O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


  Stansiya  navbatchisiga  poezd  jo’natilayotgan  stansiya  navbatchisining



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana26.01.2020
Hajmi0,79 Mb.
#37122
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
PTE uz-2


246.  Stansiya  navbatchisiga  poezd  jo’natilayotgan  stansiya  navbatchisining 

ruxsatisiz  bir  yo’lli  uchastkalarga  va  ikki  yo’lli  uchastkalarga  noto’g’ri  yo’l  bo’ylab 

poezdlarni  jo’natish  man  etiladi.  Avtoblokirovka  bilan  jihozlanagan  bir  yo’lli  uchastkalarda 

to’g’ri  yo’nalishdagi  poezdlar  poezd  dispetcherining  ko’rsatmasi  bo’yicha  qo’shni  stansiya 

navbatchisining oldindan roziligisiz birinchi blok-uchastka bo’shaganidan so’ng jo’natiladi. 

Ikki  yo’lli  uchastkalarda  yarim  avtoblokirovka  va  elektr-jezl  tizimida  poezdlarning 

jo’natilishi  avval  jo’natilgan  poezdning  etib  borishi  xaqida  xabar  kelgandan  so’ng  poezdlar 

to’g’ri  yo’ldan  jo’natiladigan  stansiya  navbatchisining  ko’rsatmasiga  ko’ra  amalga  oshiriladi, 

avtoblokirovkada  esa  birinchi  blok-uchastkaning  bo’shaganidan  so’ng  poezd  jo’natiladi.  Poezd 

jo’natilayotgan stansiya navbatchisining oldindan roziligi talab etilmaydi. 

Markazlashtirilgan  dispetcherlik  uchastkalarida  poezdlarni  jo’natish  faqatgina  poezd 

dispetcherining ko’rsatmasi bilan amalga oshiriladi. 



247.  Stansiya  navbatchisi,  markazlashtirilgan  dispetcherlik  uchaskalarida  esa  poezd 

dispetcheri poezdni jo’natishdan avval quyidagilarni bajarishi shart: 

peregonning, avtomatik blokirovkada esa birinchi blok-uchastkaning bo’shligiga ishonch 

hosil qilishi; 

poezdni jo’natish marshrutiga chiqish bilan bog’liq bo’lgan manyovrlarni to’xtatish; 

jo’natish marshrutini tayyorlash



58 

 

chiqish svetoforini ochish yoki mashinistga peregonni egallash uchun boshqa ruxsatnoma 



berish. 

Stansiya navbatchilari va poezd dispetcherlarining poezdni jo’natish bilan bog’liq bo’lgan 

operatsiyalarni  bajarishdagi  hatti-harakatlari  poezdlar  harakati  va  manyovr  ishlari  bo’yicha 

Yo’riqnoma bilan o‘rnatiladi. 



248. Stansiya navbatchisiiing ruxsatisiz poezdni peregonga jo’natish man etiladi. 

Chiqish  svetoforining  ruxsat  ko’rsatkichi,  uning  nosozligi  yoki  yo’lda  chiqish 

svetoforining  mavjud  bo’lmaganida,  belgilangan  shakldagi  yozma  ruxsatnoma,  stansiya 

navbatchisining  radio  aloqa  orqali  yuborilgan  buyrug’i  yoki  jezl,  jo’natilayotgan  poezd 

mashinistiga peregonni egallash uchun ruxsatnoma bo’lib xizmat qiladi. 

Yo’lovchi,  pochta-bagaj  poezdi  mashinistiga  jadvalda  ko’rsatilgan  vaqtdan  ilgari 

stansiyadan  jo’nab  ketish,  shuningdek,  yo’lovchilar  chiqishi  va  tushib  qolishi  uchun  jadvalda 

ko’rsatilgan stansiyada to’xtamay o’tib ketish taqiqlanadi. 

Yo’lovchi va pochta-bagaj poezdlarining to’xtashi texnologik operasiyalarni (uchrashish 

va o’zib o’tish) bajarish uchun ko’zda tutilgan va yo’lovchilarni chiqarish va tushirib qoldirish, 

bagaj va pochtani ortish, tushirishga mo’ljallanmagan bo’luvchi punktlarda to’xtash vaqti, poezd 

dispetcheri  tomonidan  mashinist  yoki  stansiya  navbatchisiga  uzatilayotgan  ko’rsatmaga  binoan 

qisqartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. 

Poezdlar  harakatining  xizmat  jadvallarida  bunday  to’xtashlar  alohida  belgi  bilan 

belgilanadi,  yo’lovchilar  uchun  bosib  chiqariladigan  e’lon  va  jadvallarda  bu  to’xtashlar 

ko’rsatilmaydi. 



249.  Stansiya  navbatchisiga,  markazlashtirilgan  dispetcherlik  bilan  jihozlangan 

uchastkalarda esa poezd dispetcheriga poezd jo’natish marshruti tayyorligi, strelkalar yopiqligi, 

jo’natish  marshruti  strelkalarida  manyovrlar  to’xtatilgani,  tarkibning  tijorat  ko’rigi  va  texnik 

xizmatdan  o’tganiga  ishonch  hosil  qilmasdan  chiqish  svetoforlarini  ochish  yoki  peregonni 

egallashga  boshqa  ruxsat  berishi  taqiqlanadi.  Poezdlarni  ularni  tuzish  stansiyalaridan,  poezd 

tarkibiga  vagonlar  ulangan  yoki  uzilgan  stansiyalardan  yoki  poezd  oxirgi  qismini  belgilovchi 

signal  disklarini  almashtirish  ko’zda  tutilgan  stansiyalardan  jo’natilishida  stansiya  navbatchisi 

chiqish  svetoforni  ochishdan  yoki  lokomotiv,  maxsus  o’ziyurar  tarkib  mashinistiga  peregonni 

egallashga ruxsatnoma berishdan avval so’nggi vagonda poezd signalining mavjudligiga ishonch 

hosil qilishi kerak. 

Chiqish  svetofori  shaxsan  stansiya  navbatchisi  yoki  uning  ko’rsatmasiga  binoan 

markazlashtirilgan  post  operatori  tomonidan  ochilishi  kerak.  Markazlashtirilgan  dispetcherlik 

bilan jihozlangan uchastkalarda chiqish svetofori poezd dispetcheri tomonidan ochiladi. 

Poezdlar  harakat  jadvali  buzilganda  stansiya  navbatchisi  yo’lovchi,  pochta-bagaj,  odam 

tashuvchi yoki yuk-yo’lovchi poezdidan keyin kelayotgan poezdga chiqish sfetoforini ochishdan 

avval mashinistni yo’lovchi poezdidan keyin kelayotgani xaqida ogohlantiradi. 

Chiqish  sfetofori  jo’natilayotgan  poezdning  birinchi  g’ildirak  jufti  o’tgani  zahoti 

avtomatik  tarzda  yopilishi  kerak,  elektr  rels  zanjirlari  bo’lmagan  stansiyalarda  stansiya 

navbatchisi, markazlashtirilgan post operatori yoki strelka posti navbatchisi tomonidan jo’nagan 

poezdning butun tarkibi o’tib ketgandan so’ng yopiladi. 



250.  Chiqish  svetoforining  man  etuvchi  ko’rsatkichida  stansiya  yo’llaridan  yoki  chiqish 

svetoforlari  mavjud  bo’lmagan  yo’llardan  poezdning  jo’natilishida  etakchi  lokomotiv 

mashinistiga  peregonni  egallashga  ruxsat  berilganda  radio  aloqa  orqali  uzatilgan  stansiya 

navbatchisining ko’rsatmasisiz, stansiya navbatchisi yoki uning ko’rsatmasiga binoan post, park 

navbatchisi,  markazlashtirilgan  post  operatori,  strelka  posti  navbatchisi,  signalchi  yoki  bosh 

konduktor (poezd tuzuvchi) tomonidan uzatilgan jo’natish signalisiz poezdni harakatga keltirish 

man  etiladi.  Jo’natish  signalini  uzatish  tartibi  DATK  mintaqaviy  temir  yo’l  uzeli  boshlig’i 

tomonidan o‘rnatiladi. 



(250  band  birinchi  xatboshi  "O'zdavtemiryo'lnazorat"  DI  boshlig'ining  2003  yil  27 

yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 

59 

 

Poezdni harakatga keltirishdan avval etakchi lokomotiv mashinisti va uning yordamchisi 



poezddan  yoki  stansiya  xodimlari  tomonidan  to’xtatish  signallari  uzatilmayotganiga  ahamiyat 

berishlari kerak. 

Yo’lovchi  poezdining  vagon  kuzatuvchilari  xavfsiz  harakatlanishga  qarshi  biron-bir 

to’siqqa duch kelganlarida poezdni to’xtatish uchun zudlik bilan chora ko’rishlari kerak. 

Yo’lovchi  poezdi  (motorvagon  poezddan  tashqari)  stop-kranni  qo’llash  natijasida  yoki 

o’z-o’zidan peregonda to’xtab qolganida kuzatuvchilar o’zlari xizmat ko’rsatayotgan vagonlarini 

ko’rib chiqishlari va zarurat tug’ilganda lokomotiv tomonga to’xtatish signalini uzatishlari kerak. 

Motorvagon poezdning oraliq yo’lda to’xtab qolganida mashinist yordamchisi vaziyatni o’rganib 

chiqib, mashinistga xabar berishi kerak. Boshqa poezdlarning bunday to’xtab qolishida mashinist 

yordamchisi  poezdni  ko’rib  chiqib,  so’nggi  vagon  raqami  bo’yicha  to’liq  tarkibdaligini  va  shu 

vagondagi poezd signalining mavjudligini tekshirishi kerak. 

Yo’lovchi  poezdi  harakati  vagonlarning  hamma  kuzatuvchilari  tomonidan  to’xtatish 

signali  olib  tashlanganidan  keyin,  qolgan  poezdlar  harakati  esa  mashinist  yordamchisining 

dokladidan keyin davom ettiriladi. 

Peregonlarda  harakat  jadvalida  ko’rsatilmagan  (yo’lovchilarni  chiqarish,  tushirish, 

yuklarni  ortish,  tushirish) boshqa to’xtashlarda poezdlarni  harakatga keltirish  poezdlar harakati 

va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada o‘rnatiladi. 

251.  Peregonning  chiqish  signallari  bo’lmagan  joyini  egallashga,  shuningdek,  chiqish 

signalining  taqiqlovchi  ko’rsatkichida  poezdning  jo’natilishi  uchun  ruxsatnoma,  etakchi 

lokomotiv mashinistiga shaxsan stansiya navbatchisi yoki ushbu poezd lokomotiv brigadasining 

biron  xodimi  orqali,  yo’l,  post,  park  navbatchisi,  navbatchi  operator,  strelka  posti  navbatchisi, 

signalchi yoki bosh konduktor (poezd tuzuvchi) orqali topshiriladi. 

Mashinist peregonni egallashga qabul qilingan ruxsatnomaning to’g’riligiga ishonch hosil 

qilishi kerak. 

Lokomotiv  mashinistlariga  harakat  xavfsizligini  ta’minlovchi  peregonni  egallashga 

ruxsatnoma topshirish tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktlarida belgilanadi. 

252.  Agar  stansiyaga  qabul  qilinayotgan  poezd  tarafdagi  yaqinlashish  joyi  uzoqqa 

cho’zilgan  pasayish  bo’lsa  va  qabul  qilinayotgan  poezd  marshruti  jo’natilayotgan  poezd 

marshrutidan (muhofaza berk yo’li yoki qabul va jo’natish yo’llarining o’zaro joylashuvi bilan) 

chegaralanmagan bo’lsa, bir vaqtning o’zida poezd jo’natish va xuddi shu yo’nalishda stansiyaga 

poezd qabul qilish man etiladi. 

253.  Stansiya  navbatchisi  har  bir  jo’natilayotgan  yoki  to’xtovsiz  o’tib  ketayotgan 

poezdning ahvoli, signallarining mavjudligi va to’g’ri ko’rsatishligini tekshirib kuzatadi. 

Stansiya  navbatchisi  poezdning  to’liq  tarkibda  jo’natilishiga  signalchi,  strelka  posti 

navbatchisi dokladi orqali yoki shaxsan ishonch hosil qiladi. 

Poezdlarni  jo’natish  yo’llari  uzoqlashgan  yoki  mahalliy  sharoit  tufayli  stansiya 

navbatchisi  poezdni  kuzata  olmaydigan  stansiyalarda  ularni  signalchilar  yoki  strelka  posti 

navbatchilari kuzatishlari kerak. 

Stansiya navbatchilari bo’lmagan markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida hamda 

elektr  izolyatsiyalangan  yo’l  va  strelkalarga  ega  bo’lgan,  mahalliy  sharoit  tufayli  stansiya 

navbatchisi  poezdlarni  kuzata  olmaydigan  va  boshqa  xodimlari  (signalchi,  strelka  posti 

navbatchilari) bo’lmagan stansiyalarda esa poezdlarning jo’natilishi boshqaruv moslamalarining 

ko’rsatgichlariga binoan nazorat qilinadi. 

Stansiya navbatchilari poezdlarni kuzatmasa bo’ladigan stansiyalar ro’yxati va poezdlarni 

jo’natishda  harakat  xavfsizligini  ta’minlash  sharoitlari  DATK  mintaqaviy  temir  yo’l  uzeli 

boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. 

(253  band  beshinchi  xatboshi  "O'zdavtemiryo'lnazorat"  DI  boshlig'ining  2003  yil  27 

yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 

Poezdni  kuzatuvchi  xodim  poezd  yaxshi  ahvolda  o’tib  ketganiga  ishonch  hosil  qilishi 

kerak. 


60 

 

Poezdda  harakat  xavfsizligiga  xavf  tug’diruvchi  nosozliklar  aniqlanganida,  shuningdek, 



poezd poezd signallarisiz ketayottanini payqagan poezdni kuzatuvchi xodim uni to’xtatish uchun 

chora-tadbirlar ko’rishi kerak. 



254. Poezdning to’g’ri tuzilishiga stansiya xodimlari javobgardirlar. 

Stansiya xodimlari poezdni jo’natishdan avval stansiyaning texnologik ish jarayoni, 

texnikaviy-boshqaruv  aktlari,  harakat  grafigi  va  poezdlarni  tuzish  rejasiga  muvofiq 

ravishda  poezdning  to’g’ri  tuzilganligi,  ochiq  harakat  tarkibida  yukning  to’g’ri  va 

mahkam o’rnatilgani,  bu yuklarning bus-butunligi to’la  ta’minlangani,  poezd o’rnatilgan 

signallarga ega ekanligi va kerakli anjomlar bilan ta’minlanganini tekshirishlari kerak. 

Yuk va yuk-yo’lovchi poezdlarining oxirini ko’rsatuvchi signal uskunalariga texnik 

xizmat ko’rsatish, bu poezdlarga signal uskunalarini osish va echib olish vagonlarga texnik 

xizmat ko’rsatish punktlari xodimlariga yuklatiladi. 

Poezdlarni  tekshirish  tartibi  va  stansiyaning  tegishli  xodimlarining  mas’uliyatlari 

mahalliy  sharoitdan  kelib  chiqqan  holda  DATK  tashishlarni  tashkil  qilish  boshqarmasi 

boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. 

255.  Poezdlar  tuzish  stansiyalarida  har  bir  yuk  vagonlari  va  yuk-yo’lovchi  poezdlari 

uchun jo’natilish oldidan etakchi lokomotiv mashinistiga DATK tomonidan belgilangan shaklda 

natura  varag’i  va  eltish  hujjatlari  muhrlangan  holda  topshiriladi.  Tarkibida  eltish  hujjatlari 

bo’lmagan vagonli poezdlarni jo’natish man qilinadi. 

Bosh konduktori (poezd tuzuvchisi) bo’lgan poezdlarda natura varag’i va eltish hujjatlari 

unga  topshiriladi.  Bu  holda  bosh  konduktor  (poezd  tuzuvchisi)  natura  varag’iga  binoan 

mashinistni jo’natilayottan poezdning tarkibi bilan tanishtirib chiqishi kerak. 

Yo’nalish bo’ylab vagonlar ulangani yoki uzilganida poezdning natura varag’iga stansiya 

xodimlari  tomonidan  tegishli  o’zgarishlar  kiritilishi  kerak.  Barcha  yo’lovchi  (motorvagon 

poezlardan tashqari) va pochta-bagaj poezdlari uchun poezd natura varag’i yo’lovchi poezdining 

boshlig’i (mexanik-brigadiri) ga topshiriladi. 



256.  Stansiya  navbatchisi  har  bir  poezdning  aniq  jo’nash  yoki  o’tib  ketish  vaqti,  zarur 

hollarda,  poezd  tarkibini  ifodalovchi  boshqa  ma’lumotlarni  poezdlar  harakat  jurnalida  belgilab 

qo’yishi kerak va poezd jo’natilgan qo’shni stansiya navbatchisiga va poezd dispetcheriga zudlik 

bilan  xabar  berishi  kerak.  Bundan  tashqari,  stansiya  navbatchisi  poezd  xaqidagi  zarur 

ma’lumotlarni avtomatik boshqaruv tizimiga uzatilishini ta’minlashi kerak. 

 

Poezdlar harakatida signalizatsiya va aloqa vositalari 

 

257.  Avtomatik  va  yarimavtomatik  yo’l  blokirovkalari  poezdlar  harakatida  asosiy 

signalizatsiya va aloqa vositalari hisoblanadi. 

Bir yo’nalishdagi avtoblokirovka bilan jihozlangan ikki yo’lli va ko’p yo’lli peregonlarda 

ikki  taraflama  harakatni  tashkil  etish  poezdlarning  qarama-qarshi  harakatlanishi  (noto’g’ri  yo’l 

bo’ylab) lokomotiv svetofor signallari bo’yicha amalga oshiriladi. Ayrim uchastkalarda mustaqil 

signalizatsiya va aloqa vositasi sifatida avtomatik lokomotiv signalizatsiya qo’llanishi mumkin. 

Kam faoliyatli uchastkalarda va shahobcha yo’llarda poezdlar harakatida aloqa vositalari 

sifatida elektr-jezl tizimi va telefondan foydalanishga yo’l qo’yiladi. 

Favqulotda  holatlarda  DATK  tashishlarni  tashkil  qilish  boshqarmasi  boshlig’i 

ko’rsatmasi bo’yicha vaqtni chegaralab poezdlarni jo’natishga yo’l qo’yiladi. 

Stansiyalararo  peregonning  har  bir  yo’lida  bir  vaqtning  o’zida  bitta  signalizatsiya  va 

aloqa vositasi faoliyat ko’rsatishi mumkin. 

Mustaqil  signalizatsiya  va  aloqa  vositasi  sifatida  qo’llaniladigan  avtomatik  lokomotiv 

signalizatsiyasida,  lokomotiv  svetofor  signallari  bo’yicha  harakat  qilishda,  elektr-jezl  tizimi  va 

telefon aloqa vositalarida poezdlar harakatini tashkil qilish tartibi, shuningdek, vaqtni chegaralab 

poezdlarni  jo’natish  tartibi  poezdlar  harakati  va  manyovr  ishlari  bo’yicha  Yo’riqnomada 

o‘rnatiladi. 


61 

 

258.  Ayrim  kam  faoliyatli  uchastkalarda  va  shahobcha  yo’llarida  poezdlar  harakati 

quyidagicha amalga oshiriladi: 

poezd  radio  aloqasi  orqali  bevosita  etakchi  lokomotiv  mashinistiga  uzatiladigan  poezd 

dispetcheri buyrug’i asosida; 

bitta jezl vositasi bilan; 

bitta lokomotiv vositasida. 

Uchastka va shahobcha yo’llarning ro’yxati va ushbu aloqa vositalari yordamida poezdlar 

harakatini tashkil etish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 

259. Avtomatik blokirovkada: 

a)  poezdning  blok-uchastkani  egallashiga  ruxsat  bo’lib,  chiqish  va  o’tish  svetoforining 

ruxsat beruvchi ko’rsatishi xizmat qiladi

b)  mustasno  sifatida  uzoqqa  cho’zilgan  ko’tarilishlarda  joylashgan  o’tish  svetoforlarida 

(kirish  svetoforlaridan  oldin  joylashganlaridan  tashqari)  har  bir  alohida  vaziyat  uchun  DATK 

boshqaruvi raisining  ruxsati bilan shartli  ruxsat  signali  - T harfi shaklidagi  belgi aks  etgan shit 

o’rnatish mumkin. 

Bu  signal  yuk  poezdiga  svetoforning  qizil  chirog’i  yonib  turganda  to’xtamasdan  o’tib 

ketishiga ruxsat bo’lib xizmat qiladi. 

Bunda  mashinist  poezdni  shunday  boshqarishi  kerakki,  qizil  chirog’i  yonib  turgan 

svetoforni  20 km/soat tezlik bilan ehtiyotkorlik bilan bosib o’tishi va keyingi harakatiga to’siq 

uchrab qolganda zudlik bilan poezdni to’xtatishga shay bo’lishi kerak; 

v)  poezd  o’tish  svetoforining  qizil  chirog’ida  to’xtaganidan  keyin,  shuningdek,  chirog’i 

o’chgan  yoki  noaniq  bo’lsa,  agarda  mashinist  oldindagi  blok-uchastka  boshqa  poezd  bilan 

egallanganini ko’rib  yoki bilib tursa, blok-uchastka bo’shamaguncha harakatini davom ettirishi 

man  qilinadi.  Agarda  mashinist  oldindagi  blok-uchastkada  poezd  bor-yo’qligini  bilmasa,  u 

to’xtatgandan  so’ng  avtotormozni  qo’yib  yuborishi  kerak,  ana  shu  vaqt  ichida  svetoforning 

ruxsat beruvchi chirog’i yonmasa, poezdni keyingi svetoforgacha 20 km/soat tezlik bilan alohida 

e’tibor bilan boshqarishi va harakatida biron-bir to’siq uchraydigan bo’lsa, poezdni zudlik bilan 

to’xtatishga shay bo’lib turishi kerak. 

Keyingi o’tish svetofori ham shu ahvolda bo’lsa, poezd harakati to’xtagandan keyin yana 

o’sha tartibda davom ettiriladi. 

Belgilangan tartibda man etuvchi ko’rsatkichli o’tish  svetofori  o’tib bo’lingandan so’ng 

lokomotiv  svetoforida  ruxsat  ko’rsatkichi  paydo  bo’lsa,  mashinist  lokomotiv  svetoforining 

ko’rsatkichiga  amal  qilib,  lekin  40  km/soat  tezlikdan  oshmagan  holda  keyingi  svetoforgacha 

borishi mumkin. 

Lokomotiv  svetoforida  ruxsat  chiroqlari  yonib  turganida  lokomotiv  svetofori 

ko’rsatkichiga  amal  qilib  o’tish  svetoforlarining  o’chgan  chiroqlarida  to’xtamay  o’tib  ketishga 

ruxsat etiladi. 

260. Yarim avtomatik blokirovkada: 

poezdning  peregonni  egallashiga  ruxsat  bo’lib,  chiqish  va  o’tish  svetoforlarining  ruxsat 

beruvchi ko’rsatkichlari xizmat qiladi; 

bir  yo’lli  uchastkalarda  chiqish  svetoforini  ochish  uchun  poezd  jo’natilayotgan  qo’shni 

stansiya  navbatchisidan  blok-apparat  orqali  blokirovka  rozilik  signali  olinishi  kerak  yoki  blok-

tizimni tegishli harakat yo’nalishiga o’zgartirish kerak. 



261.  Signalizatsiya  va  aloqaning  mustaqil  vositasi  sifatida  qo’llaniladigan  avtomatik 

lokomotiv  signalizatsiyada:  birinchi  blok-uchastkani  egallashga  ruxsat  bo’lib,  chiqish 

svetoforining  ruxsat  ko’rsatkichi  xizmat  qiladi;  lokomotiv  svetoforining  ruxsat  beruvchi 

ko’rsatkichi keyingi blok-uchastkani egallashga xizmat qiladi. 

Signalizatsiya  va  aloqa  barcha  vositalari  ishining  tanaffus  (to’xtash)  paytida  poezdlar 

harakati  bir  yo’lli  uchastkalarda  yozma  xabarnomalar  orqali,  ikki  yo’lli  uchastkalarda  - 

stansiyalar  orasidagi  peregonda  poezdning  o’tishiga  ketadigan  vaqt  bilan  chegaralash  orqali 

amalga oshiriladi. 



62 

 

Signalizatsiya  va  aloqaning  barcha  vositalari  ishining  to’xtagan  paytida  poezdlar 



harakatini tashkil qilish tartibi poezdlar harakati va  manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnoma bilan 

o‘rnatiladi. 

 

Poezdlarning harakatlanish tartibi 

 

262.  Yo’lovchi  va  yuk  poezdlarining  O’zbekiston  Respublikasi  temir  yo’llari  tizimida 

yo’l  qo’yiladigan  eng  katta  tezliklari  yo’l  tuzilishi  va  harakat  tarkibining  turiga  ko’ra  DATK 

boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 

Peregonlar va stansiyalardagi poezdlar harakat tezligi DATK boshqaruvi raisi tomonidan 

o‘rnatiladi va poezdlar harakat grafigida ko’zda tutiladi. Shu bilan birga, yon yo’lga chiqishdagi 

harakat  tezligi  krestovina  markasi  1/11  va  undan  tikroq  strelka  o’tkazgichlari  bo’yicha  40 

km/soat  dan  oshmasligi,  yo’lovchi  poezdlarining  1/9  krestovina  markali  strelka  o’tkazgichlari 

bo’yicha  tezligi  25  km/soat  dan  oshmasligi,  1/11  krestovina  markali  R65  turidagi  relslardan 

o’tkazishda  50  km/soat  dan  oshmasligi,  1/11  krestovina  markali  simmetrik  strelka 

o’tkazgichlaridan 70 km/soat dan oshmasligi, 1/18 krestovina markali o’tkazgichlar bo’yicha 80 

km/soat dan oshmasligi kerak. 

Yo’lovchi va yuk poezdlari uchun bitta sariq (lipillamayotgan) chiroqli svetofordan o’tish 

tezligi 60 km/soat dan oshmasligi kerak. 

Avtoblokirovka  bilan  jihozlangan  uchastkada  keyingi  svetofordan  tormoz  yo’lidan  kam 

masofada  joylashgan  bitta  (lipillamayotgan)  sariq  chiroqli  svetoforni,  avtoblokirovka  bilan 

jihozlanmagan  uchastkada  esa  asosiy  signaldan  to’liq  xizmat  tormozlashdagi  tormoz  yo’lidan 

kam  bo’lgan  masofada  joylashgan  svetoforni  DATK  boshqaruvi  raisi  tomonidan  belgilangan 

tezlikdan oshmagan holda o’tishga ruxsat beriladi. 

Poezdning vagonlari bilan oldinga harakatlanish tezligi 25 km/soat dan oshmasligi kerak; 

xo’jalik  poezdlari  uchun  lokomotiv  va  yo’l  mashinasida  radio  aloqa  bo’lgan  taqdirda  yo’l 

mashinalari,  tiklash  va  o’t  o’chirish  poezdlarining  konstruksiyasiga  ko’ra  40  km/soat  dan 

oshmasligi kerak. Qor tozalovchilarning harakat tezligi ushbu mashina va poezdlarning pasport 

ma’lumotlariga ko’ra DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 



(262  band  beshinchi  xatboshi  "O'zdavtemiryo'lnazorat"  DI  boshlig'ining  2003  yil  27 

yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 

Boshi  berk  stansiya  yo’llariga  qabul  qilishda  poezd  harakat  tezligi  qabul  qilish  yo’li 

boshida 25 km/soat dan oshmasligi kerak. 

Motorvagon poezdning harakat tezligi yo’lning bo’sh uchastkasiga qabul qilinishda, shu 

yo’lning  keyingi  uchastkasi  boshqa  motorvagon  poezd  bilan  band  bo’lganida  20  km/soat  dan 

oshmasligi kerak. 

Tezlikni  kamaytirishni  talab  qiladigan  joyda  harakat  tezligi  DATK  boshqaruvi  raisining 

qaror va ogohlantirishida ko’rsatilgan tezlikka mos bo’lishi, ko’rsatmalarning yo’qligida esa 25 

km/soat dan oshmasligi kerak. 

263.  Poezdlarning  yo’nalish  vaqtida  lokomotiv  brigadalarining  alohida  hushyorligini 

ta’minlash  va  ularni  ishlarni  amalga  oshirish  xaqida  ogohlantirish  kerak  bo’lgan  taqdirda 

poezdlarga yozma ogohlantirishlar topshiriladi. 

Ogohlantirishlar quyidagi hollarda topshiriladi: 

yo’l,  kontakt  tarmoq  qurilmalari,  pereezd  signalizatsiyasi,  sun’iy  va  boshqa  inshootlar 

nosozligida,  shuningdek,  yo’lda  to’xtash  yoki  tezlikni  kamaytirishni  talab  qiladigan  ta’mir  va 

qurilish ishlarida

signalizatsiya  va  aloqa  vositalarining  yangi  turlarini  foydalanishga  topshirishda, 

shuningdek,  yangi  svetoforlarni  yoqishda,  eskilarini  ko’chirishda  va  bartaraf  qilishda,  ularni 

yopiq holatga keltirib bo’lmaydigan nosozliklarda; 

yo’l avtomatik signalizatsiya qurilmalarining nosozligida; 


63 

 

ortish  gabaritlaridan  tashqariga  chiqqan  yuklar  ortilgan  poezdni  jo’natishda  ushbu 



poezdning  yo’nalishi  davomida tezlikni  pasaytirish  yoki  alohida sharoitlarga rioya qilish  kerak 

bo’lganda; 

ikki  yo’lli  peregonda  qor  tozalagich,  ballaster,  yo’l  yotqizuvchi,  ko’tarma  kran,  shag’al 

tozalagich va boshqa mashinalar ishlaganda

berilgan uchastka uchun belgilangan tezlik bilan harakatlana olmaydigan harakat tarkibini 

poezdga biriktirganda; 

ko’rish  sharoiti  yomon  bo’lganida  olib  qo’yiladigan  harakat  birliklari  bilan  ishlashda, 

shuningdek, yo’l vagonchalarida og’ir yuklarni tashishda

yo’lda  poezdni  to’xtatish  yoki  tezlikni  pasaytirish  kerak  bo’lgan  boshqa  barcha 

holatlarda,  shuningdek,  lokomotiv  brigadalarni  poezd  alohida  sharoitda  harakatlanayotgani 

xaqida ogohlantirish kerak bo’lganida. 

Poezdlarga  ogohlantirishlarni  topshirish  poezdlar  harakati  va  manyovr  ishlari  bo’yicha 

Yo’riqnoma belgilagan tartibda amalga oshiriladi. 


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish