O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana26.01.2020
Hajmi0,79 Mb.
#37122
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
PTE uz-2

§6. SSB va aloqa 

 

60.  Yo’lovchi  poezdlari  140  dan  200  km/soat  gacha  harakat  tezliklari  bilan  qatnovi 



amalga oshiriluvchi temir yo’l uchastkalarida joylashgan peregon va stansiyalar:  

avtomatik  blokirovka,  ALSN  avto  to’xtashi  bilan  avtomatik  lokomotiv  signalizatsiyasi, 

ko’p  belgili  ALS,  strelkalar  va  signallarni  elektr  markazlashtirilishi,  dispetcherlik 

markazlashtirish  yoki  dispetcherlik  nazorati  mikroprosessor  qurilmalari,  nosoz  vagonlarni 

avtomatik  ravishda  aniqlovchi  qurilmalar,  TFQ  ga  muvofiq  aloqa  va  radio  aloqa  turlari  bilan 

jihozlanishi kerak.  

Poezdlar harakatini boshqarish avtomat tizimlari, avtomatlashtirilgan ish joylari tizimlari, 

poezdlarning  tormozlashni  avtomat  boshqarish  tizimlari  (SAUT)  rejaviy  tartibda  joriy  qilinishi 

kerak.     

61.  Elektr  markazlashtirish  qurilmalarida  yo’nalishlarni  tutashtirish  ikki  yoki  uch 

yaqinlashish  blok-uchastkasidan  oldin  amalga  oshirilishi  kerak,  bunda  ularning  jamlangan 

uzunligi 200 km/soat tezlikda shoshilinch tormozlanish yo’lidan kam bo’lmasligi kerak.   

62.  Uch  yoki  to’rt  belgili  signalizatsiya  va  ALSN  li  avtoblokirovka  bilan  jihozlangan 

uchastkalarda,  yo’lovchi  poezdlarining  140  dan  160  km/soat  gacha  tezlik  bilan  harakatlanishi 

yo’l  va  lokomotiv  svetoforlari  signallari  bo’yicha  yopiq  svetofor  oldida  to’xtash  bilan  xizmat 

tormozlanishi  qo’llanilishida lokomotiv svetofori  yashil chirog’ini sariqqa almashishida amalga 

oshiriladi. 160 km/soat dan ortiq tezlik bilan harakatlanish ko’p belgili ALS li yo’l va lokomotiv 

svetoforlari signallari bo’yicha amalga oshiriladi.       

63.  To’rt  belgili  avtoblokirovkali  uchastkalarda  sariq  chiroq  kodli  signalini  bir  sariq 

chiroqli yo’l svetofori oldida ham, shuningdek bir vaqtning o’zida yonuvchi bir sariq chiroqli va 

bir  yashil  chiroqli  svetofor  oldida  ham  uzatishga  yo’l  qo’yiladi.  Bunda  blok-uchastkalar 

uzunliklari quyidagi talablarga javob berishi kerak:  

uchta  qo’shni  blok-uchastkalar  jamlangan  uzunligi  xizmat  tormozlanishi  va  amalga 

oshirilgan  maksimal  tezlikda  ushbu  joy  uchun  aniqlanuvchi  tormozlash  yo’lidan  kam 

bo’lmasligi, shuningdek, ALS-EN qurilmalarining poezd tormoz tizimiga ta'sir qilgunicha kerak 

bo’ladigan  vaqt  mobaynida    poezdning  taqiqlovchi  ko’rsatkichli  svetofor  oldida  to’xtashiga 

qadar  bosib  o’tadigan  masofani  hisobga  olib  shoshilinch  tormozlanishdagi  tormozlash  yo’lidan 


83 

 

kam bo’lmasligi kerak. Bunda xizmat tormozlanishining tormozlash yo’lida lokomotiv svetofori 



ko’rsatkichining yashildan sariqqa o’tishiga kerak bo’lgan 6 soniyaga teng vaqt va uni mashinist 

tomonidan  qabul  qilish  uchun  kerak  bo’lgan  3  soniya,  ya'ni  jami  9  soniya  vaqt  mobaynida 

poezdning bosib o’tuvchi yo’li hisobga olinishi kerak;               

ikkita  qo’shni  blok-uchastkalar  jamlangan  uzunligi  amalga  oshirilgan  maksimal  harakat 

tezligini yo’lning ushbu joyida bir sariq (o’chib yonmaydigan) chiroqli svetofordan o’tish uchun 

belgilangan  tezlikkacha  pasaytirishga  kerak  bo’ladigan  xizmat  tormozlanishi  tormoz  yo’lidan 

(poezdning  9  soniya  vaqt  ichida  bosib  o’tadigan  yo’lini  ham  hisobga  olib)  kam  bo’lmasligi 

kerak;   

har bir blok-uchastka uzunligi bir sariq (o’chib yonmaydigan) chiroqli svetofordan o’tish 

uchun belgilangan tezlikda to’liq xizmat tormozlanishidagi tormozlash yo’lidan kam bo’lmasligi 

kerak va bundan tashqari ALS-EN qurilmalarining poezd tormoz tizimiga ta'sir qilgunicha kerak 

bo’ladigan  vaqt  mobaynida    poezdning  taqiqlovchi  ko’rsatkichli  svetofor  oldida  to’xtashiga 

qadar  bosib  o’tadigan  masofani  hisobga  olib  shoshilinch  tormozlanishdagi  tormozlash  yo’lidan 

kam bo’lmasligi kerak. 

64.  To’rt  belgili  signalizatsiyali  avtoblokirovka  bilan  jihozlangan  shahar  atrofidagi 

poezdlar  jadal  harakatli  uchastkalarda,  yo’lovchi  poezdlarning  harakat  tezliklari  "O’zbekiston 

temir yo’llari" DATK tomonidan tormozlash yo’llari hisoblariga muvofiq belgilanadi.   

65.  140  km/soat  dan  ortiq  tezlik  bilan  qatnovchi  yo’lovchi  poezdlari  uchun  bir  sariq 

(o’chib  yonmaydigan)  chiroqli  svetofordan  o’tish  tezligi  100  km/soat  dan  oshirmasdan 

belgilanishi kerak.     

66.  140  km/soat  dan  ortiq  tezlik  bilan  harakatlanuvchi  yo’lovchi  poezdlari  yo’nalishlari 

bo’yicha  peregon  va  stansiyalarda  rels  elektr  zanjirlari  takrorlanuvchi  birikish  (mis  yoki  texnik 

xarakteristikalari bo’yicha ularga o’xshash boshqa) ulagichlar bilan jihozlanishi kerak.   

67. Asosiy yo’llar strelkali uchastkalarining tarmoqlanishi (s'ezdlarning juft strelkalaridan 

tashqari) qo’shimcha yo’l relelari va takrorlanuvchi birikish ulagichlari bilan jihozlanadi.   

68.  Avtomatik  lokomotiv  signalizatsiyasi  va  poezd  radio  aloqasining  ishga  yaroqliligi 

kamida yil choragida bir marta vagon-laboratoriya bilan tekshirilishi kerak.   

 

§7. To’suvchi va himoyalovchi inshoot va qurilmalar 

 

69. Piyodalar harakati tashkil etilgan joylardagi to’silish o’tish joyiga ega bo’lishi kerak. 



Temir  yo’llar  orqali  piyoda  yo’lakchalari  bu  holatlarda  ogohlantirish  yozuvli  to’sqichlar  bilan 

jihozlanishi va tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishi paytida harbiylashtirilgan qo’riqchi bo’linmalari 

xodimlari tomonidan qo’riqlanmog’i kerak.   

70.  To’suvchi  va  himoyalovchi  inshoot  va  qurilmalarning  saqlash  tartibi  "O’zbekiston 

temir yo’llari" DATK boshqaruvi raisi buyrug’i bilan belgilanadi.   

 

§8. Kesishmalar 

 

71. Tezyurar uchastkalarda temir yo’llarning avtomobil yo’llari bilan bir sathda kesishish 



joylari (kesishmalar) kesishmalarni to’sish moslamalari (KTM) bilan jihozlanishi kerak. 

72.  Kesishmalarning  tuzilishi  va  qurilishi  Temir  yo’l  kesishmalaridan  foydalanish 

yo’riqnomasi talablariga, shuningdek mazkur bob talablariga muvofiq bo’lishi kerak.        

73.  Mazkur  TFQ  ga  Qo’shimchalarda  bayon  qilingan  talablarga  nomuvofiq  bo’lganda, 

kesishmalar  yo’lovchi  poezdlari  tezyurar  harakati  joriy  qilingunga  qadar  "O’zbekiston  temir 

yo’llari"  DATK  tomonidan  tasdiqlanadigan  loyihalar  bo’yicha  to’sish  qurilmalari  o’rnatilishini 

ham o’z ichiga olib qayta qurilishi kerak.   

74.  Yo’lovchi  poezdlari  tezyurar  harakati  amalga  oshiriladigan  barcha  kesishmalarda 

navbatchi xodim xizmat ko’rsatishi kerak. 


84 

 

75.  Kesishma  bo’yicha  navbatchi  yoki  uning  vazifasini  bajaruvchi  xodim  tezyurar 



yo’lovchi  poezdi  o’tishidan  10  daqiqa  oldin  kesishma  orqali  transport  vositalari  harakatini 

to’xtatishi va to’sma q’ov (shlagbaum)ni berkitishi kerak.       

76.  Yuk  bilan  yoki  yuksiz  yirik  gabaritli  va  og’ir  yukli  transport  vositalarini,  sekin 

yuruvchi mashinalar va avtopoezdlarni tezyurar poezd o’tishidan 1 soatdan kamroq vaqtda temir 

yo’l kesishmalari orqali o’tkazilishi taqiqlanadi.  

Tezyurar  yo’lovchi  poezdi  o’tishidan  kamida  20 daqiqa  oldin  chorva  mol  haydab  o’tish 

to’xtalishi kerak.  

77. Tezyurar yo’lovchi poezdi o’tkazilishida kesishma bo’yicha navbatchi chekka relsdan 

kamida 5 m masofada turishi kerak.  

78.  Zarur  holatlarda  ayrim  kesishmalarda  tezyurar  yo’lovchi  poezdi  o’tkazilishida 

qo’shimcha  xavfsizlik  chorasi  sifatida  kesishma  navbatchisi  postining  qarama-qarshi  tomonida 

joylashgan zahira gorizontal-buriluvchi to’sma g’ovlar (shlagbaumlar) berkitilishi va qulflanishi 

kerak.  Bunday  kesishmalar  ro’yxati  "O’zbekiston  temir  yo’llari"  DATK  rahbariyati  tomonidan 

belgilanadi.     



§9. Ishlar joylarini to’sish va xodimlar 

xavfsizligini ta'minlash tartibi 

                     

79.  Peregon  va  stansiyalarda  poezdlar  harakati  uchun  to’siq  joylarni  va  ishlar  amalga 

oshirish  joylarini  to’sish,  O’zbekiston  Respublikasi  temir  yo’llarda  signallashtirish  bo’yicha 

yo’riqnoma, Yo’l ishlarini amalga oshirishda poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash bo’yicha 

yo’riqnoma  va  Kontakt  tizimida  ishlarni  olib  qo’yiladigan  izolyatsiyalovchi  minoralardan  turib 

amalga  oshirganda  poezdlar  harakati  xavfsizligini  ta'minlash  bo’yicha  yo’riqnomalar  bilan 

belgilangan  tartibda  amalga  oshiriladi.  Bunda  yo’lovchi  poezdlarining  161-200  km/soat  tezlik 

bilan harakatlanish uchastkalarida A va B masofalar quyidagiga teng qilib olinadi:  

0,006 dan kam rahbariy pasayishlar mavjud peregonlarda mos ravishda, 1600 va 1800 m;  

0,006  va  undan  tikroq,  biroq  0,010  dan  oshmagan  rahbariy  pasayishlar  mavjud 

peregonlarda mos ravishda, 1700 va 1900 m.   

Agar  tezyurar  poezd  o’tishiga  1  soatdan  kam  vaqt  qolgan  bo’lsa,  to’xtash  yoki  tezlikni 

pasaytirish signallari bilan to’silishi talab etiladigan rejaviy ishlarni boshlash taqiqlanadi.       

80.  Yo’l,  inshootlar  va  qurilmalardagi  barcha  ishlar,  shu  jumladan  ularning  ko’rik  va 

tekshirishlari ham, tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishidan kamida 20 daqiqa oldin to’xtalishi kerak. 

Yo’l, inshootlar va qurilmalar poezd xavfsiz o’tishini ta'minlovchi holatga keltirilishi, materiallar 

va  asboblar  yo’ldan  olib  qo’yilishi  va  tezyurar  yo’lovchi  poezdi  o’tishidan  kamida  20  daqiqa 

oldin barcha ishlovchilar chekka relsdan kamida 5 m masofaga uzoqlashishi kerak.  

Tezyurar  yo’lovchi  poezdi  o’tishi  kutilayotgan  yo’lga  qo’shni  yo’ldagi  ishlar  to’xtalishi 

va ishlovchilar ushbu poezd o’tishidan 10 daqiqa oldin mazkur yo’l chetiga o’tib turishlari kerak. 

Tezyurar  yo’lovchi  poezdi  o’tib  ketmaguncha  ushbu  yo’llarda  ishlarni  qayta  boshlash 

taqiqlanadi.              

81. Katta yo’l ustalari, yo’l ustalari, yo’l brigadirlari, SSB va aloqa qurilmalariga xizmat 

ko’rsatuvchi  rayon  kontakt  tizimi  elektrmexanik  va  elektrmontyorlari  va  boshqa  xodimlarning 

yonida tezyurar poezd harakatlanishi jadvalidan ko’chirma bo’lishi kerak.  

Ishlarni  boshlashdan  oldin  ishlar  rahbarlari  tezyurar  yo’lovchi  poezdi  o’tishi  vaqtini 

stansiya navbatchisi yoki poezd dispetcheridan aniqlashtirib olishlari kerak.  

Tezyurar yo’lovchi poezdlari kech qolishlarining har bir holati xaqida poezd dispetcheri, 

kesishmalar  bo’yicha  navbatchilarni  ogohlantiruvchi  barcha  stansiya  navbatchilarini  xabardor 

qilishi kerak.   

82. O’z lavozim vazifalariga ko’ra yo’l va qurilmalarda ishlarni boshqarishi, shuningdek 

ularni ko’rigini amalga oshirishi mumkin bo’lgan barcha xodimlar yonida radiostansiya bo’lishi 

va  stansiya  bo’yicha  navbatchilar,  lokomotiv  mashinistlari  bilan  radio  aloqadan  foydalanishi, 

shuningdek peregon aloqasi telefonlari kalitlariga va ushbu aloqadan foydalanish uchun telefon 

trubkalariga ega bo’lishi kerak.  



85 

 

Yo’l  va  kontakt  tizim  xodimlarida  mavjud  bo’lgan  telefonlarning  texnik  tekshirish  va 



tamg’alashlari signallashtirishtirish va aloqa distansiyalari xodimlari tomonidan har oyda amalga 

oshiriladi.  

Barcha signalchilar ham radiostansiyalarga ega bo’lishi kerak.  

83.  Tezyurar  yo’lovchi  poezdlari  qatnash  uchastkalarida  ishchi  poezdlarga  xizmat 

ko’rsatuvchi  va  ochiq  harakat  tarkibida  joylashgan  odamlarning  xavfsizligini  ta'minlash  uchun 

ishlar  rahbari  peregon  bo’yicha  harakatlanganda  yoki  ishlarni  bajarishda  qo’shni  yo’ldan 

tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishidan 20 daqiqa oldin ishlarni tugatishi, ishchi poezdini to’xtatishi 

shart va 20 daqiqa oldin barcha xodimlar, yo’l mashinalari mexaniklaridan tashqari, yo’ldan va 

ochiq harakat tarkibidan xavfsiz masofaga chetga chiqishlari kerak.    

84.  Yo’l  mashinalari  mexaniklari  tezyurar  yo’lovchi  poezdi  o’tishidan  20  daqiqa  oldin 

ishlarni tugatishi va mashina ishchi organlarini qo’shni yo’l tomondan gabarit holatga keltirishi, 

boshqaruv kabinalarida qolib, ushbu poezd xavfsiz o’tishi choralarini ko’rishi lozim.   



 

IV bob. Tezyurar yo’lovchi harakat uchun 

harakat tarkibi 

                    

 

§1. Lokomotivlar 

 

85.  Tezyurar  yo’lovchi  poezdlariga  xizmat  ko’rsatish  uchun    tegishli  konstruksiyaviy 



tezlikka  ega  maxsus  ajratilgan  lokomotivlar  "O’zbekiston  temir  yo’llari"  DATK  belgilagan 

tartibda tayinlanadi. 

86.  Tezyurar  yo’lovchi  poezdlari  lokomotivlariga  xizmat  ko’rsatishga  lokomotiv 

brigadalari  "O’zbekiston  temir  yo’llari"  DATK  tomonidan  intensiv  texnologiyalar  bilan  ishlash 

bo’yicha  o’rnatilgan  tartibda  kasbga  oid  tanlash  va  tibbiy  tekshirishdan  o’tgan  birinchi  klass 

malakali  mashinistlar  va  lokomotivlarni  boshqarish  guvohnomalariga  ega  mashinist 

yordamchilaridan tayinlanadi.  

Tezyurar  yo’lovchi  poezdlariga  xizmat  ko’rsatish  brigadalari  tarkibidagi  o’zgarishlarga, 

istisno tariqasida, faqat depo boshlig’i shaxsan ruxsatiga ko’ra yo’l qo’yilishi mumkin.    

87. Tezyurar harakat tortish harakat tarkibining yo’l bosish me'yori, uning rejaviy ta'mir 

turlari, ularning davriyligi, ta'mir texnologik jarayonlari va texnik holatiga talablar "O’zbekiston 

temir yo’llari" DATK tomonidan belgilanadi.     

88.  Asosiy  depoda,  aylanish  punktlarida,  lokomotiv  brigadalarining  almashinish 

punktlarida  lokomotivni  qabul  qilish-topshirishda,  shuningdek  harakat  yo’nalishidagi 

to’xtashlarda  lokomotiv  brigadasi:  g’ildirak  juftlarining,  buksa  va  reduktor  podshipniklarning 

(qizishi  bo’yicha),  tortish  dvigatellari  va  reduktorlari  osmalarining,  tortish  uzatmasi, 

gidroamortizatorlar    detallarining,  ALS  g’altaklarining,  tormoz  richag  uzatmasi  va  ressor 

osmasining mahkamlanish detallarining holatiga asosiy e'tibor qaratishi shart.        

89. Mavjud va qayta ishlab chiqilayotgan tok qabul qilgichlarning parametrlarini ularning 

pasport ma'lumotlariga  muvofiqligini tekshirish depoda va texnik  xizmat ko’rsatish  punktlarida 

amalga oshiriladi.  

Tok  qabul  qilgichlarning  ko’riklari  lokomotiv  depo  va  elektr  ta'minoti  distansiyasining 

maxsus  ajratilgan  xodimlari  tomonidan,  161-200  km/soat  tezlikni  amalga  oshiradigan  elektr 

harakat tarkibi uchun esa har bir reys oldidan aerodinamika stabillashtirish qurilmalari (ekranlar) 

va  avtomat  tarzda  tartibga  solinuvchi  tok  qabul  qilgichlarda  muhofaza  metall  o’zakchalarining 

mavjudligini  lokomotiv  depo  va  elektr  ta'minoti  xodimlari  tomonidan  komissiyaviy  tekshirib 

amalga oshiriladi.      

 

§2.  Vagonlar 

 

90.  Tezyurar  yo’lovchi  poezdlarining  tarkiblari  "O’zbekiston  temir  yo’llari"  DATK 



tomonidan belgilangan talablarga muvofiq yaxlit metall yo’lovchi vagonlaridan tuziladi.  

86 

 

91. 141-200 km/soat tezlik harakatlari uchun, Vagon g’ildirak juftlarini ko’rigi, tekshirib 



chiqilishi  va  tuzilishi  bo’yicha  yo’riqnoma  talablarini  va  "O’zbekiston  temir  yo’llari"  DATK 

tomonidan belgilangan qo’shimcha talablarni qondiruvchi g’ildirak juftlaridan foydalanish kerak.      

92.  141-200  km/soat  tezliklar  uchun  tormoz  jihozlari  Hamdo’stlik  davlatlari-

qatnashchilari,  Latviya,  Litva,  Estoniya  temir  yo’llari  harakat  tarkibining  tormozlardan 

foydalanish  bo’yicha  qoidalar  talablariga  va  "O’zbekiston  temir  yo’llari"  DATK  tomonidan 

belgilangan qo’shimcha talablarga muvofiq bo’lishi kerak.  

93. 141-200 km/soat tezliklar uchun harakat tarkibining avtoulash qurilmasi Hamdo’stlik 

davlatlari-qatnashchilari,  Latviya,  Litva,  Estoniya  temir  yo’llari  harakat  tarkibining  avtoulash 

qurilmasi  ta'miri va xizmat  ko’rsatilishi  bo’yicha Yo’riqnoma talablarini va "O’zbekiston temir 

yo’llari" DATK tomonidan belgilangan qo’shimcha talablarni qondirishi kerak.  

94.  Tebranishlarning  gidravlik  so’ndirgichlari  90  mm  porshen  yurishi  bilan 

konstruksiyaviy ikki tomonlama ta'sirli bo’lishi kerak.  

Tebranishlarni  pasaytirish  koeffisienti  O’zbekiston  Respublikasi  temir  yo’l  transporti 

xavfsizligi me'yorlarini qondiruvchi boshqa gidro so’ndirgichlarni qo’llashga yo’l qo’yiladi.     

95.  Vagonlarning  deraza  oynalari  konstruktorlik  hujjatlari  talablariga  va  belgilangan 

talablarga muvofiq bo’lishi kerak; oyna qalinligi - kamida 5+0,5 mm.   

96. Ventilyatsiya tizimi tomonidan beriluvchi havoning tozalanishi inersiyaviy o’z-o’zini 

tozalash  filtrlarini  (birinchi  bosqich)  va  seriyali  ishlab  chiqariluvchi  oddiy  vagonlarda 

qo’llaniluvchi  moyli  kontakt  filtrlarini  qo’llab  (ikkinchi  bosqich)  ikki  bosqichli  bo’lishi  kerak. 

Bunda  moyli  filtrlarni  regenaratsiya  qilish  (tiklash)  oyiga  bir  marta  amalga  oshirilishi  kerak. 

Agar  o’z-o’zini  tozalash  inersiyaviy  filtrlari  o’rnatilmagan  holat  bo’lsa,  moyli  filtrlar 

regenaratsiyasini har bir reysdan keyin amalga oshirish talab etiladi.         

97.  Sovuq  havo,  qor  va  chang  esib  kirishini  bartaraf  etish  uchun  yo’lovchi  salonlar  va 

tezyurar yo’lovchi poezdlari vagonlarining tamburlari germetikligini oshirishni  ta'minlash kerak.    

98.  Tezyurar  poezd  tarkiblariga  texnik  xizmat  ko’rsatish  tartibi  va  rejaviy  ta'mir 

turlarining texnologik jarayoni, ularning davriyligi, tezyurar  harakatning harakat tarkibi alohida 

uzellari va detallariga talablar "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan belgilanadi.     

99.  Vagonlarning  tormoz  jihozlari  texnik  xizmati  Vagonlarning  tormoz  jihozlarini 

ta'mirlash  bo’yicha  yo’riqnoma,  Hamdo’stlik  davlatlari-qatnashchilari  temir  yo’llari  harakat 

tarkibining  tormozlardan  foydalanish  bo’yicha  qoidalar  talablariga  va  quyidagi  qo’shimcha 

talablarga muvofiq amalga oshirilishi kerak:  

tuzish  va  aylanish  punktlarida  elektr  pnevmatik  tormozni  sinab  ko’rishda  uni 

tormozlangan vaziyatda to’sish holatida 5 daqiqa mobaynida tekshirish;  

diskli  tormozlarning  texnik  xizmati  va  ta'mirini  ishlab  chiqaruvchi  zavod  texnik 

hujjatlariga muvofiq amalga oshirish;     

kolodkali  tormozlarga  xizmat  ko’rsatish  va  ta'mirlashda  faqat  issiq  o’tkazuvchi 

materialdan ishlangan kompozision kolodkalarni qo’llashga ruxsat etiladi;  

kolodkalarni  qo’yish  va  almashtirishda  tormoz  boshmoqlari  va  fiksatorlari  holatiga 

alohida e'tibor qaratish. Tormoz richagli uzatmaning sharnirli birikmalari belgilangan markadagi 

o’q moyi bilan moylanadi;  

141-160  km/soat  harakat  tezliklari  uchun  kolodka  tormozli  KVZ-SNII  va  KVZ-SNII-M 

tipidagi aravachali vagonlarning depo va tub ta'mirlarida vagon aravachalari richag uzatmasining 

valik va vtulkalarini  yangilariga, ularning  holatidan  qat'i  nazar,  yalpisiga almashtirishni  amalga 

oshirish;     

141-160  km/soat  harakat  tezliklari  uchun  kolodka  tormozli  KVZ-SNII  va  KVZ-SNII-M 

tipidagi  aravachalardagi  yo’lovchi vagonlarining  tormoz jihozlariga texnik xizmat ko’rsatishda, 

foydalanishda,  ta'mirlashda  va  sinashda  stend  magistral  rezervuari  va  vagon  magistralida 

zaryadlash  bosimi  ko’rsatkichi  0,55  -  0,56  MPa  (5,5-5,6  kgf/sm

2

)  bo’lishi  kerak,  to’liq  xizmat 



tormozlanishida  tormoz  silindridagi  bosim  ko’rsatkichi  0,44-0,46  MPa  (4,4  -  4,6  kgf/sm

2

)ni 



tashkil qilishi mumkin;    

87 

 

tuzish  va  aylanish  punktlarida,  shuningdek  depo  va  tub  ta'mirlarda  kolodka  tormozli 



KVZ-SNII  va  KVZ-SNII-M  tipidagi  aravachalardagi  vagonlarning  tormoz  silindrlaridan 

shtokning  chiqishini  to’liq  xizmat  tormozlanishida  tormoz  richag  uzatmasining  avtoregulyatori 

qobig’iga uzatma tirgagini zichlab o’rnatib, 130-140 mm ko’rsatkichda rostlash.          

Qish davrida tormoz richag uzatmasi harakatchan birikmalarining muz bilan qoplanishida 

va kolodkalarda muzning mavjudligida poezdning jo’nashiga yo’l qo’yilmaydi.  

160-200  km/soat  tezlik  bilan  tezyurar  harakat  uchun  yo’lovchi  vagonlarining  tormoz 

jihozlariga  texnik  xizmat  ko’rsatish,  foydalanish,  ta'mirlash  va  sinashiga  talablar  ishlab 

chiqaruvchi zavodning normativ-texnik hujjatlari bilan belgilanadi.      

100. Tezyurar poezdlardagi vagonlarga xizmat ko’rsatish tegishli malaka va kamida ikki 

yil  ish  stajiga  (poezd  boshlig’i  -  kamida  uch  yil)  va  "O’zbekiston  temir  yo’llari"  DATK 

tomonidan  o’rnatilgan  tartibda  imtihon  topshirib,  tezyurar  poezdlar  vagonlariga  xizmat 

ko’rsatish  xuquqini  beruvchi  tegishli  guvohnomaga  ega  xodimlardan  tashkil  topgan  poezd 

brigadasi,  vagon-restoranlar  va  vagon-dizel-elektrstansiyasi  brigadalari  tomonidan  amalga 

oshiriladi.     

101. SKNB ishga tushishida  yoki  harakat xavfsizligiga xavf soluvchi vagonning boshqa 

nosozligi  aniqlanganda,  poezd  brigadasi  yoki  vagon-restoran,  vagon-dizel-elektrstansiyasi 

brigadasi  xodimi  zudlik  bilan  shaxsan  yoki  poezd  ichki  telefon  aloqasi  orqali  bu  xaqida  poezd 

boshlig’i  va  lokomotiv  mashinistiga,  poezdni  zudlik  bilan  to’xtatish  kerakligi  to’g’risida  xabar 

berishi  kerak.  Agar  bunday  xabarni  lokomotiv  mashinistiga  yetkazish  imkoniyati  mavjud 

bo’lmasa  (poezd  ichki  telefon  aloqasi  yoki  radio  aloqa  nosoz),  ko’rsatib  o’tilgan  xodimlar 

tomonidan poezd stop-kran bilan to’xtatilishi mumkin.  

Tezyurar  yo’lovchi  poezdlarining  vagonlari  lokomotiv  mashinistini  bog’laydigan  poezd 

ichki radio aloqasi bilan jihozlanishi kerak.    

102. Yong’in  ro’y berishi  holatida poezd zudlik bilan to’xtatiladi  va "O’zbekiston temir 

yo’llari" DATK tomonidan o’rnatilgan tartibda yong’inni o’chirish choralari ko’riladi.    

103.  Mazkur  paragrafda  ko’rsatib  o’tilgan  talablar  barcha  yangi  yo’lovchi  vagonlarni 

qurishda va rejaviy ta'mir turlarini amalga oshirishda bajarilishi kerak.   

104.  Tezyurar  yo’lovchi  poezdlari  (161-200  km/soat)  uchun  yo’lovchi  vagonlarning 

texnik  xizmat  ko’rsatish  va  ta'mirlash  tizimi,  ishlab  chiqaruvchi  zavodning  texnik  hujjatlariga 

muvofiqlashtirilishi kerak.     

 

§3. Elektropoezdlar 

  

105.  200  km/soat  gacha  harakat  tezliklarini  ta'minlash  uchun  foydalanishi  boshlangan 



vaqtdan xizmat muddati 20 yildan oshmaydigan elektrpoezdlar ko’zda tutiladi.     

106.  200  km/soat  tezlikda  elektrpoezd  tormoz  vositalari  shoshilinch  tormozlanishda 

quyidagilardan oshib ketmaydigan tormozlanish yo’lini ta'minlashi kerak:  

0,006 gacha pasayishlarda - 1600 m, magnitrelsli tormozning yo’qligida - 2300 m;  

0,006  dan  (uni  ham  hisobga  olib)  0,010  gacha  pasayishlarda  -  1700  m,  magnitrelsli 

tormozning yo’qligida - 2400 m.  

107. Elektrpoezdlarga "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan o’rnatilgan tartibda 

kasbga oid tanlash va intensiv texnologiyalar bilan ishlash bo’yicha tibbiy tekshirishdan o’tgan, 

elektrpoezdlarga xizmat ko’rsatish tajribasiga ega bo’lgan birinchi klass malakali mashinistlar va 

lokomotivlarni  boshqarish  guvohnomalariga  ega  mashinist  yordamchilaridan  tashkil  topgan 

lokomotiv brigadalari  tayinlanishi kerak. Poezdni  chilangarlar brigadasi  bilan birga elektrpoezd 

ustasi kuzatib boradi.      

108.  Ta'mirlararo  normativ  davrlar  (muddatlar),  elektropoezdlarga  xizmat  ko’rsatish  va 

ularni ta'mirlash bo’yicha ishlar hajmlari, shuningdek asosiy uzellarning qo’yim va yemirilishlar 

me'yorlari "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan belgilanadi.         


88 

 

109. Barcha turdagi joriy ta'mir va texnik xizmatlar "O’zbekiston temir yo’llari" DATK 



tomonidan  o’rnatilgan  talablarga  muvofiq  zarur  ishlab  chiqarish  maydonlari  va  texnologik 

jihozlarga ega bo’lgan lokomotiv depolarida amalga oshiriladi.     

110.  Elektropoezd  turish  yo’llari  elektr  va  suv  ta'minoti  bilan  jihozlangan  bo’lishi, 

yong’in o’chirish vositalari va o’z-o’zidan ketib qolishdan asrash qurilmalari bilan ta'minlanishi 

kerak. Elektropoezd qo’riqlanishi ta'minlangan bo’lishi kerak.    

111.  G’ildirak  juftlari  ishlab  chiqaruvchi  zavod  talablariga,  shuningdek  quyidagi 

qo’shimcha talablarga muvofiq bo’lishi kerak:  

greben  qalinligi  kamida  28  mm,  g’ildirak  to’g’ini  (obod)  qalinligi  kamida  40  mm, 

g’ildirash aylanasi bo’ylab prokat ko’pi bilan 3 mm bo’lishi kerak;  

g’ildirash  aylanasi  bo’ylab  bandaj  (g’ildirak)  diametrlari  farqi  bir  g’ildirakda  g’ildirak 

juftini chiqarib yo’nishda - ko’pi bilan 0,5 mm, g’ildirak juftini chiqarmasdan yo’nishda - ko’pi 

bilan 1,0 mm;  

bandaj  (g’ildirak)  diametrlari  farqi  bir  komplekt  g’ildirak  juftlarida  -  ko’pi  bilan  5  mm, 

bir aravachada - ko’pi bilan 3 mm.       

G’ildirash sathida chuqurligi  0,5 mm  gacha polzunlar (o’yiqlar) mavjud  bo’lsa, harakat 

tezligi 160 km/soat dan oshmasligi kerak.   

112.  Asosiy  va  aylanma  depodan  elektrpoezdni  berishdan  oldin  uning  tormoz  jihozlari 

tekshirilishi, Temir yo’llarning harakat tarkibi tormozlaridan foydalanish bo’yicha yo’riqnomaga 

muvofiq  tormoz  to’liq  sinashi  o’tkazilishi  va  aylanmasdan  siljishga  qarshi  qurilmalarning 

faoliyati tekshirilishi kerak.  

Avtomatik  lokomotiv  signalizatsiyasi  qurilmalari  va  xavfsizlik  qurilmalari,  poezd  radio 

aloqasi  va  tezlik  o’lchagichlarning  tekshirilishlari  elektr  poezdni  depoga  kirib  kelishi  va  uni 

depodan berilishi har bir holatida amalga oshirilishi kerak.       

113. Rejaviy ta'mir turlari o’tkazilgach quyidagilar amalga oshirilishi kerak:  

elektr poezdni depo yo’llarida sinash bilan ta'mir texnologik jarayoniga muvofiq jihozlar 

ishini kuchlanish ostida sinash;  

"O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan o’rnatilgan tartibda elektr poezdni asosiy 

yo’llarda sinash.   

114.  Rejaviy  ta'mir  turlaridan  elektropoezd  Elektrpoezdlarni  ta'mirlash  qoidalariga 

muvofiq qabul qilinishi kerak.  

115. Elektr poezdi TO-2 hajmidagi texnik xizmat ko’rsatishdan chiqarilishdan oldin sex 

ustasi va lokomotiv qabul qiluvchlari tomonidan ko’rib chiqilishi kerak.  

TO-2  texnik  xizmat  ko’rsatishning  o’tkazilishi  sifatini  tekshirish  "O’zbekiston  temir 

yo’llari"  DATK  Lokomotivlardan  foydalanish  boshqarmasi  boshlig’i  tomonidan  tasdiqlangan 

grafik bo’yicha 15 kunda bir marta depo rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Ko’rik natijalari 

TU-152 shaklidagi kitobga yoziladi.         

 


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish