O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana26.01.2020
Hajmi0,79 Mb.
#37122
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
PTE uz-2


 

 

 



 

 

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TEMIR YO'LLARDA YUK VA YO'LOVCHILAR 

TASHISH XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



O

‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TEMIR YO’LLARIDAN 

TEXNIKAVIY FOYDALANISH QOIDALARI 

 

qo'shimcha va o'zgartishlar bilan 

2012 yil 02 noyabr holatiga 

 

 

(2001 yil 1 dekabrdan  

"O'zdavtemiryo'lnazorat" DI sining  

2001 yil 13 avgust 36-son buyrug'i bilan joriy etilgan) 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

Toshkent    



2012 yil 

 

 

 


 

1-BO’LIM. UMUMIY QOIDALAR 

 

O‘zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari temir yo‘llar 



va  temir  yo‘l  transporti  xodimlarining  asosiy  nizomlarini,  ish  tartibini,  muhim  inshootlar, 

qurilmalar  va  harakat  tarkiblarini  saqlash  me’yorlarini,  asosiy  o‘lchamlarini,  ularga  bo‘lgan 

talablarni, poyezdlar harakatini tashkil qilish tizimini va signalizatsiya prinsiplarini, shuningdek  

tezyurar va yuqori tezlikdagi yolovchi tashish poezdlarinning harakatini tashkil etilishini mazkur 

qoidalarning 1- va 2-ilovalariga muvofiq

 

o‘rnatadi.



      

(birinchi  xatbosh  «O’zdavtemiryo’lnazorat»  DI  boshlig'ining  2011  yil  15  iyul  150-son 

buyrug’iga  muvofiq  to’ldirildi).    

Ushbu  qoidalar  O‘zbekiston  Respublikasining  1999  yil  15  aprel  767-I-son  “Temir  yo‘l 

transporti  to‘g‘risida”  qonuni

1

,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2001  yil  2  mart  PF-



2815-son  “Temir  yo‘l  transportini  monopoliyadan  chiqarish  va  aksiyalashtirish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida”  Farmoni

2

  va  O‘zbekiston  Respublikasining  boshqa  me’yoriy  huquqiy  hujjatlari 



asosida ishlab chiqilgan.  

Texnikaviy  foydalanish  qoidalari  temir  yo’l  transportining  barcha  bo‘linmalari  va 

xodimlari uchun majburiydir, ularni bajarilishi temir yo‘l transporti barcha bo‘g‘inlarida tartibni, 

temir yo‘llarining aniq va to‘xtovsiz ishlashini va harakat xavfsizligini ta’minlaydi. 

Mazkur  qoidalar  “O‘zdavtemiryo‘lnazorat”  inspeksiyasining  boshlig‘i  buyrug’i 

(farmoyishi) bilangina o‘zgartirilishi mumkin. 

Temir  yo‘llaridan  texnikaviy  foydalanish  masalalari  bo‘yicha  “O‘zdavtemiryo‘nazorat” 

inspeksiyasi temir  yo‘l miqyosida respublika ahamiyatga ega bo‘lgan O’zbekiston Respublikasi 

temir  yo’laridan  texnikaviy  foydalanish  qoidalari,  O’zbekiston  Respublikasi  temir  yo’llarida 

signallashtirish  bo’yicha  yo’riqnoma,  O’zbekiston  Respublikasi  temir  yo’llarida  poezdlar 

harakati va manyovr ishlari bo’yicha  yo’riqnoma  va ko‘rsatmalar ishlab chiqadi va tasdiqlaydi,

 

"O‘zbekiston  temir  yo‘llari"  Davlat-aksionerlik  temiryo‘l  kompaniyasi  (  keyingi  matinlarda 



DATK)  vazirlik  va  idoralar  esa  -  kompaniya  bo‘limlarining  tarmoq  korxonalari  faoliyatini 

belgilovchi yo‘riqnoma va ko‘rsatmalarni  ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. 

Temir yo‘llari, ishnoot, qurilma va harakat tarkiblarini qurish, texnikaviy foydalanish va 

loyihalashtirish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  yo‘riqnoma  va  ko‘rsatmalar  mazkur  goidalarning 

talablariga mos bo‘lishi kerak. 

Qo‘shni  davlatlar  bilan  chegaradosh  temir  yo‘l  uchastkalarida  poyezdlar  harakati  tartibi 

davlatlararo kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. 

 

1-bob. Temir yo’l transporti xodimlarining 



umumiy vazifalari 

 

1.  Harakat  havfsizligi  va  tashilayotgan  yuklarning  butligini  ta’minlagan  holda 



yo’lovchi va yuk tashishlariga bo’lgan ehtiyojlarni qondirish, texnik vositalardan samarali 

foydalanish,  atrof  muhitni  asrash  talablariga  amal  qilish  temir  yo’l  transoporti 

xodimlarining asosiy vazifalari hisoblanadi. 

2.  Poezdlar  harakati  bilan  bog’liq  bo’lgan  har  bir  xodim  o’z  vazifalari  doirasida 

Texnikaviy foydalanish qoidalarining bajarilishi va harakat xavfsizligi uchun javob beradi. 

Temir yo’l transporti xodimlarining Texnikaviy foydalanish qoidalariga amal qilishi 

bo’yicha javobgarlik tegishli bo’linmalarning rahbarlariga yuklatiladi. 

                                                 

1

  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Axborotnomasi,  1999  y.,  5-son,  118-modda;  O‘zbekiston 



Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006 y., 14-son, 113-modda; 2011 y., 36-son, 364-modda

 

 



2

  

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2001 y., 5-con, 19-modda 



 

 

Temir  yo’l  transporti  xodimlarining  Texnikaviy  foydalanish  qoidalarini  buzishi 



O’zbekiston  Respublikasining  amaldagi  qonunchiligi  bo’yicha  javobgarlikni  keltirib 

chiqaradi. 

3.  Temir  yo’l  transportining  har  bir  xodimi  inson  hayoti  va  salomatligi  yohud  harakat 

xavfsizligiga  xavf  tug’diruvchi  vaziyatlarda  poezd  yoki  manyovr  qilayotgan  tarkibga  to’xtash 

signalini  etkazishi  va  ularni  to’xtatish  uchun  boshqa  choralarni  ko’rishi  lozim.  Qurilma  va 

inshootlarda harakat xavfsizligiga xavf soluvchi yoki atrof muhitning ifloslanishiga olib keluvchi 

nosozliklar  aniqlanganida,  xodim  tezkorlik  bilan  xavfli  joyni  to’sish  va  nosozliklarni  bartaraf 

etish choralarini ko’rishi kerak. 



4.  Temir  yo’l  transporti  xodimlari  yo’lovchilar  xavfsizligini  ta’minlashlari,  ular  uchun 

kerakli  qulayliklar  yaratishlari,  vokzal  va  poezdlarda  madaniyatli  xizmat  ko’rsatishlari,  temir 

yo’l  transporti  xizmatlaridan  foydalanuvchi  barcha  shaxslar  bilan  muloqatda  xushmuomala 

bo’lishlari  va  shu  bilan  birga,  ulardan  amaldagi  temir  yo’l  transporti  qoidalarini  bajarilishini 

talab qilishlari kerak. 

5.  Temir  yo’l  transporti  xodimlari  bejirim  kiyingan  bo’lishlari,  ish  joylarini  va  ularga 

ishonib topshirilgan texnik vositalarni tartibda saqlashlari kerak. 

Forma  kiyimi  va  farqlanish  nishonlari  belgilab  qo’yilgan  xodimlar,  O’zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1995  yil  3  iyul  249-son  Qarori  (2-son  ilova)

3

  bilan 


tasdiqlangan «O’zbekiston temir yo’llari» Davlat aksiyadorlik temir yo’l kompaniyasining temir 

yo’l  transporti  xodimlari  intizomi  to’g’risida  Nizomga  muvofiq,  formali  kiyingan  bo’lishlari 

kerak. 

Temir yo’l transportining har bir xodimi bajarayotgan ishlari uchun belgilangan texnika 



xavfsizligi,  yong’in  xavfsizligi  va  ishlab  chiqarish  sanitariyasi  bo’yicha  qoidalar  va 

yo’riqnomalarga  amal  qilishlari  kerak.  Bu  qoida  va  yo’riqnomalarning  ijro  etilishi  bo’yicha 

javobgarlik tegishli bo’linmalarning ijrochi va rahbarlariga yuklatiladi. 

6.  Lokomotivlar,  motorvagon  poezdlar,  avtomatrisa,  drezina  va  boshqa  harakat 

birliklarining  boshqaruv  kabinalariga,  signal,  strelka,  apparat,  mexanizm  va  boshqa  poezdlar 

harakat  xavfsizligini  ta’minlovchi  qurilmalarga,  shuningdek,  signal  va  shu  kabi  qurilmalarni 

boshqarish xonalariga kirish xuquqi bo’lmagan shaxslarning kiritilishi man etiladi. 

Lokomotivlar, motorvagon poezdlar, avtomatrisalar, drezina va boshqa harakat birliklari, 

signal,  apparat,  mexanizm  va  boshqa  poezdlar  harakat  xavfsizligini  ta’minlovchi  qurilmalarni 

boshqarishni, shuningdek, strelkalarni o’tkazishni shu ishlarga javob beruvchi xodimlargina o’z 

xizmat vazifalari vaqtida bajarish xuquqiga egadirlar. 

Belgilangan  tartibda  ikkinchi  shaxs  sifatida  tajriba  oshirayotgan  temir  yo’l  transporti 

xodimlari, lokomotivlar, motorvagon poezdlar, avtomatrisa, drezina va boshqa harakat birliklari, 

signal,  strelka, apparatlar, mexanizm  va boshqa  poezdlar harakat  xavfsizligini ta’minlash bilan 

bog’liq  qurilmalarni  boshqarishga  bevosita  shu  qurilmalarda  xizmat  qiluvchi  xodimlarning 

shaxsiy javobgarligi va ularning kuzatuvi ostida qo’yilishi mumkin. 

7. Temir yo’l transportiga poezdlar harakati bilan bog’liq bo’lgan ishga qabul qilinuvchi 

shaxslar  kasbiy  ta’lim  olishlari  kerak,  lokomotiv  brigadalar  esa,  bundan  tashqari,  kasbiy 

saralashdan,  quyidagilarni  bilishi  bo’yicha  sinovdan  o’tishi  va  keyinchalik  bu  bilimlar  davriy 

tekshirib turilishi kerak: 

O’zbekiston Respublikasi temir yo’laridan texnikaviy foydalanish qoidalari

4



O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida signallashtirish bo’yicha yo’riqnoma

5



                                                 

3

O’zbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari to’plami, 1995 yil, 7-con, 165-modda. 



 

4

Davlat  ro’yxatidan  o’tishga  muhtoj  emas  deb  topilgan  (O’zbekistron  Respublikasi  Adliya  vazirligining 

27.08.2001 yildan 20-15-205/11- son xati) 

 

5



  Davlat  ro’yxatidan  o’tishga  muhtoj  emas  deb  topilgan  (O’zbekistron  Respublikasi  Adliya  vazirligining 

09.11.2001 yildan 20-15-273/20- son xati) 

 


 

O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha 



yo’riqnoma;

6

 



lavozim yo’riqnomalari va xodimlar vazifalarini belgilovchi boshqa hujjatlar; 

mehnat muhofazasi, sanitariya qoidalari va me’yorlari bo’yicha qoida va yo’riqnomalar; 

O’zbekiston Respublikasi temir yo’l transporti xodimlari intizomi to’g’risidagi Nizom. 

Qolgan  barcha  xodimlar  ushbu  Qoidalarda  ko’zda  tutilgan  temir  yo’l  transporti 

xodimlarining  umumiy  majburiyatlarini,  mehnat  muhofazasi  qoidalari,  sanitariya  qoidalari  va 

me’yorlari,  lavozim  yo’riqnomalari  va  xodimlar  vazifalarini  belgilovchi  boshqa  hujjatlarni 

bilishlari kerak. 

Ish kunini zichlashtirish yoki o’rindoshlik tartibi asnosida poezdlar harakati bilan bog’liq 

bo’lgan  qo’shimcha  vazifalar  yuklatilgan  temir  yo’l  transporti  xodimlari,  bu  ishlarga  tegishli 

qoida va yo’riqnomalar bo’yicha bilimlari sinovdan o’tkazilgandan so’nggina qo’yiladilar. 

Xodimlarning  ushbu  bandda  ko’rsatilgan  sinovlardan  o’tishi  kerak  bo’lgan  lavozim  va 

kasblarning ro’yxati, har bir lavozim (kasb) uchun bilim hajmi, ishga qabul qilishdagi va davriy 

sinovlarning  o’tkazish  tartibi  DATK  boshqaruvi  raisi  buyrug’i  bilan  o‘rnatiladi,  DATK 

boshqaruvi raisi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar uchun – «O’zdavtemiryo’lnazorat» bilan 

kelishiladi. 

8.  Temir  yo’l  transportiga  poezdlar  harakati  bilan  bog’liq  bo’lgan  lavozimlarga  ishga 

kiruvchi  shaxslar  tegishli  ishlarni  bajarishga  yaroqli  ekanliklarini  aniqlash  uchun  tibbiy 

ko’rikdan  o’tishlari  kerak.  Keyinchalik  ushbu  xodimlarning  davriy  tibbiy  ko’rikdan  o’tishlari 

DATK  boshqaruvi  raisi  va  tegishli  vazirlik,  idora  va  korxonalarning  rahbarlari  belgilagan 

tartibda amalga oshirilishi kerak. 

18  yoshdan  kichik  bo’lgan  shaxslar  bevosita  poezdlar  harakati  bilan  bog’liq  bo’lgan 

quyidagi lavozim va kasblarga qo’yilmaydilar: lokomotiv, motorvagon poezdlar, avtomatrisalar, 

harakatdagi  yuk  ko’taruvchi  kranlarning  mashinistlari  va  ularning  yordamchilari,  parovoz  o’t 

yoqarlari,  drezina  haydovchilari  va  ularning  yordamchilari,  dispetcherlar,  stansiya,  park  va 

tepacha navbatchilari, saralash tepaligi operatorlari, stansiya navbatchilari qoshidagi operatorlar, 

poezd 

konduktorlari, 



tuzuvchilar 

brigadasi 

xodimlari, 

vagonlar 

harakat 

tezligini 

muvofiqlashtiruvchilar,  signalchilar,  markazlash  posti  operatorlari,  strelka  posti  navbatchilari, 

yo’l, ko’prik va er osti yo’li ustalari, yo’l brigadirlari, temir yo’llarni ko’zdan kechirib o’tadigan 

xodimlar,  yo’l montyorlari (uchinchi  va undan  yuqori razryadlar), pereezd navbatchilari, BMT 

(blakirovkani  markazlashtirish  tizimi  -  SSB)  va  saralash  tepaligi  qurilmalariga  xizmat 

ko’rsatuvchi  elektrmexaniklar  va  elektmontyorlar,  vagonlarni  ta’mirlovchi-ko’rikdan 

o’tkazuvchilar,  vagonlarni  ko’rikdan  o’tkazuvchilar,  yo’lovchi  poezdlari  boshliqlari  (mexanik-

brigadirlari),  vagon  kuzatuvchilari,  vagonlarni  uzib  qolmasdan  ta’mirlash  usta  va  ishchilari, 

vagonlarga texnik xizmat ko’rsatish punkti operatorlari, poezd elektrmexaniklari, elektr ta’minoti 

distansiyasi  ustasi  va  elektrmexaniklari,    refrijerator  poezdlari  va  seksiyalari  mexaniklari, 

defektoskop  va  yo’l  o’lchash  vagonlarining  sozlovchilari,  yo’l  mashinalari  va  mexanizmlari 

mashinistlari,  defektoskop  aravachalari  operatorlari,  yo’l  o’lchovlari  bo’yicha  operatorlar  va 

ularning yordamchilari. 



9.  Temir  yo’l  transporti  xodimlari  ularga  ishonib  topshirilgan  temir  yo’l  mulkini  va 

tashilayotgan yuklarni asrashlari kerak. 



10.  Temir  yo’l  transporti  xodimlarining  alkagolli  ichimliklar,  zaharvand  va  giyohvand 

moddalar  iste’mol  qilgan  holda  o’z  vazifalarini  bajarishlari  man  etiladi.  Bu  holda  aniqlangan 

shaxslar darhol ishdan chetlashtirilib, javobgarlikka tortiladilar. 

 

 

 

 

                                                 

6

  Davlat  ro’yxatidan  o’tishga  muhtoj  emas  deb  topilgan  (O’zbekistron  Respublikasi  Adliya  vazirligining 



13.11.2001 yildan 20-15-279/20- son x 

 

2-BO’LIM. INSHOOT VA QURILMALAR 



 

2-bob. Umumiy qoidalar. Gabarit 

 

11. Temir yo’l inshoot va qurilmalari soz ahvolda saqlanishi kerak. 

Nosozliklar kelib chiqishini oldini olish va inshootlarning uzoq vaqt xizmat qilishini 

ta’minlash bunga javobgar shaxslarning asosiy vazifasi bo’lishi kerak. 

Inshoot  va  qurilmalar  ahvoliga  javobgarlik  bevosita  ularga  xizmat  ko’rsatuvchi 

xodimlar hamda ushbu inshoot va qurilmalar qarashli bo’lgan korxona rahbari zimmasiga 

yuklatiladi. 

Qayd  etilgan  xodimlar  lavozim  vazifalariga  ko’ra  har  biri  o’z  o’rnida  inshoot  va 

qurilmalarning ahvoli va ulardan foydalanish qoidalarini bilishlari, doimiy ravishda ularni 

tekshirib  borishlari,  texnik  xizmat,  ta’mirlash  va  asrashning  yuqori  sifatlarini 

ta’minlashlari kerak. 

12. Inshootlar, qurilmalar, mexanizm va asbob-uskunalar tasdiqlangan loyiha hujjatlari va 

texnik  shartlarga  muvofiq  bo’lishi  kerak.  Asosiy  inshootlar,  qurilma  va  asbob-uskunalarga 

ularning muhim texnik va foydalanish tavsiflariga ega bo’lgan texnik pasportlari tutilishi kerak. 

O’zbekiston  Respublikasi  temir  yo’l  transportiga  etkazilib  beruvchi  qurilma,  mexanizm  va 

asbob-uskunalar  O’zbekiston  Respublikasi  qonunchiligiga  muvofiq  majburiy  sertifikatlashdan 

o’tishi kerak. 



Temir yo’l inshoot va qurilmalari poezdlarning belgilangan eng yuqori tezliklarda 

o’tkazishni ta’minlovchi talablariga mos kelishi kerak: yo’lovchi poezdlari – 140 km/soat, 

refrijerator va yuk poezdlari – 90 km/soat tezlik bilan. DATK boshqaruvi raisi tomonidan 

tasdiqlanagan  ro’yxatga  asosan  O’zbekiston  Respublikasi  temir  yo’llarining  ma’lum 

uchastkalari bo’ylab differensiallashgan (turli xil) tezliklar o‘rnatiladi. 

(12  bandning  2-xatboshi  «O’zdavtemiryo’lnazorat»  DI  boshlig'ining  2011  yil  15  iyul 

150-son buyrug’iga muvofiq o'zgartirildi).    

Inshoot  va  qurilmalar  konstruksiyalariga  o’zgartirishlar  kiritish  ushbu  inshoot  va 

qurilmalarning  loyiha  hujjatlarini  tasdiqlash  xuquqiga  ega  bo’lgan  mansabdor  shaxslarning 

ruxsati bilangina amalga oshiriladi. 

Asosiy  inshoot  va  qurilmalarning  tasniflanishi,  davriy  ta’mirlash  muddati  va  saqlash 

me’yorlari DATK boshqaruvi raisi, O’zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari rahbarlarining 

tegishli qaror va farmoyishlari bilan o‘rnatiladi. 

Inshoot  va  qurilmalarga  texnik  xizmat  ko’rsatish,  ularni  ta’mirlash  va  saqlash  bo’yicha 

ko’rsatma  va  namunaviy  texnologik  jarayonlar  yo’l  xo’jaligi  boshqarmasi,  aloqa  va 

signallashtirish  markazi,  elektr  ta’minoti  markazi,  lokomotivlardan  foydalanish  boshqarmasi 

hamda  ta’mirlash-foydalanish  korxonalari  tomonidan  tasdiqlanadi,  «O’zdavtemiryo’lnazorat» 

bilan kelishiladi. 



13.  Yangidan  qurilgan  va  qayta  qurilgan  liniya,  inshoot,  qurilma  va  binolar  Qurib 

bitkazilgan  temir  yo’l  transporti  ob’ektlarini  foydalanishga  topshirish  qoidalariga  binoan  qabul 

qilish  hay’ati  tomonidan  «O’zdavtemiryo’lnazorat»  ishtirokida  doimiy  foydalanishga  qabul 

qilinishi kerak. 

Yangidan  qurilgan  va  qayta  qurilgan  inshoot  va  qurilmalar  ularning  ish  tartibini 

belgilovchi, harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasini ta’minlovchi hujjatlar (texnik-boshqaruv 

aktlar,  ish  bo’yicha  yo’riqnomalar)  tasdiqlangandan  keyin  hamda  bu  qurilma  va  inshootlarga 

xizmat  ko’rsatuvchi  xodimlarning  qayd  qilingan  hujjatlarni  bilishlari  tekshirilganidan  so’ng 

foydalanishga topshiriladi. 

14.  Temir  yo’l  umumiy  tizimi  va  shahobcha  yo’llarining  yondashish  stansiyalaridan 

ishlab  chiqarish  va  transport  korxonalari  hududlarigacha  joylashgan  inshoot  va  qurilmalari 

O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  standarti  tomonidan  belgilangan  S  -  qurilishlarning 

yaqinlashish gabaritlari talablariga javob berishi kerak.  



 

Zavod,  fabrika,  ustaxonalar,  depo,  dengiz  va  daryo  portlari,  shaxtalar,  yuk  rayonlari, 



baza, omborlar, karyer, elektrstansiyalar va boshqa sanoat va transport korxonalari hududida va 

ular  orasida  joylashgan  inshoot  va  qurilmalar  ham  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  standarti 

tomonidan  belgilangan  Sp  -  qurilishlarning  yaqinlashish  gabaritlari  talablariga  javob  berishi 

kerak.  


Temir  yo’llar,  shahobcha  yo’llar  va  ulardagi  inshoot  va  qurilmalarni  loyihalashtirish, 

qurish va qayta qurishda, ikkinchi yo’llarni elektrlashtirish va qurishda, shuningdek, ko’rsatilgan 

gabaritlarga  tenglashtirilgan  foydalanishdagi  qurilmalarda  S  va  Sp  gabaritlariga  rioya  qilish 

kerak.  Temir  yo’llar,  qurilma  va  inshootlarni  yangidan  qurish  va  qayta  qurishda  S  va  Sp 

gabaritlarni  qo’llash  xususiyatlari,  S  va  Sp  gabaritlari  talablariga  javob  bermaydigan  va  eski 

me’yor bo’yicha qurilgan amaldagi qurilma va inshootlarga bo’lgan talablar, qurilma va inshoot 

gabaritlarini  tekshirish  va  nogabarit  joylarni  yo’qotish  tartiblari  Qurilishlarning  yaqinlashish 

gabaritlarini qo’llash yo’riqnomasida ko’zda tutilgan. 

S,  Sp  gabaritlari  talablariga  javob  bermaydigan  amaldagi  inshoot  va  qurilmalarni  qayta 

qurishni  loyihalashtirishda,  birinchi  navbatda  Tpr  va  Ts  gabaritli  istiqbolli  harakat  tarkiblarini, 

shuningdek,  zonal  gabarit  bo’yicha  ortilgan  yuklarning  o’tishini  ta’minlamaydigan  ob’ektlarni 

hisobga olish kerak.  

Ta’mirlash,  qurilish  va  boshqa  xil  ishlarni  amalga  oshirishda  inshoot  va  qurilmalarning 

gabaritlarini buzish man etiladi. 



15.  Ikki  yo’lli  liniyalarning  peregonlaridagi  yo’l  o’qlari  orasidagi  masofa  to’g’ri 

uchastkalarda 4100 mm dan kam bo’lmasligi kerak.  

Uch  yo’lli  va  to’rt  yo’lli  liniyalarning  to’g’ri  uchastkalarida  ikkkinchi  va  uchinchi 

yo’llarning yo’l o’qlari orasidagi masofa 5000 mm dan kam bo’lmasligi kerak.  

Stansiyalarda to’g’ri uchastkalarda qo’shni yo’llarning yo’l o’qlari orasidagi masofa 4800 

mm  dan,  ikkinchi  darajali  yo’llar  va  yuk  rayonlari  yo’llarida  4500  mm  dan  kam  bo’lmasligi 

kerak.  Stansiyalarda  asosiy  yo’llar  chetda  joylashganida  DATK  boshqaruvi  raisi  ruxsati  bilan 

ular orasidagi masofa 4100 mm bo’lishiga yo’l qo’yiladi. 

 Bevosita  yuklarni vagondan vagonga ortish uchun qo’llaniladigan  yo’llarda  yo’l o’qlari 

orasidagi masofa 3600 mm bo’lishiga yo’l qo’yiladi. 

Peregon va stansiyalarda egri uchastkalarda qo’shni yo’llar o’qlari orasidagi hamda yo’l 

o’qi  va  qurilishlarning  yaqinlashish  gabaritlari  orasidagi  gorizontal  masofa  Qurilishlarning 

yaqinlashish gabaritlarini qo’llash yo’riqnomasi bilan o‘rnatiladi. 

16.  Ochiq  harakat  tarkibiga  ortilgan  yuk  (o’rash  va  mahkamlashni  hisobga  olib) 

belgilangan ortish gabaritlari chegarasida joylashishi kerak.  

Ochiq  harakat  tarkibida  ortish  gabaritlari  chegarasida  joylashtirib  bo’lmaydigan  yuklar, 

respublika hududida DATK tomonidan belgilangan tartibda tashiladi. 

Yoppasiga  ortish  joylarida  (shahobcha  yo’llar,  qayta  ortish  stansiyalarida)  belgilangan 

gabaritlar  chegarasida  yuklarning  to’g’ri  joylashganini  tekshirish  uchun  gabarit  darvozalari 

o’rnatiladi. 

Tushirilgan  yoki  ortishga  tayyorlab  yo’l  chetiga  joylashtirib  qo’yilgan  yuklar 

qurilishlarning  yaqinlashish  gabaritlarini  buzmaydigan  qilib  tahlangan  va  mahkamlangan 

bo’lishi kerak. 

Balandligi  1200  mm  gacha  bo’lgan  yuklar  (yo’l  ishlari  uchun  to’kiladigan  ballastdan 

tashqari)  chekka  rels  kallagi  tashqi  chegarasidan  kamida  2,0  m  masofada,  balandligi  bundan 

katta yuklar esa kamida 2,5 m masofada joylashishi kerak.  

 


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish