  ichki  chetigacha 

bo’lgan masofa stansiyalarda kamida 2450 mm, peregonlarda kamida 2750 mm bo’lishiga yo’l 

qo’yiladi. 

Barcha ko’rsatilgan o’lchamlar to’g’ri yo’llar uchun belgilangan. 

Egri  uchastkalarda  bu  masofalar  kontakt  tarmoq  tayanchlari  uchun  belgilangan  gabarit 

kengayishi bo’yicha kattalashishi kerak. 

Kontakt  tarmoq  tayanchlari,  havo  liniyalari  va  svetoforlar,  shuningdek,  signal 

belgilarining o’zaro joylashuvi signal va belgilarning yaxshi ko’rinishini ta’minlashi kerak. 



30 

 

126.  Kontakt  tarmoq  qismlaridan  5  m  dan  kam  masofada  joylashgan  kuchlanish  ostida 

kontakt  tarmoq  elementlari  mahkamlanadigan  barcha  metall  inshootlar  (ko’priklar,  ko’prik 

yo’llar,  tayanchlar),  temir  beton  tayanchlar,  temir  beton  va  metall  bo’lmagan  sun’iy 

qurilmalardagi  kontakt  tarmoqning  mahkamlanish  moslamalari,  shuningdek,  alohida  turuvchi 

metall  tuzilmalar  (gidrokolonkalar,  svetoforlar,  ko’prik  va  ko’prik  yo’llar  elementlari  va 

boshqalar) erga ulangan bo’lishi yoki inshoot va konstruksiyalarga yuqori kuchlanishning tushib 

qolishida muhofazalovchi o’chirish qurilmalari bilan jihozlanishi kerak. 

Xavfli kuchlanishlar paydo bo’lishi mumkin bo’lgan o’zgaruvchan tok kontakt tarmog’i 

hududida joylashgan barcha metall inshootlar erga ulanishi kerak. 

Elektrlashtirilgan  yo’llar  ustida  joylashgan  ko’prik  yo’llar  va  piyodalar  ko’prigida 

kuchlanish ostidagi tarmoq qismlaridan to’sib qo’yish uchun, odamlar o’tadigan joyda muhofaza 

shitlari va to’shamalar bo’lishi kerak. 

127.  1000  V  dan  yuqori  bo’lgan  kuchlanishli  kontakt  tarmog’i,  avtoblokirovka  va 

bo’ylama  elektr  ta’minlash  liniyalari,  havo  oraliqlari  (izolyasiyalovchi  tutashma),  neytral 

qo’yma,  seksiya  va  buralib  kiruvchi  izolyatorlar,  ajratuvchilar  yordamida  alohida  uchastkalar 

(seksiyalar) ga ajratilishi kerak. 

Havo  oraliqlari  chegaralarida  o’rnatilgan  kontakt  tarmoq  tayanchlari  va  shitlar  ajralib 

turuvchi  rangda  bo’yalishi  kerak.  Bu  shitlar  yoki  tayanchlar  orasida,  tok  qabul  qilgichi 

ko’tarilgan elektr harakat tarkibining to’xtashi man etiladi. 

128. Kontakt tarmog’i, avtoblokirovka va bo’ylama elektr ta’minot liniyalarini ta’minlash 

va  qismlarga  bo’linish  sxemasi  DATK  boshqaruvi  raisi  tomonidan  tasdiqlanishi  kerak. 

Sxemalardan nusxalar stansiyaning texnika-boshqaruv aktlariga qo’shib qo’yiladi. 

129.  Elektrdepo va anjomlash (экипировка) qurilmalarining, shuningdek, elektr harakat 

tarkibining  tomidagi  qurilmalari  ko’rikdan  o’tkaziladigan  yo’llarning  kontakt  tarmoq 

ajratgichlarini  yoqish  yoki  o’chirish  lokomotiv  depo  xodimlari  tomonidan  bajariladi.  Boshqa 

ajratgichlarni yoqish yoki o’chirish energodispetcher qarori bilangina amalga oshiriladi. 

Qo’l bilan boshqariladigan ajratgichlarning ajratish uskunalari qulflangan bo’lishi kerak. 

Avtoblokirovka  va  bo’ylama  elektrta’minoti  liniyalarining  ajratgichlari  va  o’chirish 

asboblarini,  shuningdek,  kontakt  tarmog’i  ajratgichlarini  o’chirib,  yoqish,  elektr  ta’minotining 

to’xtovsizligini  va  ishlab  chiqarishning  xavfsizligini  ta’minlovchi  ajratgichlarning  qulflangan 

ajratish uskunalari kalitlarini saqlash tartibi DATK elektr ta’minoti Markazi boshlig’i tomonidan 

o‘rnatiladi. 

Ajratgichlarni  va  o’chirish  asboblarini  o’chirib,  yoqish  energodispetcher  buyrug’i  bilan 

maxsus o’qishdan o’tgan boshqa xizmat xodimlari tomonidan bajariladi. 



130.  1000  V  dan  yuqori  bo’lgan  havo  elektr  uzatish  liniyalari  simlarning  pastki 

nuqtasidan to er sathigacha maksimal osma (proves) o’qida masofa quyidagicha bo’lishi kerak: 

 

peregonlarda kamida                                                     6,0 m 



shu jumladan, qiyin o’tish joylarida kamida             5,0 m 

avtomobil yo’llari bilan kesishuvlarda, 

stansiyalar va aholi punktlarida kamida                   7,0 m 

 

Temir  yo’llarning  kesishuv  joylarida  1000  V  dan  yuqori  kuchlanishli  elektr  uzatish 



liniyalari  havo  simlarining  pastki  nuqtasidan  to  elektrlashtirilmagan  yo’llar  rels  kallaklarining 

ustki sathigacha bo’lgan masofa kamida 7,5 m bo’lishi kerak. 

Elektrlashtirilgan  liniyalarda  kontakt  tarmoq  simlarigacha  bo’lgan  bu  masofa  Elektr 

uskuna  qurilmalari  qoidalari  va  temir  yo’l  texnik  sharoitlarga  binoan  kesishuv  liniyalarida 

kuchlanish darajasiga ko’ra belgilanishi kerak. 

 

 

 

 


31 

 

8-bob. Inshoot va qurilmalarni ko’rikdan o’tkazish va ularni ta’mirlash 

 

Inshoot va qurilmalarni ko’rikdan o’tkazish 

 

131.  Inshoot,  qurilma  va  xizmat-texnika  binolarini  ko’rikdan  o’tkazish  bevosita  ularga 

xizmat  ko’rsatuvchi  xodimlar  tomonidan,  shuningdek,  ushbu  qurilma  va  inshootlar  qarashli 

bo’lgan  stansiya,  depo,  distansiya  yoki  uchastka  boshliqlari  tomonidan  tegishli  nizom  va 

yo’riqnomalar bilan belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi. 

Asosiy  va  qabul  qilish-jo’natish  yo’llaridagi  strelka  o’tkazgichlarini,  bundan  tashqari 

kamida oyda bir marta stansiya boshlig’i yo’l ustasi va SSB elektrmexanigi bilan birga ko’rikdan 

o’tkazishi  kerak.  Ko’rik  natijalari  va  aniqlangan  nosozliklarni  bartaraf  etish  uchun  kerakli 

choralar maxsus jurnalga yozib qo’yiladi va bu jurnalda nosozliklarni bartaraf etish va tuzilgan 

chora-tadbirlarni bajarilish muddatlari ham ko’rsatiladi. 



132. DATK boshqaruvi raisi, DATK Markaz, boshqarma, mintaqaviy temir yo’l uzellari, 

korxonalari  rahbarlari  va  tarmog  korxonalar  rahbarlari  bo’linmalardagi  xo’jaliklar  ahvoli, 

mehnat  intizomiga  rioya  qilishni  doimiy  ravishda  tekshirishlari  va  barcha  inshoot  va 

qurilmalarning soz ahvolda saqlanishini, ish texnologiyasining bajarilishini harakat xavfsizligi va 

mehnat muhofazasini kafolatlovchi zarur choralar ko’rishlari kerak. 

(132 band birinch xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 

1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 

Inshoot,  qurilma  va  xizmat-texnika  binolarini  ko’rikdan  o’tkazishni  qamrab  oluvchi 

bunday  tekshiruvlarni  amalga  oshirish  tartibi  va  ularning  davriyligi  DATK  boshqaruvi  raisi 

tomonidan o‘rnatiladi. 

DATK boshqaruvi raisi yoki DATK boshqaruvi raisining birinchi o’rinbosari tomonidan 

ko’rik  yilda  kamida  ikki  marta,  mintaqaviy  temir  yo’l  uzeli  boshliq'i  tomonidan  -  yilning  har 

choragida o’tkaziladi. 

(132  band  uchinchi  xatboshi  "O'zdavtemiryo'lnazorat"  DI  boshlig'ining  2003  yil  27 

yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 

 

Inshoot va qurilmalarni ta’mirlash 

  

133.  Inshoot  va  qurilmalarni  ta’mirlash  harakat  xavfsizligi  va  texnika  xavfsizligini 

ta’minlagan holda, odatda, poezdlar harakat grafigini buzmasdan amalga oshirilishi kerak. 

Hajm  jihatidan  katta  bo’lgan  ta’mirlash  va  qurilish  ishlarini  amalga  oshirish  uchun 

poezdlar  harakat  grafigida  «okno»lar  ko’zda  tutilishi  va  bu  ishlar  uchun  tezliklarni 

chegaralashlar hisobga olinishi kerak. 

Yo’l,  sun’iy  inshootlar,  kontakt  tarmoqlari  va  SSB  qurilmalarini  joriy  saqlash  bo’yicha 

ishlarni  bajarish  uchun  DATK  boshqaruvi  raisi  belgilagan  tartibga  ko’ra,  poezdlar  harakat 

grafigida  ko’zda  tutilgan,  davomiyligi  1-2  soat  bo’lgan  «okno»lar,  bu  ishlarni  kompleks 

mashinalar,  maxsus  brigada  va  mexanizatsiyalashgan  kolonnalar  bilan  bajarishda  esa  3-4  soatli 

«okno»lar ajratilishi kerak. 

Poezdlar  harakat  grafigida  ko’zda  tutilmagan  vaqt  ichida  bajariladigan  yo’l,  kontakt 

tarmog’i,  SSB  va  aloqa  qurilmalari  hamda  boshqa  inshoot  va  qurilmalarning  ta’mir  ishlari, 

odatda, peregonni berkitmasdan amalga oshirilishi kerak. 

Agar  bu  ishlarni  bajarish  uchun  harakatlarni  to’xtatish  kerak  bo’lsa,  bu  ishlarning 

boshlanish va tamom bo’lish aniq muddatlari DATK YaDM boshlig’i tomonidan ishlar rahbari 

bilan birgalikda va tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i bilan kelishilib, o‘rnatiladi. 

Harakatni  to’xtatuvchi  ishlarni,  shuningdek,  ishlab  chiqarish  uchun  harakat  grafigida 

«okno»lar ko’zda tutilgan ishlarni bajarish uchun ketadigan vaqt davomida ishlar rahbari poezd 

dispetcheri bilan doimiy (telefon yoki radio) aloqani o’rnatishi kerak. 

Poezdlar  harakat  grafigida  «okno»lar  kunning  qorong’i  vaqtlariga  to’g’ri  kelgan 

uchastkalarda, ishlar rahbari ish joyining yoritilishini ta’minlashi kerak. 


32 

 

134.  Saralash  tepachalarining  mexanizatsiya  va  avtomatizatsiya  qurilmalari,  yo’llar, 

tepachalardagi  boshqa  inshoot  va  qurilmalarni  ta’mirlash  va  texnik  xizmat  ko’rsatish  uchun 

DATK  boshqaruvi  raisi  tomonidan  ko’zda  tutilgan  tartibga  ko’ra  0,7-1,5  soatli  texnololgik 

«okno»lar berilishi kerak. 

135.  Peregon  va  stansiyada  harakat  uchun  har  qanday  to’siq  (to’xtashni  talab  qiladigan 

joy),  shuningdek,  tezlikni  kamaytirish  yoki  to’xtashni  talab  qiladigan  harakat  uchun  xavfli 

bo’lgan ish bajarish joyi, poezd (manyovr tarkib) kelish-kelmasligidan qat’iy nazar ikki tarafdan 

signallar bilan to’silishi kerak. 

Quyidagilar man etiladi: 

harakat  uchun  xavfli,  ishlarni  amalga  oshirish  joyi  yoki  to’siqning  signallar  bilan 

ajratilishidan avval ishga kirishish

to’siq  bartaraf  etilmasdan,  ishlar  to’liq  bajarilmasdan,  yo’l,  kontakt  tarmog’i  holati  va 

gabaritlarga  rioya  qilish  tekshirilmasdan  avval  to’siqni  yoki  ishlar  amalga  oshirish  joyini 

to’suvchi signallarni olib tashlash. 

To’siqlarni va ishlarni amalga oshirish joylarini to’sish tartibi O’zbekiston Respublikasi 

temir yo’llarida signallashtirish bo’yicha Yo’riqnoma bilan o‘rnatiladi. 



136. Yo’llarda ishlarni amalga oshirish joyini to’suvchi ko’chma signallarni o’rnatish va 

ularni muhofaza qilish uchun ishlar rahbari brigada xodimlari ichidan tegishli sinovlardan o’tgan 

signalchilarni  ajratadi.  Signalchilar  temir  yo’l  transportining  boshqa  xodimlari  uchun  qabul 

qilingan bosh kiyimlaridan o’zgacha bo’lgan bosh kiyimlariga ega bo’lishi kerak. 

Yo’lda  yoyilib  ish  bajarayotganda,  shuningdek,  kichik  radiusli  egri  uchastkalarda, 

o’ymalar va signallar qiyin ko’riniadigan joylarda, poezdlar tig’iz harakatlanuvchi uchastkalarda 

ishlar rahbari ish joyini chegaralovchi signallar oldidagi xodim bilan (telefon yoki radio) aloqani 

o’rnatishi kerak. Signalchilar va ishlar rahbarlari UQT-diapozonli radiostansiyalarni olib yurishi 

kerak.  Ishlarni  amalga  oshirish  joylarini  aloqa  bilan  ta’minlash  tartibi  DATK  boshqaruvi  raisi 

tomonidan o‘rnatiladi. 



137.  Stansiya  yo’llarida,  to’xtash  yoki  tezlikni  kamaytirish  signallari  bilan  to’sib 

qo’yishni  talab  qiladigan  ishlarni,  stansiya  navbatchisi  ruxsatisiz  va  yo’llar,  strelka 

o’tkazgichlari,  SSB,  aloqa  va  kontakt  tarmoqlarini  ko’rikdan  o’tkazish  Jurnalida  ishlar  rahbari 

tomonidan  oldindan  qayd  qilinmasdan  amalga  oshirilishi  man  etiladi.  Markazlashtirilgan 

dispetcherlik  uchastkalarida  bunday  ishlar  ko’rsatilgan  tartibda,  lekin  faqat  poezd 

dispetcherining  ruxsati  bilan  bajarilishi  kerak.  Yo’l  va  sun’iy  inshootlarning  butligiga  zarar 

etkazmasdan  kuchlanishi  o’chirilgan  holda  kontakt  tarmog’ida  bunday  ishlarni  bajarishda, 

shuningdek, to’satdan paydo bo’lgan nosozliklarni yo’qotish bo’yicha ishlarni bajarishda ishning 

boshlanishi  yoki  tamomlanishi  xaqidagi  yozuv  ish  jurnalida  qayd  qilinuvchi  ishlar  rahbari 

tomonidan  stansiya  bo’yicha  (markazlashtirilgan  dispetcherlik  uchaskalarida  poezd 

dispetcheriga) uzatiladigan telefonogramma bilan o’zgartirilishi mumkin. 

Ish tamom bo’lganidan keyin qurilmalarni ishga tushirish stansiya navbatchisi tomonidan 

yo’l,  strelka  o’tkazgichlari,  SSB,  aloqa  va  kontakt  tarmoq  qurilmalarining  ko’rik  Jurnalidagi 

ishlar  rahbarining  yozuvi  asosida  yoki  shu  jurnalda  qayd  qilinadigan  (keyinchalik  ishlar 

rahbarining  shaxsiy  imzosi  bilan  tasdiqlanadigan)  stansiya  navbatchisiga  uzatiladigan 

telefonogramma asosida amalga oshiriladi. 



138.  Ishlarni  bajarish  uchun  bir  yo’lli  uchastkalarda  peregonni  va  ikki  yo’lli 

uchastkalarda bir yoki bir nechta yo’llarni yopish, agar bu qo’shni temir yo’llar bilan belgilangan 

harakat o’lchamlarining o’zgarishiga olib kelmasa, DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi 

boshlig’i bilan kelishilgan holda DATK YADM ruxsati bilan amalga oshiriladi. Agar  yo’llarni 

yopish qo’shni temir yo’llar bilan belgilangan harakat o’lchamlarini o’zgartirishga olib kelsa, bu 

qo’shni  temir  yo’l  rahbariyati  bilan  kelishilgan  holda  DATK  boshqaruvi  raisi  ruxsati  bilan 

bajariladi. 

Poezdlarning  kompaniya  boshqa  uchastkalari  bo’ylab  aylanma 

yo’llardan 

harakatlanishiga  olib  keladigan  peregon  va  yo’llarni  yopish  DATK  ruxsati  bilan  amalga 

oshiriladi. 


33 

 

139. Bir yo’lli uchastkalarda peregonning, ikki yo’lli va ko’p yo’lli uchastkalarda bir yoki 

bir nechta yo’lning yopilishi xaqida DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i kamida bir kun 

oldin tegishli ishlar rahbarlarini ogohlantiradi. 



(139  band  birinchi  xatboshi  "O'zdavtemiryo'lnazorat"  DI  boshlig'ining  2003  yil  27 

yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 

Peregon  va  yo’lning  ochilishi  va  yopilishi,  ishlarning  boshlanishidan  avval  va  tamom 

bo’lgandan keyin, poezd dispetcherining buyrug’i bilan amalga oshiriladi. 

Ishlar  rahbari  peregon  va  yo’llarning  yopilgani  va  ish  joyining  signallar  bilan  to’silgani 

xaqida  poezd  dispetcherining  (bildirishnoma,  telefonogramma  yoki  telegramma  shaklidagi) 

buyrug’ini olmasdan avval ishga kirishishi taqiqlanadi. 



140.  Ishlarni  qaysi  tashkilot  bajarganidan  qat’iy  nazar,  yo’l  ishlari  yoki  sun’iy 

qurilmalardagi  ishlarning  tugagani,  poezdlarning  to’xtovsiz  va  xavfsiz  harakatlanishi  uchun 

to’siqlar  bartaraf  etilgani  xaqida  yo’l  distansiyasi  boshlig’i  yoki  u  vakil  qilgan,  lavozimi  yo’l 

ustasinikidan  kichik  bo’lmagan  xodimning  yozma  bildirishnomasi,  telefonogramma  yoki 

telegrammasi olinganidan keyin, peregon yoki yo’llarning ochilishi amalga oshiriladi. 

Amaldagi  SSB  va  aloqa  qurilmalarinig  faoliyatini  tiklash,  SSB  va  aloqa  katta 

elektrmexanigidan,  elekt  ta’minoti  qurilmalari  uchun  esa  energodispetcherdan  bildirishnoma 

olinganidan so’ng amalga oshiriladi. 

 

3 BO'LIM. HARAKAT TARKIBI 

 

9-bob. Umumiy talablar 

 

141.  Harakat  tarkibi  o’z  vaqtida  ta’mirlashning  rejaviy-ogohlantirish  turlaridan, 



texnik  xizmatlardan  o’tishi  va  uning  to’xtovsiz  ishlashini,  harakat  xavfsizligi,  mehnat 

muhofazasi  talablarini  bajarishni  ta’minlovchi  foydalanishdagi  soz  holatda  saqlanishi 

kerak. 

Harakat tarkibida nosozliklar paydo bo’lishining oldini olish va uning xizmat qilish 

muddatlarini  ta’minlash,  harakat  tarkibiga  xizmat  ko’rsatuvchi  va  ta’mirlovchi  shaxslar 

ishida asosiy vazifa bo’lishi kerak. SMV aravachalaridagi yo’lovchi vagonlar peozdlarda ko’pi 

bilan 120 km/soat tezlikda harakat qilishi mumkin. 

Yo’lovchi  poezdlarda  140  km/soat  dan  ortiq  tezlik  bilan  harakatlanuvchi  harakat 

tarkibiga bo’lgan qo’shimcha talablar DATK ning tegishli yo’riqnomasi bilan o‘rnatiladi. 



142. Yangi qurilayotgan harakat tarkibining turlari va asosiy tavsiflari DATK tomonidan 

belgilangan tartibda tasdiqlanadi. 

YAngi  qurilayotgan harakat  tarkibi uchun texnik vazifa ijrochi  tomonidan DATK bilan, 

uzel  va  detallarning  chizmalari  hamda  texnik  shartlari  –  DATK  tegishli  soha  xo’jaliklari  bilan 

kelishilgan holda tasdiqlanadi. 

143.  Mustahkamlik,  barqarorlik  va  texnik  holati  bo’yicha  barcha  elementlar  DATK 

tomonidan belgilangan eng katta tezliklarda poezdlarning silliq va xavfsiz harakatini ta’minlashi 

kerak. 

Yangi  qurilayotgan  vagonlar,  tegishli  toifadagi  poezdlarga  xizmat  ko’rsatish  uchun 



mo’ljallangan  eng  katta  konstruksion  tezlikka  ega  istiqbolli  lokomotivlarning  ko’zda  tutilgan 

silliq va xavfsiz harakatlanishini ta’minlashi kerak. 

O’tish  maydonchalari  bo’lmagan  vagonlar  maxsus  zinacha  va  tutqichlarga  ega  bo’lishi 

kerak. 


144.  Foydalanishga  tushirilgan  harakat  tarkibining  asosiy  uzellari  konstruksiyasiga 

o’zgartirishlar  kiritish  DATK  tegishli  Markaz,  boshqarma  va  korxonalari  ruxsati  bilan  amalga 

oshiriladi. 

145.  Harakat  tarkibi  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  standarti  belgilagan  va 

Davlatlararo  texnik  qo’mita  bilan  belgilangan  tartibda  kelishilgan  harakat  tarkibi  gabaritlari 

talablariga javob berishi kerak. 


34 

 

146.  Yangi  qurilgan,  shuningdek,  tub  ta’mirdan  o’tgan  harakat  tarkibi,  temir  yo’lga 

topshirilishdan avval, DATK belgilagan tartibda sinovdan o’tishi va etkazib beruvchi zavoddan 

qabul qilinib olinishi kerak. 



147.  Harakat  tarkibining  har  bir  birligi  quyidagi  aniq  farqlash  belgi  va  yozuvlarga  ega 

bo’lishi  kerak:  Davlat  gerbi  (lokomotiv  va  yo’lovchi  vagonlarda,  yuk  vagonlarida  «DATK» 

belgisi), kompaniya initsiallari  (vagonlardan tashqari), nomer (yo’lovchi  vagonlar uchun vagon 

biriktirilgan  yo’lning  kodini  o’z  ichiga  oladi),  qurilgan  vaqti  va  joyi  ko’rsatilgan  ishlab 

chiqaruvchi zavod yozuvi, belgilangan ta’mir turlari amalga oshirilgan joy va sana, tara og’irligi 

(lokomotivlardan  tashqari).  Bundan  tashqari,  quyidagi  yozuvlar  bo’lishi  kerak:  lokomotiv  va 

motorvagon  harakat  tarkiblarida  –  konstruksion  tezligi,  seriyasi,  u  biriktirilgan  depo  nomi, 

rezervuar, nazorat moslamalari va qozonlarning tekshirib ko’rilgani xaqida yozuvlar:  yo’lovchi 

vagonlar  va  motorvagon  harakat  tarkibida  –  joylar  soni;  yuk  vagonlarida  –  yuk  ko’tarish 

qobiliyati. 

Harakat  tarkibida  boshqa  yozuvlar  va  belgilar  DATK  tomonidan  belgilangan  tartibda 

amalga oshiriladi. 



148.  Har  bir  lokomotiv,  vagon  va  motorvagon  hamda  o’ziyurar  harakat  tarkibi  birligi 

uchun  muhim  texnik  va  foydalanish  tavsiflarini  o’z  ichiga  olgan  texnik  pasportlar  yuritilishi 

kerak. 

149.  Lokomotiv  va  motorvagon  harakat  tarkibi  radiostansiya,  DATK  tomonidan 

belgilangan ko’rsatmalarni qayd qiluvchi tezlik o’lchagich, avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi, 

shuningdek  DATK  tomonidan  belgilangan  tartib  va  ro’yxatga  binoan  boshqa  xavfsizlik 

qurilmalari bilan jihozlanishi kerak. 

Yo’lovchi  lokomotivlar  elektr  pnevmatik  tormozni  boshqarish  qurilmalari  bilan,  yuk 

poezdlari lokomotivlari esa tormoz magistrali butligi nazorati qurilmasi bilan jihozlanishi kerak. 

Bir  mashinist  bilan  boshqarilganda  poezd  lokomotivlari  DATK  tomonidan  tasdiqlangan 

quyidagi vosita va qurilmalar bilan jihozlanishi kerak: 

poezd  tormozlanishini  avtomatik  boshqaruv  tizimi  yoki  xavfsizlik  lokomotiv  kompleks 

qurilmasi bilan, shuningdek, mashinist hushyorligini nazorati tizimi bilan jihozlanishi kerak

orqa ko’rinish oynaklari bilan; 

teplovozlar – o’t o’chirish tizimi bilan

tormoz blokirovkasi bilan. 

Motorvagon  poezdlari  o’tish  svetoforlari,  pereezd  va  stansiyalarga  yaqinlashganda  nutq 

axboroti  tizimi  va  harakat  tezligini  nazorat  qilishni  ta’minlovchi  avtomatik  yurish  tizimi  bilan, 

«yo’lovchi-mashinist»  aloqasi,  eshiklar  berkilishi  nazorati  signalizatsiyasi,  o’t  o’chirish 

avtomatik signalizatsiyasi bilan jihozlanadi. 

Manyovr lokomotivlari mashinist kabinasidan vagonlarni ajratuvchi qurilmalar bilan, bir 

mashinist xizmat ko’rsatadigan lokomotivlar esa, bundan tashqari ikkinchi boshqaruv pulti, orqa 

ko’rinish  oynaklari  va  mashinistning  lokomotivni  boshqarish  qobiliyatini  to’satdan  yo’qotgan 

vaqtida avtomatik to’xtash qurilmalari bilan  jihozlanishi kerak. 

150.  Maxsus  harakat  tarkibi  va  olib  qo’yiladigan  qo’zg’aluvchan  birliklarga  bo’lgan 

texnik talablar, shuningdek, ularga texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash va foydalanish tartiblari 

DATK tomonidan o‘rnatiladi. 

151. Kompaniya yo’llariga chiquvchi boshqa muassasa, korxona va tashkilotlarga tegishli 

lokomotiv  va  vagonlar  ushbu  Qoidalar  talablariga  muvofiq  bo’lishi  kerak.  Bunday  harakat 

tarkibining kompaniya yo’llaridagi harakatlanish tartibi DATK tomonidan o‘rnatiladi. 

(151 band "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2012 yil 30 mart 70 son buyrug'iga 

muvofiq o'zgartirildi). 

 

10-bob. G’ildirak juftliklari  

 

152.  Har  bir  g’ildirak  juftligi  Harakat  tarkibining  g’ildirak  juftliklarini  ko’rikdan 

o’tkazish,  ularni  tekshirish,  ta’mirlash  va  tuzish  yo’riqnomasi  belgilangan  talablarga  javob 



35 

 

berishi  hamda  o’qida  g’ildirak  juftligi  tuzilgan  va  to’liq  tekshirilgan  joyi,  vaqti  xaqida  aniq 



belgilar, shuningdek, tuzilish vaqtida uni qabul qilish xaqida tamg’aga ega bo’lishi kerak. 

Belgi va tamg’alar belgi markirovka qoidalarida ko’zda tutilgan joylarga qo’yiladi. 

G’ildirak juftliklari belgilangan tartibda harakat tarkibi ostida ko’rikdan o’tishi, oddiy va 

to’liq tekshirishdan o’tishi, qo’yilayotgan vaqtda esa tegishli jurnal va pasportlarda qayd qilinishi 

kerak. 


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish